Kipr mojarosi
Turk-Kipr yoki Kipr mojarosi bir tomondan Kipr greklari va boshqa tomondan Kipr turklari va Turkiya o'rtasidagi Kipr orolining davlat shakllari va hududiy tashkil etilishi bilan bog'liq ziddiyatdir. Bu mojaroning asosiy ishtirokchilari Turkiya, Kipr va Gretsiyadir. 1960 yilda Kipr 1878 yilda orolni mustamlaka qilgan Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi. Biroq, Buyuk Britaniya Akrotiri yarim orolida va Dekeliya qishlog'i yaqinida joylashgan ikkita harbiy bazasini saqlab qoldi. Yangi Konstitutsiya ikki jamoaning mavjudligini e'lon qildi: greklar (orol aholisining 80%) va turklar (18%). Davlatning asosiy hujjatida belgilangan etnik kvotalar turk hamjamiyatining ham, grek hamjamiyatining noroziligiga sabab bo'ldi, chunki ikkala tomon ham kvotalar haqqoniy tassiqlanmagan deb hisoblar edi. 1963 yilda asta-sekin kuchayib borayotgan keskinlik har ikki tomonda ham ko'plab etnik nizolar bilan portladi. Vaziyatni hal qilishga urinish uchun, 1964 yilda, Kiprga yana BMTning tinchlikparvar kontingenti joylashtirildi va bu kontingent 10 yil davomida orolda bo'ldi. 1974-yilning 15-iyulida orolda harbiy to‘ntarish sodir bo‘lib, Kipr grek terror tashkiloti ESKA-V Kipr prezidenti arxiyepiskop Makarios II ni taxtdan ag‘dardi. Turkiya hukumati buni Kiprdagi o'z manfaatlariga xavf tug'dirayotganini ko'rib, orol hududining taxminan 37 foizini egallagan o'ttiz minglik qo'shin yubordi. Natijada Kipr janubiy grek qismiga va shimoliy turk qismiga bo'lindi. Buning natijasida orol de-fakto demakratsiya qilindi. Nizolashayotgan tomonlar BMTning bufer zonasi deb ataladigan "yashil chiziq" bilan ajratilgan. Demarkatsiya chizig'i bo'ylab harakatlanish deyarli imkonsiz bo'lib qoldi. Grek va turk jamoalari o'rtasida jismoniy va ijtimoiy to'siq yaratildi.
Keling nizolashayotgan tomonlarning va yirik davlatlarning manfaatlarini ko'rib chiqamiz.Birinchi bo'lib Turkiya tomonidan boshlasak. Turkiya tomonining rasmiy sabablarga ko'ra ular orolda yashovchi kipr turklarini himoya qildilar. Yashirin sabablarga kelsak, birinchisi, harbiy omil, agar Gretsiya tomoni Kiprni egallab olganida Turkiyaning janubiy chegaralariga tahdid solgan bo'lardi. Buning oldini olish uchun turk tomoni Kiprga qo‘shin yubordi. Ikkinchi yashirin omil - Turkiya davlatining obro'si. Agar Turkiya Kipr orolining Gretsiyaga qo‘shilishiga ruxsat bersa, bu Turkiyaning xalqaro obro‘siga putur etkazadi. Bu davlat ichida ham katta siyosiy nizolarni keltirib chiqarardi. Qisqasi, Turkiya geosiyosiy mag‘lubiyatga uchragan bo‘lardi. Grek va Kipr tomonlariga kelsak, ular tarixan orolni Gretsiyaning bir qismi deb bilishgan. Ularning fikricha, orolning Gretsiyaga berilishi tarixiy adolat hisoblangan. Yashirin sabablarga kelsak, yuqorida aytib o'tganim birinchi sabab harbiy omil. Agar Gretsiya orolga bostirib kirsa, Turkiyaning janubiy chegaralariga tahdid solardi. Gretsiya uchun orol ham tarixiy, ham madaniy jihatdan juda muhim. Kipr oroli qadimgi grek sivilizatsiyasi markazlaridan biri hisoblanadi. Agar greklar orolni anneksiya qilganlarida edi, ular katta geosiyosiy va ma’naviy g‘alabaga erishgan bo‘lar edi. Haligacha davom etayotgan mojaro omillariga kelsak, bu yerda yirik gaz konlari aniqlangan va orol katta geosiyosiy ahamiyatga ega. Ushbu orolga egalik qilish uning Sharqiy O'rta yer dengizining katta qismini nazorat qilishini anglatadi. Bu yerda nafaqat Turkiya, Gretsiya, Kipr, balki AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarning ham manfaatlari bor. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyaning asosiy maqsadi orolning toʻliq nazorat ostiga tushishiga yoʻl qoʻymaslikdir. Yevropa davlatlari va Isroilning maqsadi aniqlangan gazni Yevropa iste'mol bozorlariga yo'naltirishdir. Rossiyaning asosiy maqsadi Kipr gazining Yevropa bozorlariga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Davlatlarning imkoniyatlariga kelsak, Turkiyaning salohiyati yuqori. Chunki Turkiya iqtisodiy va harbiy jihatdan Gretsiya va Kiprdan kuchliroq. So‘nggi yillarda Turkiya harbiylari Suriyadagi harbiy amaliyotlardan so‘ng katta tajribaga ega bo‘ldi, Turkiyaning harbiy sanoati ham jadal rivojlanmoqda. Ukrainadagi mavjud o'zgarishlar ham Turkiyaning AQSh nazarida geosiyosiy mavqeini oshirmoqda. Rossiyadek davlatga qarshi turish uchun Turkiyadek kuchli harbiy ittifoqchi kerak. Shu sababli AQSh va boshqa Yevropa davlatlari Turkiyani F-35 dasturiga qaytarish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Albatta, Turkiya bu omillarni o‘z manfaati uchun ishlatishga harakat qiladi. Gretsiya va Kiprning imkoniyatlari juda past. Chunki Gretsiya juda og’ir iqtisodiy ahvolda, Turkiya iqtisodiyoti ham og’ir kunlarni boshdan kechirmoqda, lekin vaziyat Gretsiyadan ancha yaxshi. Grek va Kipr armiyalari haddan tashqari import qilingan qurollarga juda bog'liq. Gretsiya o'z qurollarining 80 foizini xorijdan sotib oladi, Turkiya esa o'zi ishlab chiqaradi. Bu harbiy harakatlar paytida juda muhim omil. Dunyodagi hozirgi geosiyosiy vaziyat ham Gretsiya imkoniyatlarini pasaytirmoqda.
Avvalo, bu davlatlar o'rtasida ziddiyat bo'lmasin. Agar bu davlatlar oʻrtasida harbiy toʻqnashuv boʻlsa, bu iqtisodiyotimizga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Chunki iqtisodiyotimiz Turkiyadan keladigan sarmoya va tovarlarga bog‘liq. Keyin Turkiyada mehnat muhojirlarimiz ko‘p. Bu vaziyatda O‘zbekiston o‘zini qanday tutishi kerak, degan savol tug‘iladi. Javob oddiy: neytral, chunki geosiyosiy vaziyat juda beqaror, geosiyosiy vaziyat hozir Turkiya tomonida, lekin ertaga bunday bo‘lmasligi mumkin. Albatta, bu davlatlar oʻrtasida betaraflikni saqlash va vaziyatni yumshatish uchun faol diplomatiya yoʻlini tanlagan boʻlardim, chunki bu Oʻzbekistonning nxalqaro maydondagi nufuzini va imijini oshiradi. Ya’ni mening strategiyam betaraflik va faol diplomatiyaga asoslangan. Bu vaziyat uchun eng maqbul yo'l.
1.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%B8%D0%BF%D1%80%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B9_%D0%BA%D0%BE%D0%BD%D1%84%D0%BB%D0%B8%D0%BA%D1%82
Telegram kanalimiz: https://t.me/arsenal_pc