Kuchli iqtisodiyot kuchli ta’lim tizimini yaratadimi yoki yetuk ta’lim kuchli iqisodiyotnimi?
Hozirgi kunda deyarli barcha iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda ancha takomillashgan va yetuk ta’lim tizimi mavjud . Xo’sh , qaysi soxa ikkinchisini rivojiga sabab bo’lgan ? Quyida, aynan shu savolga javob topishga bir qancha rivojlangan davlatlar misolida harakat qilib ko’ramiz .
Yaponiya.Kuchli ta'lim - kuchli iqtisodiyot.
Yapon xalqida talimga alohida muhabbat bilan yondashiladi. Ta’lim o’tmishda ham zamonaviy Yaponiyada ham muqaddas sanaladi . Yaponlarning aksariyat qismi ta’limni rivojlanishning asosi deb biladi. 1868-yilgi Meydzi islohotlari davrida ta’lim tizimi ilk bora davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Taxminan 15 yil o'tgach, AQSh admirali Metyu Perrining ekspeditsiya safari orqali mamlakat tashqi dunyoga "ochildi". Bu davrda mamlakat 200 yildan ortiq virtual izolyatsiyadan so'ng G'arbga yetib olishga intilayotgani sababli ta'lim sohasida ulkan islohotlar amalga oshirdi. Ikkinchi jahon urushi, jumladan, uning muqaddimasi va oqibatlari, albatta, Yaponiyaning ta'lim tizimini vayron qilgan bo'lsa-da, mamlakat Meydzi davridan to hozirgi kungacha ta'lim sohasida misli ko'rilmagan yutuqlarga guvoh bo'ldi.
II jahon urushidan mag’lub davlat sifatida chiqgan bo’lsada , g’arbcha ta’lim tizimi va idealogiyasi ostida Yaponiya qayta tug’ildi. Chorak asr o’tmasdan Xalqaro hamjamiyatda o’z o’rniga ega bo’lgan zamonaviy turdagi texnikalar va tovarlar ishlab chiqaruvchiga aylandi aynan shu davrda dunyo hamjamiyati iqtisodiyoti yiliga 11% ga o’sgan Yaponiyani ko’rdi.bugungi davrda ham Yaponiyada ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratiladi.Xulosa shuki , hozirgi Yaponiyaning bunday iqtisodiy qudrati ostida kuchli ta’lim tizimi turadi.
Buyuk Britaniya.Kuchli ta'lim - kuchli iqtisodiyot.
Ko’pchilkka ma’lumki Britaniya ta’lim tizimiga e’tibor ancha oldin boshlangan. Bunga misol qilib XI asr oxirida ochilgan Oksford universitetini va XII asr o’rtalarida asos solingan Kembrij universitetini olsih mumkin.Shunisi qiziqki , aynan Buyuk Britaniya agrar soxadan birinchilardan bo’lib Sanoatlashgan tizimga qadam qo’ygan davlat hisoblanadi. Ko’pchilik olimlar Britan iqtisodiyotining paydo bo’lishini va rivojlanishini kuchli ta’lim sababidan deb xisoblaydilar. Ingliz ta’lim tizimi yetishtirgan kadrlar zamonaiy iqtisodiyotning barcha sohalarida qadrli hisoblanadi.
AQSH - izohsiz.
AQSHning Kolumbiya Universiteti iqtisoiyot bo’yicha Phdisi Claudia Canalsning fikriga ko’ra
"Ta'lim iqtisodiy o'sishga bevosita ta'sir qiladi, chunki bu inson kapitalini yaxshilash uchun zarurdir. Keling, buni bosqichma-bosqich ko'rib chiqaylik. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish quvvati turli omillarga bog'liq. Bularga jismoniy kapital, texnologiya va ishchilar soni hamda ularning sifati kiradi. Bu sifat asosan inson kapitali (bilim, ko'nikma va odatlar zaxirasi) bilan belgilanadi. Ishchilarning ta'lim darajasining oshishi ularning inson kapitalini yaxshilaydi, bu ishchilarning mehnat unumdorligini va iqtisodiyot mahsulotini oshiradi."
Umuman olganda AQSh sanoat davriga endi qadam qo’yilayotgan davrda paydo bo’lgan , uni sanoat davri farzandi deyishimiz mumkin. Bu davlat o’zining rivojlaninishi va iqtisodiy qudratini aynan ta’lim tizimiga berilgan katta e’tibor orqali amalga oshirgan.Amerikancha qarashga ko’ra , Ta'limning ishchi mahsuldorligiga bevosita ta'siridan tashqari, ko'plab iqtisodchilar o'sish uchun shaxsiy daromaddan ko'ra kattaroq ta'limning muhim tashqi ta'sirini ham ta'kidlaydilar. Masalan, Pol Romer, yuqori malakali ishchilar soni ko'p bo'lgan jamiyatlar ko'proq g'oyalar ishlab chiqaradi va natijada ko'proq o'sadi. Yaqinda o'tkazgan tadqiqotida universitet ma'lumotiga ega bo'lgan ishchilar foyda ko'rishini ko'rsatadigan nazariy model va ba'zi empirik dalillarni taqdim etadi, chunki bu texnologik innovatsiyalarni rag'batlantiradi, jismoniy kapital va umuman ishchi kuchining unumdorligini oshiradi. Boshqa tomondan, rivojlanayotgan iqtisodlar boshlang'ich va o'rta ma'lumotga ega bo'lgan ishchilardan foyda ko'radi, chunki bu ularga boy mamlakatlarda ishlab chiqilgan texnologiyalarga taqlid qilishga yordam beradi va shu bilan ularning jismoniy kapitali va ishchi kuchi samaradorligini oshiradi.
Xulos o’rnida shuni takidlash lozimki davlatning iqtisodiy jihatdan qudratli bo’lishi , uni jahon bozorida o’z o’rniga ega bo’lishi uchun yetuk ta’lim tizimi kerak. Davlat doim ta’lim jarayonini kuzatishi va uning rivoji uchun sharoit yaratib berishi kerak. So’zimiz isbotini esa biz yuqoridagi rivojlangan 3 ta davlat misolida ko’rdik.
Kimki ilm olish yoʻlini tutsa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qiladi.
Muhammad sallalohu alayhi vassalam