September 23

Killer bunny

- Jungkook va Taehyungdan so‘rasak, ruxsat bersa kerak. Universitetga borishga ruxsat berdiku. Bundan tashqari o'zing rasm chizishni, mashhur rasmlarni tomosha qilishni yoqtirasan-ku. Bundan keyin yangi o'qituvchi bilan ham tanishib olasan. U senga befarq emasman o'xshaydi
- Hech ham unday emas. Men talaba, u bo'lsa o'qituvchi, tamom. Bunday bema'ni fikrlarni hayolingdan chiqarib tashla. - Lily Hayoonga yomon qarash qilib dedi.
- Bo'ldi, bo'ldi, jimman sen bilan hazillashib ham bo'lmaydi. Lekin rostan ham borishimiz kerak. Judayam galareyaga borgim kelyapti. Birga boraylik. Senga mensiz qiziq bo'lmaydi. Men bilan bor, iltimos - Hayoon Lilyga ko'zlarini katta-katta ochib mo'ltirab qaradi.
- Uff, mayli. Seni bu mushukchaga o'xshab yoqimtoy qarashinga yo'q deb bo'lmaydi - Lily Hayoonga kulib qaragan holda dedi.
Ikki dugona qolgan darslarga borishdi. Darslar tugagandan so'ng, ular universitet tashqarisiga chiqishdi. Lily kutganidek, Jungkookni odamlari bor edi. Hayoon bu odamlar yoniga bordi.
- Biz galareyaga bormoqchimiz. Bu yerda turishingizni hojati yo'q.
Qo'riqchilar bir-biriga hayron bo'lib qaradi.
- Bizga bunday buyruq berilmagan - qo'riqchilardan biri Hayoonga dedi
- Unda boshlig‘ingizga telefon qiling - Hayoon jiddiy ohangda dedi.
Ulardan biri telefonini olib, Jungkookga qo'ng'iroq qildi. Bir necha daqiqadan so‘ng, Jungkook go'shakni ko'tardi.
- Nima bo'ldi? - Jungkook har doimgi sovuq va hotirjam ohangda dedi.
- Siz kuzatishni buyurgan qizlar galareyaga bormoqchi ekan.
- Kim aytdi? - Jungkook qo'shini chimirib, hayron bo'lgan holda dedi
- Hayoon xonim

Jungkookni yonida Taehyung ham bu gaplarni tinglab turgandi. U Jungkookga telefonni unga berishini ishora qildi. Jungkook telefonni Taehyungga uzatdi.
- Telefonni Hayoonga ber - Taehyung qo'riqchiga dedi. Qo'riqchi buyruqqa bo'ysunib, Hayoonga topshirdi. Hayoon reaksiya bildirishidan oldin, telefon ortidan Taehyungni doimgi sovuq tovushi eshitildi.
- Nima uchun galareyaga bormoqchisiz?
- Shunchaki. Lily bilan anchadan beri galareyaga borishni rejalashtirgandik. Lily mashhur rasmlarni tomosha qilishni yaxshi ko'radi - Hayoon hotirjam ohangda dedi. Lilyning rasmlarni tomosha qilishga bo'lgan qiziqishini eshitgan Jungkook samimiy jilmaydi va mashhur rassomlarning rasmlarini sotib olib, Lilyning xonasiga ilishni o'yladi. U Taehyungga borishlari mumkinligini aytdi.
Ha, mayli, boravering. Lekin kechki soat 6da sizlarni olib ketish uchun boramiz. Boshqa joyga borish haqida o'ylamang - Taehyung qat'iy ovozda dedi va telefonini o'chirdi.
- Vanihoyat ruxsat berishdi, endi borsak bo'ladi - Hayoon Lilyga quvonib dedi. Lily esa Jungkookni ruxsat berganidan hayron bo'ldi. Ruxsat bermasa kerak deb o'ylagandi.
Ikki dugona suhbatlashib o'tirganida, Yunji ham universitetdan chiqdi.
-Ketdikmi, qizlar
Ular birgalikda universitet yaqinidagi galareyaga borishdi. U yerda rasmlar ko'rgazmasi bo'layotgan bo'lsa ham, odamlar unchalik ko'p emas edi. Negaki bugungi kunda ko'pchilik san'atga qiziqmasdi.
Galareya turli-tuman mashhur rasmlardan iborat edi. Ular ko'rgazmani ko'rib bo'lganidan so'ng, birgalikda devorga osilgan rasmlarni tomosha qilishni boshladi.