March 19, 2022

Taʼlim sohasini boshqarishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli Kanada tajribasi misolida.

Ta’lim tizimi davlat tomonidan ta’minlanishi shart bo’lgan eng muhim ijtimoiy ta’minotlardan biri hisoblanadi.Ta’lim tizimi va aynan boshlang’ich va o’rta ta’lim tizmining davlat tomonidan ta’limlanishi kerakligi g’oyasi davlatning “ijtimoiy lift”ning to’g’ri ishlashini ta’minlashi va “start”da barcha uchun bir xil imkoniyatlar yaratishi kerakligi haqidagi fikrlarga asoslanadi.

Chunki ta’limning tengligi ta’minlanmasligi orqali,insonlarning daromad darajasi ularning ta’lim sifatiga bevosita ta’sir qilib,boylarning farzandlari yaxshi ta’lim olishi,daromadi past qatlam esa nisbatan oddiy va sifati past bo’lgan ta’lim bilan qanoatlanishiga to’g’ri keladi.

Bu esa yuqori daromadli kishilar yanada boyib,kambag’allar yanada qashshoqlashishi mumkin degan xulosaga olib keladi.Davlat esa,aynan shu hodisaning oldini olib,”start”da barcha uchun bir xil,yuqori sifatdagi ta’limni tashkil etishi kerak.

Misollar bilan aytganda,oylik daromadi $1000 bo’lgan shartli A kishi bilan,oylik daromadi 100$ bo’lgan shartli B kishining sifatli ta’lim olish imkoniyatlari maksimum teng bo’lishi kerak.Barcha fuqarolar davlat maktablarida ta’lim oladigan jamiyatda bu aslida muommo emas. Ammo,xususiy maktablar o’z pullik ta’lim xizmatlarini taklif etishi jamiyatda potensial tengsizlik yaratadi.Chunki,odatda xususiy maktablarda (yoki ta’lim muassasalarida) ta’lim sifati davlat sektoridan yuqori.Shu bilan birga,yuqorida biz aytgan B kishinig xususiy ta’lim muassasai xizmatidan foydalanishga qurbi yetmasligi mumkin.

Ko’plab davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki,davlat o’zi taklif etadigan ta’lim tizimni markazlashgan holda boshqarishi orqali ta’limning yuqori sifatini ta’minlay olmaydi. Bunday vaziyatda davlat tizimni nomarkazlashtirishi (desentralizatsiya) va tizimning jamiyat oldida hisobdorligini oshirishi zarur.

Yuqoridagi fikrlarning amaliy misolini Kanada ta’lim tizimida ko’rish mumkin:

Avvalo,Kanada federativ davlat ekanligni e’tiborga olishimiz zarur.Davlatdagi provinsiyalarning har biri o’z ta’lim vazirliklariga ega.Vazirliklar o’z provinsiyasi doirasida turli masalalarni mustaqil hal etishadi.

Misol uchun,Alberta provinsiyasi hukumati tarkibida Ta’lim vazirligi (Alberta Education) faoliyat ko’rsatadi.Uning vazifasi provinsiya doirasida ta’lim standartlarini belgilash,ta’lim tizimining quyi bo’g’inlarini moliyalashtirish va ta’lim standartlarini nazorat qilish hisoblanadi (1). Vazirlik maktablar faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsata olmaydi va ularni boshqarmaydi.

Provinsiyaning har bir Shahar va tumanlarida “Ta’lim kengashlari” (Board of Education) mavjud.Bu tashkilotni O’zbekistondagi tumanlardagi XTB’larga (rayONO,gorONO) tenglashtirish mumkin.

Aynan,”ta’lim kengashlari” tumandagi ta’lim jarayonini boshqaradi,vazirlikdan pul so’raydi,pullarni maktablarga taqsimlaydi va hkz.Eng muhimi,vazirlik tuman/shahar ta’lim kengashi qaroriga aralasha olmaydi.Chunki,kenglashlar xalq tomonidan to’g’ridan-to’g’ri saylanadi.

Alberta Education misolida davom etsak,Alberta provinsiyasining tuman yoki shahar mahalliy kengashiga bo’lgan saylovlarda “Ta’lim kenglashi”ga ham saylov o’tkaziladi.Maktab kengashi tarkibiga jami 7 kishi saylanadi va ular vakolat muddati davomida tuman yoki shahridagi ta’lim tizimini boshqarishadi.

Bu tizim orqali quyidagi maqsadlarga erilishganligni ko’rish mumkin: birinchidan,ta’lim tizimida fuqarolik jamiyatining bevosita ishtiroki ta’minlanadi,ikkinchidan,tuman maktab kengashlari yuqori turuvchi organlar emas,balki jamiyat oldida hisobdor bo’ladi,uchinchidan,aynan xalq oldida hisobdor bo’lgan kengash ta’limning yuqori sifatini ta’limlash uchun ko’proq harakat qilishga majbur.Chunki,vazifalar yaxshi bajarilmasa kelgusi saylovda kengash oldida qayta saylana olmaslik xavfi mavjud.

Endi bevosita maktablar haqida: Albertada maktablarni uch turga bo’lish mumkin:

  1. Ta’lim kengashi tasarrufidagi bepul ommaviy maktablar (public schools)
  2. Pullik xususiy maktablar (private schools)
  3. “Charter schools” ya’ni “yorliq maktablar”

Bepul davlat maktablari va xususiy maktablar tajribasiga to’xtalmaymiz.”Yorliq maktablar” esa yangi tizim bo’lib,Kanadada birinchi “yorliq maktab” 1995-yilda Albertada tashkil etilgan (2).Bugung kunda ham Kanadaning faqat Alberta provinsiyasidagina “yorliq maktablar” faoliyat ko’rsatadi.

“Yorliq” maktablari xususiy boʻlib, provinsial hukumat bergan ruxsat (yorliq,litsenziya)ga asosan ish yuritadi. Hukumat har bir maktabga oʻquvchi boshiga qarab pul ajratadi. Bu pul nafaqat davlat maktablari, balki xususiy maktablarga ham beriladi. Shu sababli, maktab xususiy boʻlsa-da, uning harajatlarini hukumat qoplaydi, ota-ona pul toʻlamaydi.

Xususiy maktablar Alberta taʼlim vazirligi standartlariga asosan faoliyat yuritadi, ammo Kalgari taʼlim kengashiga kirmaydi va mustaqil harakat qiladi (3).”

Yuqorida,xususiy maktablarning vujudga kelishi va bepul davlat ta’limining sifatsizligi ijimoiy tengsizlikni chuqurlashtiradi.Boylar boyishda,kambag’allar qashshoqlashishda davom etadi degan fikr yozilgan edi.”Yorliq maktablar”ni aynan shu ijtimoiy muommoning yechimi sifatida ko’rish mumkin.

“Yorliq maktab”lar xususiyligini saqlab qoladi va endi ular bevosita mijozlar uchun emas,hukumat tomonidan moliyalashtirlish uchun raqobat qilishadi.O’z navbatida fuqarolar istasa,xususiy ta’lim tizimidan bepul foydalanishlari mumkin bo’ladi.

Shuningdek,fuqarolarda boshqa muqobil tanlovlar:bepul davlat maktabi yoki pullik xususiy maktablar ham mavjud.Bular ham “yorliq maktablar” uchun raqobatchi hisoblanib,ular o’z ta’lim sifati ustida doimiy ishlashlari uchun turtki bo’ladi.

“Yorliq maktablar”ni tashkil etishning o’ziga xos muommolari ham bo’lib,bular odatda noshaffof va xalq oldida hisobdor bo’lmagan hukumatlarda namoyon bo’lishi mumkin.

Bular,“charter maktab”ni moliyalashtirishda yuz berishi mumkin bo’lgan korrupsiya yoki nepotizm,manfaatlar to’qnashuvi va ehtimoliy monopliya kabilardir.

Yuqoridagi holatlarning sodir bo’lmasligi uchun mamlakatda faol siyosiylashgan fuqarolik jamiyati mavjud bo’lishi va u hukumatga soliq to’lovchi sifatida o’z talablarini bildira olishi zarur.

"Arsenal" jamoasi tomonidan tayyorlandi.


1- https://www.alberta.ca/education.aspx

2- https://en.wikipedia.org/wiki/Charter_school#Canada

3 – https://t.me/zambarakning_oqi


Telegram kanalimiz: https://t.me/arsenal_pc