Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani 48-maktab amaliyotchi psixologining "Bolaning psixik rivojlanishida ota -onaning o'rni va roli" mavzusida yozgan maqolasi.
BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHIDA OTA –ONALARNING O’RNI VA ROLI.
23 IYUN 2020.ESANOVA GAVHAR JALILOVNA .93908 8617
Farzand-inson hayotining mazmuni,nasl –nasabimiz davomchisi ,oilaning mustahkam zanjiridir.Farzandning aqlli,bilimdon,iymon e’tiqodli bo’lishi nafaqat oilaning balki jamiyatning ham eng katta boyligi hisoblanadi .Shunday ekan farzandlarimiz tarbiyasi uchun biz ota-onalar o’z ma’suliyatlarimizni his qilmog’imiz lozimdir.Farzand ota –onalar uchun ham ne’mat ham omonatdir.Farzandimiz dunyoga kelganda shunday aziz ne’matni bergan Allohga shukurlar aytganmiz.Alloh bergan omonatga endi xioynat etmay tarbiya etmog’imiz shartdir.Farzand bamisoli niholdir uni qanday parvarish etsak ulg’ayib bizga o’zimiz bergan tarbiyada javob qaytarmog’i bor.
Bolaning rivojlanishida hayotda o’z o’rnini topishida, el yurt ichida izzat-hurmatga
sazovor bo’lishiga oilaning o’rni beqiyosdir.Bolalarning o’z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda ota –onalarning o’zaro farzandlari bilan yaqin do’stona munosabatda bo’lishlari zarurdir.
Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba,oddiy ko’rsatma yoki bilimlar jamlanmasi emas ,balki o’z ichiga diniy –ahloqiy bilimlar ,tibbiyot ,etika ,psixologiya ,pedagogika kabi sohalarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.Shunday ekan har bir ota –ona ham pedagog ham psixolog bo’lmog’i zarurdir ,chunki farzandini hech kim ota –onasiday tushunaolmaydilar.Afsuski ba’zi bir ota –onalar farzand tarbiyasini kimlargadir ishonib qo’ymoqdalar.O’ylashlaricha farzandining ustini but ,qornini to’q qilib qo’ysa o’z ota –onalik vazifasin bajarganday hisoblashmoqda .Bunday vaziyatda voyaga yetayotgan bolalar vaqtlarini deyarli televidiniya qarshisida yoki internetda o’tkazmoqdalar.Bunday nosog’lom muhitda tarbiyalanayotgan bolalardan ‘’ma’naviy kasal ‘’insonlar shakillanadi.Bugungi g’oyat tahlikali ham iqtisodiy ,ham ma’naviy inqirozlar kuchayib borayotgan zamonda har bir ota-onadan hushyorlik va uyg’oqlikni talab etadi .Oiladagi muhit ota-ona o’z ma’suliyatlarini his qilishi bilan barqaror bo’ladi.Bola oilada qo’pol ,kamsitish bilan katta bo’lsa ,bu uning psixalogiyasida salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.Bunday bolalarda atrofdagilarga alamzadalikni, har bir narsaga norozilik,yaqinlariga bemehrlik, tajovvuzkorlik xarakterida oshkora namoyon bo’lib turadi.Har bir bolaga ta’lim tarbiya ,odob axloq bolalikdan berilgani ma’quldir.Rasulilloh s.a.v ‘’Birontangiz o’z farzandlaringizni tartib –intizomga o’rgatsangiz ,bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir’’deya marhamat qilganlar.Shunday ekan har bir ota-ona o’z burchini ma’suliyatini qalban his qilmog’i lozimdir.Agar farzandlarimizga halol yedirib,o’zimiz o’rnak bo’lib ko’rsatsak,ko’chada ,uyda ,dasturxon atrofida na’munali xulq atvorimiz bilan o’rnak bo’la olsak farzandlarimiz hech qachon noto’g’ri yo’ldan ketmaydi. Agar aksincha bo’lsakchi bunday bola nafaqat oilasiga balki jamiyat uchun ham zararkunandadir. Farzandlarimizga shunday mehr berib tarbiya etaylikki toki ular yot insonlardan mehr istashmasin,yot g’oyalarga ergashib ketishmasin.Shunday oilalarni ko’rganman sog’lom tug’ilgan farzandini arzimas xatolari uchun kaltaklab nogiron qilib qo’yganlarni,bir umr hayotdan bezdirib tashlaganlarni ,guyoki dunyoga keltirdimmi uning hayoti mening izmimda deguvchilarni ko’rdim va buning oqibatida so’ngsiz pushaymon ichra qolganlarini ko’rdim .Shunday ekan umidimiz yulduzlarini ,hayotimiz davomchilarini Vataniga sodiq ,ota –onasiga mehribon kattalarga hurmat kichiklarga izzat ,dinu –diyonat ruhida o’stiraylik.
Farzandlarimizga shunday tarbiya beraylikki,ular o’z ota-bobolariga ,o’z tarixi ,Vatani ,oilasi ,ona tiliga ,millati ,dini va an’analariga sodiq bo’lib kamol topishsin.
Oila –jamiyat ko’zgusi .Kimdir aytgan ekan,oila bu ring emas,unda hech kim g’alaba qozonmaydi .Unda hamjihatlik g’olib bo’ladi.
Ota –onaning eng katta xatolaridan biri ,farzandlari oldida bir birini kamsitishidir.Bunday vaziyatda bolalar ongida ota-onasiga nisbatan hurmati yo’qoladi.Ota –onasini oila a’zolarini hurmat qilmagan bola atrofdagilariniyam hurmat qilaolmaydi.Shunday ekan farzandlarimizga chiroyli tarbiya beraylik ,ularning kamoli bilan faxrlanib yurish hammamizga nasib aylasin.
E’tibor qaratib maqolamni o’qiganingiz uchun sizlardan minnatdorman.
Esanova Gavhar Jalilovna 48- maktab amaliyotchi psixologi.