GULLAR - BU TUZOQ
GULLAR - BU TUZOQ 6 QISM
Li Yon o‘lim darajasida qo‘rqqan edi. Yuragi shiddat bilan urardi, ko‘kragi har lahzada portlab ketadigandek tuyulardi. O‘sha paytda u faqat bir narsani xohladi — yer yorilib, uni butunlay yutib yuborishini.
Ammo Li Yon qandaydir tarzda o‘zini qo‘lga oldi. «Kvon, Kvon Chae Woo. Kvon Chae Woo».
Javob ololmaganidan so‘ng u yutindi. «Siz hozir yaxshi holatda emassiz», — dedi u titrayotgan qo‘llari bilan telefonga intilarkan, — «Men sizga shifokor chaqiraman!»
Li Yon va Chu Ja ishga yoki uyga ketganlarida, Kvon Chae Wooni akasi tomonidan yollangan tibbiyot xodimlari har doim tayyor holatda bo‘lishlari kerak edi.
Kvon Chae Wooga qarovchi tibbiyot xodimi doimo tayyor turardi. U ikkinchi qavat qurilishida yashirincha qurilgan orqa eshik orqali kirishi kerak edi. U shu kungacha o‘z vazifasini sadoqat bilan bajargan, Kvon Chae Wooni massaj qilish, yuvish, quritish va qurilmalarni kuzatib borish uchun mas’ul edi. Li Yonga esa faqat bitta narsa topshirilgan edi:
Haqiqiy aybdor qo‘lga olinmaguncha unga g‘amxo‘rlik qilish. Va uni Xvaydodan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. U o‘sha voqealarga boy kunni eslab, qotib qoldi. U bu odam haqida faqat bitta ma’lumotni bilardi: uning ismi <<Kvon Chae Woo>> edi. U boshqa narsa haqida hech qanday tasavvurga ega emasdi. Ammo ikkinchi qavat bir zumda qurilganini hisobga olib, uning oilasi juda katta boylik va hokimiyatga ega ekani tushunarli edi.
«Men seni osongina qotilga aylantira olaman». Bu so‘zlar qulog‘ida jaranglaganida u titrab ketdi. U hech qachon hech qanday vaziyatda o‘zini bu darajada ojiz his qilmagandi. Uni allaqachon aybdor deb topishgan va 112 raqamiga yolg‘on xabar bergani uchun jarima to‘lashga majbur qilishgan, chunki politsiya voqea joyiga yetib kelganida tog‘da hech kim qolmagan edi. Kvon Chae Wooga tosh bilan urgan odam esa ko‘z ochib yumguncha g‘oyib bo‘lgan edi.
Unga ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi, politsiya aytgan so‘zlarni eslab qoldi: «Yoki men aqldan ozdim, yoki Kvon Chae Wooni o‘rab turgan dunyo men tasavvur qilganimdan ham dahshatliroq».
Bir kuni Li Yon politsiya bo‘limiga borishga urindi. Ammo aynan o‘sha lahzada Kvon Chae Wooning akasi qo‘ng‘iroq qildi. U faqat salomlashish uchun qo‘ng‘iroq qilganini aytdi, ammo suhbat yakunlangach, Li Yonga politsiya boshlig‘i bilan tushgan surat yuborildi. U o‘sha kunni — yo‘llari Kvon Chae Woo bilan birinchi bor kesishgan kunni — afsus bilan esladi. U hech nima qila olmasdi. Va aqli ham hech qanday qochish yo‘lini topa olishga yetmasdi. Eng yomoni — u hali kurash boshlanmasidanoq taslim bo‘lgandi.
Uning yagona umidi — o‘sha koma holatdagi odam hech qachon uyg‘onmasligi edi.
Afsuski, u hozir uning qarshisida turardi. Uning nigohi... bu ko‘zlarda hotirjamlik degan tuyg‘udan asar ham yo‘q edi. Aynan o‘sha onda, xayolida bitta ogohlantiruvchi fikr paydo bo‘ldi: "Hech qachon hamma yerni yo'q qila oladigan raqibga qarshi baqirma."
Yolg‘on ayblov tufayli qamoqda chirib ketmaslik uchun, xohlamasa ham Li Yon qotil ishonchli qo‘llarda ekaniga ishonch hosil qilishi kerak. Va bu qo‘llar uniki bo‘lmasligi lozim edi. — Kvon Chae Woo... Bilaman, endigina uyg‘onganing uchun adashgan bo‘lishing mumkin, lekin men hammasini asta-sekin tushuntirib beraman, — dedi u chuqur nafas olib, uning o‘tkir nigohiga tikilar ekan. — Shuning uchun iltimos, meni qo‘yib yubor va o'rningdan tur!
Ammo erkak mutlaqo teskarisini qilishi kerak edi. Xuddi uning taqdiri kabi
Yigit tanasining yuqori qismini biroz egdi, yuzini qizning yuziga yaqinlashtirdi. Uning ulkan soyasi karavot chetini qoplab oldi, va begona bir iliqlik Li Yoning orqa tomoniga yaqinlashib keldi. Shunda yigit burnini Li Yonning yelkasiga qo'ydi.
— Bu... bu nima! — deb baqirib yubordi u butun ovozi bilan. Erkak joyidan qimirlamadi. U burnini Li Yoning sochlariga va bo'yniga bosib, yovvoyi hayvon singari uni hidlay boshladi. Yigitning issiq nafasi Li Yonning terisini qitiqlardi.
— Qimirlamay, savollarimga javob ber, — dedi u dag‘al ovozda. Li Yon tomog‘iga tiqilib kelgan tufugini yutib, tezda boshini qimirlatib tasdiqladi.
— Meni sen qamadingmi? — Nima? — dedi Li Yon hayratda, unga tikilib. Yigitning ohangi Li Yonni chalg‘itdi. Kvon Chae Woo sen qanday hayot kechirgansan? To'xta nega u bunchalik muloyim gapiryapti? Deb hayolidan o'tkazdi Li Yon.
— Yoki men seni qamab qo‘ydimmi?
Uning yuragidagi qo‘rquv, vaziyatning bema’niligidan yo‘qoldi. Umidsizlik bilan bosh chayqadi: — Hech qachon! Sen kim deb o‘ylayapsan meni?! — Bu yerda savollarni men beraman, — dedi yigit qahrli qarab. — Men bu yerda nima qilyapman?
Bu safar uning ovozida qandaydir shirinlik bor edi. Gaplaridagi beg‘uborlik Li Yonga begona tuyuldi. Uning muloyim savoli esa Li Yon uchun tahdiddek yangradi. Balki, bu — men uning asl tabiatini bilganim uchundir? deb o'yladi.
Yigitning ohangi qizni javob berishga majbur qildi. Va u dedi: — 《Siz shunchaki bemorsiz. Siz uzoq uyqudan keyin uyg‘ondingiz. Koma holati cho‘zilib ketdi.》Qiz uni ishontirish vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Bu hayotini saqlab qolish uchun qilishi kerak bo‘lgan eng kam harakat edi. — Bu butunlay xavfsiz holat. Iltimos, tinchlaning: dedi qiz.
Og‘ir nafas olayotgan erkak asta-sekin normal nafas olishga qaytdi. Ehtimol, uning so‘zlari qulog‘iga ishontiruvchi bo‘lib eshitilgandir.
U bu yerga kelgan kundan beri u doim bu odam vegetativ holatda qolishini so‘rab duo qilgandi. U uyg‘onmasligi kerak edi. Bu qotil o‘z xohishiga ko‘ra harakat qila boshlasa, hamma narsa yanada murakkablashib ketardi.
Li Yon qanday qilib uning shafqatsiz va o‘zini o‘ylaydigan tabiati bilan kurasha oladi? U bunga tayyor emas edi.
— Ammo nega qaltirayapsan? — Yigitning xirillagan ovozi qizning qulog‘i ostida jarangladi va uning xayollarini tarqatib yubordi. Qiz uning yuzida istehzoli tabassum soyasini ko‘rdi. Yigit yana qo‘shib qo‘ydi: — Sen menga nimadir qildingmi? — Y… yo‘q — dedi qiz, uning jasoratidan ko‘zlari kattalashib ketdi.
Tanasi ustidan bosim qilayotgan kuch bir lahzada yo‘qoldi. U yigit tomonidan qo‘pol tarzda o'girilganida, tanasi qovurilgan tuxumdek ag‘darildi. Yuragi sekin urishni boshladi va tanasi titrashdan asta sekin to'xtayotgandi
Yigit yuzini xavfli tarzda qizning yuziga yaqinlashtirdi.