September 2, 2025

25-avgust  — 31-avgust hafta dayjesti: alkogol, tamaki va dori vositalari kontrabandasi

Prokuratura departamenti rasmiy kanali ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftada bojxona xizmati va viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari xodimlari tomonidan umumiy qiymati 247,9 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan ko‘p miqdordagi noqonuniy mahsulotlar aniqlangan.

Alkogol va tamaki

📍Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida fuqaro J.B.ning "Nexia" rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasi bo‘lmagan, umumiy qiymati 109,2 mln so‘mlik 8 860 quti tamaki mahsulotlari Toshkent shahriga sotish uchun olib ketilayotganligi aniqlandi.

📍Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida fuqarolardan birining uyida 264 dona qo‘lbola alkogol mahsulotlari, 186 dona aksiz markalari, 226 dona bo‘sh shisha idishlar va boshqa buyumlar borligi aniqlandi.

📍Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi "Dorilomon" MFY hududida joylashgan savdo do‘konida xodimlar tomonidan "I.S." xususiy korxonasi mas’ullari tomonidan sotuvga qo‘yilgan jami 182,7 mln so‘mlik 6 595 dona hujjatsiz alkogol mahsulotlari aniqlandi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlar

📍Toshkent shahrida dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yashirin sexda 11 ta preparat tayyorlash dastgohi, 21 ta forma, 389 kg kukun va dori vositalari hamda pnevmatik qurol olib qo‘yildi. Ikkinchi manzil ko‘zdan kechirilganda, markirovkalanmagan kapsulalar, qadoqlar, yo‘riqnomalar va kukunlar topilgan. Ekspertiza bu yerda "Ursosan 250," "Neyramidin 20" va "Fanigan" preparatlari qalbakilashtirilganini ko‘rsatgan. Shuningdek, ushbu ishga aloqador dorixonadan 130 kg "Fanigan" substansiyasi, 15 nomdagi 1 067 qadoq qalbaki dori vositalari va yaroqlilik muddati o‘tgan 14 turdagi 274 qadoq dori vositalari olib qo‘yilgan.

📍Toshkent shahri Yunusobod tumanida fuqarolar K.B., F.B. va boshqalar yashirin sexda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan kukunlarni "D.I." belgisi va qalbaki markirovka kodli "Torpeda" dori vositasi sifatida qadoqlagan. Ular jami 1 000 dona qadoq ishlab chiqarib, fuqarolar B.I. va O.O ga 120 mln so‘mga sotgan.

Olib qo‘yilgan barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida tegishli idoralarga topshirildi. Tergov olib borilmoqda.
Raqamli markirovka qonuniy mahsulotni soxtasidan ajratishga yordam beradi.
📲 Mahsulotlarni Asl Belgisi mobil ilovasi orqali tekshiring — xarid qilishdan oldin asl mahsulotni sotib olayotganingizga ishonch hosil qiling.

Дайджест недели: контрабанда алкоголя, табака и лекарств

На прошлой неделе, по данным официального канала Департамента прокуратуры, сотрудниками таможенной службы и областных управлений по борьбе с экономическими преступлениями было выявлено значительное количество нелегальной продукции общей стоимостью более 247,9 млн сумов.

Алкоголь и табак

📍В Туракурганском районе Наманганской области у гражданина Ж.Б. в автомобиле «Nexia» были обнаружены 8 860 коробок табачных изделий иностранного производства без акцизных марок на общую сумму 109,2 млн сумов, которые он перевозил в Ташкент для продажи.

📍В Окдарьинском районе Самаркандской области в доме одного из граждан было выявлено 264 единицы самодельной алкогольной продукции, 186 акцизных марок, 226 пустых стеклянных бутылок и другие предметы.

📍В Шахрихонском районе Андижанской области в магазине, расположенном на территории МФЙ «Дориломон», сотрудники выявили 6 595 единиц алкогольной продукции без документов на общую сумму 182,7 млн сумов, выставленных на продажу ответственными лицами частного предприятия «И.С.».

Лекарства и медизделия

📍В городе Ташкенте в подпольном цехе, специализировавшемся на производстве лекарственных средств, изъяты 11 станков для изготовления препаратов, 21 форма, 389 кг порошков и лекарств, а также пневматическое оружие. При осмотре второго адреса были обнаружены капсулы, упаковки, инструкции и порошки без маркировки. Экспертиза показала, что здесь подделывались препараты «Ursosan 250», «Neyramidin 20» и «Fanigan». Кроме того, в аптеке, связанной с этим делом, изъято 130 кг субстанции «Fanigan», 1 067 упаковок 15 наименований поддельных лекарств и 274 упаковки 14 видов препаратов с истекшим сроком годности.

📍В Юнусабадском районе города Ташкента граждане К.Б., Ф.Б. и другие лица в подпольном цехе фасовали порошки неизвестного происхождения в упаковки с маркировкой «D.I.» и поддельными QR-кодами, выдавая их за лечебное средство «Торпеда». Всего они изготовили 1 000 упаковок и продали гражданам Б.И. и О.О. за 120 млн сумов.

Вся изъятая продукция передана в соответствующие инстанции в качестве вещественных доказательств. Ведется следствие.
Цифровая маркировка помогает отличить легальный товар от подделки.
📲 Проверяйте продукцию через мобильное приложение Asl Belgisi — перед покупкой, убедитесь, что приобретаете оригинальный товар.