1-Qashqadaro viloyati saylov okrugidan
1-Qashqadaro viloyati saylov okrugidan
Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga nomzod
Ashurali Meylievich Tursunov 1972 yil 22 fevralda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumaniga tugʻilgan.
Ma'lumoti – oliy. 2009 yili Qarshi davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – kasb ta'limi (transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash).
Mehnat faoliyatini 1995 yili Qarshi qurilish kasb-hunar kollejida oʻqituvchilikdan boshlagan.
2007-2011 yillarda Qashqadaryo viloyat oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasida bosh mutaxassis, 2011-2018 yillarda Qashqadaryo viloyati oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini tashkil etish va qabul qilish rejasini shakllantirish boʻlimi”da bosh mutaxassis, 2018-2019 yillarda Qashqadaryo viloyati kasb-hunar ta'limi boshqarmasining kasb-hunar kollejlariga metodik koʻmaklashish boʻyicha maslahatchi-metodistlar xizmati boshligʻi, 2019-2023 yillada Qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining kasb-hunar kollejlariga metodik koʻmaklashish boʻyicha maslahatchi-metodistlar xizmati boshligʻi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
2023 yildan Qashqadaryo viloyati Oliy ta'lim, fan va innovasiyalari boshqarmasi Mehnat bozorini tahlili va ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish shu'basi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Nomzod aholi farovonligini ta'minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash;
Har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish;
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Pensiya yoshini oʻzgartirmasdan, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirishga etarli boʻlishiga erishish;
Ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta'tillarida boʻlgan vaqtini toʻliq qoʻshib hisoblash;
Aholini arzon uy-joy bilan ta'minlash hamda qurilish sohasida samarali nazoratni amalga oshirish;
Aholiga sifatli kommunal xizmat koʻrsatish darajasini oshirish;
Fuqaro kommunal xizmatlardan asossiz yoki ta'minotchining aybi bilan uzilgan taqdirda ta'minotchi tomonidan fuqaroga kompensasiya toʻlash tizimini joriy etish;
Barcha uchun malakali tibbiy xizmat imkoniyatlarini yaratish, aholi sogʻligʻini saqlash, dori-darmonlar, protez-ortopediya vositalari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordamlarni imtiyozli taqdim etishni rivojlantirish;
Fuqarolarga ta'limning barcha yoʻnalishlarida teng imkoniyatlar yaratish;
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar sonini 20 nafardan, yuqori sinflarda esa 24 nafardan oshirmaslik;
Ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini amalga oshirish, iqtisodiyotda davlatning faol roli va ishtirokini saqlab qolish, kambagʻallikni qisqartirish hamda bank-kredit sohasini rivojlantirish;
Ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarning narxlari ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Mahalliy investorlarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, ularga xorijiy investorlar bilan bir xil imtiyozlar berish;
Ishsizlik boʻyicha majburiy ijtimoiy sugʻurta milliy modelini joriy etish
Aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta'sir koʻrsatuvchi qaror loyihalarini majburiy jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish;
Davlat organlari rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushini 50 foizlik majburiy kvotasini joriy etish.