May 13, 2025

Cold Husband

Writer Lee Aruem

Epsode one

Soat ertalabki 7:15. Aruem uyg‘ondi. Xona ichida jimlik. Derazadan tushayotgan yorug‘lik xonani zo‘rg‘a yoritardi. Tana harakatlantirishdan oldin chuqur nafas oldi. Hammayoq sokin, lekin bu sokinlik har doim xavfli tuyular edi.


1-bob: Qaytish yo‘q

Soat ertalabki 7:15. Aruem uyg‘ondi. Xona ichida jimlik. Derazadan tushayotgan yorug‘lik xonani zo‘rg‘a yoritardi. Tana harakatlantirishdan oldin chuqur nafas oldi. Hammayoq sokin, lekin bu sokinlik har doim xavfli tuyular edi.

U asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Yonida hech kim yo‘q edi. V allaqachon uyg‘ongan, ishxonasiga ketgan yoki pastda qahva ichayotgan bo‘lishi mumkin.

Har kuni tong u uchun yangi urinish edi — hato qilmaslik, ovoz chiqarmaslik, xatolikdan qochish. Chunki u bilardi: bu uyda xato qilish jazoga teng.

U o‘rnidan turdi. Qadam tashlashdan oldin oyoqlariga qaradi. O‘sha izlar. O‘sha kuni hech qachon unutilmaydi.

Orqaga, uch oy avval...

Aruem o‘sha kuni o‘zini qutqarib qolaman deb o‘ylagan edi. Derazani ochdi. Pastga qaradi. Ikkinchi qavat. Balki sakrab tushsa hech bo‘lmasa shifoxonaga tushardi. Lekin qo‘rqmadi. U urindi. Oyog‘ini tashqari chiqarayotganda eshik ochildi.

V: Qayoqqa?

Aruem qotib qoldi. Yig‘ladi. Unga iltimos qildi. Ammo V kechirmadi.

Ertasi kuni uning oyog‘iga dazmol bosildi. U qichqirdi. Ammo bu yerda hech kim yordamga kelmasdi.


Hozirgi vaqt...

Pastdan tovush eshitildi. V oshxonada.

U derazaga qaradi. Qochish endi yo‘q. U buni bilardi. Endi faqat sabr. Va ehtiyotkorlik.

Aruem hozir har bir harakatini oldindan o‘ylaydi. Eshikni ochdi. Narigi xonaga o‘tdi.

V (sovuqqon ohangda): Yaxshi uyg‘ondingmi?

Aruem (sekin ovozda): Ha...

V: Bugun men bilan chiqasan. Yangi loyiha bor. Uchrashuvga boramiz.

Aruem (qattiq xavotir bilan): Qanday loyiha? Kim bilan?

V (beparvo): Sen mendan savol so‘rash darajasida emassan, Aruem. Hali ham tushunmadingmi?

Aruem boshini egdi. Javob qaytarmadi.

Biroz vaqt otgach ular yolga otlanishdi


Aruem mashina orqa o‘rindig‘ida jim o‘tirar edi. Yonida haydovchi. Oldingi o‘rindiqda V. Eshik yopilgandan beri hech kim og‘iz ochmadi. Faqat mashina dvigatelining tovushi va Vning telefon tugmalarini bosayotgan ovozi eshitilib turar edi.

Yo‘l uzun. Aruem oynadan tashqariga qarab, hech narsa o‘ylamaslikka harakat qilardi. Lekin bu mumkin emas edi.

Aruem (ichki monolog): “Nimaga olib ketyapti meni? Bu safar nima qilishim kerak? Ko‘p gapirsam jahl qiladi, jim tursam ham yoqmaydi...”

V telefonini qo‘ydi. Orqaga qarab, unga tikildi.

V: Nega jim o‘tiribsan?

Aruem: Siz savol bermadingiz...

V: Men har doim savol bermasam ham, sen gapirishni bilishing kerak. Ko‘p jim tursang, men seni yana qochmoqchisan deb o‘ylayman.

Aruem boshini egdi. Yutindi. Bu gapni eshitish unga kuchli bosim bo‘lardi. “Qochmoqchi bo‘lsang, yana jazolayman” degani edi aslida bu.

Aruem: Men hech qaerga ketmoqchi emasman. Faqat... nimaga borayotganimizni bilmayman.

V: Yangi sheriklar bilan uchrashamiz. Kompaniyaga senga tegishli hujjatlarni ko‘rsataman. Shartnoma imzolataman. Shuning uchun sen ham kerak bo‘lyapsan. Senga tegishli narsalarni sening oldingda hal qilaman.

Aruem (hayrat bilan): Menga tegishli?

V: Ha. Men seni faqat ayolim sifatida emas, o‘yinimdagi zarur figur sifatida ham ishlataman. Shuni unutmang.

Mashina katta ofis binosi oldida to‘xtadi. U yerda himoyachilar, qorovullar va lyuks avtomobillar bor edi. Oddiy joy emas edi bu. Bu yerga oddiy odam kela olmaydi.

V eshikni ochdi. Aruemga ham ishora qildi.

V: Tush.

U tushdi. Oyoq qadamlarida og‘riq sezildi. Hali o‘sha dazmol izlari to‘liq ketmagan edi. Lekin bu haqda gapirish — yana xavf.

Ular binoga kirdilar. Ichkarida sekretar, qorovullar, va ikki kishi kutib turardi. Ko‘zlari darrov Aruemga tushdi. Hayrat va qiziqish aralash nazarlar.

Erkaklardan biri (Vga qarab): Bu sizning rafiqangizmi?

V: Ha. Aruem. Bugundan boshlab, bu loyiha hujjatlarida u ham imzo qo‘yadi.

Aruem (ichki hayotida): “Men nima qilayapman? U meni jamoat oldiga olib chiqyapti... Men endi yashirin sir emasmanmi? Nima reja bor buning ortida?”

Hujjatlar olib kelindi. Aruemga qalam uzatildi.

V (qattiq ovozda): O‘qib o‘tirmaysan. Imzo qo‘y.

Aruem hech narsa demadi. Ko‘z yugurtirdi. Faqat ismi yozilgan joyni ko‘rdi. Imzoladi.

V: Yaxshi. Endi chiqamiz.

Yo‘lda orqaga qaytib ketayotganlarida ham V jim edi. Faqat u emas, Aruem ham. Ammo bu jimlik — sukunat emas edi. Bu — xavfli ogohlantirish edi. Hech kim hech narsa demasa ham, bu orada juda ko‘p gaplar yashiringan edi.

Mashina orqaga qarab ketdi. Ammo Aruem ichidan sezdi — bu boshlanish edi. Yangi davr. Yangi qadamlar. Va yangi sinovlar.