March 16, 2022

Xalqaro xotin-qizlar bayrami tarixi.

Yilning 67-kuni hisoblangan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” tarixi haqida qanday ma’lumotga egasiz? Keling yaxshisi, birgalikda bu kunni o’rganamiz.

Xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarning madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatini yodga solganligi uchun ommaviy, ya’ni dunyo miqyosida nishonlanadi. Ayollarning haq-huquqi, gender tengligi, zo’ravonlik va suiste’mollikka qarshi kurashish asosiy mazmuni hisoblanadi. Asrlar davomida ayollarga “past nazar” bilan qaralganligi sir emas, nafaqat o’tmishda balki hozir ham guvohi bo’lamiz.

Dastlab, ayollarning siyosiy jarayonlarga qadam qo’yishi, ya’ni saylov huquqiga ega bo’lishini Yangi Zelandiya davlatida uchratamiz. 1893-yil 19- sentabrda gubernator lord Glazgo(Eyrshir leytenet o’rinbosari, Qrim urushi(1854-55) va Xitoy urushida(1857) Qirollik dengiz floti safida faol xizmat qilgan, Baroniya egasi) yangi saylov to’g’risidagi qonunni imzolaydi va unga ko’ra Yangi Zelandiyalik ayollar ovoz berish huquqiga ega bo’ladi. Buning natijasida, dunyodagi birinchi o’zini-o’zi boshqarish davlatiga aylanadi. Ko’pchilik uchun mavhum va qiziqarli bo’lishi mumkin, aynan Yangi Zelandiya hukumati birinchi bo’lib bu qonunni joriy qilganligi. Vaholanki, Buyuk Britaniya va AQSH davlatlarida birinchi jahon urushiga qadar bunday qonun mavjud bo’lmagan. Bu natijaga Keyt Sheppard (dastlabki feminist ayol, shotlandiyalik, ayollar siyosatda to’liq ishtirok etishi kerak deb hisoblagan. Kiyinish islohoti, ayollar uchun velosiped va boshqa jismoniy faoliyatni targ’ib etgan) boshchiligidagi saylovchilarning ko’p yillik sa’y-harakatlari evaziga erishildi. Uning fikrlari albatta to’g’ri edi. Jamiyat va davlat uchun har tomonlama, xoh u iqtisodiy bo’lsin, xoh u siyosiy va ijtimoiy bo’lsin foyda olib keladi.

Lord Glazgo
Keyt Sheppard

Endi unchalik uzoqqa bormasdan rus podsholigi, bolsheviklar hukmronligida sodir bo’lgan siyosiy bahslar ko’pchilikka tanish. 1917-yil 8-mart Petrogradda (o’sha vaqtlari Yuliy kalendar amalda edi) to’qimachilik zavodidagi ayol ishchilari butun shaharni qamrab olgan, “Non va Tinchlik” talab qilgan, chunki birinchi jahon urushi oxirlari oziq-ovqat tanqisligi sodir bo’lgan edi.

Shu yili ikki inqilob ( fevral va oktabr) bo’ldi. Lev Trotskiy ( inqilob yetakchisi) shunday yozgan: “23-fevral (8-mart Gregoriy kalendari hisobida) “Xalqaro xotin-qizlar kuni” va mitinglar va namoyishlar ko’zda tutiladi. Ushbu sanasiz inqilobni tasavvur qilish qiyin. Tong sahar, boshqaruvchisi bo’lishiga qaramasdan, turli xil to’qimachilik zavod va fabrikalardagi ishchilar ish joyini tark etgan, ushbu ommaviy ish tashlashga ruxsat berish haqida qo’llanmaga javob berish uchun delegatsiyaga yuborilgan va hamma ko’chada ochiq namoyish o’zkatgan”. 7 kun o’tib, podsho Nikolay ll taxtdan voz kechdi va Muvaqqat hukumat ayollarga saylov huquqi berilishini tasdiqladi. Ushbu inqilob ta’siri chor Rossiyasi mustamlakalarini chetlab o’tmadi, albatta. O’sha vaqtgacha paranjida yurgan ayollar “xonimga o’xshash” ko’rinishga ega bo’ldilar, otalar, turmush o’rtoqlari yoki aka-ukalarining ta’na-dashnomlariga qaramay, paranjilariga o’t qo’yishdi. Bir tomondan urush asoratlari mavjudligi uchun 2 hissa ishlashga majbur edilar. Mana ayollarning matonati, sabr-bardoshi, qahramonligi, e’zozlashga arzigulik hislatlari.

2007-4-mart kuni Eron-poytaxti Tehron shahrida ham zo’ravonlik uchqunlari sodir bo’lgan, qaysiki, politsiyachilar miting o’tkazishni rejalashtirayotgan yuzlab erkak va ayollarni urgan, sabab Qo’shma Shtatlar Eronni shia jangarilariga qurol va boshqa yordam ko’rsatish orqali Iroqda sunniy-shia zo’ravonligini kuchaytirayotganligidagi ayblovlar edi. Bir necha kunlik turli qiynoqlar va so’roqlardan keyin politsiyachilar hibsga olgan ayollarni ozod qiladi, va bu ham Eron davlati uchun muhim kun ekanligi, balkim ommaviy harakatlarning oldini olinganlini eslatib turadi.

Umuman olganda, dunyo bo’ylab har bir davlatda nishonlanish va xotirlash uchun arzirli sabablar bisyor. Misol uchun, Germaniyani Nyu Yorkda tashkil topgan “Ayollarning kuni” (1909-yil 28-fevral) delegatsiyasi ilhomlantirgan va 1910-yilga kelib, “Maxsus ayollar kuni” tashkilotini tuzadi, shu bilan birga ayollar uchun juda ham keng imkoniyat va erkinliklarni berdi. Venadagi Ringstrasse paradi, yoki Parij kommunasining shahidlarni hurmat qilish asosidagi ommaviy namoyishlari, 1936-yil Madriddagi (Ispaniya) Dolores Ibaruri fuqarolar urushida kommunist yetakchisi Dolores Ibaruri ayollar marshiga ijozat berishi va shu kabi hodisalar Yevropani ham chetlab o’tamay qolmaydi va bular natijasi ko’plab davlatlarda ayollarga saylov huquqi berildi.

Siz 8-mart kunini qanday kun sifatida xotirlaysiz?

Xulosa, azaliy orzular ro’yobi, nihoyat ayollarga berilgan erkinlik, siyosatga qadam tashlash, jamiyat uchun kerakli shaxsga aylanishi, mehnatkashligidan erishilgan muvaffaqiyatlari, fidoiylik, mustahkam do’stlik- bularni hammasi “Xalqaro xotin-qizlar” kunini xotirlashlari uchun alohida hurmat va ehtiromga arzirli. “Aurora Ventures” koporativ homiyligi (Britaniya savdo firmasi) boshqarayotgan internationalwomensday.com vebsayti 2001-yilda nashr etildi.

Bu vebsayt ayollar muammosiga dahldor bo’lgan yillik mavzular va hashtaglarni yo’lga qo’yilgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan bog'lanmagan.


Madina Xudoyberdiyeva