Raqamli huquqlar va siyosat
PRISM
2013-yilning 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri maxfiy sud qarorini eʼlon qildi. Unga koʻra, AQSH milliy xavfsizlik agentligi millionlab amerikaliklarning telefon qoʻngʻiroqlarini kuzatib borgan.
6-iyun kuni esa The Washington Post maxfiy terrorizmga qarshi kurashish dasturi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, AQSH Milliy xavfsizlik agentligi va Federal tergov byurosi Amerikaning texnologik kompaniyalari serverlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan.
Bu NSA'ning (National Security Agency - AQSH Milliy xavfsizlik agentligi) sobiq hodimi Eduard Snouden tomonidan maxfiy ravishda sizdirilgan ma'lumotlarga asoslangan xabarlar edi.Snouden tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra , AQSH Milliy xavfsizlik agentligi va Federal tergov byurosi mamlakatdagi yirik texnologik kompaniyalar — Microsoft, Yahoo!, Google, Facebook, AOL, Skype, YouTube va Apple serverlariga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatiga ega boʻlgan.
PRSIM nomli maxfiy dastur orqali AQSH Milliy xavfsizlik agentligi va Federal tergov byurosi foydalanuvchilarning deyarli barcha ma'lumotlarni maxsiy ravishda kuzatishlari mumkin bo'lgan.
2007-yilgi qonunga koʻra, AQSH xavfsizlik xizmati vakillari mamlakatdan tashqari barcha shubhali obyektlarni va ular bilan muloqotda boʻlgan amerikaliklar faoliyatini kuzatib borishini kafolatlaydi. Milliy xavfsizlik agentligining PRISM dasturi boʻyicha ilk hamkori 2007-yilda Microsoft boʻlgan boʻlsa, 2008-yilda Yahoo!, keyin 2009-yilda Google, Facebook va PalTalk, 2010-yilda esa — YouTube, 2011-yilda — Skype va AOL, 2012-yilda esa Apple hamkorga aylanadi.
2008-yilda Xorijlik aygʻoqchilarni nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish kiritiladi. Unga muvofiq, AQSH xavfsizlik xizmatiga maʼlumotlar yigʻishda yordam bergan kompaniyalar sudga tortilmasligi kafolatlanadi.
Ushbu ma'lumotlarning matbuotda e'lon qilishi va Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan PRISM dasturi mavjudligining tan olinishi fuqarolar siyosiy tafakkurida katta burilishni keltirib chiqardi.G'arb demokratiyasi va liberalizm qadriyatlarini targ'ib etuvchi davlat fuqarolari aslida o'zlari o'ylaganidek erkin emasligini , ularni istalgan vaqtda kuzatishlari mumkinligi ma'lum bo'ldi.Shuningdek,PRISMning yillik xarajatlari ($20 mln.) ham soliq to'lovchilar hisobidan moliyalashtirilgan.
Pegasus
Pegasus josuslik dasturi Andriod va iOS tizimidagi qurilmalar uchun Isroilning NSO Group nomli kiberqurol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Isroilning NSO Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Pegasus dasturi orqali maxsus xizmatlar telefonlarni egasiga sezdirmay kuzatgan. Bu korxona 2010 yil Tel-Avivda tashkil etilgan va 2016 yildan boshlab dunyodagi maxsus xizmatlarga dasturlar taqdim etib kelishi ma'lum.
Parijdagi Forbidden Stories notijoriy tashkiloti Amnesty International bilan birgalikda 50 mingga yaqin telefon raqamlari ular ulangan telefon apparatini buzib kirish uchun Isroil kompaniyasiga buyurtma ko‘rinishida yuborilganini aniqlagan. Bu telefonlarning qanchasi buzib kirilgani aniq emas, lekin jurnalistlar raqamlarning mingga yaqini kimga tegishli ekanini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Ro‘yxatda 65 nafar top-menejyer, 85 nafar huquq faoli, 189 jurnalist, 600dan ortiq siyosatchi va mansabdorlar, vazirlar, arab davlatlaridagi qirollik oilasi vakillari, advokatlar, ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan.
Meksikaning sobiq prezidenti Felipe Kalderon, Burundi bosh vaziri Alen-Giyom Bunoni, ortidan ham josuslik dasturi yordamida kuzatuv olib borilgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, Iroq prezidenti Barama Solih, JAR prezidenti Siril Ramafozu, Misr bosh vaziri Mustafo Mabduli, Marokash bosh vaziri Saididdin Usmoni, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va bosh vaziri Asqar Mamin va Marokash qiroli Muhammad oltinchining telefonlari kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Le Monde nashrining yozishicha, Makron 2017 yildan buyon ishlatib kelayotgan telefonini eshitishni Marokash razvedkasi buyurtma qilgan.
Cambridge Analytica
Cambridge Analytica Britaniyaning siyosiy konsalting kompaniyasi bo'lib, u Facebook-Cambridge Analytica ma'lumotlari janjali orqali mashhur bo'lgan.
2010-yillarda millionlab Facebook foydalanuvchilariga tegishli shaxsiy maʼlumotlar Britaniyaning Cambridge Analytica konsalting kompaniyasi tomonidan ularning roziligisiz toʻplangan , asosan siyosiy reklama uchun foydalanilgan.
2016 yilda amerikalik senator Ted Kruz prezidentlik kampaniyasiga yordam berish uchun Cambridge Analytica kompaniyasini yolladi. Federal saylov komissiyasi xabar berishicha, Kruz kompaniyaga xizmatlar uchun 5,8 million dollar to'lagan.
Cambridge Analytica Facebook'da individual psixografik profillarni yaratishni boshladi.Keyinchalik bu ma'lumotlar har bir kishi uchun Kruzga ovoz berishda ularni targ'ib qilish uchun moslashtirilgan reklama yaratish uchun ishlatilgan.
Donald Trampning 2016-yilgi prezidentlik kampaniyasi yig'ilgan ma'lumotlardan foydalanuvchilarning Facebookdagi faolligi asosida shaxsiy xususiyatlarini aniqlab, psixografik profillarni yaratish uchun foydalangan.Reklamalar, asosan, Tramp tarafdorlari yoki potentsial ovoz berishlari asosida turli toifalarga bo'lingan
Cambidge Analyitica kabi dasturlardan siyosiy kampaniyalarda ovoz olish uchun saylovchilarni ijtimoiy tarmoqlarda manipulyatsiyaqilishda foydalanish va saylovlarda g'alaba qozonish mohiyatan, nisbatan avtoritar davlatlarda uchraydigan televideniye,radio va bosma matbuotda olib boriladigan propaganda siyosatidan katta farq qilmaydi.Bu esa, demkoratik, erkin va shaffof ovoz berish qadriyatlari,hukumatning saylovchilar oldidagi legitimligi kabi tushunchalarni shubha ostiga qo'yadi.
Hozirda axborot jamiyatida fuqarolar va hukumat su'niy intellekt, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlardan siyosiy hokimyatni egallash va aholini manipulyatsiya qilish quroli sifatida foydalanmasligiga erisha oladigan adolatli konsensusga erishishlari lozim.
Aynan yuqorida biz sanab o'tgan sabablar tufayli kelgusida raqamli huquqlar sohasi juda muhim ahamyatga ega bo'lib boradi.
Data Science bo'yicha olim va Barak Obamaning raqamli tahlil bo'yicha direktori Ameliya Shoualter "har bir saylovchi haqida modellarga ega bo'lish va ular qaysi yo'l bilan ovoz berishi mumkinligini aniqlashga urinish biz uchun bir necha foiz punktda foydali bo'ladi" degan edi.Shuningdek, uning fikricha bu kabi texnolgiyalar hozirda Mayk Taysonning yoshligiga o'xshaydi. U hozir asabiylashyapti, lekin keyinroq dahshatli bo'ladi."
@arsenal_pc jamoasi tayyorladi.
Telegram kanalimiz: https://t.me/arsenal_pc
- https://www.abc.net.au/news/2018-11-22/political-parties-know-a-lot-more-about-you-than-you-might-think/10511590
- https://en.wikipedia.org/wiki/Facebook%E2%80%93Cambridge_Analytica_data_scandal
- https://en.wikipedia.org/wiki/PRISM_(surveillance_program)
- https://www.theguardian.com/world/2013/jun/09/edward-snowden-nsa-whistleblower-surveillance
- https://www.spiegel.de/international/world/journalist-says-explosive-reports-coming-from-snowden-data-a-912034.html
- https://en.wikipedia.org/wiki/Digital_rights