Raqamli markirovkalashda ishlab chiqaruvchilar eng ko‘p yo‘l qo‘yadigan xatolar
Amaliyotning ko‘rsatishicha, markirovkalash bilan bog‘liq aksariyat qiyinchiliklar bir nechta tipik xatolar tufayli yuzaga keladi:
1. Tizimda ro‘yxatdan o‘tmasdan faollashtirish kodini so‘rash;
2. Mahsulot kartochkasini yaratmasdan markirovkalash kodlariga buyurtma berish;
3. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning prefiksni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan mahsulot kartochkasini ro‘yxatdan o‘tkazishi;
4. “Asl Belgisi” MAT bilan shartnoma tuzmasdan markirovkalash kodlari uchun to‘lov qilishga urinish;
5. MAIni ro‘yxatdan o‘tkazishda “Emitent” bandini ko‘rsatmaslik, buning natijasida tizim buyurtma shakllantirishga ruxsat bermaydi;
6. “Mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari” tovar guruhining vakillari hisobni to‘ldirmasdan, kodlarning tushirilgani to‘g‘risida hisobot topshirishni boshlaydi. Vaholanki, pul mablag‘lari faqat kodlarning tushirilgani to‘g‘risida hisobot taqdim etilgandan so‘ng yechib olinadi;
7. Kodlarning tushirilgani to‘g‘risida hisobot topshirgandan so‘ng, mahalliy ishlab chiqaruvchilar MKning (markirovkalash kodining) to‘liq tarkibi bilan EHF (elektron hisobvaraq-faktura) shakllantiradi;
8. Import qiluvchilar AİKni (agregatsiyalangan import kodini) shakllantirmasdan, kodlarning tushirilgani to‘g‘risidagi hisobotdan so‘ng darhol EHF shakllantirishga kirishadi.
Ishlab chiqarish va mahsulot aylanmasida kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun “Asl Belgisi” tizimi yo‘riqnomalariga diqqat bilan amal qilish, savollar yuzaga kelganda esa Operatorning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
📱 Telegram-bot: @aslbelgisiuz_bot
Самые частые ошибки производителей при цифровой маркировке
Практика показывает, что большинство сложностей с маркировкой возникает из-за нескольких типичных ошибок:
1. Запрос активационного кода, не будучи зарегистрированными;
2. Формирование заказа на коды маркировки без создания карточки товара;
3. Местные производители, не регистрируя префикс, регистрируют карточку товара;
4. Попытка оплатить коды маркировки без заключения договора с НИС Asl Belgisi;
5. При регистрации УОТ не указал пункт «Эмитент», вследствие чего система не даст сформировать заказ;
6. Представители товарной группы «Минеральные удобрения и средства защиты растений» не пополнив счет, начинают подавать отчет о нанесении. Но денежные средства списываются лишь после подачи отчета о нанесении;
7. После подачи отчета о нанесении местные производители формируют ЭСФ с полным составом КМ;
8. Импортеры, не сформировав АИК, сразу после отчета о нанесении начинают формировать ЭСФ.
Чтобы избежать задержек в производстве и обороте продукции, рекомендуется внимательно следовать инструкциям системы Asl Belgisi, а при возникновении вопросов обращаться в службу поддержки Оператора.