March 18, 2022

Sportning mamlakat iqtisodiyotidagi o'rni

Sport ko'p maqsadli xususiyatga ega bo'lib, u ta'lim, ijtimoiy, iqtisodiy, sog'liqni saqlash kabi ko'plab funksiyalarni o'z ichiga oladi va telekommunikatsiya, qurilish, turizm, ko'chmas mulk kabi ko'plab iqtisodiyot tarmoqlariga foyda keltiradi.

Sport inson hayoti uchun muhim, Lekin, kimdir kundalik hayotida sportga vaqt ajratmaydi, kimdir havaskor tarzda sport bilan shug'ullansa, yana kimdir esa Sportni hayotini mazmuniga aylantirgan.

Sportni inson sog'ligiga foydasi haqida yetarlicha bilimga egamiz. Lekin uning moliyaviy foydasi haqida-chi?

Sportni kim moliyalashtiradi? O'zi sportni moliyalashtirish kerakmi?

Har bir mamlakat har xil maqsadda ma'lum bir miqdorda sportga mablag' ajratadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari sportga biznes sifatida qaraydi va ular asosan sport turnirlari va ulardan keladigan soliqlar, chiptalar sotuvi, sport turizmi, televediniya, teletranslatsiya savdolaridan foyda olishni ko'zlashadi.

Qatardagi jahon chempionati uchun qurilayotgan qimmatbaho stadionlar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini oladigan bo'lsak u yerda jami sport sohasida 15 mln ga yaqin insonlar faoliyat yuritishadi.

Bu esa iqtisodiyotning eng yirik tarmoqlaridan biri ekanligini va davlat bumga alohida e‘tibor berishi kerakligini nazarda tutadi

Fransiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida sportga eng ko‘p miqdorda mablag‘ ajratadigan davlat hisoblanadi yiliga (40 mlrd evro).

Va bu sohadan keladigan foyda ham shunga yarasha ko‘p. Bilamiz-ki, Parij shahri 2024 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga mezbonlik qiladi, bu esa Fransiya iqtisodiyotiga katta daromad keltiradi(turizm, teletranslatsiyalar, va boshqalar)

Parij.Eyfel minorasi

O'rta rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar esa, sportni avvalo mamlakatni tanitishni birinchi maqsad qilib olishadi. Bu uchun sportga keragidan ortiq mablag' ajratishadi va bu noto'g'ri. Chunki mamlakat uchun zarur bo'lgan va moliyalashtirishlariga muxtoj bo'lgan sohalar yetarli.

Mamlakat, asosiy davlat xarajatlari sarflanadigan sohalardan dan ortiq bo‘lmagan miqdorda sport sohasiga mablag‘ ajratishi kerak.

Bitta davlat

Birinchi navbatda professional sportni emas, bolalar sportiga e‘tibor berish lozim. Bu esa kelajak avlodni tarbiyalashda, bolalarni aqlan va jismonan sog‘lom bo‘lib o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. Bu esa mamlakat uchun yetuk kadrlarni chiqarishda va sog‘liqni saqlash tizimi uchun xarajatlarni kamayishiga sabab bo‘ladi.

Otabek Xo'jaqulov


Telegram kanalimiz: https://t.me/arsenal_pc