WHITE LOTUS
4-qism | tan olingan haqiqat
-akaaaaaa.....
Uning qichqirig'idan Jungkook tepadan yugurib tushdi. Ko'z oldida namoyon bo'lgan hodisadan biz zum qimirlay olmay qoldi. Miyyasi bo'layotgan hodisalarni sekin tahlil qila boshlagandagina, u yugurib kelib, Cheonsaning yoniga keldi.
-nima bo'ldi Chonam ?
Cheonsa juda ham juda ham talmovsirab, sarosimaga tushib qolgan edi. U sochlarini changallab, titrab qaqshagancha qo'li bilan Jisuning jasadini ko'rsatar edi. Jungkook hovliqib uning tepasiga keldi. Bo'yniga barmog'ini qo'yib o'lgan o'lmaganini tekshirdi, ko'zi biroz xira tortib, chuqur tin oldi. Bir necha daqiqalik sukunatdan so'ng,
-bu qanday bo'ldi-deb so'radi past ovozda.
Cheonsa esa hali ham soxta qo'rquvini to'xtatmagan edi.
-Me men bilmayman. Oshxonaga su suv uchun tushayotgan edim. U shu yerda yotgan ekan. Uni ko'rib qo'rqib ketdim. Yuragim to'xtab qolay dedi. Men ham tepadan tushib ketdim-deb ho'ngray boshladi. Jungkook uni ovutish uchun mahkam quchib oldi.
-prinsessam bo'ldi, yig'lama bu yerda seni aybing yo'q. O'lishi taqdiriga yozilgan ekan o'ldi, bechora mast edi-dedi. O'likka achinib qarab.
Jungkookning quchog'ida o'zini ancha yengil tortdi. Uni javoban mahkam tutib, -men qo'rqayapman. Meni olib keting iltimos-dedi o'tinch ohangda iltimos qildi. Jungkook hech nima demay chuqur xo'rsingancha Cheonsani ko'tarib oldi. Sekin sekin, alohida-alohida qadamlar bilan uni tepaga-xonasiga olib chiqdi. Cheonsa o'zini qo'rqqanga solib, ko'zlarini mahkam yumib, tirishib olgan edi.
Jungkook avaylab uni kravotga yotqizdi. Kravotga qo'yar chog'i yuzi-yuziga tushib, uning maftunkorligiga yan bjr bor amin bo'ldi. Endi eshik tomon yurganida Cheonsa uning qo'lidan tutdi, -
-aka ketma, men bir o'zim qo'rqaman iltimos.
Uning bu ipakdek mayin ovozi, Jungkookni sehrlab qo'ygan edi. U Cheonsaning yoniga o'tirib, yuzoga qaradi, farishta kabi beg'ubor. Uning munchoqdek qop qora ko'zlarida qanaqadir mavhumlik bor. U sekin uning yuziga qo'lini olib bordi. Barmoqlari bilan yanoqlarini iyagini siladi.
-go'zalim men yoningdaman, hech qayoqqa ketmayman....
Ertalab turgan Cheonsa xonada yolg'iz ekanligini payqadi. U nafaqat xonada balki uyda ham yolg'iz edi. Qiz zinadan tushish barobar Jungkookni baland ovoz bilan qidirib chaqira boshladi.
Jisuning jasadi yo'q. Demak u bu ish bioan shug'ullanayapti. Cheonsa yengil nafas chiqardi.
-menda hammasi yaxshi...
Cheonsa boshi og'rigani uchun ishga chiqmadi. Kuni bilan Jungkookning daragi kelmadi. Zerikkanidan uyoqqa o'tdi, bu yoqqa o'tdi. Telefonini olib imosiga qo'ng'iroq qildi.
-alo, onajon yaxshimisiz?
-Cheonsa senmisan?
-ha men, imo yaxshimisiz?
-voy bolajonim ahvoling yaxshimi? U yoqlarga o'rganib qoldingmi? Akalaring xafa qilmayaptimi?
-onajon men yaxshiman, o'zingiz yaxshimisiz? Uka-singillarim qalay?
-ular ham yaxshi, seni sog'inib yurishibdi.
-o'zingizning sog'ligingiz yaxshimi? Kasalingiz xuruj qilmayaptimi?
Timeskip>>
Cheonsa 12yoshligida yetimxona korridorida yurganida Mudiraning xonasidan shovqin eshitadi. Eshikni ochsa u yerda yarimhushsiz yotgan bo'ladi.
-imo degancha uning yoniga yugurib boradi.
Mudira esa ko'zi olazarak bo'lib,
-qa-qaaand degancha ko'zlarini yumdi.
Cheonsa talmovsirab qoldi. Yugurib o'rnidan turib, shoshgancha qand izlay boshladi.
-qand, qand qand. La'nati endi qayoqda qoldi bu qand? Halloslab, tortmani tortdi
-albatta, mana o'sha qand-u idishdan bir dona qand olib yugurib mudiraning boshiga keldi. Og'zini majburlab ochib, qandni ezmay shundoqligicha solib yubordi.
POV/CHEONSA
O'lib qolmasin, nima bo'lsa o'ib qolmasin. Kechikmadim deb umid qilaman.
Huddi shu payt hushsiz yotgan mudira avval gilamchani g'ijimladi. Yuzini burishtirib, yo'talgancha qand qoldig'ini tupurib tashladi.
Sokin tin olib, chuqur, chuqur nafas ola boshladi. Ko'zini ochmasdan Cheonsaga gapirdi.
-qizim, qizim raxmat senga o'limdan asrab qolding katta raxmat, isming nima?
-Cheonsa, Chona deyishingiz mumkin xonim.
Uning gaplaridan keyin ilk bor u ko'zlarini ochdi. Tepasida unga havotir bilan tikilib turgan qizga siniq tabassum hadya etib, yanog'ini siladi.
-xonim deyish ketmaydi, meni onajon degin ho'pmi?-dedi tabassumini kengaytirib,
Kichik Cheonsa ham jilmayib,
-albatta onajon-dedi.
Mudira -turib, endi bo'liminga biriktirilgan imo ni chaqirib kel-dedi past ammo ravon ovoz bilan.
Cheonsa unga havotir bilan tikildi-ammo siz....
-men yaxshiman, sen sabab albatta. Opangni chaqirib kelsang yana ham yaxshi bo'laman-dedi....
-davolanib davolanib yuribman. O'zing yaxshi bo'lsang bo'ldi. Ha aytgancha Cheonsa bugun Woo Min 18yoshga to'ldi, yanagi hafta yetimxonadan ketadi dedi.
Uning gaplaridan Cheonsaning yuragi gupillab ura boshladi-18ga to'ldi deng....
-menga raqamini bering, tabriklayman tug'ilgan kuni bilan.
*
-Minnie....
-cheonsa?
-ha menman, qandaysan? Yaxshimisan?
-Cheonsa, Chona Chonam o'zingmisan? Me men seni qancha qidirdim. Akalaring olib ketganidan keyin, ketganinga 2haftadan oshdi. - U hayajonlanib duduqlanar edi.
-Woo Min tug'ilgan kuning bilan. Senga barchasi uchun raxmat aytmoqchiman. Birga o'tkazgan bedor tunlarimiz(notog'ri hayolga bormaymiz. Ular sevishganda Cheonsa 13yosh Cha Woo Min esa 15 16yosh atrofida bo'lgan. Bedor tun deganda Yetimxona tomiga chiqib yulduz tomosha qilishganini aytmoqchiman) menga ilingan har bir narsang, tarafimni olib bollar bilan urshganing-barchasi uchun tashakkur . Sen dunyodagi eg yaqin insonimsan. Dunyoda nimaiki reja niyat qilgan bo'lsang ortig'i bilan .
-raxmat sevgilim, seni sevaman.
-.....
-men ham demaysanm?
-ummm Minne bilasanmi, meni to'g'ri tushun, biz aldamchi hislarga aldanganmiz. Allaqachon ko'nglimni egallagan odam bor. O'ylaymanki...
-nima deyapsan Chonam? Biz axir sen, men seni sevaman- u o'lda jo'lda gapira boshladi.
-gapimni bo'lmay eshit. Biz u vaqt juda yosh bo'lganmiz sevgi mevgi degan narsalarni umuman tushunmaganmiz. Ishonaman sen ham bir kun o'z sevgingini topasan.
-unaqa dema biz albatta birga bo'lamiz.
-tushunmayapsan sen, mening sevganim bor.
-raxmat tug'ilgan kunim uchun juda yaxshi sovg'a bo'ldi. Menga qara juda yaxshilab eshit. Men hech qachon hech qachon taslim bo'lmayman. Sen albatta meniki bo'lasan.
Cheonsa hech nima demay telefonni qizilini bosdida zarb bilan xonaning qaysidir burchagiga uloqtirib yubordi.
Keyin esa ovoz chiqarib yig'lab yubordi.Shu o'tirishda kunning 2-yarimigacha qimirlamay o'tirdi. Oxiri o'zining bu ishidan o'zi bezovtalanib o'rnidan turdi. Yig'layverib shishib ketgan ko'zlaeini biroz ishqalab telefonini qidirdi. Nihoyat topib, Jungkookga qo'ng'iroq qildi.
-aka, yo'qligingia 2kun bo'layapti. Yana qaysi bitch* ni quchog'ingda olib yuribsan?
-Cheonsa men Jisuning ishlari bilan yuribman bugun oqshom boraman-deb qizilni bosib qo'ydi.
U keyin nima qilishini bilmay Taehyunga qo'ng'iroq qildi.
-Salom akajon.
-mehribonim yaxshimisan? Nega bizni esla qolding to'satdan dedi kulgancha.
-aka, tezroq qayting Yoongi va sizni juda sog'indim dedi chuqur nafas olib,
-Chonam, ketganimizga endi 3kun bo'ldiku boramiz yana 2,3kunda ho'p o'paman, meni Asteria chaqirayapti...
Cheonsa bir nima deyishga ulgurmay qizilni bosib qo'ydi.
Uning gaplaridan battar asabiylashdi. Qo'lini sochlari orasiga tiqib,
-mm ha albatta Asteria,
Bittasida Asteria bittasida Jisu nega yigitlar shunaqa nega? Akajon 11yil uchrashmadik. Siz esa qayoqdagi qizlar bilan kayf-safo qilib yuribsiz.
Cheonsa uxlab qolibdi. Quyosh botganini ham sezgani yo'q. Oshpaz ishchi uni uyg'otdi
-xonim, xonim uyg'oning jabon Jungkook keldi. Oshxonada uxlab yotganiningizni ko'rsa g'azabi qo'ziydi.
Cheonsa ko'zini bazor ochib, yo'q to'liq ochishga ulgurmay
-ha, ha albatta deb yotgan o'rniga o'tirdi. Boshi yorilib ketaty deb og'riy boshladi. Ko'zini ishqalab boshini ushlab o'tirganida ichkariga Jungkook kirib keldi. U juda mast edi. Ichidagi alam va dardlarni chiqarib yuborish uchun ham ichgan edi. Oyoqda bazor turar edi.
-oppog'im kuni bilan uxlaganga o'xshaydi -dedi bazor so'ng unig oldidagi kursiga joylashib o'tirdi. Uning og'zidan alkogol anqiyotgani uchun Cheonsaning ko'ngli aynidi.
-nega 2kun kelmadingiz. Jisooning vafotini uydagilariga aytdingizmi?
-u yetim edi. Mendan boshqa hech kimi yo'q edi. Dafn marosimi mayyitni yuvish. Cherkov. Mening 2kun vaqtimni oldi. Hammasini hal qilib kelayapman-dedi.
-ha, degancha Cheonsa suv ichish uchun stol yoniga bordi.
Shu payt birdaniga iliq lekin qattiq qo'llar uning belidan o'rab oldi. Uning og'zidagi stakani titrab alohida bo'lib ketdi. Cheonsaning yuragi shu qadar baland ura boshladiki, go'yoki uning ovozini butun xona eshitayotgandek edi.
Jungkookning issiq nafasi alkogol va spirtning aralashib ketgan hidi Cheonsaning dimog'iga urilib ko'nglini aynitdi. Jungkook hech qanaqa ovoz chiqarmadi faqat quchog'ini mahkamlab peshonasini uning yelkasiga tiradi.
-men- uning ovozi Xira va dag'al eshitildi. Cheonsa ko'zlarini yumdi. Yuragi ikki dunyo o'rtasida qolgandek qisilibgina qoldi.
"AKA va SEVGI"
-Lotusim, men ham Taehyung ham akang emasmiz....
Uning bu gaplari Cheonsaning quloqlariga og'ir kirdi.
U so'ngi nafasini chiqargandek sekin pichirladi- nima uchun ...
Jungkookning keyingi so'zlari Cheonsaning yelkasi uzra eshitilib uni o'yib o'tgandek tuyuldi.
- biz seni nima uchun yetim xonadan olib chiqdik deb o'ylaysan?! Bilasanmi nega? Chunki bizga sen kerak eding... Seni himoya qilamiz yaxshi ko'ramiz deb aldadik ....
Shuncha ishdan keyinam Cheonsa hammasini yengib indamay turaverdi.
Uning bu gaplari Cheonsaga iflos gapdek tuyuldi. Yelkasiga suyanib gapirayotgani uchun Cheonsa nafas ololmasdi.
-aslida biz akang emasmiz. Bu shunchaki o'yin edi. Tushunyapsanmi? O'yin edi... Maqsad seni shu yerga mahkamlab, sening tanangni har bir qismini....
Uning Xira ovozi Cheonsaga og'ir tosh bilan solayotgandek tuyulaverdi.
Bo'yniga Jungkookning issiq nafasi urilib tursada, eshitilayotgan har bir so'z uning ichidagi tiriklikni olib chiqib ketayotgandek edi
-seni zo'rlamoqchi edik Cheonsa ... Bizga faqat shuning uchun kerak eding....-uning lablari titradi. U mast edi,ammo aynan shu mastlik bu haqiqatni yashira olmas edi... Cheonsa ko'zlarini yumib ochdi. Hech nima ko'rinmadi. Endi bu yerdagi hamma narsa unga begona edi. Jungkook qo'llarini uning yelkasidan tushirmadi. Cheonsa esa na uni itardi, na janjal qilib baqirdi.
Faqat ko'zlari bilan devor orqali allaqayerlarga tikildi. Endi u hech kim emas edi. Hech qachon bo'lmagan mehr, hech qachon bo'lmagan himoya-bari chirigan yolg'on edi. Jungkook hali hamon nimadirlar ketayotgan edi ammo Qiz eshitmasdi. Chunki u ichida allaqachon ko'milgan so'ngi bor men deb o'zini chaqirgan ammo javob olmagan edi.
Jungkook tosatdan uning biʻlaklarini mahkam siqdi.
-KET- dedi Jungkook ovozi xirillab mastlikdan battarroq qo'pol boʻlib. Cheonsa ko'zlarini yumdi. Biroz sukunatdan so'ng lablari titrab past ovozda- yo'q dedi. Jungkoook barmoqlari bilan uning qoʻlini mahkamroq siqdi. Cheonsaning joni ogʻrisa ham labini tishlab sabr qildi.
Uning ko'zlari qizarib yuzigadi mastlik izlari ko'z yosh bilan aralashib ketgan edi.
-Senga teginishimzni xohlaysanmi? Seni buzib tamom qilib, beg‘ubor qizni barbod qilishimizni istaysanmi,-unih dagʻal ovozi balandlasha boshladi. Cheonsa ko'zlarini ochdi. Bo'sh nigohi Jungkookning ko'zlariga qadaldi. Bir zum faqat bir zum uning koʻzlarida balki degan soʻz oʻtdi. Ammo tilida yana oʻsha soʻz -YO'Q...
Jungkook titrab ketdi. Uning qo'lini siltab tashladi- meni it! Itarib qoch! Imkon beraman! Men seni buzishni xohlamayman-u ovozi titrab baqira boshladi. Uning gaplari Cheonsani yuziga urildi. Yana o'sha mavhum so'z
-YO'Q.
U Cheonsaning qo'llarini qo'yib yubordi. Ammo qo'yib yuborgan qo'li bilan Cheonsaning yuzini silashga urinib nimadir demoqchi boʻldi. Ammo aytolmadi. U zarb bilan devor mushtladi. -Nega yo'q?! Uning birdan baqirgani uchun cho'chib ketdi.
-men seni azoblanishini istamayman,tushunyapsanmi istamayman?- uning hayqiriqlari endi yigʻiga oʻtdi. U orqaga qadam tashlab Cheonsaning oldiga qaytib bordi qoʻlini uning yuziga tekkizmoqchi edi ammo yarim yolda toʻxtab qoldi.
Uning oyoqlari bukilib yerga sindi. Peshonasini esa polga alam bilan bosdi.
Jungkook esa yerda nam polda o'zidan nafratlanib yigʻlardi
- yoʻq yoʻq yoʻq nega yoq ?... Men hech qachon senga bunday qilgim kelmagan...
Cheonsa iztirob bilan uni kuzatib turar Jungkook esa yoʻq yoʻq deb alahsirab yotar edi.
Birdan cheonsaa tiz choʻkdi uning qoʻllari jungkookning yelkasiga tekkanida jungkook ini itarishga ham ulgurmay Cheomsa ini yelkasidan quchib mahkam ushlab baqirdi-
-Chunki... Chunki sizni SEVAMAN Jungkook!!!
Bu so'z uning boʻgʻzidan titrab chiqdi. Ovoz shunchalik qattiq chiqdiki Jungkook bir lahzada oʻziga keldi.
Jungkook asta yuzini Cheonsaning boʻynidan chiqarib uning yuziga qaradi. Ko'zlari qizarib ketgan lablari esa biroz koʻkarib mastlikning soʻngi soyasi ortida qoldi. U asta juda asta qollari bilan Cheonsaning yuzlarini ishladi.
U Cheonsani peshonasiga peshonasini bosib turdi. Uning nafasi titrar edi. Uning lablari orasidan issiq nafas bilan sovuq soʻz chiqdi
- seni hammadan asrayman... Huddi kapalak kabi... U kabi chiroyli yashaysan. Hech kim senga qo'l tekkizsa olmaydi. Hech kim na men ... Na Taehyung... Vada beraman. Cheonsani mahkam quchib -men ham seni sevaman Lotusim dedi. Bir lahza quchoqlashib turdi. Soʻng jungkook chekinib qiyinchilik bilan choʻntagidan telefonini qidira boshladi. Barmog'i mastlikdan shitir-shitir toʻyib ketar, ekranga urilib parolni yozolmaydi. Ming qyinchilik bilan telefonni ochdi. U ishlarini qilar ekan. Cheonsa qaltiragancha barmoqlariga tikilib oʻtirar edi.
Jungkook lablari orasidan mayus pichirladi
-oq koʻrishim... Kut... Mana mana shu....
Va nihoyat bir mayus sokin chindan ham yurakka uradigan eski vallsimon musiqa yangradi. Telefonning gʻira sira ovozi butun xonada aks sado berdi.
Jungkook mast ko'zlari bilan Cheonsaga alanglab qaradi. Yana bir nafas qoldi u birdan chuqur nafas oldi. Poldan tizzasiga tayanib oʻrnidan zoʻrgʻa turdi. Qomatini rostlay olmadi- alanglab boshini ortga egib shiftga tikildi. Labidan bir qatra kulgi chiqdi ammo bu kulgi yigi aralash edi.
-Chonam kapalagim... Vals tushaylik...
Qayerdadir ko'r bo'lib qolgan. Qayerdadir zinoga botgan-lekin bu vals- unga butun dunyoni yuvib yuboradiganday tuyulayotgan edi....
Ular qaltirab lapanglab sokin egri bugri qadamlar bilan oʻsha sovuq xonaning pollida vals tushishdi.
Musiqa hozir asta kuchayib ularning titroq qadamlariga ohang boʻlayotgan edi. Jungkook Cheonsani belini qattiqroq quchdi. Chekinsa esa boshini uning ko'kraklariga qoʻydi . Bu oddiy raqs emas - bir birini his qilish edi.
Ammo birdan ochilishi kerak bo'lmagan eshiklar ochiladi ichkariga Taehyung Asteria va Yongi kirib keldi.....
Yoqimli mutolaa #vipers