GULLAR - BU TUZOQ
GULLAR BU TUZOQ 1 QISM
«Uning ichi qotib qolgan». «Nima?» Direktor og‘zini ochdi — u hayratda edi. Uning yuzida ishonchsizlik va shok aralash bir ifoda paydo bo‘ldi. «Nima deding hozir?..» «U doimgidek hojatga chiqa olmayapti». Direktor battar hayratda qolganday bo‘ldi. Agar bu umuman mumkin bo‘lsa(daraxtning ich qotishi nazarda tutilgan). Qanday qilib bu mumkin? U bu gapni baland ovozda aytmoqchi bo‘ldi, ammo maktab hovlisida yugurib yurgan boshlang‘ich sinf bolalariga ko‘zi tushganida yuzi qizarib ketdi.
Li Yong daraxt tanasini ohista siladi. U bu odamni yoqtirmasdi. U ilgari ham ko‘p bunday munosabatlarga duch kelgan edi.
«Hojatga chiqish muhim. Bu butunlay tabiiy va muntazam sodir bo‘ladigan holat. Albatta siz buni bilasiz».
Direktor tomog‘ini qirib qo‘ydi, huddi norozidek. Ammo u og‘zini yopib, kulimsiradi: «Kutilgandek, u ahmoq va jinniga o‘xshaydi». Hayolidan o'tqazdi.
Bir nechta daraxtni tiklash o‘n minglab dollar turdi. U bunday xarajatlar qilishni istamasdi, undan ko'ra daraxtlarni kesib yuborgan ma’qul edi. Shuning uchun katta shahar shifoxonasi o‘rniga, bu yosh ayol boshqarayotgan arzon bir firmaga murojaat qilgan edi - har ehtimolga qarshi.
Endi esa davolangan daraxt yana jarohatlanganidan so‘ng, u bu kulgili «daraxt doktori»ni ayblamoqchi edi. Hech bo‘lmasa, rejasida shunday edi.
«Bu daraxt — maktabimizdagi asosiy daraxtlardan biri. U yashillik ramzi hisoblanadi. Uni biz uchun tuzata olasizmi?» — direktor qoshlarini chimirib, jiddiy tarzda so‘radi.
Uning rejasini tushunish qiyin emasdi. U aybni Li-Yonga ag‘darib, keyin yetkazilgan zarar uchun tovon undirmoqchi edi. Oxir-oqibat, u baribir daraxtni kesib tashlardi. Bu hech bo‘lmasa maktabga foyda keltirardi.
«Bajarildi deb hisoblayvering», — dedi Li-Yon halol va ishonch bilan.
«Davolash jarayoni unchalik murakkab emas. Oddiy qilib aytganda, u ovqatdan keyin to‘g‘ri ajratma chiqara olmagan, shuning uchun unda qabziyat yuzaga kelgan. U ildiz otolmay qolgan». Li-Yon maktab hovlisiga ko‘z yugurtirdi va jiddiy ohangda. «Agar daraxtlar ajratma chiqara olmasa, ular yuqoridan boshlab quriydi. Ko‘rinishidan, bu yerda ularning aksariyati allaqachon shu jarayonda». «Davolash jarayoni qanday bo‘ladi?» — deb istamay so‘radi direktor.
U Li Yonga boshdan oyoq nazar tashladi. Yirtiq shim, tirnoqlar orasida tuproq va o‘g‘it hidining kuchi. U Li-Yonni iflos deb o‘yladi. Uning toza yuzi ham tuproqqa belangan, yag'ib olgan sochlari dengiz suv o‘tidek osilib turardi. Ifloooos. Bu ayolda joziba yo‘q. Ko‘z o‘ngimda yana bir daraxt o‘lyapti, deb o‘yladi u. Bundan tashqari, Li-Yonning yumshoq porlab turuvchi ko‘zlari odamlar bilan gaplashayotganda xira va quruq ko‘rinardi. U xira va oriq edi.
«Ha, ha», — direktor juda muloyim ohangda javob berdi, xuddi ayb ustida ushlangan odamdek.
«Bu yerning tuprog‘ining barchasini Masato tuprog‘i bilan almashtirish kerak».
«Ha. Muammo aynan shunda. Daraxtlar hojatini chiqara olmayapti, bunga tuproq sabab. Aytgancha…» — Li-Yonning nigohi keskinlashdi.
«Siz mablag‘ni tejashga harakat qilgansiz, to‘g‘rimi?»
Li-Yon direktor atrofida yura boshladi, yuzida shubhali ifoda bilan. «Siz nimadir ko‘mdingizmi?»
«Nima?» — direktor hayron qoldi.
«Eshitishimcha, maktab yaqinda ta’mirlangan. Plitalar?»
Direktorning tanasi beixtiyor titrab ketti.
«Yoki sement uchun plastik qoplar...»
Direktor peshonasidagi terni artdi va uning nigohidan qochdi. Qayerdan bildi bu? Tejamkorlik maqsadida chiqindilarni yerga ko‘mishgan edi.
Buni hech kim bilmas edi, lekin bu notanish “daraxt doktori” hammasini bilib qoldi.
«Bu materiallar suv bilan aralashsa, toshdek qattiq bo‘ladi. Ular tuproqni zaharlaydi. Ildizlar o‘sa olmaydi va chiriydi. Tuproqni kavlasak, baribir ularni topamiz. Men sizga sxemani bugun yuboraman».
Li-Yon bo‘ynidagi gullik ro‘molchasi bilan peshonasini artdi. U beozor jilmaydi, ammo bu jilmayish uning sovuq va keskin ko‘zlariga yetib bormadi.
«Albatta, avval bu haqda shahar hokimiyatiga xabar berishimga to‘g‘ri keladi».
Direktor g‘azabdan qizarib, tezda uning oldiga bordi. «Doktor, iltimos, avval eshiting…»
«Pulni tejadingiz, to‘g‘rimi?» — dedi u sovuq ohangda. «Endi esa shu ishingiz uchun ikki yoki uch baravar ko‘p jarima to‘laysiz. Men avval ham aytdim: ajratma chiqarish — bu o‘simliklar hamda odamlar uchun nihoyatda muhim».
Li-Yon rozi bo‘lgandek ortga burildi. U xo‘rsindi. Kasalxonadagi yagona yordamchisi bu imkoniyatni qo‘ldan boy bergani uchun yana unga jig‘ibiyron bo‘lishini bilardi. U yana direktor tomon qaradi. Siyosat bilan shug‘ullanishni yomon ko‘rardi, lekin shifoxonani rivojlantirish va yangilash hozir eng muhim narsa edi.
«Men daraxtlarini sevuvchi shifokorman», — dedi u. «Men daraxtlarni juda yaxshi davolayman.
Ammo zararli... narsalarni ham yaxshi yo‘q qilaman».
Xususan, sizdek odamlarni; deb o‘yladi ichida. O‘nlab daraxtlar mana shu ahmoq va o‘z manfaatidan boshqa narsani o‘ylamaydigan odamlarning ochko‘zligi sababli shikastlangan. Va baribir u bu daraxtni maktab timsoli deb atayapti. Bular o‘rmonlarni yo‘q qilib, daraxt barglarini guldonga aylantiradigan odamlar.
«Iltimos, “Archa daraxti” shifoxonamizga tez-tez tashrif buyuring», — dedi u, yuziga majburan iliq tabassum ilib.
Li Yong — o‘rmon shifokori bo‘lib, u Hvaedo orolida joylashgan kichik bir o‘rmon shifoxonasini boshqaradi. Bu orol Kyongil - myongda, Hvayan shahrida joylashgan bo‘lib, g‘arbda Txonyan va janubda Namxega yaqin. Garchi bu orol rivojlanmagan bo'lsada, ajablanarlisi shundaki, u Koreyadagi ikkinchi eng katta orol hisoblanadi. Bu joy o‘zining dengizi, o‘simliklari va qoyatoshlari bilan mashhur bo‘lgan juda go‘zal manzarali va turistik maskan hisoblanadi.
"Qariya menga juda g‘alati qaradi"... deb hayolidan o'tkazdi. Bu Li Yonning odatiy ishi edi. U har doim o‘zi bilan narvon, pichoq, arra, qaychi va shu kabi asboblarni olib yurishga majbur. U daraxtlarga chiqib, ularni tekshirardi — bu uning ishi. Shu sababli, odamlar Li Yongga yovvoyi hayvonga qaragandek qarashardi.
Ko‘plab mijozlar aynan “ayol” shifokorga murojaat qilishardi, chunki u kam haq olardi — aks holda ular bu ishni qila olmasdilar. Mijozlar bundan ustalik bilan foydalangan. Li Yongning yoshi endi o‘ttizdan oshgan. U bu kabi munosabatga allaqachon o‘rganib qolgan edi.
U skuterida izumrudrang dengiz manzarasidan bahramand bo‘lib ketayotgan edi, shu payt telefon jiringladi. U quloqchinlarini taqdi va qo‘ng‘iroqqa javob berdi:
《 Ey, direktor》, — dedi telefonning narigi tomonidagi ovoz. — 《Agar sen besh daqiqa ichida kelmasang, men ikkinchi qavatni ochaman》