July 8

Markirovka jarayonlarini qanday avtomatlashtirish mumkin?

“Asl Belgisi” MATda markirovka jarayonlarini bir necha usul bilan avtomatlashtirish mumkin:

1. Open API orqali integratsiya qilish. Bu — ishlab chiqaruvchilar va importchilar uchun eng samarali yechim bo‘lib, “Asl Belgisi” MATga Open API orqali ulanishni nazarda tutadi. Bu usul shaxsiy kabinetda qo‘lda ishlashdan voz kechishga va markalash bilan bog‘liq deyarli butun ish jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradi.

2. ERP va hisob tizimlari bilan integratsiya qilish. Aksariyat yirik ishlab chiqaruvchilar “Asl Belgisi” tizimini 1C, SAP va boshqa dasturlar bilan integratsiya qiladi.

3. Ishlab chiqarish liniyasini avtomatlashtirish. Korxonalarda markirovka jarayonini ishlab chiqarishga to‘liq joriy etish mumkin.

4. Maxsus yechimlardan foydalanish. Integratsiyani mustaqil ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lmagan korxonalar uchun tayyor dasturiy mahsulotlar mavjud.

5. “Asl Belgisi. Business” mobil ilovasi. Tizim operatori omborxona, logistika va ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus bepul ilova ishlab chiqdi. U ayrim amallarni kompyuterdan foydalanmasdan bajarishga yordam beradi.

Eng ko‘p avtomatlashtiriladigan jarayonlar:

- markirovka kodlariga buyurtma berish;

- mahsulotlarni seriyalashtirish;

- DataMatrix kodlarini chop etish;

- kodlarni tekshirish (verifikatsiya qilish);

- qadoqlarni birlashtirish (agregatsiya qilish);

- tovarlarni muomalaga kiritish;

- elektron hujjatlarni rasmiylashtirish;

- ERP va omborxona tizimi bilan ma’lumot almashish;

- markairovkalangan mahsulotlar harakatini nazorat qilish;

- hisobotlarni shakllantirish.

Bu biznesga qanday afzalliklar beradi:

- qo‘lda bajariladigan amallar va xatolar sonini kamaytiradi;

- markirovka va yuk jo‘natish jarayonlarini tezlashtiradi;

- mahsulot harakatining uzluksiz kuzatilishini ta’minlaydi;

- xodimlarning ish yukini kamaytiradi;

- bir vaqtning o‘zida bir nechta tizimda ishlashga hojat qoldirmay, markirovka jarayonini korxonaning mavjud biznes jarayonlariga integratsiya qilish imkonini beradi.

Markirovka jarayonlarini avtomatlashtirish — korxona faoliyatini tezroq, aniqroq va samaraliroq yo‘lga qo‘yish imkoniyatidir. Natijada biznes nafaqat qonunchilik talablariga rioya qiladi, balki o‘z ichki jarayonlarini optimallashtirib, faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ham oshiradi.


Как автоматизировать процессы маркировки?

Автоматизировать процессы маркировки в НИС Asl Belgisi можно несколькими способами:

1. Интеграция через Open API: наиболее эффективный вариант для производителей и импортеров — подключение к НИС Asl Belgisi через Open API. Это позволяет отказаться от ручной работы в личном кабинете и автоматизировать практически весь цикл работы с маркировкой.

2. Интеграция с ERP и учетными системами: большинство крупных производителей интегрируют Asl Belgisi с 1С, SAP и другими.

3. Автоматизация производственной линии: на предприятиях маркировка может быть полностью встроена в производственный процесс.

4. Использование специализированных решений: для предприятий, которым нецелесообразно самостоятельно разрабатывать интеграцию, существуют готовые программные продукты.

5. Мобильное приложение Asl Belgisi. Business: для сотрудников склада, логистики и производства оператор системы разработал бесплатное приложение, которое помогает выполнять часть операций без использования компьютера.

Какие процессы автоматизируются чаще всего:

- заказ кодов маркировки;

- сериализацию продукции;

- печать DataMatrix;

- верификацию кодов;

- агрегацию упаковок;

- ввод товаров в оборот;

- оформление электронных документов;

- обмен данными с ERP и складской системой;

- контроль движения маркированной продукции;

- формирование отчетности.

Что это дает бизнесу:

- сократить количество ручных операций и ошибок;

- ускорить процессы маркировки и отгрузки;

- обеспечить непрерывную прослеживаемость продукции;

- снизить нагрузку на персонал;

- интегрировать маркировку в существующие бизнес-процессы предприятия без необходимости работать одновременно в нескольких системах.

Автоматизация процессов маркировки — это возможность сделать работу предприятия быстрее, точнее и эффективнее. В результате бизнес не только соблюдает требования законодательства, но и оптимизирует внутренние процессы, повышая производительность и прозрачность своей деятельности.