July 1, 2025

Zulmat ogʻushida 🔞

Yozuvchidan : Baxtli onlar keladi men bunga ishonaman ! hatto oʻlim yoqasida boʻlsam ham sendan kechmayman bir bor qilgan xatoyimni aslo ikkinchi bor takrorlamayman sevgilim ~

-2 haftadan soʻng -
Shaxi pov : oradan ikki hafta oʻtdi ...Jungkook bilan butunlay ajralganimizga ikki hafta boʻlibdi ...ochigʻi tirik murdadek his qilmoqdaman oʻzimni . Shunchaki qizalogʻim uchun yashayapman xolos . Usizlik jinni qila yozdi meni tushlarimda ,saroblarimda ,xayollarimda qayerda boʻlsam uni eslatadigan kichik xolatlar yuz beradi ...Yana bir falokat boʻlishini koʻnglim sezmoqda yaqinda nimadir boʻladi juda xavotirlanyapman ayniqsa Shemi va Jungkookdan va ...va singlimdan ham ! Xa singlim borligini shu 19 yoshimda bilaman deb oʻylamagan edim ! Uni nima qilib boʻlsa ham Aleksandrdan qaytaraman bunga hech kim qarshilik qila olmaydi ...uni qaytaraman va balki oxirida Jungkook qizim va singlim baxtli oila boʻlarmiz ...shunga umid qilaman ...Hozir yoz boʻlgani uchun havo juda issiq va shu bilan birgalikda odamni juda lanchlashirib yuboradi ...shu boismi yoki boshqa narsami shu kunlarda juda xolsizman ovqatga qarasam koʻnglim agʻdariladi ... Taehyung necha bor shifokorga borib koʻrikdan oʻtish taklifini berdi lekin rad etdim yaxshisi uyda qolib dam olaman oʻtib ketadi....

Bazida oʻzimga boʻlgan loqaytsizligimdan Taehyungning jaxli chiqadi xuddi...xuddi Jumgkooknikidek u xam loqaytsizligimni gapirib dakki berardi bu bir tomondan yoqimli edi ...
Undan dakki eshitishni sogʻinib man mening Jungkookim ...menikimi uning ismiga egalik qoʻshimchasini qoʻyib gapirishim qanchalik toʻgʻri...

Nima boʻlsa ham ...u baribir meniki nima deyishsa deyishsin ilojsizman lekin sevaman

Doimgidek xayollarimga shoʻngʻib turganimda eshik ochilib Xonaga Shemini koʻtarib Taehyung kirdi ularni koʻrib yuzim yorishdi ..."Taehyung..kel"

Qizim shiringina boʻlib jajji qoʻlchalarini men tomon choʻzib bir nimalar deb gʻinshinardi ... Taehyung uni bu qiligʻidan qoshlarini chimirib menga qaradi "Shaxi qizing ham otasiga oʻxshagan ikkiyuzlamachi sen yoʻgʻingda bagʻrimda jimgina oʻtirgandi seni koʻrdiyu meni tepishni boshladiya ...adolatsizlik !"

Unga labimni burib norozi qiyofada tikildim "Qizimni koyima Kim Taehyung! "

"yaaaa Shaxi meni shu kichkinadan ustun qoʻydingmi ranjitting "

Oʻrnimdan turib Taehyungdan Shemini olib loʻppi yonoqlaridan oʻpib oldim qiqirlab kulib lablarini choʻchchaytirib xursandligidan tipirchilashni boshladi ...

Shaxi :)

"Jonim qizim shirinim novod qandim mitti farishtam oʻzimni buncha shirin boʻlmasang ...farishtam oʻzimni seni hech kimga bermayman ! Hech kim tortib ololmaydi hech kim ! " Jin ursin yana eski xurujim tutib qolyapti ming lanat boʻlsin Taehyung axvolimni tshundi shekilli qoʻlimdan bolani olib yotogʻiga yotqizib qoʻydi qoʻllarim qaltirab koʻzlarim yumila boshladi "Taehyung...Tae Shemini hech kimga bermaymiza ? Olib ketishmaydia ? Taehyung..."
Qoʻllarimdan tutgan qoʻllarni qattiq qisdim "Tinchlan Shaxi koʻzlarimga qara shshsh Shaxi ! "
"Taehyung... Taehyung Shemi ...u..uu olib ketishmaydia ? Jungkook bilan aloqalarni uzdim endi olmaydia ? "
Oʻzimni yoʻqotib qoʻydim axvolimni oʻzim ham tushunmasdim shunchaki ...qoʻrqardim ! "SHAXI ! BAS QIL !"
Tae ni baqirigʻidan bir uchib tushdim koʻzlarimni unikiga tikib jovdirab uni keyingi soʻzlarini kutdim "Tinchlan Shaxi..Tinchlan farishtam mening hech kim olmaydi olishga yoʻl qoʻymayman Jungkook ham yoʻl qoʻymaydi ..! "
Uni keyingi harakatlaridan keyin jimib qoldim titrashim ham qoldi . Bagʻrida quyonchaga oʻxshab oʻtirar ekanman sochimdan silashni boshladi ...Shemini yigʻlayotganini endi payqadim Taeni bagʻridan
chiqib qizim tomon bordim koʻzlaridan yosh chiqib yuzini hoʻl qilishga ulgurgan ekan qizalogʻimni qoʻlimga olib erkalatib ovutdim oʻzimdan oʻtib tushgan qoʻrqoqqinam munchoq koʻzligim kechir tentak oʻyingni kechir

Janim mani shirinim Shemicham

Taehyung yelkamga qoʻlini qoʻyganida mayus koʻzlar bilan unga qaradim "Yaxshimisan ? "
Kichik tasdiq uchun boshimni silkitdim "Yaxshi ..unda tayyorlan marvaridim kompaniyaga ketamiz ! " Tikka turganim uchun biroz boshim aylangandek boʻldi Shemini bagʻrimga yaxshiroq bosib oʻrindiqqa oʻtirdim "Taehyung nega kompaniyaga boramiz ...? "
"Bir ikta ishlarimiz bor ...Oʻzimizni kompaniyaga emas Jeon Kompaniyasiga boramiz ! " Jimib qoldim ...yana oʻsha familiya yana oʻsha xotiralarni eslatuvchi familiya ...."bormasam maylimi?"
Tae umidsiz boshini silkidi "yoʻq shaxi bugun borishing kerak ...

" Mayli...lekin Shemichi ? Uni yolgʻiz qodlirgim yoʻq ! " Tae biroz oʻylanib turdida keyin rozilik bildirdi "boʻpti uni ham kiyintir "

2 soatlardan soʻng qoʻlimda qizim bilan Jeonlar kompaniyasiga yetib keldik...

"Kiramizmi ?" Tae orqamdan kelib menga gapirdi bosh silkish bilan kifoyalanib uni qoʻlidan tutdim kompaniyaga kirar ekanmiz barchaning koʻzi bizda edi jin ursin* nega bunchalik hayajonlanayapman bu hayajonmi yo qoʻrquv yo umuman boshqa hismi? Taeni qoʻlidan qattiq qisib oʻzim biladigan lift tomon otlandik Jungkookning xonasiga yaqin kelar ekanmiz chetda Yoongi va Mariyani koʻrib yuzimga kulgu yugurdi Mariya meni koʻrganidan koʻzlari porlab ketgan boʻlsa Yoongi buning butunlay aksi qorachiqlari gʻazabdan bir on yondi ...
Mariyani oldimga yugurib kelayotganini koʻrib unga baqirdim "Mariya sekin ! " U oldimga kelib koʻzlarida chiqishga tayyor boʻlib turgan yoshlari bilan qarar ekan yuragim ezildi "Shaxi ...sen kelding " u yana nimadir demoqchi edi lekin qoʻlimda gʻimirlayotgan Shemiga qarab qoldi nigohini undan olarkan menga hayrat bilan tikilib Shemini koʻrsatib " Shaxi ..bu..bu qizingmi ? " Kulib bosh irgʻadim "nima oʻxshamaganmi ? " U hali ham hayron yuzini yoʻqotmagan holda boshini sarak sarak qildi " umuman senga oʻxshamagan u..u.u Jungkookga oʻxshagan ! " Yuzimdagi kulgu bir zumda soʻndi unga nima deyishni bilmay Taega qaradim u ham Shemiga qarab turgan ekan nima Jungkookga shunchalik oʻxshaydimi ?

Chap tomondagi eshik ochilib men anchadan buyon qoʻrqib kutayotgan inson chiqar ekan tanamda bilinar bilinmas titroq turdi . U bir ikta erkaklar bilan gaplasharkan ular ketganidan soʻng koʻzi biz tomonga tushdi qoʻlimdagi bolani koʻrib shoshib yuzimga qaradi negadir ongimni vahima bosdi tezda koʻzimni yerga qaratib yuzimni burdim . Taehyung Jungkookning oldiga borib bir nimalarni gapirdi ulardan uzoqda boʻlganim uchun nima haqida suxbat ketayotganini anglolmasdim. Oldimda turgan Mariya qoʻlimdan turtganda unga qarab jilmaydim "Axvoling yaxshimi ? Nega oqarib ketgansan biror nima boʻldimi ? "
"Yaxshiman Mariya hammasi joyida... shunchaki biroz tobim yoʻqroq shu xolos issiqlikdan boʻlsa kerak oʻtib ketadi "
U yanogʻimga qoʻlini qoʻyganda koʻzlari kattalashdi "YO XUDO SHAXI ! seni issigʻing borku " hammaning nigohi bizga tushganda biroz xijolat chekib Mariyani qoʻlidan ushlab jim boʻlishini aytdim "Sen qiz doimgidek aqlsizsan ! Yaxshiman dedimku tanamdagi haroratni koʻtarilishi ham issiq havo sabab ! Nega baqirasana ? "
"Yolgʻon gapirma Shaxi sen isitma qilyapsan yuzing ham xorgʻin yana yetmaganiga bolani ham koʻtarib olgansan ! "
Taehyung tomonga qarab qoʻyib ular hali ham gaplashishayotganini koʻrib Mariyaga sekinlik bilan Shemini berdim qizim koʻzlarini katta ochib yangi odam bilan tanishmoqchi boʻlardi goʻyo . Mariya Shemini qoʻliga olarkan koʻzlari hayratdan kattarib menga qaradi "Shaxi u rostan ham Jungkookga oʻxshaydi ...nega bunaqa shirin bu qiz "
"Hoy jim boʻl ! " Mariyani chetroqqa oʻtkazib bir ochiq xonaga kirdik "Jim boʻlsangchi Mariya ! "
"Nega jim boʻlar ekanman ? Bu bola hech qanday Taehyungniki emas bu Jungkookning qizi ! Shaxi men seni yaxshi bilaman sen Jungkookdan boʻlgan bolani hech qachon oldirmagan boʻlarding bu axmoqlik boʻlardi buni hatto tasavvur ham qilish qiyin ! Sen Jungkookga bor haqiqatni aytasan ! Boʻlmasa unga oʻzim aytaman meni bilasan Shaxi ! " Uni buncha gapni bir nafasda aytib yuborganidan shoshib nima deganini anglolmay qoldim ham " Mariya s..sen nimalar deyapsan bu Taehyungning..."
" Sen qiz jinni boʻlibsan oʻzingga kel seni yaxshi bilaman Jeon Shaxi ! Sen Jungkookni sevasan boshqasi bilan oʻzingni oʻlsang ham tassavur qila olmaysan ! Oʻzingga kelda senga kim tazyiq oʻtkazayotgan boʻlsa barini eringga aytib ber boʻlmasa Shemi Jungkookni qizi ekanligini uni shaxsan oʻziga aytishga majbur boʻlaman ! "

"Mariya bu ..bunday qilishing mumkin emas meni desang biroz jim yur xoʻp yolvoraman Mariya hali hammasi izmiga tushgandan soʻng senga barini aytaman hozircha hech nima deya olmayman tushun meni ham " Mariya bir necha soniya menga qarab turdida bosh silkidi " yaxshi lekin oxirida sen va Jk birga boʻlmasangiz men barini Jungkookga aytib beraman Shemi uni qizi ekanligini bilsa bilasan oʻylab ham oʻtirmay uni sendan tortib oladi ..." Mariyani bu gapini eshitib oʻylanib qoldim haqiqatdan ham agar u buni bilsa Shemini oladi mendan oladi ...

Mariya bilan bir zum gaplashmay qoʻydik ikkimiz ham oʻyga tolganmiz...nogohon koʻzim uni kattarib qolgan qorinchasiga tushganda qoʻlimni oʻsha tomonga burib muloyimlik bilan siladim mening jajji jiyamcham "Mariya meni qoʻys tur oʻzing yaxshimisan...Yoongi bilan munosabatlaringiz qanday u ..seni xafa qilmaydi deb oʻylayman shundaymi yoki ranjitadimi ?" Uni yuziga egilib qarab jilmaydim "Yoʻq u bunday qilmaydi ...erim juda yaxshi Bazida tortishib qolamiz ,oʻzingni asramayapsan ,ovqatingni yegin ,sekin harakat qil,asabiylashma deb noligani noligan doim bir ishkal chiqarishimdan nolib dakki beradi lekin baribir meni sevadi chunki u mening Yoongiyim " Mariya kulib gapirar ekan bir zum 2 yil oldin xomiladorlig damlarim yodimga tushib ketdi xa men xam xuddi Mariyadek edim xatto undan ham qaysarroq va tentakroq edim doim Jkni jigʻiga tegib bir nimalar qilib yurardim ..shu uchun ham Jungkook meni daxmaza deb nomlangandi ...Mariyaga xomiladorlik yarashgan juda ochilib ketgan ...Qoʻlimda Shemi borligi yodimdan chiqibdi qizginam qoʻllari bilan tipirlab urushni boshlaganda xonaga Jungkookning kotibasi kirib menga Taehyung va Jungkook meni kutayotganini maʼlum qildi ...Bu kotibani birinchi bor koʻrishim Jin ursin* nega bunchalik ochiq kiyingan bu ?! Har qanday yigitning koʻzi tushsa soʻlagi oqadiya~ oʻsha erkaklar qatoriga balki Jungkook ham kirar ...yoʻq ! Nimalar deyapman oʻzi Jungkook bunday qilmaydi ..Kotibaga ensamni qotirgancha uni turtib Jkning xonasiga bordim tanamda titroq turgan vujudim qoʻrquvdan alangga kabi yonmoqda Shemini qoʻlchasidan oʻpib xona eshigini taqqillatmasdan kirdim eshik ochilishi bilan menga qarab turgan ikki yigitni deya biroz hijolat boʻlib ichkariga qadam qoʻydim...

Jk :)

Jk pov : Bugun yana uni koʻrdim ,lekin kelganiga hech qanday reaksiya bildirmadim qoʻlida ..qoʻlida kichik bir qizchani koʻrib shoshib qoldim ...bu Shaxi va Taehyungni farzandimi ? JIN URSIN* nega u Taehyungga oʻxshamaydi ? Lekin biroz Shaxiga oʻxshagan ...yana menga ham oʻxshagan ..koʻzlari ...yurakchaga oʻxshaydigan labchasi ..va lab pastidagi xolcha unday xol faqat Shaxi va menda bor edi ....bu nimani anglatadi ? Ularga koʻp etibor berib yubordim .eʼtiborimni Taehyungming soʻzlariga qaratib uni tingladim ! Taehyungning yon tomoniga oʻtirgan Shaxi koʻzlarini menga qaratib turardi iloji boricha unga qaramaslikka harakat qilardim men undan kechdim ! Hammasidan kechdim endi unutaman barini !
Tae : shunday qilib Shaxi bilan ajrashgan ekansan senga tegadigan merosingning yarmisi uniki boʻladi u buni olishga haqli ha yana aksiyalar ham 30 foizi uniki demak u seni hamkoringdek gap ...
Jk Biroz koʻzlarini qisib qoshini koʻtargancha toʻgʻrisidagi yigitga chuqur va xavfli tikilarkan uni nimaga Shama qilayotganini qisman anglab turgandi " xoʻsh bu bilan nima demoqchisan Kim Taehyung ochiqchasiga gapir ! "
"Bu bilan aytmoqchimanki Jeon Jungkook Shaxi bundan keyin bu kampaniya aksiyadori va shu yerda ishlaydi ! Istasang buni qonunan rasmiylashtiramiz .."
Qoʻllarini qovushtirib lab chetida kulgan yigit oldidagi yigitni pisand qilmayotganini yaqqol isbotladi "Kim Taehyung! Esingizda boʻlsa qarshingizdagi bu ayol hali ham meni rafiqam ! Yani qonuniy rafiqam ! "
Bu gapni eshitgan qiz tok urgandek boʻlib Taehyungga qaradi " Men ..Seni rafiqang emasman Jungkook ! Biz ayrilganmiz !"
Jungkook yelkasini tik tutib qizga oʻlik nigohlarini qaratdi " xa ...ayrildik seni qoʻyib yubordim lekin bu degani biz qonunan ajrashdik degani emas kichik xonim ! Biz hali ham er xotinmiz ! Shunday ekan sen bularni ololmaysan ".
"Ammo Jungkook...Seva bilan nikoh.. " Oʻrnidan turgan yigit qizni gapini boʻldi " Sevani qonunan xotinim sifatida koʻrmaganman ...Xavotir olma kechgacha ajrim xujjatlari qoʻlingda boʻladi imzo qoʻyib bersang hammasi tugaydi ! Va men Sevaga qonunan uylanaman ! Boʻldimi ? Xa yana aksiya muammosi ham toʻgʻrimi hmmm u xam boʻladi barchasi siz aytgandek boʻladi ...Xoʻsh yana muammo bormi ? "
Shaxi pov : U..u hozir hazillashyapti mi ? Sevaga qonunan uylanaman degani nimasi boʻldi ming lanat* boʻlsin senga Jeon Jungkook!
Xona eshigi ochilib ichkariga baland poshnali jozibador qizil koʻylak kiygan Seva kirarekan barchaning diqqat eʼtibori unga qaratildi "Hayrli kun ...bezovta qilmadim mi ? " Mayinlik bilan berilgan savol va unga javoban chimirilgan qoshlar "Bezovta qilmading Kel azizam ..." Seva borib Stol qarshisida turarkan stullardan biriga joylashmoqchi boʻlganida Jungkook uni harakatlarini uni oʻziga tortib tizzasiga oʻtkazishi bilan chekladi bu xolatdan esankirab qolgan Seva yigitga savol tariqasida qaradi " nega unaqa qaraysan ?Shunchaki Oʻz joyingga oʻtkazdim azizam " Seva yigitga javoban yonib turgan koʻzlari bilan jilmayar ekan ularni jim ammo ichida ulkan allangga kabi yonayotgan Shaxi butun vujudi boʻylab tarqalgan bu alangani bosishga harakat qilib shunchaki tinglardi ...."Unda ajrim qogʻozini kechda kutaman tezroq shu ish bitsin Jeon Jungkook men sendan sen mendan qutil ! " Jizzakilik bilan aytilgan soʻzlar va xuddi shu usulda xonadan chiqishga uringan qadamlar ...Shaxi Taehyungga ketishini aytib xona eshigini ochar ekan keyinchalik qanchalik gʻazablanganini harakatlar bilan koʻrsatish uchun eshikni tanani titratib yuboruvchi darajada alam va zarb bilan yopdi ...
Ichida qizni gʻazablantira olganidan mamnun boʻlgan yigit tizzasidagi qizni sonlaridan siladi ....

Shaxi
Tae
Koʻylakni qizil deb oʻylanglar / seva