April 7, 2022

Siyosatshunos kasbi va uning daromadi

Qanday qilib siyosatshunos bo’lish mumkin ?

Siyosatshunoslar ishga kirishi uchun kamida magistratura diplomi yoki PhD darajasi talab qilinadi. Odatda siyosatchilar davlat boshqaruvi, davlat siyosati, yoki jamoat ishlari bo’yicha magistratura diplomiga ega bo’ladi. Bu dasturlar odatda bir nechta fanlarni o’z ichiga oladi va talabalar o’z qiziqishlaridan kelib chiqib aniq sohani tanlashi mumkin. Talabalarning ko’p qismi tadqiqot usullari, siyosatning shakllanishi, dasturlarning evolutsiyasi va statistika bo’limlarini tanlashadi. Siyosatshunoslik bo’yicha eng mashhur universitetlar: Garvard universiteti(AQSh), Prinseton Universiteti(AQSh),Kaliforniya Universiteti(AQSh), Michigan Universiteti(AQSh),Yel Universiteti(AQSh), Massachutes Universiteti(AQSh), Kolumbiya Universiteti (AQSh).

Bu universitetlarda asosan siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslikning boshqa yo’nalishlari bor. Ba’zi siyosatshunoslar PhD dasturini tugatgandan so’ng o’zini sohasi bo’yicha ishlashni boshlaydi. Ular yillar davomida dissertatsiya uchun o’zlari tadqiqot olib boradi. Ko’p PhD nomzodlari asosan milliy siyosat, qiyosiy siyosatshunoslik, xalqaro aloqalar va siyosiy nazariya yo’nalishlarini tanlaydi.

Bakalavr diplomi bilan ishlamoqchi bo’lganlar asosan tadqiqot tashkiloti yordamchisi, siyosiy kompaniyalarga yoki notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishi mumkin .

Siyosatshunoslardan talab qilinadigan qobiliyatlar:

  1. Tahlil qilish qobiliyati. Siyosatshunoslar ko’pincha sifat va son metodlaridan foydalanadi. Tahlil qilish qobiliyati ma’lumotlarni to’plash, baholash va shahrlashga yordam beradi.
  2. Aloqa o’rnatish qobiliyati. Odatda siyosatshunoslar maqola yozayotganda va taqdimot o’tkazayotganda jamoa bo’lib ishlaydi. Ular to’plagan ma’lumotlarini jamoa bilan tahlil qilishi kerak.
  3. Kreativlik. Siyosiy jarayonlarni o’rganish va ularni tahlil qilish uchun siyosatshunoslar muntazam ravishda yangi g’oyalarni kashf etishi va yangi ma’lumotlarni o’rganishi kerak.
  4. Tanqidiy fikrlash qobiliyati. Siyosatshunoslar mavjud bo’lgan ma’lumotlarni tekshirishi va jarayonni oxirini mantiqiy ko’ra olishi kerak.

Siyosatshunoslarni ish bilan ta’minlash 2020-yildan 2030-yilgacha 9 foizga oshishi taxmin qilinmoqda.( Source: U.S. Bureau of Labor Statistics, Employment Projections program).Odatda Amerikada 50% siyosatshunoslar federal hukumatga ishga qabul qilinadi.

Siyosatshunoslarning daromadi.

2020-yil ma’lumotlariga ko’ra siyosatshunoslarning o’rtacha maoshi $125 350 ni tashkil etadi.Eng yuqori maosh oladigan 25% siyosatshunoslarning oylik daromadi $157 710 ni tashkil etgan bo'lsa, eng past maosh oluvchi 25 % siyosatshunosning oylik daromadi $90 780 ni tashkil etadi.(Source: U.S. Bureau of Labor Statistics).

AQShda 8 yillik tajribaga ega siyosatchilar o’rtacha $113 298 oylik maosh olishadi va bundan tashqari bonus ham olishi mumkin.

Buyuk Britaniyada o’rtacha oylik 52 463 yevroni, eng yuqori maosh esa 65 061 yevroni tashkil etadi va 1021 yevro bonus ham olishi mumkin.

Turkiyadagi siyosatshunoslarning o’rtacha daromadi $7 200 yana ular $200 bonus ham olishi mumkin. Turkiyada eng yuqori oylik maosh 8 919 $ ni tashkil etadi.

Qozog’istonda siyosatshunoslarning esa eng yuqori oylik daromadi $13 401 ni , o’rtacha oylik esa $10 682 ni tashkil etadi.Bundan tashqari $285 bonus ham olishi mumkin.

Charos Yunusaliyeva tayyorladi.


Telegram kanal - https://t.me/arsenal_pc