Daniya qirolligi
Daniya qirolligi Shimoliy Yevropada joylashgan qadimiy davlat.Daniya qirolligiga VIII asrda asos solingan.
Daniya konstitutsiyaviy monarxiya , davlat boshlig'i monarx bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament - Folketing (179 deputat) bilan birgalikda amalga oshiradi. Daniya 1973-yildan beri Yvropa Ittifoqining a'zosi , ammo hali ham Yevrozonaning bir qismi emas . Daniya NATO va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining asoschisi hisoblanadi
Daniya unitar davlatdir. Poytaxti — Kopengagen.
1953-yil 5-iyundagi konstitutsiyaga ko'ra, davlat boshlig'i qirol, 1972-yil yanvardan - Shlezvig-Golshteyn-Sonderburg-Glyuksburg sulolasidan qirolicha Margret.
Davlat boshligʻi qirol (qirolicha) boʻlib, tayinlangan hukumat orqali oliy hokimiyatni amalga oshiradi,parlament raisi yoki parlament fraksiyalari rahbarlarining taklifiga koʻra bosh vazirni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. vazirlar, parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.
Qirol (qirolicha) - Daniya qurolli kuchlarining oliy qo'mondoni va rasmiy davlat cherkovining boshlig'i hisoblanadi.Shuningdek,qirol (qirolicha) shaxsi daxlsiz hisoblanadi.
Daniya konstitutsiyasining 13-moddasida “The King shall not be answerable for his actions; his person shall be sacrosanct.The Ministers shall be responsible for the conduct of the government; their responsibility shall be determined by Statute” (tarjimasi “Qirol o’z harakatlari uchun javobgar emas.Uning shaxsi muqaddasdir.Vazirlar hukumat faoliyatiga javobgar bo’lib,ularning faoliyati Nizom (Statut) bilan belgilanadi”) deb belgilab qo’yilgan.
Oliy qonun chiqaruvchi organ - bir palatali parlament ( Folketing ), mamlakat fuqarolari tomonidan 4 yilga saylanadi. Parlament 179 deputatdan iborat boʻlib, ulardan 135 nafari 23 ta saylov okrugida umumiy saylov huquqi asosida proporsional vakillik orqali saylanadi.
40 deputatlik mandati saylov okruglari bo‘yicha yetarli miqdorda ovoz ololmagan nomzodlar o‘rtasida taqsimlanadi.Folketingning 2 a'zosi Farer orollaridan, 2 nafari Grenlandiyadan saylanadi.
Parlament saylovlari kamida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi, lekin muddat tugashidan oldin monarxdan saylov oʻtkazishni soʻrash bosh vazirning vakolatiga kiradi. Ishonchsizlik votumi bo'yicha Folketing bitta vazirni yoki butun hukumatni iste'foga chiqarishga majbur qilishi mumkin.
Ishonchsizlik votumi bo’yicha hukumat a’zosi yoki butun hukumatni istefoga chiqarish tog’risidagi qoidalar Daniya Konstitutsiyasining 15-moddasida belgilab berilgan:
“A Minister shall not remain in office after the Folketing has passed a vote of
no confidence in him.”
(Folketing ishonchsizlik votumini qabul qilgandan keyin vazir o‘z lavozimida qolmaydi.)
Daniya qiroli Oliy bosh qo’mondon hisoblansada,Folketingning roziligisiz mudofaa maqsadlaridan tashqari boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlata olmaydi. Qirolning ushbu qoidaga muvofiq ko'rishi mumkin bo'lgan har qanday chora-tadbirlar darhol Folketingga taqdim etilishi kerak.
Qirol ijro etuvchi hokimiyatni 19 a'zodan iborat va bosh vazir boshqaradigan hukumat ( regering deb nomlanadi) orqali amalga oshiradi. Hukumat Folketing oldida javobgardir. Barcha vazirlar yig'ilishi Davlat kengashini ( Statsrådet ) tashkil etadi, unda qirol va taxt vorisi o'tiradi va hukumatning eng muhim qonun loyihalari va choralari muhokama qilinadi. Har bir amt (Daniyaning hududiy birligi) boshida qirol tomonidan tayinlanadigan amtman (amtlarning rahbari deyish mumkin,lavozim) joylashgan, saylangan kengash ham mavjud. Qishloq kommunalarida kengashlar saylanadi, ularni saylangan rais boshqaradi; shaharlarda - burgomaster boshchiligidagi shahar kengashlari hokimyatni amalga oshiradi.
Daniya qirolligida quyidagi siyosiy partiyalar faoliyat ko’rsatadi:
- Daniya xalq partiyasi – milliy-konservativ o’nglar
- Rivojlanish partiyasi – o’ng populist
- Xristian demokratlar partiyasi – xristian-demokrat
- Konservativ xalq partiyasi – konservativ
- Daniya liberal partiyasi – liberal o’ng markazchilar
- Sotsial-liberal partiya – sotsial-liberal markazchilar
- Sotsialistik xalq partiyasi – so’llar
- Qizil-yashil kaolitsiya – o’ta so’l
Shuningdek,Daniya kasaba uyushmalari Markaziy tashkiloti (Landsorganisationen i Danmark). ham mavjud.
"Arsenal" tomonidan tayyorlandi.
- https://en.wikipedia.org/wiki/Denmark
- https://www.constituteproject.org/constitution/Denmark_1953.pdf?lang=en