Yaxshilik
Ko'pchiligimiz insonlar yaxshilikni bilishmaydi (unutib yuborishadi) deb hisoblaymiz. Bu qarash ozgincha bo'lsada to'g'ri. "Inson" so'zi lug'aviy jihatdan qarasak ham "unutuvchi" degan ma'noga ega.
Shu yaqin yillarda sezgan bo'lsangiz avvalgidek mehr-oqibat, insonlarning yaqinlariga Silai-rahm qilishi, mahalla ko'chalarda esa avvalgidek ahllik yuqola boshlagan – hamma o'zgacha...
Insonlarda insonlarga nisbatan nafrat va ishonchsizlik paydo bo'la boshlagan... Nega ? Aslida hammasiga o'zimiz aybdordek.
Shayton alayhi la'na Insonni yo'ldan ozdirish uchun to Qiyomatgacha muhlat olgan ekan, nayrang-vasvasalari bilan Insonning qalbidagi iymonini susaytirishga, zalolat botqog'iga botirishga har qanday yo'l bilan ig'vo qilaveradi. Gap shundaki, inson kimgadir yaxshilik qilishdan avval — "Ey bu avval ham shunaqa qilgan, yaxshilikni bilmaydi" degan gapning hayolga kelishi bu shaytondandir. Shuni unutmasligimiz kerakki, Inson unutuvchidir, lekin "U" hech qachon unutmaydi. Albatta, mo'minning mo'minga qilgan zarracha yaxshiligiga ham ajr bordir. Ey Insonlar oqibatli bo'laylik, hech kimdan nimanidir kutmaylik va yaxshlik qilishda davom etaylik.