GULLAR - BU TUZOQ
GULLAR - BU TUZOQ
10 Qism
— Shuncha vaqtdan beri qayerda eding? — deb soʻradi Chae Woo birinchi savoliga Li Yon javob berishidan oldin. — Yodimda qolgan yagona yuz — seniki. Lekin men eshikni ocholmadim. U noliy boshladi. Ko'zlari sarosimaga to'lgandi.
Li Yon xonaga kirgan ikkinchi qavatdagi eshikni ichkaridan ochib bo'lmasdi. Chae Woo orqa eshikni sindirdi va polda sudralib tashqariga chiqdi aynan shu payt Li Yon xonaga kirib keldi. Li Yon voqealar zanjirini eslagach, seskanib ketdi.
Kvon Chae Woo g'ayritabiiy inson. U ter, tuproq va qonga belangan. 12 kunlik uyqudan endigina uyg'ondi. Lekin hali ham kuchi bor.
Balki bu oxirgi marta ko'rishishligining belgisi.
Li Yonning xayoliga bir fikr keldi. Vaqti keldi.
— Men... nima haqida gapirayotganingizni bilmayman dedi Li Yon
Li Yon o'zini hech narsani bilmagandek ko'rsatganda, Chae Woo boshini egib, qovog'ini soldi. "Ehtimol, siz uzoq, yorqin tush ko'rgandirsiz", deb davom etdi Li Yon. — Men sizga qaraydigan shifokorman va...
Qiz vijdon azobini his qildi. — Bu qishloq raisining fermasi, tezroq ketishimiz kerak, tovuqqa yetkazilgan zararni o'zim to‘lab beraman.
Haligacha qovog‘ini solib turgan erkak Li Yonga qaradi.
"Kvon Chae Woo shu vaqtgacha uxlaganingizni eslaysizmi? Siz qattiq kasal va hushsiz edingiz. Sarosimaga tushishingiz tabiiy. Lekin tashvishlanmang. Siz uzoq tush ko'rdingiz. Endi uyg'oqsiz." Li Yon ishonch hosil qilish uchun "uyqu" so'zini ta'kidladi. "Siz ko'rgan yoki eshitganman deb o'ylagan hamma narsa; Bu sizning miyyangizdagi yolg'on edi. Siz dam olishingiz kerak. Shunda o'zingizni yaxshi his qilasiz."
Biroq, Li Yon nimanidir o'tkazib yubordi. U bularning barchasini "tush" sifatida rad etish rejasi unga teskari ta'sir ko'rsatishi mumkin.
"Tush?" — dedi erkak. Sekin lablaridagi qonni yalab. Men hozir chindan ham uyg‘onganga o‘xshayman. "Tushunarli". Erkak Li Yonga yanada yaqinlashdi. "Agar bu tush bo'lsa, sen bu yerda shunday turmagan bo'larding"
Qiz hayron bo‘lib oyoqlariga qaradi. Va keyin qizning quloqlari ostida erkak sekin pichirladi. "Men uxlayotganimda doimo ehtirosli tushlar ko'rdim", dedi u.
Li Yon javob bera olmadi. — Xotinim bilan, dedi erkak va yana qo'shib qo'ydi. Sen mening tagimda yotarding.
Li Yon deyarli baqirib yubordi. Erkakning so‘zlaridan butun vujudi muzlab qoldi. "Men adashmayapman, - aniq eslayman, dedi erkak"
Qiz beixtiyor orqaga qadam tashladi. U sodir bo'lgan hamma narsani eslaydimi? O'sha kuni biz tog'da uchrashdik ...
— Xotinim bor, — dedi erkak u tomon yurib. "Va u hozir qochishga harakat qilmoqda."
Erkak juda tez ham emas, juda sekin ham emas, qizga qarab yurib keldi. Li Yon juda ham qochib ketmoqchi edi. Uning oyoqlari qaltirardi. U o'zi rejalashtirgan tuzoqqa o'zi tushgandi. Erkak qo‘lini cho‘zishga va qizga tegishga yaqinlashganida, Li Yon nihoyat o‘zini tortib olishga majbur bo‘ldi.
— Meni tashlab ketmoqchi eding, chunki ering endi kasal va qadrsiz odam bo‘lib qoldi shundaymi?
U ahmoq emas, deb o'yladi, Li Yon
— Isming nima, meni buni so'rashga yana majbur qilma,dedi erkak
“Men... Men So Li Yonman”, dedi qiz nihoyat.
"Shunday qilib, Li Yon. "Li Yon," Kvon Chae Woo lablarini yaladi va lablaridagi qon bilan birga qizning ismini ham yutib yubordi.
"Nega meni tashlab ketmoqchisan? "Men tanamdan to'g'ri foydalana olmaganim uchun senga keraksiz bo'lib qoldimmi?"
Nimadir noto‘g‘ri. Nimadir kuch bilan qizning to‘pig‘idan ushlab oldi. U kishanmi yoki yirtqichning dumimi, ajrata olmasdi, lekin qiz bir narsaga amin edi: u xavf ostida. Uning tanasi xavfni sezdi va yugurishga tayyor edi. Uni huddi gul shohlari mahkam ushlab siqayotgandek bo'ldi.
"Kvon Chae Woo, bu men o'ylagan narsa emas ..."
Endi vaziyat butunlay teskari. Li Yon faqat barmoqlarini harakatga keltira oldi. U zo'rg'a yetarlicha yaxshi sabab topa oldi.
"Siz eslay olmaydigan xotin sizning oldingizda paydo bo'ldi, shuning uchun bu sizga ta'sir qiladi deb o'yladim. Bu sizni noqulay va tushkunlikka solishi mumkin deb o'yladim. Shuning uchun men ... "
— Demak, sen buni sizning xavfsizligingiz uchun qildim, deyapsanmi? — deb soʻradi erkak hissiyotsiz ovozda, bu erkakda shubha uygʻotdi. Lekin Li Yon buni oʻrinli bahona deb topdi va maʼqullagan holda bosh chayqadi.
"Bema'nilik", dedi erkak. "Nega men so'ramagan narsani qilyapsan? Men buni xohlamayman."
Erkak uyg'onganidan beri qiz u bilan odobli ohangda gaplashardi. Lekin o‘sha itoatkor, muloyim ovoz hozir ham his-tuyg‘ulardan xoli edi. "Sen menga qonunning nazorati ostida turmush qurganimizni aytding, lekin agar meni tashlab ketmoqchi bo'lsang-chi?"
Qiz zulmatda erkakning ko'zlari miltillayotganini ko'rdi. “Kimdir xayolimdagi hamma narsani parchalab tashladi, lekin mening esimda faqat sening yuzing qolgan”, deb davom etdi erkak. "Men haqiqatan ham sening ering bo'lishim kerak edi. Meni tashlab ketmoqchi ekanligingni anglaganimda aqldan ozdim"
Buning sababi, sen tabiatan yovuz odamsan. Li Yon nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin bir og‘iz so‘z aytolmadi. Men aniq o'ldim ...
Li Yon hammasi joyidadek ko'rsatishga harakat qildi. U hozir erkakga o'zining gaplarini singdira olmasdi. Bu bundan ham yomonroq bo'lishi mumkin. Biroq, Chae Wooning so'roqlari hali tugamaganga o'xshaydi. Uning tabiatan qo'rqinchli ko'rinishga ega bo'lish qobiliyati bor, lekin uning zaif tomoni shundaki, u hech narsani eslay olmaydi.
Li Yon shu taraflama ustunlikka ega. Erkak xotirasining yo'qligi, uni xohlagan joyga yo'naltirishga imkon bo'lardi. Ammo qizning rejasi teskari natija berdi.
"Men seni juda ham yaxshi ko'rganman shekilli", dedi erkak.
Yo‘q, qilmading, ahmoq! Sen meni o'ldirmoqchi bo'lding! Hayolidan o'tqazdi Li Yon. Qizning rejasi o'zini tuzoqqa tushirdi. Va endi erkakning qotillik niyati sevgiga aylandi.
Millim: Manimcha hammela ''Ehtiros'' so'zini ma'nosini tushunasila novellada aniq qilib ochiqchasiga etgan man unaqa tarjima qilomadim shunga sal badiiylashtirib qog'ozga o'rashga harakat qivomman silaga yoqadi digan umiddaman biror bir fikrila bo'sa kamentda yozib qoldirila😉
10 qism tugadi
GULLAR BU TUZOQ
Tarjimon: Millim
Natsumeku kanali uchun mahsus❤❤❤