GML-html ga ilk qadam....
Assalomu Aleykum hurmatli kuzatuvchi.. Do'stim.. Yaqinim.. Ukam.. Singlim.. Akam.. va Opam Bugungi maqolam GML-HTML ga bag'ishlanadi.. Savol paydo bo'ladi!
GML o'zi nima? Nega maqola html ga ilk qadam?
Ko'pchilik IBM haqida eshitgan, biladi. IBM International Business Machines Corporation (IBM) — har xil kompyuter, kompyuter uskunalari va dasturiy taʼminotlarini ishlab chiqaruvchi jahondagi yirik Amerika shirkatidir. Ushbu shirkatning bosh idorasi New Yorkning Armonk shahrida joylashgan.
GML 1960-yillarda Charlz Goldfarb, Edvard Mosher va Raymond Lauri tomonidan ishlab chiqilgan. Uning nomi qisman tanlangan, chunki GML qisqartmasi ishlab chiquvchilar nomlarining birinchi harflari bilan tuzilgan. Yuqorida ismi qayd etilgan shaxlar IBM xizmatchilar edi... GML ommaga to'liq ko'rsatilmadi.. To html yaratulganga qadar, GML da IBM ni 90℅ hujjatlari yoziladi...
Umuman GML faqat IBM uchun yaratilgan edi..
GML htmladan nimasi bilan farqlanadi?
GML (Generalized Markup Language) Belgilar toʻplami boʻlib, ularning asosiy maqsadi SCRIPT protsessual belgilaridan foydalangan holda IBM da matnni formatlash uchun teglardan foydalanadigan belgilashni amalga oshirishdir. SCRIPT / VS IBM'dagi DCF (hujjatlarni tuzish vositasi) ning asosiy komponentidir. GML starter teglar to'plami DCF mahsuloti bilan birga keladi
Umuman GML oddiy matn edi. Xuddi wordda ishlagandek.... Kod yozilishi tufayli uncha ommalashmadi, lekin bu hozirgi internetga htmlga ilk qadam edi..
Demak GML haqida qisqacha maqolamiz shu haqda tez kunda SGML ya'ni HTML sari 2-qadam haqida yozamiz...