O‘zbekiston farmatsevtika bozori o‘sib, shaffoflashib bormoqda
2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistondagi yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trillion so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,3 foizga ko‘pdir. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Toshkent shahri 1,8 trillion so‘m bilan yetakchilik qilgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyati 443,6 milliard so‘m bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Bozorning o‘sishi uni raqamlashtirish bilan birga kechmoqda. Raqamli markirovka dori vositalari harakatini yanada shaffof qiladi hamda ishlab chiqaruvchilar, importchilar, distribyutorlar va dorixonalar uchun yagona axborot makonini shakllantiradi. Bu qonuniy biznesning tushunarli sharoitlarda ishlashiga, davlatning esa tovar oqimlarini samaraliroq kuzatishiga yordam beradi.
Shu tariqa, markirovkaning rivojlanishi shaffof, raqobatbardosh va keyingi o‘sishga yo‘naltirilgan zamonaviy farmatsevtika sohasini shakllantirishning bir qismiga aylanmoqda.
Iste’molchiga esa raqamli tizim Asl Belgisi ilovasi orqali markirovkalangan preparat haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Фармацевтический рынок Узбекистана растёт — и становится прозрачнее
В январе–мае 2026 года крупные предприятия Узбекистана произвели фармацевтической продукции почти на 3 трлн сумов, что на 22,3% больше, чем за тот же период прошлого года. Лидером по объёму производства стал Ташкент — 1,8 трлн сумов, на втором месте — Сырдарьинская область с 443,6 млрд сумов.
Рост рынка сопровождается его цифровизацией. Цифровая маркировка делает движение лекарственных препаратов более прозрачным и формирует единое информационное пространство для производителей, импортёров, дистрибьюторов и аптек. Это помогает легальному бизнесу работать в понятных условиях, а государству — эффективнее видеть товарные потоки.
Таким образом, развитие маркировки становится частью формирования современной фармацевтической отрасли — прозрачной, конкурентной и ориентированной на дальнейший рост.
А потребителю цифровая система даёт возможность получить дополнительную информацию о маркированном препарате через Asl Belgisi.