April 16, 2025

CRPT TURON vakillari Berlinda bo‘lib o‘tgan “PHARMAP 2025”xalqaro farmatsevtika sammitida

Qalbaki dori vositalari aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi va sog‘liqni saqlash tizimlariga ulkan zarar yetkazadi.

Qalbaki mahsulotlarda noto‘g‘ri ta’sir qiluvchi modda, uning noto‘g‘ri dozasi bo’lishi yoki umuman bo’lmasligi mumkin, bu esa ularni o‘limga olib kelishi mumkin bo’lgan doriga aylantirishi mumkin. Bunday dorilar nafaqat bemorlarga zarar yetkazadi, balki mikroblarga qarshi chidamlilik va dorilarga chidamli infeksiyalarning rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish iqtisodiyot va sog‘liqni saqlashga og‘ir yuk bo‘lib tushmoqda.

Kecha Berlinda “PHARMAP 2025” xalqaro farmatsevtika sammitining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

"Farmatsevtik qadoqda seriyalash va markirovkalash - brendni himoya qilish bo‘yicha keyslar" (Serialization and Labelling in Pharmaceutical Packaging - Brand Protection Case Studies) panel muhokamasi asosiy mavzulardan biri bo‘ldi.

Ushbu sessiyada "CRPT TURON" Kuzatuv kengashi raisi Andrey Kirillov ma’ruza qildi. U "ASL Belgisi raqamli kuzatuv tizimi: farmatsevtika sanoati uchun yangi imkoniyatlar" (ASL Belgisi Digital Track&Trace System: opportunities for pharmaceutical industry) mavzusini taqdim etdi va aniq natijalar bilan o‘rtoqlashdi:

- tizim faoliyatining birinchi yilidayoq sifatsiz preparatlarni sotish hajmini 3 baravarga kamaytirish;

- 15 mln dollardan ortiq miqdordagi qalbakilashtirilgan dori vositalarini aniqlash;

- 13 mln dollar miqdoriga teng qoidabuzarliklar va firibgarlik sxemalarini aniqlash;

- davlat xaridlarini monitoring qilish, dori vositalari zaxiralari va ularning butun ta’minot zanjiri bo‘ylab harakatini kuzatish orqali narxlarni shakllantirish shaffofligini va xaridlar samaradorligini oshirish.

Muhokama doirasida SICPA, UNICEF va Securikett xalqaro tashkilotlari ekspertlari ham so‘zga chiqib, farmatsevtikada brendlarni himoya qilish va qalbakilashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni taqdim etdilar.

“CRPT TURON” vakillarining bunday muhim xalqaro tadbirda ishtirok etishi O‘zbekiston zamonaviy raqamli yechimlarni faol joriy etayotgani va dori vositalari muomalasida to‘liq shaffoflik tomon harakat qilayotganini tasdiqlaydi.


Представители CRPT TURON на международном фармацевтическом саммите PHARMAP 2025 в Берлине

Фальсифицированные лекарственные средства представляют серьезную угрозу для здоровья населения и наносят колоссальный ущерб системам здравоохранения.

Подделки могут содержать неправильное действующее вещество, его неверную дозировку или вовсе не содержать его, что делает их потенциально смертельно опасными. Такие препараты не только вредят пациентам, но и способствуют развитию антимикробной устойчивости и лекарственно-устойчивых инфекций. Устранение последствий нанесенного вреда ложится тяжким бременем на экономику и здравоохранение.

Вчера в Берлине прохошел второй день международного фармацевтического саммита PHARMAP 2025. Одной из ключевых тем стала панельная дискуссия «Сериализация и маркировка в фармацевтической упаковке — кейсы по защите бренда» (Serialization and Labelling in Pharmaceutical Packaging — Brand Protection Case Studies).

С докладом на этой сессии выступил председатель Наблюдательного совета CRPT TURON Андрей Кириллов. Он представил тему «Цифровая система отслеживания ASL Belgisi: новые возможности для фармацевтической отрасли» (ASL Belgisi Digital Track&Trace System: opportunities for pharmaceutical industry), поделившись конкретными результатами:

- снижение объемов продаж некачественных препаратов в 3 раза уже в первый год работы системы;

- выявление фальсифицированных лекарств на сумму более $15 млн;

- обнаружение нарушений и мошеннических схем на сумму $13 млн;

- повышение прозрачности ценообразования и эффективности закупок за счет мониторинга госзакупок, отслеживания запасов и движения лекарств по всей цепочке поставок.

В рамках дискуссии также выступили эксперты международных организаций SICPA, UNICEF и Securikett, представляющие лучшие практики по защите брендов и борьбе с подделками в фармацевтике.

Участие представителей CRPT TURON в таком значимом международном событии подтверждает, что Узбекистан активно внедряет современные цифровые решения и движется в сторону полной прозрачности в сфере обращения лекарственных средств.