Toshkent xalqaro investitsiya forumi 1,2,3 tahlili
Toshkent xalqaro investitsiya forumi 1,2,3 (O'zbekistonga nima beradi) tahlili
Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangi platforma bo'lib, uning formatida O'zbekistonning investitsiya salohiyati xalqaro investitsiya va biznes hamjamiyatlariga taqdim etiladi.
Forumdan kutilgan asosiy maqsad O'zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashishdan manfaatdor yirik xorijiy investitsiyalar, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb etishga qaratilgan.
Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi
Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2022-yil 24-26 -mart kunlari ertalabki soat 8:30 dan kechki 19:30gacha bo'lib o'tgan.Forumda 56-mamlakatdan 1000dan ziyod xorijiy investorlar va ishtirokchilar ishtirok etgan.Forum tashkilotchilari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi hisoblanadi.Davlatimiz rahbari forum ishtirokchilarini qutlab, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohot va yangilanishlar to'g'risida so'zlab berdi hamda yurtimizni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi.Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish uchun 15 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Masalan, “Sky Evens” MChJ bilan 1,5 litrlik Coca-Cola ichimligini 32 ming so‘mdan, “Sochnaya dolina” sharbatlarini 48 ming so‘mdan sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
Ikkinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi
27-28 aprel kunlari Congress Hall Tashkent City’da Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib otdi. Umuman, forumda 70 mamlakatdan 2 ming 500 ga yaqin biznes va moliya sohasi vakillari ishtirok etdi.Forumning bosh mavzusi bo‘lgan «Huquq 4.0» huquqning to‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitidagi dolzarbligini ifoda etadi. Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jasir, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Olga Algayorova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriyaning iqtisodiy taraqqiyot vaziri Marton Nad, ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan qatnashgan. Ikkinchi “Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi–2023” yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard AQSh dollariga teng shartnoma va bitimlar imzolandi.Forumda prizidentimiz so'zga chiqda va avvali forumdan so'ng qilinilgan ishlar va yurtimizdagi o'zgarishlar haqida aytib o'tildi.Masalan Kansitutsiyamizdagi o'zgarishlar haqida aytib o'tildi yana bir soha Aviatsiya sohasida hisoblanadi va bu yo'nalishda yangi 5ta xususiy kampaniya barpo etilgani aytib o'tildi.1 mingta korxonadagi davlat ulushlari va yana 1mingta davlatga tegishli ko'chmas mulk obyektlari ochiq auksion savdolariga chiqariladi.Iqtisodiyotimizga muhim bo'lgan 40ta strategik korxona IPOga olib chiqiladi deb aytilgan prizidentimiz tomonidam.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi
2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahrida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi. unda dunyoning 93 ta davlatidan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etdi. Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 26,6 milliard dollar bo‘lgan kelishuvlar imzolandi.Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Xususan quyidagi yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:– “Data Volt” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan hamkorlikda “Yangi Toshkent”da shahar infratuzilmasini qurish ($1 mlrd.) va yashil texnologiyalarga asoslangan “ma’lumotlar markazlarini” qurish ($3 mlrd.);– “Acwa Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish ($6,2 mlrd.);– “Amea Power” kompaniyasi (BAA) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish ($1,1 mlrd.);– “Saudi Tabrid” kompaniyasi bilan Nukus, Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish ($750 mln.);– “Nil Shugar” kompaniyasi (Misr) bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish ($500 mln.)– “Shaynxay Knud Interneshnl” kompaniyasi (Xitoy) bilan Namangan viloyatida tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ($205 mln.);– “Vilmar Interneshnl” kompaniyasi (Singapur) bilan Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari va chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish ($200 mln.).Bundan tashqari, forumda dunyoning bir qator yirik kompaniyalari hisoblangan “Oraskom Investment” (Misr), “Bonafarm Grup” (Vengriya), “Sayar” (AQSH), “Goldvind”, “Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger” (Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati $6,6 mlrd. teng yangi investisiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bu forumlarning o'tkazilishi O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish,xalqaro hamkorligini mustahkamlashga, yurtimizga xorijiy investitisiylarni jalb etishga yordam beradi.Ushbu forumlar orqali yangi ish o'rinlarini yaratish va aholining turmush darajasini yaxshilashga erishildi.Jumladan,qulay fiskal tizimi yaratildi.Qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 12 foizga tushirildi.Xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlar uchun uch yil muddatga foyda solig'idan ozod qilindi.Bu forumda albatta O'zbekistonning faqat o'ziga emas boshqa davlatlar uchun ham foydali bo'ldi chunki investorlarga Markaziy Osiyo uchun katta yo'l ochildi va budan Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar foydali bo'ladi albatta.Xususan, 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilinishi bunga misol bo'la oladi.Forum orqali O'zbekiston investitsiya uchun muhim davlat ekanligi investorga ochib berildi chunki mamlakatimiz Osiyo va Yevropani bog'lovchi davlat hioblanadi va bu lagistika uchun muhim sanaladi.Bunga yaqqol misol sifatida Alibaba kamipaniyasi vitsa prizidenti ham takidlab o'tdi.Forumdan investorlaring ko'p qismi qayta tiklanadigan energiya sohasiga qiziqish bildirdi.Chunki mamlakatimizda yiliga 300 kun quyoshli kun hisoblanadi va bu soh uchun qulay sharoid hisoblanadi.