KILLER BUNNY
Taehyung bir og‘iz so‘zsiz yigitning yuziga kuchli musht tushirdi. Zarbaning og‘irligidan u gandiraklab, stul bilan birga ortga ag‘darildi. Polga qulaganida, burnidan qon sachradi. Qon yonoqlaridan pastga oqib, bo‘yinga tomdi.
— Bu hali boshlanishi, — dedi Taehyung uning qulog‘iga pichirlab, — Haqiqiy azobni endi ko‘rasan...
Uning sovuq va qotib qolgan ovozi yigitning yuragini zirillatib yubordi. Qo‘rquvdan butun tanasi qaltiradi. Taehyung esa hotirjamlik bilan o‘rnidan turib, devorga yopishgan katta shkaf tomon yo‘l oldi. U shkaf eshigini ochdi va ichidagi manzarani ko‘rgan yigit qotib qoldi.
Shkaf ichida turli xil dahshatli qurollar — tig‘li pichoqlar, zanjirlar, bolg‘alar, hatto elektr tokiga ulangan uskunalar tizilib turardi. Bu manzarani ko‘rgan yigit og‘ir yutinib, boshini egdi. U o‘zini oddiy o‘q bilan otib tashlashadi, deb o‘ylagandi. Ammo bu qurollar… bu o‘lim emasdi — bu azob, bu qiynoqlar uchun edi.
Taehyung labining chetida kulimsirab qurollarni ko‘zdan kechira boshladi.
— Xo‘sh, bugungi sotqinimizga qaysi biri mos ekan?
Yigit titrab-qaqshagan holda iltijo qila boshladi:
— I… iltimos… m-meni kechiring. Men… men buni ataylab qilganim yo‘q. Menga pul taklif qilishdi… Pulga muhtoj edim… Majbur edim...
Ammo bu iltijolarni eshitayotgan Jungkookning ko‘zida na achinish, na rahm bor edi. U sekin qadam tashlab yaqinlashdi, so‘ng yigitning sochidan tortib boshi bilan yuzma-yuz keldi.
— Bu t iltijolaring bilan jazodan qutulib qolaman deb o‘ylayapsanmi?
Uning sovuq nigohi yigitni bir lahzada jim qildi
So‘ng Jungkook Taehyungga ishora qildi. Taehyung bunga javoban sekin jilmaydi, qurollar orasidan eng o‘tkir pichoqni olib, unga uzatdi.
Jungkook pichoqni olib, bir zum tikilib turdi. So‘ng hech ikkilanmasdan yigitning yelkasiga sanchdi. Qon favvoradek otilib chiqdi. U yana sanchdi. Va yana. Har bir zarbada yigitning qichqirig‘i devorlardan aks sado berib, xona ichini larzaga soldi. Pol alvon rangga bo‘yaldi. Ammo bu — faqat boshlanish edi.
Chunki shafqatsiz ikki mafia boshlig‘i — Jungkook va Taehyung, — sotqinni hali kechirishga tayyor emasdi. Qiynoqlar endigina boshlanayotgan edi…
Jungkook yigitning sochidan yana bir bor mahkam tortdi. Qon ichida qolgan yigit tipirchilab qarshilik ko‘rsatishga urindi. Ammo bu harakatlar ojiz edi, behuda edi. Jungkook sovuq nigoh bilan uning yuziga tikildi, so‘ng og‘zini ochdi. Yigit bo‘layotgan dahshatni yuragida sezdi. Qon aylanishi tezlashdi, nafas olishi og‘irlashdi. Ammo endi kech edi.
Bir lahzada Jungkook yigitning tilini tortib chiqardi va hech bir ikkilanmasdan, shafqatsizlarcha kesib tashladi. Xonani yorib chiqqan vahimali qichqiriq – tili kesilgan yigitning og‘riqli fig‘oni – hatto eng sovuqqon odamni ham larzaga solishi mumkin edi.
— Men charchadim. Endi navbat sendа, — dedi Jungkook xotirjamlik bilan devor yonidagi stulga borib o‘tirarkan, Taehyungga qaragancha.
Taehyung jimgina, hatto bir oz xursandchilik bilan boltani qo‘liga oldi. Uning harakatlari o‘lja ortidan poylab yurgan yirtqich hayvonni eslatardi. U sekin, og‘ir qadamlarda yigitga yaqinlasha boshladi. Qon, og‘riq, qo‘rquv — hammasi bir joyda jam bo‘lgandi.
Va nihoyat, u hech qanday ikkilanmasdan, boltani baland ko‘tardi… va og‘ir zarba bilan yigitning tanasini ikkiga bo‘lib tashladi. Qon yana bir bor favvoradek otilib chiqdi, xona devorlariga sachradi. Polda esa bo‘lingan tana bo‘laklari yotardi.
Xona o‘rtasida saf tortib turgan boshqa yigitlar bu dahshatli manzarani ko‘rib qotib qolishdi. Ularning ko‘zlari kattalashdi, tizzalari qaltirab, ba’zilar hushini yo‘qotayozdi. Bu — unutib bo‘lmas saboq edi. Xiyonatning narxi ular uchun endi aniq va ravshan edi.
Biroq bularning barchasini kuzatib turgan qutilar orasidagi ikki qiz — Lily va Hayon uchun bu lahzalar abadiy yodda qoladigan dahshatli tushga aylandi. Lily titrab qo‘llari bilan og‘zini yoparkan, ko‘zlaridan shashqator yosh oqardi. Har bir tomchi yuziga, bo‘yniga, yuragiga tomgandek bo‘ldi.
Hayon esa titroq qo‘llari bilan videoga olayotgan telefonga zor bilan tayanib turardi. Kamera ichidan qaralayotgan bu manzara uning hayotidagi eng yomon xotiraga aylanishi muqarrar edi.
Ammo… Taehyung va Jungkookning yuzlarida na bir achinish, na bir his bor edi. Ular uchun bu oddiy ishday, bir topshiriqday tuyulardi. Qon, fig‘on, iltijolar — bular ularga begona edi.
Xonada chuqur, og‘ir sukunat hukm surardi. Go‘yoki devorlar ham dahshatdan nafas olishni to‘xtatgandek edi. Qon hidi havoda muallaq turar, hali-hanuz polni qizil tusga bo‘yagan tomchilar asta-asta qotib borardi. Bu sukutni faqat bitta narsa buzdi — Jungkookning sovuq, temirdek qattiq ovozi.
— Barchangiz sotqinlikning jazosi nima ekanligini endi bildingiz. — Uning ovozi vahimali ohangda xonani kesib o‘tdi. — Kimki yana bizga xiyonat qilsa… bilib qo‘ying, u bundan-da og‘riqli jazoga duchor bo‘ladi. Gaplarimni ikki qulog‘ingizga quyib oling.
Bu so‘zlar xonadagi har bir yigitning tanasidan ilon o‘rmalagandek sovuq yurdi. Ular birin-ketin sekingina boshlarini egishdi. Na qochib qutulish, na qarshilik — faqat itoat va qo‘rquv.
Qutilar ortida esa Lily va Hayoon hamon karaxt holatda edi. Hayoon qo‘lida telefon borligini hatto unutgandi. Qaltirayotgan barmoqlari ostidan telefon sirg‘alib chiqib, polga urildi. "Shaqq!" degan tovush xonani larzaga soldi.
Jungkook bilan Taehyung bir zumda hushyor tortdi.
— Kim bor u yerda?! — deb g‘azab bilan baqirdi Taehyung, ovozi xonani titratdi.
Jungkook hech ikkilanmasdan odamlariga buyruq berdi:
— Qutilar ortini tekshiring. Tez!
Hayoon va Lily qutilar ortidan qochishga urinishdi. Nafaslari bo‘g‘ilib, yuraklari ko‘ksilaridan chiqib ketay deb urar, ammo bu urinish behuda edi. Mafianing odamlari kuchli, epchil va rahmsiz edi. Ular qizlarni osongina ushlashdi. Qarshilik, tipirchilash— barchasi bekor ketdi. Nihoyat, qizlar yerga sudralgan holatda Jungkook va Taehyung oldiga tashlab yuborildi.
Jungkook nigohi Lilyni ko‘rdi — bir lahza, u hayratga tushdi. Ko‘zlari toraydi, boshini biroz egib unga diqqat bilan tikildi.
Hayoon esa yigitlar qo‘lidan chiqib ketishga urindi, ammo bo‘lmadi. U nafrat aralash ohangda baqirdi:
— Qo‘yib yuboring bizni! Bu yerda sizning bizni ushlab turishga haqqingiz yo‘q!
Ammo bu chaqiriq javobsiz qoldi.
— Sizlar chiqaveringlar. Bu yerda qolishingizga hojat yo‘q, — dedi Taehyung qizlarni tutib turganlarga.
Yigitlar birin-ketin xonadan chiqib ketishdi. Endi xonada faqat Taehyung, Jungkook, Hayoon va Lily bor edi.
Taehyung xotirjamlik bilan Hayoon tomonga qadam tashladi. Qiz yurak urishini nafaqat o‘zi, balki atrofdagilar ham eshitayotgandek tuyuldi. Har bir qadami — qizning umidlariga qadalgan mixdek edi. Hayoon orqaga chekindi… yana bir qadam… va yana. Oxiri — devor. Orqa yo‘q edi.
Taehyung yaqinlashdi. Ko‘zlari sovuq, ammo kulimsiragan. O‘lja oldidagi yirtqich kabi. U qo‘lini Hayoonning ikki yoniga qo‘yib, qizni butunlay qamal qildi. Endi hech bir yo‘l qolmagandi. Na qochish, na qichqirish — nafasni bo‘g‘adigan vahima.
Hayoon ko‘zlarini yummadi. U qorquvdan ko‘z yumishni istamadi. U qaradi. To‘g‘ri Taehyung ko‘ziga. Ammo bu qarash ichida dard bor edi, najot iltijosi bor edi.
Taehyung esa jilmaydi. Qon, jimjitlik va vahima — unga rohat bag‘ishlayotgandek…
Taehyung sekin egilib, qulog‘iga yaqinlashdi. Uning ovozi shivirlagan shamolday past, ammo titratgudek sovuq edi.
— Seningcha, biz bu yerda nima qilayotganingizni bilmaymizmi?..
Shunday degancha, u cho‘ntagidan nimanidir chiqardi. Bu — Hayoonning telefoni edi.
Qiz ko‘zini kattaroq ochdi. Nafasi ichiga tushdi. Butun tanasi qotib qolgandek bo‘ldi. U bu telefon haqida deyarli unutgandi… ammo Taehyung unutmagan.
— Buni tushirib qo‘yibsan, — dedi u mayin, ammo zaharli ohangda. — Senga qoyil qoldim. Zo‘r videoga olarkansan. Endi bu telefon menga esdalik bo‘lib qoladi. Telefonning egasi esa...
U yana egilib, qizning qulog‘iga yanada yaqinroq keldi. Ovozi qizning tanasidan turgan titroqni kuchaytirdi:
— ...mening bir umrlik asiram bo‘ladi.
Taehyungning issiq nafasi qulog‘iga urilganida, Hayoon butun vujudi bilan titradi. Bu harorat emasdi — bu xavf, tahdid edi. Ammo u ko‘p soniyalik karaxtlikdan keyin o‘zini qo‘lga oldi.
Hayoon chuqur nafas oldi, yuragidagi vahimani g‘azabga aylantirdi. So‘ng, bir lahza kutmagancha, yuzini burib Taehyungni o‘zidan itardi. Harakati kuchli bo‘lmasa-da, niyati qat’iy edi.
— Mendan uzoq tur! — dedi u, ko‘zlarida olov bilan. — Menga tegina olmaysan! Mafiasan degani, menga yaqinlasha olasan degani emas!
U bu so‘zlarni og‘ir, mag‘rur ohangda aytdi, nigohi bukilmagan, tik edi.
Taehyung jim turdi. Qizning jasorati uni hayratga soldi. Bunday qarshilik... bunday qattiqlik unga notanish edi. Uning atrofiga tiz cho‘kkanlar ko‘p bo‘lgan, ammo tik turib, ko‘ziga qarab gapirgan — deyarli hech kim.
Ammo Taehyung bu qarshilikni kuch sifatida emas — qiziqish sifatida qabul qildi.
U biror narsa demadi. Shunchaki oldinga bir qadam tashlab, qizning yelkasidan mahkam ushladi. Hayoon qanday harakat qilganini anglab ulgurmadi — Taehyung allaqachon uni yelkasiga ko‘tarib olgandi.
— Qoyib yubor meni! — deb tipirchiladi qiz. — Tushir meni, eshityapsanmi?!
Ammo Taehyung uning tipirchilashiga e’tibor ham bermasdi. Og‘ir qadamlari bilan u xuddi o‘ljasini olib ketayotgan yo‘lbarsdek qizni yelkasida ko‘targancha yo‘lida davom etdi.
Lily Taehyung Hayoonni ko‘tarib ketayotganini ko‘rib, dugonasiga nimadir yomon narsa sodir bo'lishidan qo'rqdi. Qo‘rquv uni harakatga majbur qildi — dugonasi tomon intildi. Ammo yurishidan oldin Jungkook uning yo‘lini to‘sdi. U qizning bilagidan mahkam ushlab, o‘ziga tortdi.
— Dugonang haqida qayg‘urishdan oldin, o‘zingga qayg‘urishing kerak, menimcha, — dedi u sovuqqonlik bilan, yuzida keskin jilmayish bilan.
Taehyung xonani tark etdi. Xonada endi faqat ikkalasi qolgan edi. Jungkook Lilyni devorga tiradi. Ularning orasidagi masofa deyarli yo‘q edi. Uning qaynoq nafasi Lilyning yuziga urilib, yuragining , baland urishiga sabab bo‘ldi.
— Bizni nega videoga olding? — dedi u past, ammo tahdidli ovozda. — To‘xta, o‘zim taxmin qilaman... Siz bizni politsiyaga berishni rejalashtirgansiz. Telefoningizdagi video sizga dalil bo‘lishi kerak edi, shundaymi?
Lily jim. Titrayotgan lablari, yuzidagi oqarish — barchasi vahimani ifodalayotgandi. Ammo Jungkook gapida davom etdi:
— Bitta narsani hisobga olmabsan. Politsiyaning kuchi bizga yetmaydi. Ular bizga bo‘ysunadi.
Bu so‘zlar qizning butun tanasini silkitganday bo‘ldi. Lekin Jungkook to‘xtamadi. Uning nigohi pastga — Lilyning nim-pushti, titroq lablariga tushdi. Yutindi. Yana qaradi. Ammo bu qarash uzoq davom etmadi. O‘zini yo‘qotmaslik uchun u bir qadam orqaga chekindi.
— Bizni qo‘yib yuboring, iltimos... — dedi Lily titroq ovozda. — Boshqalarga bu haqida aytmaymiz. So‘z beraman...
Jungkook jim. So‘ngda asta, lekin qat’iy ohangda javob berdi:
— Afsuski, buni iloji yo‘q. Mening dunyoyimga bir kirgan odam... qaytib chiqolmaydi.
Senda ikki yo‘l bor: yoki men bilan bir umr qolasan... yoki haligi yigitning taqdiri sizning taqdiringiz bilan bir xil bo'ladi
Bu gaplar Lilyni qotirib qo‘ydi. Nigohida hayrat, dahshat va tanlov orasida qolib ketgandi. U jim qoldi.
— Men haliyam javobingni kutyapman, — dedi u.
Lily ko‘zini yumdi. Ichida kurash ketayotgandi. So‘ng sekingina, duduqlanib:
— M... m... men siz bilan bo‘lishga roziman...
Jungkook bu javobni kutgandek jilmaydi.
U eshik tomon yura boshladi. Lily esa, hech narsani o‘zgartira olmasligini anglagandek, unga ergashdi.
Tashqarida qora mashina kutib turardi. Ular mashinaga o‘tirishdi. Lily yo‘l davomida hech nima demadi. Nigohi derazadan tashqariga, ammo ko‘zlari hech nimani ko‘rmasdi. Vahima, charchoq va g‘am uni asta tinchlantirdi. Ko‘zlari ilindi.
Uzoq yo‘l ortda qoldi. Mashina nihoyat Jungkookning qasrdek uyi oldida to‘xtadi. Jungkook avval o‘zi tushdi. So‘ng orqa eshikni ochdi. Lilyga biror narsa demoqchi bo‘ldi, ammo...
Qiz allaqachon uxlab qolgan edi.
Jungkook biroz unga tikilib qoldi. So‘ng asta, jilmaydi. Uning nigohida ilk bor qandaydir yumshoqlik, himoya istagi aks etgandi. U Lilyni sekin qo‘lida ko‘tarib oldi. Go‘yo eng nozik gullardan birini ushlayotgandek ehtiyotkorlik bilan uy ichiga kirdi.
U qizni chiroyli bezatilgan, nozik pardalar, oppoq yostiqlar bilan bezalgan xonaga olib kirdi. Lilyni yotoqqa yotqizdi. Qizning tinch nafas olishi xonaga taskin olib kirayotgandek edi.
Jungkook uzoq tikildi. So‘ng, past ovozda dedi:
— Meni kechir, bu taklifni berganim uchun. Boshqa ilojim yo‘q edi. Endi sen doim mening yonimda bo‘lasan. Endi yuzingni to‘yib-to‘yib ko‘rishim mumkin. Seni endi himoya qila olaman... seni hech qachon xafa bo‘lishinga yo‘l qo‘ymayman.
U asta egilib, qizning peshonasidan o‘pdi.
— Xayrli tun, mitti nilufarim...
So‘ng sekin orqasiga o‘girilib, o‘z xonasiga yo‘l oldi. U qadam tashlagan sari, yuragida birinchi bor qandaydir g‘alati, iliq tuyg‘ular ildiz ota boshlagandek tuyuldi...
Taehyung Hayoonni mashinaning orqa o‘rindig‘iga ehtiyotkorlik bilan joylashtirib, haydovchi o‘rniga o‘tirdi. Ammo orqasida o‘tirgan qiz hech tinchlanmasdi. U shunchaki g‘azabda emasdi — qo‘rquv, iztirob va qarshilik unga tinchlik bermayotgandi.
— Mashinani to‘xtat! MENI QO‘YIB YUBOR! — Hayoon butun kuchi bilan baqirdi.
Taehyungning sabri so‘nggi chizig‘iga yetdi. U hech narsa demasdan, mashinani yo‘l chetiga to‘xtatdi. Sovuqqonlik bilan mashinadan tushdi va orqa eshikni ochib, Hayoonni ham zo‘rlik bilan tushirdi. Qiz unga qarshi chiqdi, tipirchiladi, ammo Taehyungning kuchli qo‘llari uni mashinaga tirab qo‘ydi.
— Meni sabrimni sinama, — deb pichirladi Taehyung sovuq ohangda, qizning qulog‘iga egilib. — Yoki men bilan ketasan, yoki oqibatini ko‘rasan.
— Hech qachon! Meni qo‘yib yubor! — deb jahl bilan yuzini boshqa tomonga burdi Hayoon.
Taehyungda esa murosa tugagandi.
— Hali shunaqami? Unda o‘zingdan ko‘r...
Shu gaplar bilan u belidan qurolini chiqardi va yigitlar orasidan birini — vazifasiga beparvo yurgan, e’tiborni susaytirganini ko‘rgan xodimini nishonga oldi. Ko‘z ochib-yumguncha, bir o‘q yangradi. O‘q tegkan yigit qonga belanib yerga quladi.
Hayoonning ko‘zlari dahshatdan kattalashdi. Nafasi bo‘g‘ildi. Ko‘z oldida bo‘layotgan manzara unga tush emas, qattiq haqiqat edi.
— Agar seni deb yana kimdir o‘lishini xohlamasang, yaxshigina mashinaga o‘tirasan. Men bilan jimgina ketasan, — dedi Taehyung yuzida kulimsirab, ammo lablarida muzdek sovuq ohang bilan.
Hayoonning yuragi gursillab urardi. U bir necha soniya qiynaldi. Ikkilandi. Ammo o‘zini deb yana begunoh insonning jonidan ayrilishini istamadi. So‘zsiz mashinaga qayta o‘tirdi.
Taehyung yigitlariga o‘q tekkan yigitni darhol shifoxonaga olib borishni buyurdi. So‘ng mashinaga qaytib, haydadi. Mashina kechki shahar ko‘chalari bo‘ylab jim-jit harakatlana boshladi.
Hayoon esa hech narsa demasdi. Ko‘zlari derazaga tikilgan, yuragi esa og‘riq bilan to‘lib-toshgan edi. U o‘zini ayblardi. Lily uchun xavotirda edi. Bu jinoyatlar dunyosiga tushib qolganini hali to‘la anglab ulgurmagan bo‘lsa-da, bu yerning sovuqligi yuragiga tez singib borayotgandi.
Qiz yig‘lamoqchi bo‘ldi, ammo ko‘z yosh to‘kib o‘zini ojiz ko‘rsatishni istamadi. U kuchli edi. Hech bo‘lmasa shunday ko‘rinishga urinardi. Ammo tanasi charchagandi. Ko‘zlari asta yumila boshladi. Uyqu, og‘riq va og‘ir fikrlar uni asta chulg‘adi...
Mashina nihoyat Taehyungning uyi oldida to‘xtadi. Taehyung mashinadan tushdi. Orqa eshikni ochganida esa, Hayoonni ko‘zi yumilgan, yuzida charchoq aralash sokinlik bilan uxlayotganini ko‘rdi.
Bir lahza uning yuziga tikildi. Shu payt yuragida allaqanday yumshoq tuyg‘ular bosh ko‘tardi. Qizning osuda uyqusi, butun dunyodan bexabar yotgan holati unga begona hislarni uyg‘otdi. Taehyung beixtiyor jilmaydi. So‘ng qizni sekinlik bilan, go‘yo qimmatbaho narsa ko‘tarayotganday ehtiyotkorlik bilan bag‘riga oldi.
Uyning ichiga kirib, zinadan ikkinchi qavatga ko‘tarildi. O‘zining xonasidan keyin joylashgan, avvaldan tayyorlab qo‘yilgan xona eshigini ochdi. Ichkariga kirib, Hayoonni yumshoq yotoqqa yotqizdi. Ustini ohista yopdi.
Bir muddat unga qarab turdi. Keyin asta egilib, sekin pichirladi:
— Xayrli tun, qaysar mushukcham...
So‘ng sekin orqasiga o‘girilib, o‘z xonasiga yo‘l oldi....