February 27, 2025

Begunoh insonlar

Kirish I bob
"Hayotimdagi muhim omillar doim oila bo'lgan. 19 yoshga kirganimda, oila azolarim diniy kichik to'y bilan meni turmushga berdilar. Erim ham musulmon va oddiy politsiyachi edi. Ummuman olganda, biz eru-xotin emasdik, balki bir uyda turuvchi begonalar kabi edik...

Xonaga kichik jusasi bilan asta kirgan qiz ulkan yotoqda uxlayotgan erini ko'rib, yoniga bordi. Bir necha bor uyg'otmoqchi bo'ldi, lekin erkak turmasdi.

~ Ali... turing, ishga kechikasiz.

Ali oxiri hafsala bilan uf tortdi.

~ Nonushta tayyormi? – dedi Ali Mubinaga.

~ Ha, aytganingizdek, tayyorlab qo'ydim, – dedi Mubina Rumolini ortiga tashlab.

Ali o'rnidan turib, hammomga kirib ketganidan so'ng oshxonaga chiqdi. Mubina choyni stol ustiga qo'yar ekan, Ali og'ir xo'rsindi.

~ Ishingni qilib bo'lgan bo'lsang, chiqib ket. Nonushtani ham zaxar qilma, – dedi Ali keskin. Mubina bir nimadir demoqchi bo'lib "gapiraman" dedi-yu, birdan stolga musht urgan Alidan cho'chib ketdi.

~ MEN SENGA CHIQIB KET DEDIM! – deb baqirdi Ali. Alining baqirig'idan uchib tushgan Mubina darxol chiqib keti.

POV: Mubina
Ali meni oshxonadan chiqib ket, deganidan so'ng, mehmonxonada Qur'on tilovat qildim. Ba'zida nega erim mendan nafratlanadi, deb o'ylayman. Balki Ali meni hech qachon qabul qilmas...

~ Kelgunimcha yaxshiroq ovqat qilib qo'y, uydan chiqsang, oyog'ingni sindiraman, – dedi Ali

Ortimdan Ali paydo bo'lib, menga gapirganida cho'chib ketdim, bosh irg'ab qo'ydim. Ali esa o'z xonasiga kirib keti. Men uchun alohida xona qilib bergan, pushti rangdan iborat xonam bor edi. Ali ketganidan so'ng uylarni tozalab, ovqat tayyorladim. Turmush qurganimizga 4 kun bo'ldi. Lekin... Ali ota-onam olib bergan telefonimni olib qo'ydi, ko'cha esa orzu edi. Ba'zida ular qahri qatiqdek ko'rinadi, ammo menga teginmagani esa baxtim edi.

Ovqatni tayyorlab namoz o'qiyotgan vaqtimda, Alining ovozi keldi, ular kelgan edi. Lekin men namozni to'xtatmay o'qidim. Oxiri duo qilib o'rnimdan turganimda, Ali hammomdan chiqqanini ko'rdim. Menimcha, tahorat olib chiqqan edi.

~ Asalomu alekum.

~ Alekum asalom. Endi hammomga kirib kiyimlarimni yuvib qo'y. Ishda qon tegibdi formamga.

~ O'zingiz yaxshimisiz?

~ Ha, yaxshiman. Ko'p gapirmay, yuv. Ertaga toza va dazmolangan tursin.

Ali aytganidan so'ng, kiyimlarini yuvib qo'ydim, ularni yoyib qo'ydim. Qo'limni yuvayotganimda, oshxonadan baland shovqin eshitildi. Yugurib kirsam, Ali taomni yerga otib yuborgan ekan. Meni ko'rib, shunday qaradi... Nigohida men o'lajagini ko'rgan hayvoni ko'rgan edim.

~ Sen atay menga suyuq sho'rva qilganmiding, imm?

~ Yo'q, unday emas...

Birdan yuzimga tekkan tarsakidan yerga yiqildim. Ali esa o'z jag'ini qisib

~ Menga bunday yuvindi ovqatlar yoqmaydi!

U kelib, sochimdan yulib turg'azdi.

~ Kechiring, boshqa bunday qilmayman...

~ Seni bema'ni sho'rvang meni qiziqtiradi, deb o'ylaysanmi! Yo'q. Sen yuk bo'lganing yetmagandek, bir ishni eplolmaysan, jin ursin!

~ Boshqa... Boshqa ovqat qilaman, faqat urmang.

~ Bilganingni qil... Meni qayerdagi axmoqqa uylantirishdi.

~ Ali..

~ Seni ota-onam tanlagan, meni seni ota-onang! Mendan ko'p narsa kutma.

~ Unda nega meni cheklaysiz?

~ Nima? – dedi Ali

~ Yani siz meni telefonimni bermadingiz... Ota-onamga qo'ng'iroq qilolmasam, ko'chaga chiqolmasam...

Ali Mubina gaplari yakunlanmasidan, yuziga tarsakini tortib yubordi. Yiqilishga ulgimagan qiz, sochidan tortib, o'z yotoqxonasiga sudrab olib kirdi.

~ Manjalaqi onang senga erni hurmat qilishni o'rgatmaganmi?!

Ali Mubinani to'shakka otib, g'azablanib Mubina ustiga chiqdi.

~ Jajji itoatsiz qizaloq, senga telefon ishlatishni ko'rsatib qo'yaman!

Ali ostida oyoqlari bilan qisgan qizga shahvoniy jilmayib, ustki sviterini yechib tashladi.

~ Baqirgudek bo'lsang, o'rningdan turolmas darajada qiynayman.

---
O'rnimdan turganimda, quyosh botayotgan edi, tanam qaqshab og'rir edi. Nahotki erimni rozi qilmagan bo'lsam? Lekin nega zo'rladi! Yeg'lab, o'zimga kelolmas edim.

Sochlarim ham to'zib ketgan edi, tizamgacha uzun sochlarimni yig'ib, hammomga kirdim. Issiq suv tanamga tekkach, hotirjam bo'ldim.
Oqsoq holatda tashqariga chiqdim, oshxonaga kirib, Ali uchun go'shtni qovurdim. Erim ketgan ekan, uyda yo'q edi. Ali ketganidan so'ng, xonasiga kirdim va miyamga telefonim uyda ekanligi xayolimga keldi. Ahir, o'zi bilan olib yurmasa kerak?! Bu aniq edi.
Xonani deyarli hamma joyini izladim, so'ng shkaf tepasiga qarab qoldim. U yerda bo'lishi mumkinmi? Ha, bo'lishi mumkin! O'rnimdan turib, shkaf yoniga bordim va stul qo'yib chiqdim. Rostdan ham telefonim o'sha yerda edi. Juda ham hursand edim, Ali har ishga ketganida telefonimdan foydalanishim mumkin edi.
Ijtimoiy tarmoqlarni ko'rib chiqdim. Yoshimdagi qizlar kun bo'yi tarmoqlardan foydalanadi. Lekin menga mumkin emasmi? Dugonam menga video yuborgan ekan. U aslida mendan 5 yosh katta edi, lekin bir-birimizni senlaymiz. U eri bilan tushgan rasmi va gullar sovg'a qilganini ko'rsatgan rasm video yuboribdi. Ijobiy javob berdim.
Lekin menda bunday hayot yo'q ekani alam qildi. Ali menga hech qachon gul olib kelmasa kerak. Umidsiz edim, lekin hayolimga men ham unga rasm tashlay deb kelgach, chiroyli rangdagi rumolimni boshimga o'rab oldim.
Rasimim yaxshi edi. Uni dugonamga yuborib, "Story"ga ham qo'yib qo'ydim, so'ngra biroz telefonda faol bo'ldim. Soat Ali kelish vaqtini ko'rsatganida, shoshib o'rnimdan turdim, telefonimni keshini tozalab joyiga qo'ydim, stulni ham joyladim. So'ng, xonaga ko'z yugurtirib chiqib ketdim.
Oshxonaga kirib, go'sht pishganini ko'rib, katta tarelkaga limonlarni para qilib kesib qo'ydim, go'shtni ham solib qo'ydim.

Eshik qo'ng'irog'i chalindi deguncha uchib tushdim. Yugurib borib ochganimda, Ali nafasi tartibsiz, qo'lida sumka bilan kirib keldi.

~ Asalom alekum.
~ Alekum asalom. Ovqat qildingmi?
Oyoq kiyimini yechib, uy shipagini kiyib menga qaradi, men esa bosh irg'adim.

~ Sport kiyimim ivib keti. Ularni yuvib qo'y, zalda charchadim. Ovqatimni yegach, uxlayman. To'shagimni tozalagan edingmi?
Ali menga zimdan qaraganida, tilim kalimaga kelmay qoldi. "To'shak" deb aytganidan so'ng, meni tanamga qarab chiqdi. Keyin yaqinlashib, devorga suyadi.

~ Uyda! Meni yonimda rumol o'rashing shart emas, bu keng kiyim ostidagini ham, uzun sochlaringni ham ko'rib bo'ldim!
Ali aytgan gaplardan qizarib ketdim, juda qo'pol aytadi, lekin etiborli edi. Ichkariga kirib ketganidan so'ng, sumkasini olib xonasiga olib kirdim, aytgani kabi ishlarni qildim.

Qorong'u tushgach, Ali futbol ko'rishni yakunlab xonasiga qaytdi. Hira yorug' xonada to'shak chetidagi xotinini ko'rib, jinnicha tabassum qildi.

~ Nega qabul qilishim qiyin? Ali ustki futbolkasini yechib yerga tashladi. Mubina tomon emaklab borganida, telefoniga habar keldi
Sms - Yangi qotillik bo'yicha hammani oyoqqa qo'yishdi, darxol kel!

Toshkent ko'chalari kech kirganda yanada sovuqlashib, chiroqlar bilan ham zimiston edi. Ko'p qavatli bino, politsiya mashinasi va hodimlari bilan to'lgan, ayniqsa 4-qavat chiroqlari yoniq edi. Qo'shnilar tergov qilinib, voqeaga oydinlik kiritishga urinishar edi. Kvartira qonga belangan, odamlar u yoqdan bu yoqa o'tib yurardi. Ali yetib kelgach, Malik ismli hamkasbi yoniga bordi. Uzoqdagi ayol jasadiga yoqimsiz qarab, Malik ko'ksidagi cho'ntagidan o'zi uchun sigaret oldi.

~ Yaxshi emas! Yana bir ayol jasadimi?
~ Aynan ko'rib turganingdek. Ayol zoti qirilib ketsaya, axaxa - kuldi Malik
~ Jiddiy bo'lsangchi, Malik. Qotilning bir nimada alamim bor ekanki, hamma jasadlar bir xil jarohat olgan! Hammasi turmushga chiqqan ayollar.

~ Tushunarli! Qotil negadir bir xil azoblaydi. Qiynab ichaklar-u yuragini sug'uradi ...jin ursin ko'nglim aynidi yana ! Ya Allah, qanday zamondaymiz hozir!" - dedi Malik .
~ Menga qiziq narsa shuki, u oila qurgan ayollarni qanday topadi? Bu manyakni 14 qotilikda ham ushlay olmayapmiz, jin ursin!" - dedi Ali, sigaretni chekib.

~ Taqvoli yigit, kamroq cheksangchi! Yoki kelinimiz qiynab yubordimi?
~ Sen savolga javob bergin.
~ Ijtimoiy tarmoq degan narsa bor hozirgi zamonda, Ali!
~ Hix, meni xotinim ko'cha tugul, telefon tutmaydi, - g'ururlandi Ali.
~ Hafa bo'lib qolmasin sendan, Ali.
~ Qanday hafa bo'ladi? Men o'zga nomahramlarga soyasini ko'rsatmayman uni! Uyda qisib o'tirsin, jaaa o'laman desa, hovlimda ish talaygina!
~ U ham odam.
~ Malik, hadingni bil, u mening xotinim, erkakli g'ururim! Men uning eriman, Alloh uni menga berdimi, demak rozi bo'lib, o'lguncha tinch yashaydi. Menga ko'z yoshi o'tmaydi, men oilam farovonligini o'ylayman.


Mubina uyda Ali yo'q ekanini sezdi, uy ham jimjit edi. Qiz ham hotirjam uxlab, tongda ham uyg'onmay uxlab yotdi.
"Eri uyda yo'q ekanidan hursand bo'ladigan yagona qiz o'zim bo'lsam kerak," - hayolidan o'tqazdi Mubina.

Tush vaqtiga yaqin turgan Mubina joylarni to'g'irlab, telefonini turgan joyidan oldi.
~ Bugun ham istoriyaga video rasm qo'yaman, aktiv zo'r!
Mubina kulib, telefoniga bir necha rasmlar oldi. Rasmlarni ko'rar ekan, eng yaxshi chiqqan rasmi ostiga

"Turmush o'rtog'imni baxti bora, qizlar," - degan yozuv qo'yib, joyladi.
~ Buni dugonalarimga tashlashim kerak. Ular meni 'atmetka' qilsa, obunachilarim ko'p bo'ladi.
Mubina qiziqish bilan oyoqlarini qimirlatib turli rasmlarni joylardi. Mubina Instagramdagi istoryani kimlar ko'rganini tekshirsa, 100lab likelar kelganini ko'rib, baxtdan baqirib yubordi.


Mubina telefonini hursand ko'rar ekan, eshik ochilib yopilganini eshitib, kapalagi uchib tushdi. Ali tushga yetib kelgan edi, qo'rqib ketganidan shoshib shkaf ustiga telefonini qo'ydi, hammomga yugurdi.

~ Mubina, qayerdasan?
~ Ali, hozir.
Mubina hammomda ish qilgandek, qo'llarini namlab yugurib chiqdi.

~ Ovqat qildingmi?
Mubina yerga qarab oldi, ayb ish qilgandek.
~ Yaxshi!
Mubina qo'rqib yerga qarab turar ekan, Ali Mubina qo'liga paket tutqazdi.
~ Bu , burek. Hoynahoy, bu ahmoq xotinim men yo'q uxlab yotibdi, ish qilmay deb o'ylagan edim."
~ vov, burekmi?
~ Ha, shunday! Bomdod o'qidingmi?
~ Haligi..." - birdan berilgan savolga qanday javob berishni bilmadi Mubina. Ali tishini g'ichilatib, Mubinani yanada siquvga oldi. Chetga itarib, xotini quloqlariga egildi.
~ Seni qayeringni mayib qilsam ekan? - dedi Ali.
~ Yo'q, yo'q, men atay qilmadim, mumkin emas edi, men 4 kun xayz ko'raman.
Mubina birdan gapirib yuborganidan qizarib, uyalib ketdi. Ali yana hotirjam va bosiqlik bilan kuldi.
~ Mendan uyalma, bilishga haqqim bor.
Ali Mubina tomon yaqinlashib, qulog'iga pichirladi.

Uyga kirib kelganimda, Mubina yo'lda o'ylaganim kabi, rostan uxlayotgan ekan, qo'llari yuzlari ho'l edi. Hoynahoy uyqudan shoshib turgan edi. Taxminim to'g'ri chiqqanidan hursand edim. Mubina xayz kuni ekanini aytganida, kulib yuboray dedim. Uni uyalishi boshqacha edi. Vaholanki ota-onamga o'chashib, Mubinani qiynab javobini beraman degan edim, lekin uni qiynashni yoqimlik yo'llari bor va uni endi qo'yib yubormasam kerak?! O'lib ham mendan qutula olmaydi! Fikrim tarqoq va minglab o'ylar bor edi. Tanamda egalik hisi jo'sh urardi, u itoatkor ayol. Hozirgi zamonda u kabi qizni topish qiyin ekani uchun ham go'dakni hali odam bilmas qizni menga xotin qilib berishdi. Oilam Arabistonga borib kelganidan so'ng musulmon bo'lgan u vaqt men dunyoga kelmagan edim. Mubina rostan ham oilam uchun munosib kelin! Uni chetan kuzatish yoqmoqda. Tan olishim qiyin! Lekin men xotinimga qiziqishni boshladim, u haqida ko'plab fikrlar va hohishlar bor edi.

~ Sekinroq yegin. - dedim oshxona chetiga turib. Mubina oshxonada burekni yeb o'tirar edi. Uni hursand qilish, o'zgacha faxr berdi menga. U bosh irg'ab yeyishda davom etdi. Uni xayz kuni qorni shishib turar ekan, va bu meni boshqa orzuga olib keldi. Uni qornida meni bolam yashasa qanday bo'ladi? Qanday bo'lardi axmoq Ali! Qantday bo'ladi ! U tomon borib, bo'yiga egildim, hayollarim buzuqlik bilan to'lib ketdi.
~ Jonim, agar kasal bo'lmaganingda, hozir ering qo'ynida bo'lar eding.
Menimcha qo'pol aytib yubordim, u yo'talib tiqilib qolgan edi. Uni ortiga yengil urdim.

Mubinaning keng kiyimlari g'ashimga tegardi. Unga teginganimda, qalin mato qo'limni qarshi oldi. Ya Alloh, o'zing sabr bergin.

~ Mubina, senga kecha nima degan edim?
Unga aytgan gapimni anglaydimi? Yosh bola deb taltaytirmasam kerak! Men uni ko'rishni hohladim, xotinimni hohladim.

~ Qaysi biri?
U ovqatini yeyolmay qo'rqib menga qaradi. Yaxshi, qo'rqsin, tizgindan chiqmasin.

~ Qop kiyimlarni kiyma degan edim.

~ Menga qulay qolaversa, Muhammad (s.a.v) aytgan Qur'onda, masalan, Nur surasida, ayollarga "o‘zlarini ta’minlash" va "zino qilmaslik" uchun o‘zlarini bezatgan holda ko‘rsatmanglar, balki shaffof emas, balki oddiy va kamtarona kiyinishlari tavsiya qilinadi. Bu kabi tavsiyalar Islomda ayollarning ijtimoiy rolini, o‘zlarini saqlashlarini va odamlarning ko‘ziga tortishdan saqlanishlarini maqsad qilgan.

U ilmli qiz ekanidan xabarim bor, lekin bekor dindan gap ochti! Kim bilishini ko'rsatib, qiynashim kerak. Ering sendan taqvoli xotinjonim.

~ Hadislarda esa, payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollarni o‘zlari uchun mehr-muhabbat va hurmatli bir muhit yaratish uchun o‘zlarini mos va modest tarzda kiyinishga chaqirganlar. Biroq, uy ichida, o‘ziga mos, erga mos kiyim kiyish haqida aniqroq ko‘rsatmalar mavjud emas. Islomda har bir holatda va joyda modestlikni saqlash asosiy tamoyil hisoblanadi. - dedi Ali Mubinaga yaqin kelib.

~ Meni kechiring, ko'p gapirib yubordim.

~ Yo'q, bu menga yoqdi. Seni rumolsiz yurib majbur qilmayman, chunki Qur'on va hadislarni bilasan, lekin o'zingni qiynamay, yengil libos kiygin. Aqlli ! - kesatdim

~ Ho'p, tushundim, shunday qilaman.

Pov Ali :
Men uchun eng chigal holatlar keldi. Ish haqida so'roq qilaman, hozirda qo'limda bir qizning hujjatlari bor edi. Tanam taranglashdi, bu 3 oy ichida 19 qotillik! Men va qolganlar ham uni topa olmas ekanmiz, bu qonimni qaynatmoqda. Qotiliklar soni ortib bormoqda, u kimni nishonga olganini bilib bo'lmas edi. Shu bois, o'z Instagram tarmog'imni o'chirib, yangi qiz bola hisobini ochdim. Oradan ancha vaqt o'tdi, asosan qizlar menga obuna bo'ldi.

"Ya Alloh, men nima qilyapman?"
Bu iflosni tutish uchun poytaxtdagi barcha ayollarni kuzatib chiqdim, ularni nazoratga oldik.
Ishdan chiqib, bir-ikki shirinlik olib uyga ketar edim. Bolaligimdan qizlarga nisbatan qattiq turaman, lekin xotinimga unday qilishni bas qildim. Kundan-kunga uning beg'ubor tabassumi meni sakrab kutib olishlari ko'ksimni baxtga to'ldiradi, limo-lim qilaman, unga istaganini!
Bir hafta davomida xotinimni uxlatmadim, u esa turli erkalik qilib meni qiynamoqchi bo'ldi, lekin oxiri o'ziga qiyin bo'ldi.
Ishdan ancha asabiy kelaman, ust boshim gohida ko'rib bo'lmas bo'ladi. Shunisi borki, xotinimga etiborim meni charchoqlardan halos qilar ekan. Hayotim manosiz edi aslida!
2 yil avval do'stim tomonidan xiyonat qilindi, sevgan qizim... Ummuman olganda, nega yana uni esladim? Aslida, uni o'limidan keyin ham sevganmikinman? Balki shuning uchun Mubinaga nohaqlik qilgandirman.

Hali uyga kirganim yo'q edi. Ko'cha zulmat bosgan, qo'limda paket bilan ikkilanib qoldim, Xudo meni qanday taqdir bilan siylagan edi? Endi men nima qilishim kerak?

9 yil avval

Ali bugun 23 yoshini sevgilisi bilan nishonlashi kerak edi, bu uning uchun ulkan baxt edi, chunki u sevgani Izumi bilan birga edi. Ali va Izumi dengizga qarab shirinliklar yeyayotgan edi, Izumi Alining ma'noli sevgi to'la ko'zlariga qarab turardi.

~ Ali, sizga bir gap aytmoqchi edim, - dedi.

Ali, sevganining sochlarini silab, ko'zlariga boqdi. Izumi mayin tabassum bilan dengiz tomonga qaradi.

~ Bilasizmi... men ham islomni qabul qilishni hohlayman.

~ Hozir nima deding?

Ali hayrat bilan Izumi qo'llarini tutib, sevinch bilan qaradi.

~ Dur ko'zligim, rostan ham shuni istaysanmi? - dedi Ali hayrat bilan.

~ Ha!

~ U holda men bilan takrorla.

~ Xo'p.

~ La illaha illoloh, Muhammad rasululloh, - dedi Ali, Izumi yuzini silab.

~ La illaha illoloh, Muhammad rasululloh, - qaytardi Izumi.

~ Seni sevaman, qani to'yimiz kuni tezroq kelsa, o'limdan oldin meniki bo'lsang.

~ Sizniki bo'laman, albatta, Ali.

Izumi va Ali kulib, vaqtlarini yaxshi o'tkazishdi. Izumi Alining bo'lajak ayoli va sevgilisi edi.

Ali ishxonasiga chaqirilgani uchun Izumini kuzatmay ketdi. Izumi esa sevganidan araz qilmay, tushunib ketishiga rozi bo'ldi.

Izumi uyga qaytar ekan, qulog'iga yoqimli musiqa eshitilib turgan quloqchini taqdi. Ali bilan o'tgan vaqtidan so'ng ko'ngli ancha yorishgani sabab yaxshi kayfiyatda edi.

Qiz uyiga yaqinlashganida, katta yo'ldan nazoratsiz chiqib ketgan yuk mashinasi yo'lak bo'ylab ketayotgan qizni tanasini kuch bilan urib yubordi. Bunga qo'shilib, katta restoran ham yuk mashinasi tasirida yonib keti, ichidagi insonlar yong'in natijasida yonib ketdi, yuk mashinasi gaz va yoqilg'i tasirida katta portlashga olib keldi.

Butun mamlakatni zir titratgan bu voqea ajali edi. Izumi tanasi uchib, juda qattiq zarar yetgancha sovuq asfaltda yotar edi, ko'zlari ochiq va yosh to'lgan.

"Bu olamdan qalbim islom bilan yorishib o'lganim uchun sizga rahmat, Ali....."

Hozirgi vaqt

O'sha voqeani eslashga urunmasam ham, ko'z oldimga kelganida, shu chap tarafim og'riydi, jonim achishmaydi... lekin... lekin bu azob og'riqdan ham yomon... juda yomon. Izumi... sensiz yashash azobi, seni o'limingdan so'ng tirik murda kabi 9 yil yashadim! MEN SHU MUZ YURAK BILAN YASHADIM! ALLOH, JONIMNI OL, CHIDAY OLMAYMAN, DEB YOLVORDIM, O'TINDIM! IZUMI, MENI KECHIR... MENI KECHIR, AMMO SENI YONINGA BORMADIM. UYLANSAMDA, SENGA XIYONAT QILMAYMAN DEDIM, AKSI BO'LDI... MEN SENI IKKI DUNYO SEVGANING BO'LAMAN DEGAN EDIM.

Tanam muzlab qoldi, o'zimga kelolmasdim. Cho'ntagimdan sigaret oldim. Tan olaman, bu zararli, lekin shu bilan hotirjam bo'laman, ham o'zimni jazolayman. Chuqur tortib havoga puflar ekanman, hovliga kirib, uy chiroqlari yoniq ekanini ko'rib, katta oyna orqali kuyib, pishib, taom tayyorlab bir nima xato yo'qmi deb yurgan Mubinani ko'rib, tanam yumshadi.

Mubina ovqatlarni qilib bo'lgach, tuzab, stulni qo'yib o'tirgancha yonidan telefon chiqardi. Nima? Hozir u nima qildi? Hozir men to'g'ri tushundimi?! Mubina telefonni ushlagan edi. Birdan g'oyib bo'lib, boshqa xonaga kirib ketdi, yo'q bo'ldi. Axmoq xotin, demak, menga o'yin qilding.

G'azabim toshib uyga otilib kirdim. Mubina meni eshitdi yo'qmi, ishim yo'q! Uy ichkarisiga borib, xonani shart ochganimda, Mubina boyagi oq ko'ylakda, durli niqob taqib olgancha, o'zi bilan o'zi raqs tushayotganini ko'rib, o'zimni nazorat qilolmay qoldim. Shart borib mayib qilsam ham dedi ichimdagi shayton. Yo'q, Mubina xonim, bunisi ketmaydi!

Mubina kameraga o'zini olayotgan vaqtda bir deganda musiqaga hammohang belidan ushlab aylantirdim. Mubina bir zum zavq bilan tushtiyu, ongi ishlamay, butun tanasi zir titraganini sezdim.

~ Xotinjon, davom etmaymizmi?

~ Men...

~ Sen!

Qo'lim shu qadar qatiqlashgan ediki, bir nimanidir otmasam, Mubinani mayib qilib qo'yardim, keyin nogiron xotin bilan maza qilib yashayman!

Shunchaki sovuq ifoda bilan borib, telefoni oldim. Kulgim kelib, kulganimda Mubina titrab turardi.

~ Demak, aytganimni qilmasliginga shu matox sababchi!

Gapirdim-u, qo'limdagi telefoni zarb bilan otib yubordim. Mubina bir uchib tushti.

~ Xotinjon, siz raqsni eringiz uchun tushasiz bugun!

Borib eshikni qulflab, chiroqni o'chirdim.


Tong Ali oshxonada kirdi. Ortidan Mubina ham.

~ Ularni yesak bo'ladi, shirinliklarni? va qaynoq choy damlagin, Mubina
~ Ho'p, ammo ko'cha sovuq, sutli kofe ichib olsangizchi? – Ali kulib, o'rnidan turib Mubinani yelkasidan ushlab, o'tkazdi.
~ Men o'zim senga haqiqiy shokolad va sutli kofe tayyorlab beraman, – dedi Ali

Koffeni tayyorlab bo'lganda Mubina noto'g'ri gapirganini sezdi.
~ Boshing osmonga yetsin, xotinjon, ering senga kofe tayorlaydi.
~ Mashallah, – dedi Mubina

Ali issiq kofeini qo'yib, Mubina yoniga o'tirdi.
~ Shirinliklaringni eringa yedirib qo'ymaysanmi?
~ Shuni hohlaysizmi? – dedi uyalib.
~ Ha! Hammasidan ozgina.

Mubina shirinliklarni Aliga yedirar ekan, Ali tabassum qilib o'tirardi, qitmirliklar qilishni ham unutmadi.
~ Mubina ! Anavi marmelad bilan bezalgan rulletdan ko'proq bergin.
~ Ho'p, – dedi Mubina kulib. Ovqatlarni eriga tatib ko'rishga berayotganda, Ali tixirlik bilan Mubina barmog'ini tishlab oldi.
~ Ay nima uchun...?

~ Kecha telefoning pachoq bo'lgani sababli tekshira olmadim.
~ Mubina, kechagi erini unga bergan boshqacha jazosidan so'ng, bu mavzu yopildi deb o'ylagan edi. Endi esa karaxt bo'lib gapirolmay qoldi.
~ Sen nima uchun video olding, nimalar uchun ishlatding? Gapir, endi menga!
~ Men videoni o'zim uchun esdalik sifatida olishni xohlagan edim... keyin o'yin o'ynadim.

Ali iljayib, qo'liga bir shirinlikni olib, Mubina og'ziga soldi.
~ Maosh olsam, senga planshet olib beraman. Simkartasi bo'lmaydi! O'yin o'ynab zerikmaysan, yosh bola, xotinim.

Mubina arang kulib, yuragi bir nimadan g'ashdek bezovtalandi, lekin buni Ali sezmadi.

~ Mubina, issiq kiyimingni kiy, bugun dam olish kunim.
~ Meni ko'chaga olib chiqasizmi? – Mubina shoshib quvonch bilan dedi.
~ Yo'q. Bog'da qor o'ynaymiz.
~ Yo'q, kechaga chiqishni hohlayman, – Ali kulib turgan yuzi birdan o'zgardi, Mubinani tirsagidan qisti.
~ MEN SENGA CHIQMAYSAN DEDIM!

Ali qat'iy gapidan so'ng, erkalikdan to'xtagan Mubina sekin bosh irg'adi.

Hovli keng va hovuzli, yapon daraxtlari ko'p edi. Bu uy Ali bobosidan qolgan, Toshkendagi tor ko'chalar orasidagi yagona hovli uy edi. Bu uy yapon ustalari tomonidan qurilgan. Uy ichi ham keng, bu uy esa Aliga qoldi, ota-onasi esa Arabistonda edi. Ali va Mubina bog'da qor bola yasab ham qo'yishga ulgishgan edi. Qor gupurlab yog'ishiga qarab qolgan Ali ortidan xotini ovozini eshitdi.

~ Ali, nega siz qadam bosganingizda baland g'ichirlash eshitiladi, menda esa yo'q?

~ Axmoq xotin, sen meni izlarimni bosib kelyapsanu, – Ali ortidagi sakrab-sakrab qadam izlarini bosib kelayotgan Mubinaga angrayib qoldi.

~ Yo, hudo! Siz ayiqsiz!

~ Hm, men ayiqmanmi? Kel, senga haqiqiy ayiqni ko'rsatadi, ering, – Ali miyig'ida kulib, Mubina tomon qayrildi.

Mubina Ali niyatini tushunib darhol uy taraf yugurdi. Eshikni ochib, oyoq kiyimini yechib, chekalarga qo'ygancha yugurib, uy ichiga kirdi. Ortidan Ali oyoq kiyimini tartibsiz yechib, Mubina ortidan yugurdi. Kurtka va ust kiyimlarini yugurish barobarida yerga sochib yechti.

~ Jonim kel, eringa!

Ali mehmonxona stoli ortida o'tib olgan Mubinaga kuldi.

~ Yo'q, bormayman.

~ Erga kel desangiz, bola emizayotgan bo'lsa ham kelish kerak. Hadislarda erni hohishini qondirmagan ayollarga Xudoning lanati bo'ladi, deyilgan. Xotinjon, kel degandan keyin kel!

~ Ali, yo'q iltimos!

Mubina Ali stolni narigi tomonida bo'lsa ham, qocholmasligini sezar edi. Ali ko'zlari qonga to'lib, shahvat bilan kuldi.

~ Agar o'zim ushlab olsam, qiyin bo'ladi, Jonim.

~ Ali...

Ali toqatini to'kib, stolni aylanib yugurdi. Buni kutmagan Mubina ham yugurdi.
Mubina rumolini ushlagancha stol tagiga kirib keti.

~ Ey! – dedi Ali stolga engashib, kiraman deganida sig'may.

~ Ayiq axaxa

~ Ayiq emasman! Mubina chiqmasang qaragin!

~ Ali, chiqmayman!

Mubina kulib, Aliga qarar ekan, Ali jiddiy tortdi.
~ Hazlashganim yo'q, hozir keraksan, qiynamayman, vada beraman.

Ali ikkilanib qolgan Mubinani ko'rdi. So'ng emaklab chiqayotgan xotinini ko'rib mamnun kuldi, tortib o'zi chiqarib, yelkasiga qo'ygancha hammomga olib kirib keti.

---
Ali o'rnidan turib, yonida hali uyg'onmagan Mubinani ko'rdi. Yuragidagi g'alati hislar tanasini mavjlantirar edi. Yonidagi kiyimini ustiga kiyib, sochlari tizasigacha uzun bo'lgan xotini yoniga borib, bir tutam sochini siladi.
~ Mubina tur, sevgilim.
~ Iltimos, yana biroz uxlay.
~ Bomdod vaqti bo'ldi, tur, keyin yana uxlab yotaverasan.
~ Hm, arang uyqisiramay turdi Mubina.

Ali kulib, xotinini shart ko'tarib oldi.
~ Nima qilyapsiz?
~ Seni o'zim tahorat olishinga qarashlaymi? Kechasi ancha sho'xlik qildik, ahir.
~ Yo'q... yo'q, men o'zim, yo'q, – Mubina birdan uyalib, Ali qo'lidan sapchib tushdi, hammomga yugurib kirib keti.
~ Mustahab demagan edim! Sen meni noto'g'ri tushunding, xotinjonim.
~ Ali, yo'q, baribir! Bir oz kuting!

Ali kulib, hammom eshigi yonida qo'lini chalishtirib kutar edi. Rumolini o'rab tayyor bo'lgan Mubinani ko'rib mamnun kuldi.

Mubina Ali yonidan o'tib ketaman deganida, shaxt to'xtatib devorga qisti.
~ Meni kutib tur, birga o'qiymiz, – Ali Mubinadan qisqa bo'sa olib, hammomga kirib keti.

Ibodat uchun tahorat olib chiqqan Ali tasbih va bosh kiyimni unga uzatgan Mubinaga kulib qo'ydi. Namozni ikkisi tugatar ekan, Ali qo'llarini duoga ochib baland ovozda tilak bildirdi.
~ Yaratgan egam, menga arslon o'g'il bergin!

Mubina boshini ko'tarib, Aliga anglayib qoldi. Ali yuzi kulib:
~ "Omin", – degancha ortiga qaraganida Mubina qarab turganini ko'rib, qoshini ko'tardi.
~ Chiroyli qara menga, – dedi Ali kulib.
~ Hmm, – Ensa qildi Mubina

~ Menga ensa qilma! Undan ko'ra tur, nonushta tayyorla, bugun ishga ertaroq borishim kerak, ish ko'p.

~ Ho'p, – Mubina labini burib, oshxonaga kirib ketgach, Ali miyig'ida kulib qo'ydi.

O'rnidan turib, shkafni ochib, kecha olgan maoshini olib, mahsus formasiga solib qo'ydi. Shaxsiy hujatlarini ham solib hursand bo'ldi.
~ Qiziq, u qanchalik hursand bo'ladi planshetga?

Ovqatlanib bo'lgach, Ali rakvina yonida o'ralashib yurgan Mubinani ko'rib, ortidan borib quchti.
~ Bugun kechroq kelaman, oynalar hira bo'lib ketibdi, tozalab qo'y, keyin mol go'shtini yaxshi pishirgin, limon ham paralab qo'y, pishganidan so'ng duhofkadan olma o'chirib qo'y! Isiq tursin, kelgunimcha meni kutma, ovqatlanishing kerak.

Ali obdon xotiniga qarab, bir nimalarni uqtirar ekan, qornidan keladigan Mubinani gapi tugagach, shaxt ko'tarib labidan bo'sa olib oshxonadan chiqib keti.

Romantik harakatdan ham uyalib ketgan Mubina oshxonada qoldi.

Ali ishga kelganidan buyon o'sha qotil video yozuvlarini ko'rar ekan, ko'p qavatli uylardan biriga notanish yigit kirib ketayotgani va unga yoshi katta ayol urilib ketganini ko'rib, birdan o'rnidan turdi. U birinchi tilsimni topdi!

Ali shoshib o'rnidan turib, o'sha ayol manzilini bazadan olgancha ust kiyimini olib chiqib keti.
~ Yo, Xudo, o'sha xotin tilsim bo'lsin! – Ali shoshib o'sha manzilga bordi, yuragi hayajonda edi.

Uyga o'z maqomidan foydalanib kirdi. Qarshisiga peshvoz chiqqan ayol, avvalo Alinichoy va shirinliksiz qo'ymadi. Yuzidan nur taralgan ayol, Alini aytgan gaplardan so'ng tundlashdi.

~ Eshitdim. U ayol qo'shnim edi, aniqroq aytsam, yosh oila! Sen aytganingdek, u yigit bizdan emas, qolaversa biror qo'shnim uchun kelmagan ekan! Men o'sha kuni so'rab surishtirsam, hech kim kelmagan mehmonlarga biz taraflarga.

Ali eshitgan gaplardan taranglashdi. So'ngi kunlarda esa Ali u ayol ishi bilan ishlab, hatto uyiga bormay qo'ydi. Rasmni izlab topish va bir muncha ishlar bilan mashg'ul bo'lgan Ali bugun ishxonada tongni otirdi. Ohiri topgan dalilariga g'olibona qaradi.

~ Mushuk sichqon o'ynash yaxshi emas!

Ali ortiga LS349 kalibrli to'ponchani qistirib chiqib keti.

Ikki dugona bir-biri bilan xayrlashar ekan, Samira kulib dugonasiga "xayr" deb uyiga kirib keti. Samira uyiga kirib, choyni qo'yib, oynalarni ochib qo'ydi. Eri hali uyga kelmagani bois shirin taom qilish uchun telefonini yoqib, jonli efirda qanday taom qilishini ko'rsataman deganida, ortidan kelgan zarba tufayli yerga yiqildi. Tepasida ko'ringan sharpa qizning tanasida o'tkir pichoq bilan turardi.

~ Yo'q, iltimos...

Samira tanasiga birdan sanchilgan zadba tanasini burdaladi. Yigit vahshiyona kulib qizga qarab qoldi.

~ Seni tutish oson bo'lmadi!
~ Seni ham tutish oson bo'lmadi, yigitcha. – Birdan eshitilgan gapdan ortiga qaragan yigit ortida Alini ko'rib, qotib qoldi.

Ali unga imkon bermay, oyog'iga o'q uzdi, bundan baqirib yuborgan yigit dodlab yerga quladi.
~ Yaxshi emas! Seni deb necha kun uxlamadim. Mendan yumshoqlikni kutmagansan, deb umid qilaman. Ali kulib ortga sudralayotgan yigitga qaradi.
~ O'zimni himoya qilish uchun seni o'ldirdim, deyman! Toqatim yo'q, sabrsizman, ishim yo'q, sen bilan nega qilding?! Bularni barini keyin o'zim topaman yoki to'qib chiqaraman, – Ali to'ponchani yigit peshonasiga tiradi.
~ Meni ro'yxatimda seni ham xotining bor edi! – Ali yigit peshonasiga o'q uzgan vaqt, aytilgan gaplardan qotib qoldi.

Nima dedi? U Mubina haqida aytimi? Ali qotilga qarab qolganida, ortidan baqirgancha yig'lab kirgan yigit ovozini eshitib, u tomon qaradi.

Kunlar o'tar ekan, Ali va Mubina o'rtasidagi munosabatlar ancha yaxshilanadi. Ali, kundan-kunga Mubinani sevib qolayotganini sezardi. Mubina esa, Ali ishga ketganidan so'ng planshetiga raqamini kiritib, tarmoqlarda o'zi istagandek yurardi. Bu esa juda o'zvoshimchalik edi.


Ishxonasida o'tirgan Ali yoniga kelgan hamkasbiga anglab qoldi.

~ Kamisar, bugun uyga erta ketsam bo'ladimi? — dedi yigit.

~ Ha, bo'ladi, — dedi Ali.

Ali ko'zini olib, yigitning yoniq ekranida Mubinani ko'rib to'xtab qoldi.

~ Bu rasm...

~ Ha? Sizga ham yoqdimi? U kuni kecha mashhur bo'lib keti! Tabii va go'zal qiz ekan, qani edi uni hayotda ham ko'rsam...

Ali yigitni eshitmay, telefonini olib bir kaftida sindirdi. Birdan bo'lgani uchun, buni kutmagan yigit hozirgina iPhone 16 ko'z o'ngida parchalangani uchun vahimaga tushib, Aliga qaradi.

~ Kim shu qizni postiga qo'ygan bo'lsa, hammasini topasan va akauntni tak tugi bilan yo'qotasan!

Ali shu qadar g'azablanar ediki, tanasi taranglashib, xonasini ustun-ustun qilib tashladi. G'azab tanasini chulg'ab olgandi. Mubina xatosi tufayli to'fon olib keldi! Ali ishini tashlab, uyga yangi sotib olgan mashinasida ketar ekan, tanasi tarang va darg'azab edi. Bugun Mubina onasi kelib ketishini biladi va taxminicha ketib bo'lgan edi ham. Ali uyiga kelgach, ogohlantirmay o'z kaliti orqali uy ichiga kirdi. Hozir undagi qolib ketgan tubanlik qayta namoyon bo'lgandi. Uyni qarar ekan, oshxonaga kirganida Mubina ovqat yeb o'tirganini ko'rib, shaxt borib idishni yerga zarb bilan otib yubordi.

~ Iflos, sen kimsan, meni aytganimni qilmaysan!

Ali o'ylab o'tirmasdan tushunmay turgan Mubinani yerga qarab turtib irg'iti. Tanasi g'azabdan titrar edi. Yeg'lab biror holatga tushunmagan Mubina birdan qorniga tekan zarbadan bukulib qoldi. G'alati bo'lib keti, tanasi jon holatda nafas ololmay qizni siquvga olgandek edi. Ali, Mubina ustiga chiqib, musht bilan qizni kaltaklay ketdi.

~ Sendan faqat bir narsani so'ragan edim! O'zga erkaklar mening maxramimni ko'rmasin degan edim, Mubina!!!

Ali bo'g'zida go'ng'illab qo'ydi, o'zini arang ortga oldi. Mubinadan uzoqlashar ekan, g'azab va nafrat hisi hansiradi. Ha, Ali Mubina ishidan nafratlangan edi.

~ Meni... meni ham boshqa qizlardek yashagim keladi... Meni ota-onam kichik demay sizga berdi... Hayotimni barbod qilishdi sizni... SIZNI YOMON KO'RAMAN! HUDO JAZOYINGIZNI BERSIN!

Mubina ilk bor Aliga gap qaytardi. Buni kutmagan Ali shu qadar qutirib ketiki, Mubinani o'ldirib qo'ygisi keldi. Yonidagi qalin shishali grafini olib, Mubina boshiga qarab otib yubordi. Atiga bir lahzada bo'lgan ishdan so'ng jimib qolgan xotinini ko'rib, hozir nima qilib qo'yganini anglab o'ziga keldi.

~ Mubina...

Ali darxol boshi qonagan, hushsiz Mubinani quchib oldi. Bag'riga qizni kiriti:

~ Kichkintoy, ko'zingni och! Meni qo'rqitmagin! Mubinam, o'zinga kel, yolvoraman. MUBINAM, O'ZINGA KEL, ILTIMOS QILAMAN!

Ali ko'z yoshlari ko'zidan qalqir edi. Mubinani zaif tanasini bag'riga qatiq bosgan edi. Ali g'azabi tufayli xotiniga jiddiy zarar berishini kutmagan edi. O'ziga kelib, shaxt qizni qo'liga ko'tarib uydan chiqib keti.


Shifoxonada bir ahvolda turgan Ali arang oyoqda turar edi. Mubinani bir ahvolda olib kelganini o'ylab, yanada yuragi ortga tortib ketadi.

~ Xudoyim, iltimos, ko'zini ochsin.

Ali shifokorni ko'rgach, yoniga jon holatda bordi.

~ Mubina xonimni erisiz, shundaymi?

~ Ha, meni xotinim. Axvoli... axvoli qanday? — dedi Ali.

~ Sizga nima desam ekan... xotiningiz homilador ekan. Yeqilganida qorni qatiq tekan va boshi ham jarohat olgan, xotiningizni ayiblamang, bola nogiron tug'ilishi aniq yoki o'lik dunyoga keladi... abort uchun esa juda kech.

~ Bola?

~ Ha, bola! Mubina xonim homilador ekan. O'ziga kelgan boshini boylab qo'ydik.

Ali shifokorni eshitar ekan, Mubina uni himoya qilib gapirgan gaplarni anglamay qoldi. Tanasi aybdorlik va g'alati hislarga to'ldi. Ali, farzandini nogiron qilib qo'ydimi? Rostan ham buni Ali qildimi?

Ali yerga o'tirib qoldi, nafas olishi qiyinlashardi. O'z farzandini, hali dunyo ko'rmagan bolasini nobud qilardi, lekin nogiron yoki o'lik tug'ulsachi? Mubinaning aybini og'ir jazo bilan to'latishi kerak.

Eshik ortida erkak bo'lsa ham, ko'z yoshlarini to'xtata olmagan Ali g'alati hislar bilan qoladi, yuragi azoblanadi.

~ Mubinam, kechir, mening navot, qantim, kechir meni... Men o'zimda emasman... Senga biror narsa qilmay dedim! Yoningda bunday ojiz turolmas edim, Mubina.


Oradan vaqt o'tib...

Ali va Mubina orasidagi munosabatlar yaxshi emasdi. Kunlar, haftalar, haftalar esa oylarga bog'lanib ketdi. Ali Mubinaga uncha gapira olmasdi, ich-ichini yeydi, ishga boradi, kun bo'yi ishlab, uyga ichib keladi. Ichib uyga kelmagan vaqti ham ko'p bo'ldi.

~ Ali, ovqat qilgan edim.

Mubina, kattaroq homilasi tufayli yurishga qiynalib, belini tutgancha xonaga kirdi. Ali, yostig'ini 9 oy alohida qilib olgan edi.

~ Kerak emas, dedi Ali, solg'in.

Ali oyna ortidan tashqarini ko'rar ekan, orqasidan quchgan qo'lardan qotib qoldi.

~ Iltimos qilaman, kechiring, men o'shanda yoshlik qildim, xato qildim.

~ Gap bunda emas... Men seni ko'zinga qaragani vijdonim qo'ymaydi. Maraz eringni kechir.

Ali ko'ksini to'lib, ho'ngrab yeg'lab yubordi, yorilib bo'kirdi. Mubina erini bag'riga olar ekan, Alining katta gavdasi Mubinadan 4 marta katta edi. Mubina Ali qo'lini qorniga qo'yib, nigohini eriga qadadi.

~ Biz yaxshimisiz! Bolamiz ko'p tepinadi.

Mubina qorniga qaragan Ali, hudbinligi uchun qaramagani uchun afsuslandi.

~ Seni sevaman, dedi Ali.

Ali, Mubinani bag'riga qattiq bosti. Ancha vaqtli sog'inch azobladi. Vaqt esa Mubina uchun tez o'tgan bo'lsa, Ali uchun bu yillar, ming asirdek bo'ldi.

~ Menga Xudoning jazosi bo'lsin, Mubinam. Senga endi hech qachon qo'l ko'tarmayman, vada beraman! Qizimiz sog'lom dunyoga kelishi uchun ertayu kech duo qildim... Men o'zgardim.

~ Allohim, farzandimizni umri bilan bersin. U jaji qizaloq.

~ Sen xonamga qo'ygan homila rasmlarni qiz ekanini ko'rdim! Ichimda otalik hisi jo'sh urib, meni ajoyib ahvolga soldi. Ishonasanmi, bundanda go'zal tuyg'u bo'lmasa kerak, Mubina.

~ Ali, sizni yaxshi ko'raman, ikkimiz ham ayb ish qildik. Kel, unut. Siqilma, xotinjon! Menga ovqat qildim degan eding, imm? Shunday ediya? Ha, mazali mol go'shti va limon paralarini terdim, siz sevgan taom. Erkak kishi uchun shunday baquvat ovqat kerak! Yur, birga yeymiz. Qizim otasi kabi kuchli bo'ladi. Onasi kabi bo'ladi!

~ Onasiga o'xshasa, nimjon bo'ladi. Shunga, menga o'xshasin, sportni sevadigan kuchli qizim bo'ladi meni. Hmm, Ali, u dunyoga kelmasidan meni chetlab qizim deb qoldingizmi?

~ Shunday dedimi? Yo'q, unday demadim! Shunchaki, qizim otasini qizi bo'ladi. Baribir, otasi seni boling uchun yoninga qayta-qayta keladi, xotinim mening.

Ali kulib, Mubinani yelkasiga qo'lini qo'ygancha oshxonaga kirdi. Ali to'lg'og'i yaqin edi. Ali esa havotirda. U shifokor gaplaridan so'ng 9 oy o'zini ayibladi. Na yeyishida, na uyqusida halovat topdi. Shifokor, bu bola Mubinani qiynashi mumkin ekanini, Mubina omon qolmasligi haqida bir necha gaplar aytganidan so'ng, Ali tuni-kun ishladi. Mubina uchun tunlari alahsiraganida dorilar berib og'riqlarni qoldirish uchun xonasiga turli dorilarni retsepi bilan qo'yib chiqib ketar edi. Mubina, Ali ,bilan endi baxtli kunlarini hayol qilar ekan, qornida turgan og'riqdan ingrab yubordi. G'alati kuch Mubinani qiynab, ichini zir titrati. Mubinada tug'ruq oldi qisqarishi kechadi, bu og'riqlar ko'p bo'ladi, lekin Aliga ko'rsatmay, bildirmay yurardi. Hozir ham Ali hammomda ekan, vaqti shu og'riqlar Mubinani yanada qiynaydi. Tos sohasidagi og'riqlar Mubinani qiynaydi.

~ Iltim qizim, iltimos, oyingni qiynama, iltimossss qilaman.

Mubina, qornini ushlab, bukchayib qolganini ko'rgan Ali darxol Mubina yoniga yugirib keldi. Ichidagi vaxima tashqariga chiqib, Mibinani mahkam ushlab ko'tardi.

~ Chida, Mubina, chida! Seni shifokor oldiga olib boraman!

Ali ,katta tezlikda shifoxonaga to'xtar ekan, og'riqdan ingrab yeg'layotgan Mubinani yupatgancha ichkariga ko'tarib olib kirib keti.

~ Kim bor, yordam bersin!

Ali, yoniga kasalxona shifokorlari yugurib kelib, Mubinani qo'lidan olishdi

Tug'ruq bo'limiga ketishar ekan, Ali bari tez sodir bo'lgandek deb o'yladi, u hali ham hazm qilolmas edi.

~ Mubina, sen kuchlisan!

Ali kulib, Mubina kaftlaridan tutdi.

~ Men ham ayolim yonida bo'laman!

~ Sizga mumkin emas, iltimos, tashqarida qoling.

Hamshiralar Mubinani olib kirib ketishgach, Ali hech narsa deyolmasdan qarab qoldi. Ichkaridan Mubina dod solib, yig'layotgan ovozlari eshitilib, jim tura olmay ichkariga kirib keti.


Ali, karidorda havotir bilan turar ekan, chiqqan akusherni ko'rib, yoniga tez bordi. Solg'in chiqqan shifokor Alini yanada qo'rquvga solar edi.

~ Mubi.... Mubina yaxshimi? – dedi Ali

~ Mubina xonim yaxshi... ammo bola...

Ali dunyosi birdan qulab ketgandek bo'ldi, qizalog'i haqida o'ylagan gapdan, hatto o'zi qo'rqib keti.

~ Bola tug'ma yurak nuqsoni bilan tug'ildi, har bir bola chap qorincha va o'ng qorincha bilan dunyoga keladi. Qizingiz esa yagona qorincha va clapinsiz tug'ildi. Bu turdagi chaqaloqlar ko'p yeg'lasa, kulsa, o'pkasi ishib ketishi mumkin! Agar shamolasa og'ir kasal bo'ladi. Muntazam dorilar ichib tursa, voyaga yetguncha yashab qoladi. Qizingiz ungacha dorilar ichib, o'zini asrashi kerak. Agar dorini vaqtida bermasangiz, nobut bo'ladi.

Bu nogironlik sababi – ona qornida bola muntazam bosim ostida bo'lgan. Ona homilador vaqti ko'p asabiylashgan, qorin sohasidagi zarba bachadonga zarar yetqazgan, to'lg'oq oson bo'lmagandi.

Ali nafas olishi og'irlashti. Boyagina Mubina yoniga kiraman deganida qo'yishmagan edi. Hozir bu habar Ali dunyosini yanchib tashladi. G'alati ahvolda erkaklar hojatxonasiga kirib keti-yu, suvni ochib, yuzini yuvdi. Boshini ko'targanida, burni qonaganini ko'rib, artib tashladi.

~ Ming lanat!

Ali, Mubina yoniga kirar ekan, Mubina suyanishi mumkin bo'lgan bardam erkak bo'lishga urinib, Mubina joyiga joylashdi.

~ Mubi, yig'lama!

Mubina yuzini Alidan burib, teskari o'tirib oldi.
~ Mubi ..!

Ali, Mubina yoniga joylashib, ayolini ortidan quchib yotdi.

~ Men sen bilanman, barini yengib o'tamiz, bu ham bir Xudoning sinovi. Sabrli bo'l!


Ali burni qonashi va tez-tez bezovtalanishi ko'paydi, lekin hozir faqat qiziga etibor qaratiyapti, hatto ishiga ham ahamiyat bermayapti. Qizining ismini Madina deb qo'ydi.

Emgalab yurgan Madina ortidan yurgan Ali, qizini dori ichish vaqti bo'lganini ko'rib, qizini qo'liga oldi. Oshxonaga kirib, dorini qoshiqqa tuyib, iliq suv bilan qiziga ichirdi. Kunlik doriga o'rgangan 8 oylik Madina erkalanib, otasi qo'llarini o'zining miti qo'lchalari bilan qisti. Ali hayrat va yoqimli tabassum qilib, qizini ikki yuzidan o'pti. Ali ota bo'lgandan so'ng ancha o'zgargan edi.

Mubina bog'dagi ishlarini qilib bo'lgach, uyga kirganda peshin namozini o'qib turganini ko'rdi. Qizi Madina esa, Ali atrofida o'ynar edi. O'ziga o'zi gapirib qo'yishi va otasiga osilib olishini Mubina ko'rib sekin, Ali ortidan qizini olaman deganida, Ali, Mubina qo'lini ushlab to'xtatdi.

~ Mubina, o'qib bo'ldim, tegma.

~ Sizni boshingizni og'ritib yuboradi, bering menga, ishlarimni yakunladim.

~ Kel, yaxshisi, bizga qo'shil.

Ali oxirgi vaqtlar qiziga yopishib olgan edi. Huddi biror narsa bo'ladigandek. Mubina, Ali va qizi yoniga joylashganida, Madina onasi etagiga yopishti. Ingrab turgancha bir nimalar qilib yurgan qizini ko'rgan Ali, bir qarashta farzandi sog'lom ko'rinishidan hursand bo'ldi. Bundan batari bo'lishi ham mumkin edi. Oradagi xato farzandlarining ahvolini yomon qilgan edi.

Ali yotib, qizini ustiga qo'yganida, Mubina ham, Ali yoniga joylashib, boshini yelkasiga qo'ydi.
~ Menimcha, Madina meni ustimga ish qilib qo'ydi, Mubi.

Ali,gaplarini eshitib, kulib yubordi, qizi anglayib turganini ko'rib, yuzini chimdidi.

~ Meni aqlli qizim - dedi Mubina.

~ Aqlli qizing ishini o'zing yuvasan!

Ali miyig'ida kulib, Mubinaga qaradi. Mubina lab burib, o'rnidan turib ketdi, Ali kulgancha ortidan qarab qoldi. Ali ham qizini stolga yotqizib, ust kiyimini yechdi.


~ Kiyimni hammomga tashlab qo'yaman yuvib xonamizga kir

~ nega ?

~ nega, nega ? kir dedim savol berma!

~ yaxshi - Mubina ensa qilib Ali qo'lidan kiyimni olib chiqib keti. Ali xonaga kirganidan so'ng isiq o'rniga joylashib xotinini ishtiyoq bilan kutardi. Oradan ancha vaqt o'tsa ham Mubina kelmagach ho'rsinib turgan Ali eshikni ochib Asenani qidirdi.
Hammomga kirsa kiymi yuvilmagan ekan . Mubina esa yo'q.

~ Mubina qayerdasan

Ali mexmonxonaga qaytganida Mubina qizini emizayotganini ko'rib mamnun kuldi

~ Ali - dedi Mubina Ali kirganini sezib

~ Qizim och qoldimi?

~ Ha yeg'layotgan edi. Ovqatlanib uxlashi kerak.

~ hm

Ali qiziga achinish bilan qaradi yumshoq do'mboq oyoqlari paxmoqina onasi ko'kragini ushlab ko'zini yumgancha beg'am yotibdi. Lekin keyin nima bo'ladi ? Kota bo'lganda nega aynan men nogiron qizman demaydimi? Ko'p narsadan cheklangan qiz hafa bo'lmadimi?!

Ali shularni o'ylab ezilardi. Mubina ham Alidan kam ezilmadi. Lekin shunisi borki Mubina ayol kishi yeg'lab yeg'lab chiqarib yubordi Ali esa o't iskanjasiga tushgan edi.

~ Seni sevaman

Mubina, Ali birdan Mubina rumolini silab qiz ko'zlariga qaradi hozir Alida avalgidek olov nigohlar yo'q edi.Ali ko'zlarida mayuslik ayon etilgan ko'rinadi. Mubinada ham aynan shu aks etgan

~ men ham sizni sevaman

~ Alloh umringni uzoq qilsin xotinjon

~ Sizni ham....

Ali ko'zidagi yoshini yashirish uchun Mubina boshidan o'pib xonasiga kirib keti. Telefoniga kelgan habarni ko'rib shifokori habar yozgan ekanidan mayuslandi telefonini cho'ntagiga solib burulganda Mubinani ko'rdi

~ Madina uxladi. - dedi Mubina

~ Ha sen ham dam olishing mumkin

~ Meni shuning uchun chaqirgan edingizmi ?

~ Ishim chiqib qoldi

~ qanday ish.

~ ayollar aralashmasligi kerak

Ali, Mubina dudoqlaridan o'pib xayrlashti. Mubinaga boshqa hech bir so'z demay chiqib keti


Toshkentning gavjum shifoxonasiga kirgan Ali o'zi uchun berilgan shifokor yoniga kirdi

~ Hayrli kun Ali yaxshimisiz

~ Raxmat . Tahlil natijasi chiqtimi?

~ Ha chiqti. Nima desam ekan sizga Ali...

~ Iltmos ochiq ayting ! - talab qildi Ali

~ Sizdagi ruhan tushkunlik O'pka yalig'lanishiga olib kelgan. Siz chekish orqali ham o'zingizga zarar bergansiz. Yalig'lanish esa Saratonga olib kelgan, afsuski buni davolab bo'lmaydi.

~ Siz nega bunday deyabsiz ! Meni qizim bor doktor! Men o'lsam oilamga kim qaraydi? Buni iloji bo'lishi kerak

~ Ali,tushining sizni o'pkangiz chirib qolgan nafas olish muamosi ham keyinchalik sizni qiynaydi . Sizga hali hammasini aytmadim aval bardam bo'ling janob.Ali butunlay sindi. U o'lsa Mubina va Madina nima qiladi o'zi maoshi ro'zg'or va dori darmonga arang yetsa?

Ali o'limdan emas xotini va Madinadan havotir olardi

~ ho'sh ayting - dedi Ali qaltirab

~ Sizda noyob saraton uchragan ( SCLS ) 15% uchraydi .tez rivojlanadi boshqa orgonlarga metaztas beradi .Asosan chekuvchilarda kuzatiladi . Qaltirash, doimiy yo'tal, qon yo'talish, ozib ketish va zaiflik

Ali o'rnidan turib deraza taraf qaradi ko'zi yoshga to'la ammo erk berib ko'zini yuma olmadi. Tanasi hozirgi habarni hazm qilolmas edi. O'lim. Alloh tarafdan berilgan buyruq, yaratgan jon beradi jon oladi, har bir ishda hayr beradi. Lekin Madina go'daku? Uni otasi boqadi nogiron farzand bilan sinalgan Ali endi vafotini eshtib hayratdan aqildan ozay derdi. G'alati tuyg'u ?

Ali shifokor bergan qozog'dagi dorilar ro'yxatini olib dorixonaga bordi. Og'riq qoldiruvchi olish uchun kirdi. Endi Mubinaga nima deydi ? Ali bu hayolar bilan tashqi olamdan uzuldi butkul chorasiz qoldi

~ Menga shu dorilarni ko'rib bering

~ Yaxshi. Bular 2000% dan donasi beraveraymi?

Ali ikkilanib qoldi. Agar dorilarni olsa Mubinaga olmasligi kerak edi. So'ng boshini silkib chiqib keti


Ali uyga kirar ekan uyidan shirin hid kelayotganini sezib kulib ichkariladi

~ Meni xotinim oshpazlik qilyabdimi ?

~ Imm juda mazali burek qilaman zavjim

~ Hozir nima deding ?

~ Zavjim dedim sizni - dedi Mubina.

~ Jonim meni yana qaytar

~ Zavjim yaxshi keldingizmi ?

~ Yaxshi raxmat zavjam mening - deb Ali


Ali pov

"Mubina bilan farzand ko'rganimizdan keyin butunlay baxtli inson bo'ldim. Madina! Bolaligimda bog'chada bir yosh kattaroq ayol bor edi. O'sha ayolni yaxshi ko'rar edim. Uning ismi ham Madina edi. Arabistonda vaqtimda o'sha ayol meni ota-onamdan ham ko'ra ko'proq yaxshi ko'rdi. Shuningdek, qizim ham menga mehribon bo'ldi. Madinadan ayrilib, sovuq tuproqqa ko'milishimdan qo'rqaman... Erkak bo'lsam ham, o'limdan qo'rqishni boshladim. Abadilika oilamni tashlab ketishni o'ylasam, bu menga ko'nglimni buzadi, sindiradi!"

~ Mening erim nimalarni o'ylab qoldi ? - dedi Mubina ortimdan kelib quchar ekan
~ Nima ? Hech narsani o'ylaganim yo'q Mubi

Mubinani darxol inkor etishga etimu hali hanuz uni aldab kelyabman. Unga o'girilsam labini burib olgandi

~ Mubi...

~ Hafama

~ Madina ham senchali araz qilmaydi xotinjon

~ Men qilaman!

~ Nima sen Madinaga uka yoki singil olib kelmoqchimisan

Qoshimni uchirib unga manoli boqib kuldim. Miyig'imda kuldimu alanglab qolga xotinimni bag'rimga oldim.

~ Seni hidinga to'yolmayabman jannatim

~ Doim oldimdasizu ?

~ Baribiram! Ming yil o'lik jasad bo'lsam ham seni hidingni hohlasam kerak

~ Yo tavba ! Ali buncha yopishasiz qoching

~ Yo'q itarma

Mubinani to'shaka bosib ustiga chiqtim yana qattiq quchib bo'yinlari yuz ko'zlaridan o'ptim

~ Mening shirin xotinim !
Mubinani erkalab tanasini har qismiga qarab chiqtim chanqoq uchun suv topgan inson kabi edim. Barini unutishim mumkin bo'lgan yagona ish shumi ? Madina uxlagan vaqtdan ko'p o'ylamay foydalan axmoq. !

Kechqurun ovqat qilish uchun Alining yoniga Mubina kirganida, uning yo'qligini ko'rib hayron bo'ldi. Hammomdan qattiq yo'tal eshitib, ichkariga kirganida, Alining qon qusganini ko'rib, hayrat va havotirdan qo'rqib chiqib ketdi.
~ ALIIIII !!!..

Ali ko'zini qattiq yumdi va g'alati holatga tushdi. Mubina ko'rganini sezdi.

~ Mubina, nega bostirib kirding?
~ Ahvolingiz...

~ MEN SENGA NEGA KIRISHNI DEDIM!? JAVOB BERCHI, QANI!? NEGA, MUBINA? TARBIYA BERMADIMI OYING AAAAAAAA?

Mubina Alining so'zlariga tushunmay, g'alati holga keldi. Ali suvni o'chirib, Mubinaga yovvoyi qarash bilan qaradi.
~ Nega ota-onamni gapirasiz?
~ Menga gap qaytarma. Narsalaringni yig'!
~ Eshitmadingmi? Ota-onangni yoniga olib borib tashlayman!
~ Ali, xazlashyapsizmi?
~ Madinani ham narsalarini yeqin!
~ Ketmayman!
~ Ketasan!
~ KETMAYMAN! — baqirdi Mubina.

Ali o'zi bilmagan holda bir tarsaki bilan Mubinani yerga yiqitdi. Qilgan ishini keyin tushunib, Mubinaga yordam beraman deb qilolmadi, unga yaqin kelolmadi. Yerda yuzini ushlab yig'layotgan qiz, Alining so'nggi gaplaridan butunlay tushdi.
~ Men ko'p o'yladim, biz birga yashay olmas ekanmiz! Javobini berdim.

Butkul sinish, ayol uchun balki shudir? Alining lablaridan chiqqan ikki jumla "Javobingni berdim" so'zi butun nikohni tugatadimi? Nahotki sevgi va bola ham tan olinmasa? Mubina eshitgan gapidan hayratda qoldi.
~ Ahir biroz avval unday emas edik-ku!?
~ Ohirgi bor foydalanib oldim — iljayib dedi Ali.
~ Qanday iflos odam edingiz! Ablah, xudoga soldim!
Mubina yig'lab hammomdan chiqib ketgach, Ali yerga o'tirib qoldi, o'zini arang ushlab turgan edi. Baqirsayu uyni vayron qilsayu, humoridan chiqa olsa...
*
Qo'lida sumka bilan Ali oldiga kelgan Mubina hali ham ishonmas edi. Mubinani ko'zida qiymas edi, Alini!?

~ Ali, bu siz emasiz? Farzandingizdan ham kechaladigan inson emasiz! Meni sevaman degan edingiz.
~ Menga boshqa oilam bor! Ikki o'g'lim va sevgan xotinim Izumi. U bilan tushgan rasmlarim ham bor. Ko'rganingda sabring yetsa, ko'rsataman.
Mubina hayratda edi. Ali javob olmagach, telefonidagi bir necha rasmni Mubinaga ko'rsatdi.
~ Chiroylimi? — kuldi Ali.

~ Tan olaman, go'zal. Mendan ham go'zal! Chunki... chunki uni sevadigan insoni bor.

Mubina yig'lab, Alining tabassumiga qaradi. Ichidan butunlay sinib bo'lgan edi. Eri tomonidan rad etildi, lekin u ham baxtli yashashga haqli edi. Mubina alam va nafrat bilan Alining ko'zlariga qaradi.

~ Ali... endi bu ko'zlar men uchun nomahram!
Ali sumkasini olib, Madinani bag'riga olgancha uxlab yotganicha eshik tomon yo'nalganida, Ali uni to'xtatdi.
~ O'zim tashlab qo'yaman.
~ Aslo!
Mubina uzoqlashishi kifoya edi. Ali boshqa urunmadi, uning ortidan qarab qoldi.


Bu dunyo ishlari shu qadarmi ? Erimning boshqa oilasi bor va men buni endi bildim...... Mendan nahotki shu qadar hazar qilgan ? E alloh nima uchun ! Qaysi gunohim uchun meni bunday qiynaysan.....men erimni sevaman.....Alini sevaman uni kulishi qarashi g'am tashvishi bari meniki emasmidi? Bu dunyoga o'z juftim uchun kelmabmidim. ! Shumi mening taqdirim
Yuragim shu qadar og'rir ediki qizimni bag'rimga bosib yeg'lab ketardim. Qo'limdan yana nima kelsin? Joni yarimta qizimni bag'rimga bosib oynadan tashqariga qaradim. Erim uchun ikki yilu 4 oy ko'cha ko'rmagan ekanman. Endi bularni hech biri Jungkookga ahamiyat bildirmaydi. Ular meni bir umirga yo'qoti, G'rurim chidamadi qolgani....yuragimdan yalingim keldi lekin hiyonati o'sha rasmni...hazm qilolmayabman...juda yomon og'rir ekan.

----
Mubina uyga qizi bilan bir ahvolda kirganida ota onasi so'roqlab ozib ketgan qizini yuzlaridan o'pib uyga olib kirishti. Jigarbandi ahvolini ko'rgan onasi tinmay Alini qarg'ar edi. Mubina labi yorilgan tarsaki izini ko'rib onasi ezilib keti
~ Men o'zim u bilan erkakchasiga gaplashaman ! - dedi otasi .
~ Ular meni javobimni berdi ota.
~ Nima deding ?
~ Nega hayron qolasiz ? Sevmagan odamimga berdingiz nima kutingiz mendan!? O'sha kuni Madina otasini deb nogiron tug'ulganda ham shunday dedingiz lekin qizingiz uchun hech narsa qilmadingiz ! Hayotimni o'zingizcha hal qildingiz ! Mana nima bo'ldi? QARANG MENGA OTA MENGA BIR QARANG. ?! MEN KIMMAN.....sevilmagan azoblangan ayolman ! O'z manfatingiz uchun berib yubordingiz meni ota. Menga tanlash imkonini bermadingiz. Menga ko'p ko'rdingiz buni. O'z erimni tanlolmadim sevaman deganimda hiyo.....

Mubina gapini yakunlamay yeg'lab yubordi-yu xonasiga kirib keti.
~ Nahotki yakayu - yagona qizimni o'zim umrini yegan bo'lsam.
~ Siqilmang. Yarashib olishadi
~ Yo'q ! Gap bita. Mubi qaytib u uyga bormaydi

---
Mubina xonasiga qamalib olgan edi. Ota onasi bilan gaplashmay qo'ydi . Tashqi olamdan butkul uzuldi, Ali bilan ayrilish yomon tasir qildi.. uyquchi bo'lib qoldi ko'p o'tmay esa ko'ngli ham ayniy boshladi, buni ko'rgan oyisi bolasini yo'q deyishiga qo'ymay shifoxonaga borishiga ko'ndirdi, qiziga o'zi qaraydigan bo'ldi


Mubina ko'chaga ancha yillardan so'ng erkin yolg'iz chiqan edi. Ali xatoki o'zi bilan ham aylanishga olib chiqmagandi. Mubina shu hayollar bilan markaziy shifoxonaga borib ichkariga kirdi, o'zi avaldan kelgan shifokor ko'rigiga kiradigan bo'ldi. Mubinani chaqirgan shifokorni eshitib ichkariga kirib keti.

--
Shifokor UZD qilib Mubinani ancha ko'riklardan o'tqazgach Mubinaga mamnun qaradi
~ Tabriklayman . Homilador ekansan
~ Homiladormanmi ?
~ Ha bola 2 oylik
~ Tushundim
Mubina o'rnidan turar ekan hozirgi habar va Izumi hikoyasi Ali aldovini o'ylab nima qilishni bilmay qolgandi. Rostanam nima qilishi kerak. ? Bir kunda nimalar bo'ldi va Mubina nima qiladi. U qiladigan ish aniq ediya. Uydan chiqan va bu imkon bo'lmasligi mumkin Ali bilan gaplashib olishi shart, yo'qsa Otasi boshqa bunday imkon bermaydi xato tug'ulajak bolasi uchun ham


Mubina uyi yoniga kelib kaliti yo'q ekani uchun tavakal qilgancha eshikni ochti. Vaholanki eshik ochiq ekan, ichkariga kirib uy hovlisidan o'tib uyga kirdi, oyoq kiymini yechib uyga nazar tashladi, to'zib ketganini ko'rib ajablandi
Uyga kirib xonalarni ko'rar ekan oshxonaga o'tganida Ali yerda yotganini ko'rib qo'rqib keti. Ali tomon borib yuzida yengil tarsaki qo'yib uyg'oning desa ham Ali qimir etmasti. Mubina qo'rqib keti yeg'lab yubordi. Alini tanasini ushlaganida muzdek rangi oq ekanini ko'rib butunlay muzlab qoldi.
~ Yo'q yo'q yo'q Ali....
Iltmossss uyg'oning sizga nima bo'ldi ? Yolvoraman turing Ali

Mubina Alini boshini bag'riga bosib yeg'lab hozirgi ishga tushunmasti... Ali o'ldimi
~ Siz hozir turasiz va Mubina keldingmi deysiz. ! Turing menga shunday deb ayting ! TURING DEDIM

Mubina hali hanuz ishonolmadi Ali yuragi ustiga boshini qo'yib ko'rdi lekin yuragi urmasti
Alini solg'in qiyofasiga qarab aqildan ozgan kabi rumolini changalab yechib yubordi.
Umitsiz va erining o'limini xazm qilolmasdan qaltiragan yanoqlaridan birgina so'z chiqti " Ali "
*
6 soat aval
#pov_Ali
Mexmonxonada ko'zimni ochtim , uxlab qolibman . Qo'limdagi " Quron " kitobini shkafga qo'yib qo'ydim. Mubi ketganidan buyon ahvolim yanada og'irlashti. Aval Mubina mexri bilan qiynalmagan ekanman , ovqat qilish hamma ishlar og'ir uy esa tartibsiz. Lekin hudbin bo'lolmas edim. Bu holatda Mubina ezilishini ko'z o'ngida zaif bo'lib so'nib borishni istamadim stolga Madina uchun " boshmoqcha , dori - darmon , turli o'yinchoqlar oldim " ohirgi pulim ham tugadi . Bir dona qolgan dorimni og'riq qolsin deb ichtim shiftga qarab qoldim
~ Mubi.....
Umrim u bilan tez o'tib keti-ya ? u meni qiynamadi homilador vaqtlari ham. Agar o'lsam Mubina boshqasini sevsa nima qilaman ? Buni o'zi men uchun daxshat . Ishonaman u Madinani o'gay ota qo'lida qoldirmaydi.

---
Ali oshxonaga kirib jo'mrakdan suv olib ichti . Birdan hansirab qoldi. O'pkasini ushlab yerga o'tirib qoldi . Ali nafas olishi og'irlashar ekan havodan butkul ajralganida telefonini shoshib oldi yuz ko'zi yoni oqarib ko'karishga ulgirgandi. " Mubiga sms habar yozib yuboraman deganida yerga butkul yeqildi. Tanasi ayni damda shol edi.
sms - Mubina xonamiz shkafi tepasida xat bor uni o'qigin jonim
Ali yuborolmagan habaridan to'kilgan yoshi yuzini siladi arang lablari orasida " kalima " aytib ko'zlari ochiq holda shiftga qaragan holida joni uzuldi.

Oradan vaqt o'tib

Mubina Alini o'limidan so'ng o'zini yo'qotib qo'ydi . Ali o'limi oldidan tashlab ketgan xatni qo'lida ushlagancha kechki oy nuri ostida ko'z yoshini sekin ertib xatni ochti. Alini chiroyli husni-xati bilan yozilgan misralarni silab aval o'pti so'ng ilk misralardan yuragi ortga tortib keti
Xat -
" Mubinam. Gul g'uncham mening. Bilaman! Mendan nafratlanasan. Lekin shuni bilishingni istar edimki, men seni yoningda zaif er sifatida o'lishni hohlamadim. Seni oldingda bo'lishni hohlar edim ! Lekin hayot boshqacha . Mubinasen qizimiz uchun bardam bo'l ! Men sizlar bilan bo'laman . Senga kasal ekanimni aytmaslikni tanlaganimdan esa ! Hech qachon afsuslanmayman ! Seni sevaman. Ruhim sen bilan Mubinam. Senga buni yozishdan asl maqsadim iltmos qilaman xudo haqi ! Hech qachon mendan o'zga erkak bilan bo'lma yuragingda yashashimga ruxsat ber Iltmos ! O'lsam ham meni unutma haqimda duo qil. Qizimga men haqimda aytib ber u meni eslasa sendan u dunyo-yu bu dunyo roziman ! Agar Madinaga o'gay otani ravo ko'rsang rozi emasman sendan ! Bilaman qiyin bo'ladi . Lekin nafsing uchun yoki boshqa sabab bilan o'zga erkak mahrami bo'lsang meni ruhim tinch yotmaydi, ruhim ham dayus emas sendan o'tinib so'rayman so'ngi gaplarimni shunchaki unutib yubormagin ! Uyimizda qizimga va senga ataganim bor . Onam kelinim va nabiramga deb tilla olib qo'ygan edi. U tillaga tegmaganman onamni gapini chekada qoldirmay ! Seni sevaman Madina uchun matonatli ona bo'lishinga ishonaman ! "
« Seni sevib qoluvchi Ali »

#Mubina_tillidan
Yuragim og'rib nafas ololmay qoldim. Nima qilishim mumkin ! Nima uchun aynan mening erim o'lishi kerak edi ? Begunoh farzandim aybi nima edi ? Men Alisiz qanday yashayman. Nafasim qaytib eshikni qulfladim chidash qiyin bo'lyabdi
~ o'lganingizga 1 oy bo'ldi lekin hali ham o'zimga kelolmayabman azizim

Qornimdagi bola juda ham tinch xudi u yo'qdek! Yoki otasi o'lganini bilib onasini qiynagisi kelmasdi. Ho'rligim kelib yostig'imni har kecha ho'l qilib yuboraman. Inson faqat sevgan insoni o'lsa bilar ekan uning qadrini. To'shagimga yotib Alisiz 46 tunimga shaylangan kabi ko'zimni yumdim. Honaga mayin shaboda ochiq yoz havosi bilan kirib keldi. Oynalar ochiq edi.

Ko'zlarimdan yoshim sirg'alib tushardi hato ko'zimni ochgani holim yo'q. Ammo.....Madinani yeg'i ovozi shundoqina xona ichidan eshtildiyu o'rnimdan turib xonaga qarab chiqtim
Chetda Ali opoq libosta menga mayus qaradi. Qo'lida Madina tinmay yeg'lardi
~ Qara Mubina ! Qizimiz o'lyabdi. Sen qizimizni o'ldiryabsan, meni Madinamga qaramayabsan. Men senga kuchli bo'l degan edim.
Tanam to'k urgandek bo'ldi. Ali g'alati qarardi menga . So'ng ko'zlari qornimga tushib tabasum qildi Ali yeg'idan to'xtadi
~ o'g'lim - pichirladi Ali

~ Ali qiynalib ketim.

~ Seni o'zim bilan olib ketolmayman bu qismat bizga bitilgan edi. Seni bu dunyodagi vazifang meni naslimni ilimni inson qilishingdir ! Ular insonyatga foydali odam bo'ladi. Ularni xaromdan asra

Ali , Madinani divanga joylab menga qaradi. Tez bo'ldi bari. Qarshimda turib labi peshonamga tegdi erimdan jannat ifori kelardi.

---
Ko'zimni shu qadar hotirjam ochtimki biroz aval bo'lgan ishdan keyin birdan yeg'lab yubordim. Erimni ruhi notinch meni ko'rib ezilgan edi. Men Alini bunday bo'lishni hohlamayman ! Farzandlarimiz uchun kuchli ona bo'laman
Xonani eshigini ochib mexmonxonaga o'tganimda Madina boshi egik o'yinchoqlarini surib qo'yib labini burgancha mayus yuzi bilan o'tirardi. Bolaginam qiynaldi ! Nogiron joniga azoblandi. Borib yoniga o'tirib bag'rimga olganimda tanasi juda isiq ekanidan g'alati bo'lib ketim
~ Qizim isig'ing bor. Kelchi
Shoshib Madinani peshonasidan o'pib aptechkani ochib dori qutidan isitmani o'lchash uchun thermometer oldim. Isitmasi baland ekanini tekshirib oldim 38 chiqani uchun darxol dori berib oldidan ketmadim. Bechoraginam uxlamagan ekan, joni og'risa ham indamagan. Miti qo'lchasini o'pib bergan dorim tasir qilguncha boshiga muzdek mato qo'ya turdim, biroz yengilab boshini ko'ksimga qo'yib qaltirab menga bir nima deyishga urundi va o'zida kuch topdi
~ Dadam ..
Uni bir gina so'zidan tushundim . Mening begunoh chalajon bolam otasini qo'msar edi ,begunoh gapidan ko'zim yoshlandi. U biladi lekin sog'insada har hasha qilmadi
~ Qizim otang jannatda u bizni ko'rib turibdi.


5 oydan so'ng

Mubina bog'dagi daraxtlarini parvarish qilarkan, ishi bitgach, ish bilan tug'ruq vaqtiga yaqinlashgan homilasini mayin ushlab uyi ichiga kirdi. Madina o'yinchoqlarni o'ynash bilan band edi, uy esa biroz tartibsiz edi. Mubina stolni artib qo'yaman deb borganida, stol tagini ko'rib, bir necha hotiralar ko'z o'ngidan o'tdi...

Ali bilan bog'dan qaytganida shu stol tagiga kirib olgani ko'z o'ngidan o'tib, tanasi sog'inchdan titrab ketdi. Sevgi shu tariqa sinalar ekanmi? Mubina stol tagiga uzoq tikilib qoldi, Ali aytgan barcha gaplarni eslab yeg'lab yubordi.

~ Bu juda og'ir... Sizsiz yashash men uchun qiyin, Ali.! Esingizdami ? "Ering chaqirsa, ho'p deb kelishing kerak, rozi qilishing der edingiz?" Meni yana chaqirib oling, yashay olmayapman. Umrimdagi yagona mazmun – farzandlarimiz. Men esa sizsiz o'lik kabi man, Ali.

Mubina yeg'lab olgach, biroz yengiladi. Ha, ayol yeg'lab dard-alamni chiqarib oladi. Ammo... Ali barini ichiga yutdi.

Xotima

Qabriston yonida to'xtagan mashinadan tushgan Mubina, qabirlar oralab, o'ziga tanish ism yoniga keldi. Alining qabri o'zi singari porlar yorug', hushboy hidli edi.

~ Men yana keldim.

Mubina qabir yoniga o'tirib, tuprog'ini siladi.

~ Javloning tishi chiqyapti, Madin esa yurishni o'rgandi, azizim.

Mubina qabirga qarab, yig'lagudek bo'lib, osmon tomon qaradi.

~ Sizni sog'indim, bizni birga bo'lishimizga vaqt to'siq bo'ldi. Lekin vada beraman, farzandlarimizni yaxshi inson qilib tarbiya qilaman, Ali!

Mubina qabir yonidan chiqib, bir-ikki yovoyi o'tlarni olib tashlab, o'rnidan turdi. So'ng ketishga chog'lanib, ortiga qaraganida, Ali unga jilmayganini qalban his qildi.

"Alloh har bir ayolni o'z jufti bilan yaratgan. O'lim ham bu juftlarni ajratmaydi, zero faqat hur bo'lib o'lgan qizlargina boqiy dunyoda yolg'iz yashashga haqlidir."

Tugadi etibor, uchun raxmat
#Asena