GULLAR - BU TUZOQ
GULLAR - BU TUZOQ
2 QISM
To‘g‘ri ketayotgan skuter birdan yon tomonga og‘di. Li Yon shoshilinch tarzda uni tiklab oldi va shoshqaloqlik bilan gapira boshladi: — «Menejer kuting!» — «Men aniq eshitdim. Biror narsa tovush chiqardi!» — «Siz adashgandirsiz. U xona bo‘m-bo‘sh, u yerda qanday qilib tovush chiqishi mumkin?» — «Quloq sol, meni ishonchim komil, nimadir eshitdim.» Li Yon tashqi tomondan xotirjamligini saqladi, lekin skuterni tezlatdi. Oddiy paytda osoyishta bo‘ladigan Hvaedo manzarasi hozir ko‘z o‘ngida xira ko‘rinishga aylangancha o‘tib borardi. — «Kechirasan. Men allaqachon qulfsozga qo‘ng‘iroq qilganman.» — «Yo‘q!» — deb baqirdi u. Nihoyat, Li Yonning xotirjamligi buzildi. U menejerini to‘xtatish uchun ishonarli sabab topishga urinayotgan edi, lekin menejer uni gap bilan ortda qoldirdi: — «Yolg‘on gapirishni bas qil!» — dedi menejer. — «Menga u xonada yer osti suvlari bor deb u yerga kirishni taqiqlashingdan to‘yganman! Chili qalampiri va soya dukkaklarini qurityapman, degan bahonangdan ham charchadim!» — «Bu…»
— «Sen nima, ko'k soqolmisan? Nega doim menga o‘sha eshikni ochishga ruxsat bermaysan? Hatto u xonada erkaklardan iborat garem (haram ) tuzgan bo‘lsang ham, menga baribir!» — dedi u.
Li Yonning og‘zi hayratdan katta ochildi. Bu yil oltmishga to‘lgan Gye Chu Ja — daraxtlarni davolashda Li Yonga yordam beradigan o‘rmonchi edi. U, shuningdek, kasalxonani boshqarishda ham yordam berardi. "Spruce Tree Hospital" (Archa Daraxti Kasalxonasi) — bu yil o'ttiz ikki yoshga to‘lgan So Li Yongga tegishli edi. U yolg‘iz edi, shuning uchun u xonada erkaklardan iborat garem (haram) bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Menejer Gye har doim Li Yon Vangjinni tark etganida ikkinchi qavatdagi xonani ochmoqchi bo‘ladi. Va bugun u o‘z fursatini topgan ekan. Gye Chu Ja qiziquvchan va undan nimadir yashirilayotganidan xafa ekani ayon edi deb o'yladi Li Yon, — Men sizga ikkinchi qavatni haqiqatan ham ko‘rsata olmayman! Bu xonani sir va g‘ayritabiiylik o‘rab olganiga ikki yil bo‘lgan. U yerda boshqalar hech qachon ko‘rmasligi kerak bo‘lgan noodatiy bir o‘simlik yashirilgan.
"Spruce Tree Hospital" so‘zlari chiroyli shrift bilan yog‘och taxtachaga o‘yib yozilgan edi. U bemalol osilib turgan va Li Yon kasalxonaga yugurib kirganida yerga tushib ketdi. Uy ancha eski va e’tiborsiz ko‘rinishda bo‘lib, fil suyagi rangiga bo‘yalgan edi. Biroq, ikkinchi qavat shaharliklar uslubidagi kulrang tusda bo‘yalgan bo‘lib, pastki qavatlarga nisbatan g‘alati ko‘rinar edi. U birinchi qavatdan o‘tdi — bu joy odatda ofis va yashash joyi sifatida birgalikda foydalanilar edi. U zinapoyalardan shoshib yuqoriga yugurdi. — «Menejer!» — deb baqirdi u. — «Tavba qildim!» — dedi Gye Chu Ja. Qulfchi allaqachon shu yerda edi va eshik qulfini buzmoqchi bo‘layotgandi. Li Yon og‘ir nafas olib, joyida qotib qoldi. — «To‘g‘risini aytsam, men bu narsadan rosa charchadim». — «Men sizga aytgandim-ku», — dedi Li Yon zo‘rg‘a nafas olib, — «Bu yerning yana bir egasi bor, shuning uchun menga ham ichkariga kirishga ruxsat yo‘q. Shu sababli uni bo‘sh qoldiraman». Bu gapning bir qismi rost, bir qismi yolg‘on edi. — «Rostdanmi? Senga kirishga ruxsat yo‘qmi?» — dedi Gye Chu Ja, qo‘llarini ko‘kragiga chirmab. — «Unda qanday qilib u yerda chili qalampiri bilan soya loviyalarini quritding?» — «Bu… emm…»
«Hech bo‘lmaganda bir marta shu “bo‘sh” xonaning havosidan nafas olishimga ruxsat ber», — dedi Gye Chu Ja. «Havosi mog‘or bosgan bo‘lishi mumkin. U yerda ventilyatsiya yo‘q», — deb uni ishontirmoqchi bo‘ldi Li Yon. «Rostdanmi? Sen menga ishonmaysan, shundaymi? Agar u yerga oltin bilan brilliantlarni yashirib qo‘ygan bo‘lsang ham, men ularni hech qachon o‘g‘irlamas edim». «Agar sen mening oltinim bilan brilliantlarimni o‘g‘irlagan bo‘lsang ham, men e’tiroz bildirmagan bo‘lardim», — deb o‘yladi Li Yon. U Gye Chu Jaga noqulay tabassum bilan qaradi va pastga tushish uchun ishora qildi.
«Qiziqish mushukni o‘ldirgan, menejer».
«Sen o‘zing yolg‘onchisan! Nega mijozlaring bilan ham shunaqa gaplashmaysan?»
Avvaliga Gye Chu Ja daraxtlar bo‘yicha mutaxassisni beparvo ayol deb o‘ylagan edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan. U mijozlar - ko'pincha qirq yoshlar atrofidagi erkaklar, ayniqsa qurilish muhandislari, arxitektorlar va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchilar — bilan muloqat qilishini ko‘rib fikri o'zgardi. Lekin hali ham unga unchalik ishonmasligi ko'rinib turardi.
«Direktor, men haqiqatni bilmagunimcha taslim bo‘lmayman», dedi Gye Chu Ja qat’iy ohangda va pastga tushib ketdi.
Li Yon esa yerga cho‘kdi. «Bu la’nati ikkinchi qavat...» dedi pichirlab. U charchoqni his qilgan holda ko‘zlarini yumdi.
Katta karavot atrofida turli xil qurilmalar joylashgan edi. Ular signal berib turar va karavotda yotgan odamga ulangan edi. Aynan shu qurilmalar uning hayotini ushlab turayotgan yagona vositalar edi. Erkakning yoshini aniqlash qiyin edi.
Ko‘zlari yumuq, boshi biroz chap tomonga egilgan holatda, u shunchaki chuqur uxlayotgan oddiy bir odamga o‘xshar edi. Oxirgi ikki yil ichida bu katta gavda asta-sekin kichraydi.
Uning qo‘l va oyoqlaridagi teri yupqalashgandi. Ammo uning keng va burchakli yelkasi — Li Yon uni tog‘larda ilk bor ko‘rgan kechadagi kabi — hanuz o‘zgarmagan edi.
Hozir, shu xonada o‘tirar ekan, Li Yon o‘sha tun qanday osongina o‘lib ketishi mumkinligini o‘ylab, orqasidan sovuq yurib o‘tganini his qildi. Endi esa, faqatgina qurilmalar va sukunat bilan to‘la bu xonada u karavotda yotgan gavdaga tikildi.
— Kvong Chae Woo, — dedi u asta. Bu ism hanuz uning tilida g‘alati yangrardi. — Iltimos, uyg‘onma, — dedi u davom etib. Ko'ksiga qo'lini qo'yib, chuqur nafas oldi. Uyidan qochganidan beri u xohlagan yagona narsa — bu sokin hayot. Li Yon uchun oddiy, hatto zerikarli hayot — intiq bo‘lgan bir ne’mat edi.
— Iltimos, uyg‘onma, — deb pichirladi u. Charchoqdan yuzini qo‘llari bilan berkitdi. Ana shu paytda — erkakning barmog‘i biroz qimirladi.