March 16, 2022

Soft power - boy davlatlar ta'lim uchun e’lon qiladigan grant dasturlaridan asl maqsad nima ?

G’arb davlatlari va Singapur bir-biridan tubdan farq qiluvchi sub’yetklar bo’lib, ularning har biri o’zining mintaqaviy va xalqaro siyosiy ustunligiga ega.

Erasmus Mundus va Singapur Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan joriy qilingan Singapur stipendiyasi misolida ko'rishimiz mumkin . Katta Anglosfera davlatlari: Amerika, Angliya va Avstraliya kabi davlatlar bir muddat xalqaro stipendiyalarni "soft power" sifatida tan oldi.

Grant olgan xalqaro talabalarning aksariyat qismi liderik qobiliyatiga ega bo’ladi va oxir oqibat o’zining davlatida yuqori lavozimlarni egallash uchun albatta o’z davlatiga qaytadi. Universitetdan olgan bilimlarini o’zini yurtida yoshlarga o’rgatadi. The Fulbright dasturi, Chevening mukofotlari va Kolombo rejasi stipendiyalari hukumatlar oliy ta’limdan rivojlanishga yordam berish usuli sifatida foydalanilgan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki talabalar mamlakatning ta’lim tizimi me’yorlari va qadriyatlarini nafaqat o’zlashtiradi balki “o’zi bilan birga o’zlari ta’lim olgan mamlakat istiqbolini “ olib ketishadi. Shilds va Edvards ta’kidlashicha Talabalarning chekka hududlardan rivojlangan mamlakatlarga harakatlanishi o’zaro manfaatli yoki simbiotik munosabatlar sifatida keng qabul qilingan.

Xalqaro talabalarni qabul qiluvchi davlatlar o’zlarining tashqi siyosatdagi maqsadlarini amalga oshiribgina qolmay, qo’shimcha malakali kadrlarga ham ega bo’ladi va oliy ta’lim muassasasi uchun byudjet hisobini yaratadi, boshqa tarafdan qarasak talaba yuborayotgan davlat yangi bilim va qobilyat, netvorkingga ega bo’ladi. Shu sababli, ushbu ta’lim almashinuvlari barcha ishtirokchilari uchun ijobiy natija berishi haqida umumiy fikrlar mavjud .

So’nggi yillarda oliy ta’limni xalqarolashtirish tendensiyalariga ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Ba’zi xalqaro stipendiyalarning maqsadi “yuqori sifatli inson kapitali, mahalliy va xalqaro odamlarning netvorking sistemasi va yuqori salohiyatli intellekt”dir.Bu "soft power"ning nomoddiy mintaqaviy tarmoq va yetkachilik mavqeini shakllantirishda o'z ta’siri ko’rsatadi.Bu mamlakatlarning uzoq muddatli siyosiy, madaniy va ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytiradi.

Singapur stipendiyasi: Singapur- bir palati parlament boshqaruvining Vestminster tizimiga ega zamonaviy shahar-davlatdir. Mamlakat turli xalqaro reytinglarda yuqori ko’rsatkichlarga ega- Osiyodagi hayot sifatining eng yuqori reytingi ( Mercer 2014), Country Brand Index ( FutureBrand 2013) bo’yicha 14- o’rinda va Osiyodagi eng yashashga qulay joy (ECA International 2015 ). Singapur to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy yordam ko’rsatish o’rniga boshqa mamlakatlar bilan inson resurslarini rivonlantirish va iqtisodiy rivojlanishda texnik yordam taklif qiladigan yagona davlatdir. Singapur stipendiyasi( SCP) 1998-yilda Osiyo moliyaviy inqirozidan so’ng, ASEAN mamlakatlari talabalari uchun to’liq vaqtda bakalavriat darajasini olish va o’qishni tugatgan so’ng o’z mamlakatlari rivojiga hissa qo’shishlari uchun ishga tushirilgan.2003-yilda Iqtisodiy Tahlil qo’mitasining ta’lim bo’yicha ishchi guruhi Singapurda Global Schoolhouse konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha muhim taklif taqdim etdi. Iqtisodiy o’sishga ko’proq hissa qo’shishi, salohiyatli va qobiliyatli yoshlarni mamlakatga jalb etishi mumkin bo’lgan o’zini-o’zi ta’minlovchi ta’lim ekotizmini yaratish maqsadida Singapurda xalqaro ta’lim sektorini har tomonlama rivojlantirish tavsiya etilgan. “ Dunyo bo’ylab kuchli xalqaro bitiruvchilar tarmog’ini yaratish “ soft powerning asosiy startegik maqsadi. Singapur stipendiyasi noyob stipendiyalardan biri bo’lib, talabalardan o’qishni tugatgandan so’ng Singapurda ishlashni talab qilmaydi.

Erasmus Mundus Stipendiyasi: Yevropa Ittifoqi ( YI) global sahnaning o’ziga xos aktyoridir. Bu davlat ham tashkilot ham emas. YI ning tashqi siyosati to’rtta asosiy maqsadga ega- “ ular barqarorlikni , inson huquqlari va demokratiyani targ’ib qiladi, farovonlikni yoyishga intiladi va qonun ustuvorligi va yaxshi boshqaruvni qo’llab-quvvatlaydi”. Erasmus Mundus dasturi 10 yildan ko’proq vaqt oldin o’zining birinchi bosqichini boshlagan.

Erasmus Mundus dasturining birinchi bosqichining ba’zi maqsadlari 3-moddasida bayon etilgan :

1. Inson resurslarini rivojlantirishni yaxshilash, xalqlar va ma’daniyatlar o’rtasidagi muloqot va tushunishni rivojlantirish maqsadida uchinchi davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali Yevropa oliy ta’lim sifatini oshirish

2. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati maqsadlariga muvofiq uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlik qilish orqali xalqaro madaniyatlarni tushunishni rivojlantirish uchun uchinchi mamlakatlarning barqaror rivojlanishiga hissa qo’shish.

Erasmus mundus keng qamrovli Erasmus+ dasturi va brendi ostida birlashdi. Erasmus+ dasturining maqsadlari :

1. Oliy ta’lim sohasida hamkor mamlakatlarning barqaror rivojlanishi

2. YI to’g’risidagi shartnomaning 2-moddasiga muvofiq Yevropa qadriyatlarini ilgari surish

3. Yevropa ta’lim muassasalarining sifatini oshirish orqali reytengini ko’tarish

Erasmus Mundus Stipendiyasining maqsadi ta’lim imkoniyatlaridagi tengsizliklarni bartaraf etishdir. Xalqaro talabalarni Yevropaga jalb qilish bu stipendiyaning foydasi tegayotgani statistikadan ko’rinib turibdi.
Ikkala dasturlarni taqqoslaganimizda stipendiyalardan soft power sifatida foydalanishida o’xshashliklari ko’p . Asosiy o’xshashlik shundaki, ikkala stipendiya ham obligatsiyasiz. Bu AQSH yoki Buyuk Britaniyda hukumatlari tomonidan beriladigan stipendiyalar bo’yicha norma bo’lib, unda talabalar mamlakat taraqqiyoti va davlatlararo munosabatlarga hissa qo’shish uchun o’z vatanlariga qaytishga da’vat etiladi. Biroq bu Erasmus Mundus stipendiyasida ta’kidlanmagan.


"Networking"- siz tanishgan yaqinlar, orttirgan do’stlaringizni anglatadi. Top universitetlar esa yoshlarni bir joyga jamlab , ta’lim tizimi orqali bir-birini bilan hamjihatlikda ishlashga o’rgatadi. Universitet ichida har xil networking guruhlar bo’ladi.

"Soft power"-boshqalarning afzalliklarini jalb qilish va shu orqali ularni o’zida shakllantirish."Soft power"ing asosiy xususiyati shundaki, u majburiy emas


Charos Yunusaliyeva.