July 8

Ishlab chiqarishni raqamli markirovkaning yangi talablariga qanday tayyorlash mumkin?

Oldindan tayyorgarlik ko‘rilsa, majburiy raqamli markirovkaga o‘tish tezroq va osonroq kechadi. “Asl Belgisi” MAT tavsiya etadigan asosiy qadamlar quyidagilar:

1. Asl Belgisi MATda ro‘yxatdan o‘ting

Shaxsiy kabinet yarating, tashkilot hisobini faollashtiring va foydalanuvchilarga tizimda ishlash uchun kerakli rollarni tayinlang.

2. Mahsulot haqida ma’lumot tayyorlang.

GTINni GS1 Uzbekistan orqali oling (ishlab chiqaruvchilar uchun) yoki mavjud GTINdan foydalaning (importchilar uchun) va "Tovarlar tavsifi" bo‘limida tovarlar kartochkalarini ro‘yxatdan o‘tkazing. Faqat muvaffaqiyatli moderatsiyadan so‘ng markirovka kodlarini buyurtma qilish mumkin.

3. Ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligini tekshiring.

Korxonada Data Matrix kodlarini chop etish va o‘qish uskunalari hamda belgilangan talablarga muvofiq markirovkalash imkoniyati borligiga oldindan ishonch hosil qiling. Zarur hollarda, Open API orqali Asl Belgisi MATni ERP yoki hisob tizimi bilan integratsiya qilishni ko‘rib chiqing.

4. Markirovka jarayonlarini sozlang

Markirovka kodlarini buyurtma qilishni, ularni mahsulotga tushirishni, tushirish to‘g‘risidagi hisobotni topshirishni va tovarlarni qonunchilik talablariga muvofiq keyinchalik muomalaga kiritishni tashkil eting.

5. Xodimlarni o‘qiting

Markirovkalashni ishga tushirishdan oldin ishlab chiqarish, omborxona, logistika va hujjat aylanishi uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislar tizim bilan ishlash tartibini tushunishlari va o‘z majburiyatlarini bilishlari muhimdir. Buning uchun Asl Belgisi ma’lumot markazidagi yo‘riqnomalar, videodarslar va materiallardan foydalanish mumkin.

6. Qonunchilikdagi o‘zgarishlarni kuzatib boring.

Raqamli markirovka tizimi doimiy ravishda rivojlanib bormoqda: yangi tovar guruhlari joriy etilmoqda, muomala ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar yangilanmoqda, kuzatuvchanlik va elektron hujjat aylanishi jarayonlari takomillashtirilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini o‘z vaqtida moslashtirish va xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun me’yoriy-huquqiy bazadagi o‘zgarishlarni hamda tizim operatorining rasmiy tushuntirishlarini muntazam ravishda kuzatib borish muhimdir.

Asl Belgisi rasmiy manbalarida dolzarb ma’lumotlar, ko‘rsatmalar va yangiliklarni topishingiz mumkin:

🌐 help.crpt-turon.uz

📢 @aslbelgisi

☎️  +998 (71) 203-88-72

🤖 @aslbelgisiuz_bot

Qo‘llab-quvvatlash xizmati mutaxassislari muomala ishtirokchilariga tizimda ro‘yxatdan o‘tish, tovar guruhlari bilan ishlash, texnik sozlamalar va raqamli markirovkani joriy etishning boshqa jihatlari bo‘yicha maslahatlar beradi.

Как подготовить производство к новым требованиям цифровой маркировки?

Переход на обязательную цифровую маркировку пройдет быстрее и проще, если подготовиться заранее. Вот основные шаги, которые рекомендует НИС Asl Belgisi:

1. Зарегистрируйтесь в НИС Asl Belgisi

Создайте личный кабинет, активируйте учетную запись организации и назначьте пользователям необходимые роли для работы в системе.

2. Подготовьте информацию о продукции

Получите GTIN через GS1 Uzbekistan (для производителей) или используйте существующий GTIN (для импортеров) и зарегистрируйте карточки товаров в разделе «Описание товаров». Только после успешной модерации можно заказывать коды маркировки.

3. Проверьте техническую готовность производства

Заранее убедитесь, что на предприятии есть оборудование для печати и считывания кодов Data Matrix, а также возможность наносить маркировку в соответствии с установленными требованиями. При необходимости рассмотрите интеграцию НИС Asl Belgisi с вашей ERP или учетной системой через Open API.

4. Настройте процессы маркировки

Организуйте заказ кодов маркировки, их нанесение на продукцию, передачу отчета о нанесении и дальнейший ввод товаров в оборот в соответствии с требованиями законодательства.

5. Обучите сотрудников

До запуска маркировки важно, чтобы специалисты, отвечающие за производство, склад, логистику и документооборот, понимали порядок работы с системой и знали свои обязанности. Для этого можно использовать инструкции, видеоуроки и материалы Справочного центра Asl Belgisi.

6. Следите за изменениями в законодательстве

Система цифровой маркировки постоянно развивается: вводятся новые товарные группы, обновляются требования к участникам оборота, совершенствуются процессы прослеживаемости и электронного документооборота. Чтобы своевременно адаптировать производственные процессы и избежать ошибок, важно регулярно отслеживать изменения в нормативно-правовой базе и официальные разъяснения оператора системы.

Актуальную информацию, инструкции и новости можно найти на официальных ресурсах Asl Belgisi:

🌐 help.crpt-turon.uz

📢 @aslbelgisi

☎️ +998 (71) 203-88-72

🤖 @aslbelgisiuz_bot

Специалисты службы поддержки консультируют участников оборота по вопросам регистрации в системе, работы с товарными группами, техническим настройкам и другим аспектам внедрения цифровой маркировки.