September 13, 2024

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida dori vositalari markirovka kodlarini o‘zaro tan olish tizimi amalga oshirilmoqda

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida tegishli kelishuv imzolandi.

Bitimning asosiy maqsadi - dori vositalari markirovkasini o‘zaro tan olish tizimini joriy etish va dori vositalari muomalasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvi mexanizmini joriy etish uchun huquqiy asos yaratishdan iborat.

Bitimni tuzish uchun davlat byudjeti mablag‘lari sarflanmaydi. Markirovka kodlarini tan olish tizimini joriy etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekistondagi "Asl Belgisi" va Rossiyadagi "Chestny znak" axborot tizimlari operatorlari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Bitimni tuzish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- dori vositalarini eksport/import qilishda qayta markirovkalash bo‘yicha ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini qisqartirish,
bu esa aholi uchun dori vositalarining tannarxini pasayishiga olib keladi;

- ikki mamlakat hududida dori vositalarini eksport rejimida olib chiqishni qayd etish;

- ikki davlat hududida dori vositalarining harakatini kuzatib borish

Ma’lumot uchun:

2024-yilda O‘zbekistonda 519,4 mln dona markirovkalangan dori vositalari sotilgan bo‘lib, ular:
- yarmidan ko‘pi (56%) import hissasiga to‘g‘ri keldi - 290,7 mln dona
- importning uchdan bir qismini (30,2%) Rossiya Federatsiyasidan olingan preparatlar tashkil etdi - 87,8 mln dona.