ʼʼ Raqamli iqtisodiyotni koʻraman ʼʼ ...
Kalit soʻzlar: Axborotlar , industriya 4, raqamli iqtisodiyot, ishlab chiqarish,texnika-tehnalogiyalar, dasturlar,tizimlar,kundalik hayot, vertual olam.
Kirish. Raqami iqtisodiyot hozirgi kunda eng tez rivojlanib kelayaot sohalardan biri.Chuniki raqamli iqtisodiyotsiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi menimcha bunga misol: hozirgi kunda axborotlarni joʻnatish,ularni saqlash qancha hajmda boʻlsa ham,ularni joʻnatish yaqingacha maʼlumotlarni habarlarni bunchalik tez joʻnatish imkoni yoʻq edi, pochta orqali joʻnatilgan habarlar maʼlum bir muddatda yetib borardi va javobi ham shunday edi. Toʻrtinchi sanoat inqilobi bu hozirgi kundagi sunʼiy intelek, kiberfizik tizimlar,aqlli zavodlar,bulutli hisoblash internet narsalar va hokazolarni paydo boʻlishiga olib keldi. Toʻrtinchi sanoat inqilobi natijasida iqtisodiyotda tubdan burilish vujutga keldi. Toʻrtinchi sanoat inqilobining xususiyati sanoat, ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalarda inson omilini kamaytirishga urinish. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining yaxshi va yomon taraflari mavjud. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining yaxshi trafilari hozirgi kunda barcha sohalarga taʼsir koʻrsata olishi. masalan ishlab chiqarish, sanoat, hizmat koʻrsatish, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda oʻsish rivojlanishga olib keldi. Sanoat,ishlab chiqarish ,qishloq xoʻjaligida avtomatlashtirish oʻrqali ishlab chiqarish hajmining oshishi xarajatlarning kamayishi ortiqa ishchi kuchi jalb qilmasligi, ishlab chiqarishning aniqligi va oʻz vaqtida boʻlishiga olib keldi. Yana insonlar oʻzlari holagan narsalarni uyda chiqmasdan sotib olishlari yani bu online bozor,online savdoning vujutga kelishiga sabab boʻldi. Masalan Uzum market,Amazon,Ali baba,va boshqa juda koʻp platformalar. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi texnika-texnaligiya olamida ham tubdan burilish paydo qildi. Masalan haydovchisiz taksilar bu juda katta oʻzgazrish menimcha yana shuni inobatga olish kerakki harbiy soxada yani davlatlarning qurollanish soxasidagi mofaqiyatlar. Ikkinchi jahon urushigagi samolyotlardan tashlangan raketalarnig begilanga manziga tushish aniqligi 300 metrni tashkil qilgan, hozirgi kunda esa 1-3 metr aniqlikga erishilgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishining yana bir yaxshi trafi hozirgi kunda juda koʻp yangi kasblarning paydo boʻlishiga olib keldi. Masalan: IT,axborot xavfsizligi va boshqalar. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining yomon taraflariga keladigan boʻlsak bu axolining ishsiz qatlami koʻpayishi chunki yangi robotlar deyarli barcha ishlarni bajarish imkoniga ega sunʼiy intelek esa ulrga oʻzlarini boshqarish imkonini ham bera oldi. Axoling koʻq qismi oʻz ish oʻrinlari texnikalrga robotlarga almashinishi natijasida ishsiz qolishmoqda bu esa kambagʻallikning koʻpayishiga olib keladi. Hozirgi kunda dunyoda juda koʻp insonlar vertual olamga oʻrganib qolishgan chunki vertual olam ularga oʻzlari hoxlagan narsalarni imkoniyatlarni beradi. Bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Xulosa hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda hamma imkoniyatlardan toʻgʻri yoʻlda foydalanish kerak.