October 24, 2022

Oltin zanglamas” asariga taqriz

Asilbek Xoshimovdan

Shuhrat o’zbek adabiyotida o’ziga xos ijodiga ega. Uning asarlarida hayotiylik barq etib turadi. Uninng “Oltin zanglamas” asari ham shunday kuchga ega. Unda urushning voqealari haqqoniy va sof tarzda yoritiladi. Halol, mard, imonli o’zbek ygitlarining hayotini ochib beradi.
Shuhrat bu kitobni shunday boshlaydi “Mehribon onam, sevikli muallimim, qadrdon doʻstim, aziz farzandlarimga bagʻishlayman’’ va bu asari haqida “ Men asardagi hayotning ichida bo’lganman’’ – deydi, balki, bu asar Shuhratning hayotida sodir bo’lgandir. Asar 1963-1965-yillarda yozilgan va ilk marotaba 1967-yilda nashr etilgan.
Bu asar urushdan oldingi va urush davrlarini yoritgan bo’lib o’sha davr hayotini yaqqol ko’rsatadi. Undagi bosh g’oya o’sha davrdagi siyosatni o’quvchiga yetkazish va tinchlikning qadriga yetish
Asardagi bosh qahramon Sodiq haqiqiy o’zbek yigit mard jasur bo’lib u jamiyat uchun yashaydi. U xalqqa imkoni boricha yordam beradi. Yaxshilik bor joyda yomonlik bo’ladi deganlaridek bu yerda ham Mirsalim ismli yomonlik bor edi. U laganbardor,mansab orqasidan quvadigan hatto o’sha mansabi uchun bitta-yu bitta qizidan ayriladi. Asarda yana bir obraz bor bu Jannat. U haqiqatda jannat edi uning bitta aybi farzand ko’rmadi. Yana bir narsa asardagi qahramonlar ismi xuddi xarakteriga berilgan ismdek mos. Masalan, Sodiq, Adolat xola, Jannat, Qodir, aziza bu qahramonlar xarakteri asarni po’qiganda ma’lum bo’ladi.
Asardan parcha:
…Qiz shu so‘zni kulib aytdi-yu, yo‘lida davom etdi. Kulganda ikki qator sadaf tishlari bir husniga o‘n husn qo‘shib yubordi. Qiz nariroq borib «gapimni uqdingizmi, yaxshi yigit» degandek yana bir orqasiga qarab qo‘ydi. Mana shu qarash umrida biron qizdan, ayniqsa, «bugun tushdan keyin dum beraman» deb turgan qovundek yetilgan qizdan ikki og‘iz shirin so‘z eshitmagan Qodirni adoyi tamom qildi. Qo‘lida daftari bilan ketidan baqrayib qolganini anchadan keyin payqadi. Payqadi-yu, fikrida shu kungacha bo‘lmagan ajib g‘alayon boshlanganini, bu g‘alayon unga ham shirin, ham vahimali allanarsalar va’da qilayotganini his etdi.

Xulosa:
Asar tili juda sodda bo’lib oson o’qiladi va o’quvchiga oson tushuniladi. Unda o’zbek yigitlarining mardonavoligini onalarning bolalariga bo’lgan mehrini ko’rsatib bergan. Bu asarni o’qib urush va tinchlikning farqini bilamiz va tinchlikning qadriga yetamiz. Bu asarni o’qishni tavsiya qilaman.