Mening Asenam
Umar tipirchilayotgan qizdan hunob bo'lib ohiri chiday olmay yoziq sochli qizni sochidan siqimlab o'ziga qaratdi.
— Jonim tez orada xotinim bo'lasan ! Tuquningacha ubu narsa qilib qo'ymasligimni hohlasang chakagingni yum . Vaqti kelganida borasan uyinga qaytib. Lekin bolani tug'ib berasan va yuzini ham ko'rsatmayman.
— Bu bola kerak emas menga - Asena yeg'lab yuborib yuzini yon taraf bordi.
Umar Asenaga indamasdan xonadan chiqib keti. Tashqariga chiqanida domla kelgan ekan. Og'ir xo'rsinib qo'ydi. Bosh xizmatchi Asenani tayorlashlarini ayti. Qizni berk kiyintirib yuzini yopib bir bo'sh xonaga olib kirishti.
Jaynamozlari, Quron kitob-u turli diniy kitoblar shkafchada bor xona o'rtasida xon atrofida bahmal ko'rpalar bor edi. Qisqa aytganda bu uydagi o'zgacha ham milliy ham diniy xona edi . Umar savlatini ko'rgan domla qo'l berib so'rashib ikkisi joylashti. Guvohlika odam kirganidan so'ng Asenani ham olib kirishti. Asena Umarni bilib olgani sabab qarshilik qilolmadi va hozir boshqa chorasi yo'q ekanini o'zi ham bilardi.
Domla nikohni o'qishni boshladi. Asenani ko'ngli aynisada arang o'tirardi. Umar oldida edi. Domla tugatib maxrni aytganida Asena chiday olmay xonadan chiqaman deb turganida Umar qo'lidan ushlab qoldi. Lekin bekor ushlab qolganini kech bildi. Asena Umarni yengiga qayt qilib yubordi. Umar qarshisidagi guvohlaru Domla ham hayratda edi. Umar esa qotib qolgandi yengi esa havoda mualaq turardi. Asena birdan o'rnidan turdida xonadan otilib chiqib keti . Umar hali ham qimirlolmasdi qimirlasa yana bir nima bo'ladigandek turardi qo'lida qarab o'zini ham ko'ngli aynigani sabab o'zi ham xonadan chiqib keti .
Domla hech narsaga tushunmay qolgan bo'lsada jim kitobini yopti. Umar esa darxol kiymini ahlatga tashlab yuzini muzdek suvda yuvib yubordi
— Yaramas qiz odiy ko'nglim ayniyabdi desa ushlab qolarmidim bu qizni !
Umar qora maykada tashqariga chiqib nima qilishni bilmay turgan Domla yoniga bordi.
— Adashmasam nikoh tugadi to'g'rimi ? - dedi Umar
— Ha lekin siz kelindan Maxr so'rab u istagan narsani berganiz bas sizlar er xotin bo'lasiz.
— Sizni odamlarim shaharga olib borib qo'yadi Domla. Kelganingiz uchun raxmat.
Umar Domlani odamlariga qoldirib o'zi o'z xonasiga kirdi. Asena to'shakda holsiz yotganini ko'rib sekin qiz oldiga bordi. Yo'l yo'lakay maykasini lab chetida kulib ikki qo'li bilan yirtib tashladi. Bu ovozdan eshik tomon qaragan Asena , Umarni ust kiyimsiz holda ko'rib qotib qoldi. Umarning preslari va kuragi keng ekaniga endi etibor bergan ekan. Umar Asena yoniga borib yotib oldi.
— Nega tikilib qolding ? Ko'rmagan joying bormi xotinjon !?
— Siz nega kirdingiz bu yerga ? Sizga savolarim bor va juda ko'p !
Xonada o'tirganimda birdan Umar kirdi. U kirganini bilsamda jim yotardim shu qadar quvatim yo'qki hech narsaga hushim yo'q edi. Boshimni arang ko'tarib qarasam bu axmoq maykasini to'g'ri yechmay ikkiga bo'lib yirtib tashladi. Aval etibor bermaganmanmi ? Umarni doim mushaklari shunday katta bo'lganmidi yoki yo'q.....u qanchalar kuchli ekanini taxmin qildim. Umar meni hayron qoldirib yonimga shunchaki yotib oldi. Unga juda ko'p savolarim bor edi. Umarda nafratlansamda hozir sharmanda bo'lgandan bu bolani unga tug'ib berib kareyaga ketsam eng yaxshi qaror qilgan bo'lardim.
— Umar - dedim yonimda yotib olgan bu ayiqga
Umar ko'zini birini ochib g'o'ng'ilab qo'ydi. Uni ko'rsam g'alati bo'lib ketishimni aytmasa gapim bo'linmaydi .
— Endi nima bo'ladi - dedim ohiri nimadan boshlashni bilmay
— Yani nega men siz bilan yashashim kerak ?
— Nega noshukursan mendek ering bor ! Seni o'rningda boshqasi bo'lsa ketmaslik uchun harakat qilardi.
— Sizni suymasam mendami ayib ! - o'zimga tushunmay qoldim odamga o'xshab gaplashmay urush qilishim uyni boshimga ko'tarishim kerak edi lekin unday qilmadim negadir sokin edim.
— Xudoga shukur qilsangchi ! Mendek kelishgan erkakni ko'chada terib qo'ygani yo'q ! Qolaversa boyman keyin... - deb birdan ikki qo'li bilan meni o'ziga tortib ustimga chiqib oldi
— Asena o'z hislarimni tushunmay qoldim sen ham meni yanada chalkashtirma - Umarning nafasi shu qadar isiq ediki bo'ynim yonayotgandek edi.
— Sen menikisan ! Ilk tuni ertaroq boshlashga nima deysan imm ?
— Asena seni eringman degani meni o'zgarib senga yumshoq bo'ladi degani emas. Lekin - dedi pauza qilib — Sen va chaqaloqni boshqalardan himoya qilaman kerak bo'lsa o'zimdan
Umar ko'zlari g'alati bejo tikilib turardi. Nafasim ichimga tushib keti, hatti harakatlari o'sha daxshatli kundek edi. Qo'lari yelkamga tekanida seskanib ortga chekindim Umar esa meni hayratda qoldirib ortga tisarildi.
— Senga tegmayman lekin yotoqni ayrishni aslo hayolinga ham keltirma - dedi Umar o'rnidan turib u hozir butunlay jidiy ko'rindi ko'zimga , unday mahluq jidiy bo'lsaya ?
— Yaxshi - dedim yopinib olgancha
— Majburiy talim bo'lgani sabab maktabdan qolmaysan qorning chiquncha bitirib olasan hozir esa Navrozgi tatilgan baxra olib yur
— Maktabga borishni hohlamayman !
— Sendan borasanmi deb so'ramadim Asena - unga chiroyli qaradimu yuzi burushganini ko'rib gapirishdan o'zimni tiydim
— Ovqatingni xonaga olib chiqib berishadi aqili qiz bo'l ! Meni ishlarim bor ekani sabab ham uyda bo'lmayman.
— Hmm - dedim ichimdan sevinib . Umar bir mudat xonada menga jim qarab turdi-yu gapirmay chiqib keti.
Xonada o'zim qolganimda shart o'rnimdan turdim. Qora rangli xonada arzuguli ko'rgani narsa izladim ko'zim bilan topolmadim . Qoyileee arzuguli narsa yo'q ! Idub TVdagilar aytganidek eshode erginamni didi o'lgan ! . Jin urgur qora pardalarni nega yopgan bilmadimu nafasim siqani sabab ochgim keldi tortsam ham ochilmadi shu pardalari ham ! Manzarasiz joymi nega to'sadi ? Xonaga qarab chiqsam tumbada opoq qora chetlari bor pult bor ekan. Pultni olib offni bosganimda Pardalar birdan ochildi. O'zim hozir ko'rgan manzaramdan qo'rqib ham ketim. Juda sovuq auraga ega manzaraga duch keldim desam adashmasdimi ?
Umar ketganiga ko'p bo'lmagan edi. Ketganini oynadan ko'rib bildim, qayerga ketganini esa bilmasdim. Lekin hozir uyni aylanishni juda hohlaganim sabab xonadan chiqishga qaror qildim. Umarning yengilroq kiyimini kiyish uchun shkafini ochib, o'zimga oq katta futbolka kiyib oldim. Qopni o'zi desam, adashmasam kerak, tizamga yetay deydi! Oyog'imga mosroq narsa topolmadim, lekin kiyishni ham hohlamaganim sabab, shunday chiqaverardim. Qo'lga tushmasam bas edi.
Xonadan chiqib, uyga nazar soldim. Uy qo'riqchilari tashqarida, hizmatkorlar esa pastda yurar ekan. Bu qavatni ko'rmoqchi bo'ldim, burchakda kichik yana bir zinani ko'rib quvondim, sirli yo'lmi bu? Zina yoniga borib tushganimda, faqat bir xonaga, ya'ni katta zalga olib chiqishini bildim. Ulkan oynalar uning ortida qorli tog'lar bor edi. Bu manzara shu qadar go'zalki, odam qancha qarasa ham to'ymasdi. Asta borib, qora rangli divanga o'tirdim, kamen ham yoniq ekan. Bir so'z bilan aytsa, Umar bu yerda dam oladi. Rostan ham, ruhan dam olish uchun juda qulay joy ekan, menga yoqdi. Umar kelguncha shu yerda qolaman va o'zidan so'rab ham bu yerga tushsam bo'lardi, qolaversa, bolasiga homiladorman, indamasa kerak. Bu yerda menimcha, yana 1 hafta bo'lamiz, ahir Umar maktabga chiqasan dedi, bu yer esa poytaxtdan uzoqda edi.
O'rnimdan turib, yana bir ikki joylarni ko'rib, xonaga qaytib keldim. Oradan 3-4 soat o'tgandi. Qorli tog'lar faqat pastki qavatda ko'rinardi. Bizning xonamiz ham 1-qavatda ekan, lekin asosiy darvozadan kirgan odam 2-qavatga chiqsagina xonamizga kiroladi. Lekin yer yaqin, 1-qavat kabi ko'rinadi. Bu qanday bo'lishi mumkin? Balki joylashuv sababdir deb o'yladim. Xonada TV bor ekan, uni yoqib turli kanallarni ko'rib chiqdim. Avval TVni yoqsam, tuzukroq kinolar va seriallar bo'lardi, hech TVni o'chirgim kelmasdi! Hozir qaysi kanalga olsam, qaynona kelib yoki Ahad Qayum filmlari chiqib keladi. Bu qanday maynavozchilik, tuzukroq kino ishlamay qo'ydimi, bu odamlar? Aqali chet elning kinolarini qo'yishsa ham, odam zerikmasdi. Sevimli TV 24 soat qaynona kelib bo'lib ketibdi, qolgan kanalarni umuman gapirmasam ham bo'lardi. Pultni qizil tugmasini bosib, to'shakka sekin borib yotdim. Yumshoq to'shakda uxlash maza, lekin uxlagim yo'q edi.