BROKEN DESIRES
"Ba’zan taqdir o‘ynagan eng shafqatsiz hazil – eng yaqin rishtalarni eng og‘ir sevgi bilan aralashtirishdir."
I-Bo'lim: I-qism
Nomi aytilishi bilan, hammani o'yga soladigan. Haybati va qudradi esa har qanday odamni jumbushga keltirib yuboradigan, butun boshli Respublikaga buyrug'i o'tadigan Jeonlarning kompaniuasi "Temir Atirgul" Holdings.
27 qavatli ko'rkam bu binoning ichida nimalar yashirin elanligini hech kim bilmaydi,
Eshik yoniga qora BMW rusumidagi mashina kelib to'xtadi, bu uzoq kutilgan uchrashuv bo'lganligi sabab ichkaridan bir nechta yosh qizlar yugurib chiqdi,
-yosh xo'jayin...
-yosh xo'jayin ruxsatingiz bilan kostyumingizni olsam.
-janob, kelganingizni oyingizga xabar beraylikmi?...
Shu kabi ta'qiblardan charchagan Jungkook tezda 1qavatning keng zaliga kirib, lift qidira boshladi,
AUTHOR/POV
Jeon Yosu 31 yosh. "Temir Atirgul" korparatsiyasi va Janubiy Koreadagi Jeonlar imperiasining hukmdori. O'g'li Jungkook bilan orasidagi farq atigi 8yosh. (Bu haqda keyingi qismlarda bilib olasiz) Hozirda "Temir Atirgul" holdings katta katta kimoshdi savdolarida yirik yirik yerlarni sotib olib, uylar qurish va ayollar kosmetikasi bilan shug'ullanadi. Bundan tashqari yana mayda-mayda sohalar bo'yicha ham ishlaydi jumladan:• oziq-ovqat -har bir koreys sevib tanavvul qiladigan <<SiSee>> Kimchilari Jeonlarga tegishli.• dori va farmasevtika-asosan bu sohaga Jungkook qaraydi. Boshqa dorilar bilan Qora dorilarni ham chet eldan eksport qilib, Korea hududiga olib kiradi.• ta'lim sohasi.Yosu xonimga qarashli <<White Lotus>> Universtiteti va o'sha universtitet qoshidagi akademiyada o'qish har bir koreys o'smiri uchun orzu. Bundan tashqari bir nechta xususiy maktablari ham bor. Koreaning katta lavozimdagi odamlari bolalarini Jeonlarning maktabiga beradi.
-
Jungkookning keyingi nishoni uning bo'ynidagi kattagina oltin medalyon bo'ldi.
-yaxshi va'dangizni buzmapsiz. Uni yechnmaslikka va'da berdingizmi endi oxirigacha taqasiz. Axir uni sizga men berdim.
Yosu bo'ynidagi taqinchoqni ushlab kafti bilan siqdi
-Hech qachon bu tug'ilgan kunimga kelgan sovg'a. Men uchun juda qadrli dedi.
Jungkook o'rnidan turib, -kettikmi unda sizni olib ketishga kelgan edim. Axir tug'ilgan kunimizni birga nishonlashga va'da bergan edingiz dedi. Yosu Jungkookning sochini silab - axx sen ham tezda balog'at yoshiga yetding. Kechagina oyi deb, uzin ko'ylagimdan tortib yurgan eding dedi. Jungkook ikki yuzi qizarib hech nima demasdan uning bilagidan tortib xonadan olib keta boshladi. Yosu ham indamasdan unga ergashdi lift tomon ketayotganida -to'xta deb, kotibi- eng yaqin yordamchisining xonasiga kirdi.
U ham ish bilan shu qadar band ediki, prezident xonimning kelganini sezmay ham qoldi. Yosu tomoq qirgandagina e'tiborini unga qaratdi. Uning kelganini ko'rib shoshib qoldi. O'rnidan turdi. Yosu esa yengilgina - chalg'imay ishingni qilaver -degan ohangda qo'lini o'tir ishorasini qildi.
-Daniel men ketyapman. Qolgan ishni senga topshirdim. 2-sektordagi arxitektorlarni ogohlantir dizaynini qayta ko'rib chiqsin. Uylar eskisi bilan deyarli o'xshash bo'lib qolyapti, keyin maktab bitiruvchilarining statistikasini o'rganib chiq necha foiz o'quvchi universtitetga kira olibdi bizning maktabdan.
Daniel -aytganingizni bajaraman xonim -deb ta'zim qildi. Yosu karidorga o'g'lining yoniga chiqdi.
Jungkook qo'lini Yosuning yelkasidan o'tkazib -ish desa jonini jabborga beradiganlardan meni onam -dedi
Yosu indamasdan jilmayib qo'ya qoldi.
Jungkook endigina mashinaga o'tirmoqchi bo'lganda onasi unga qarshilik qildi - men boshqaraman.
Jungkook xohishingiz deganday indamasdan oldiga o'tirdi. Mashinani haydab ketayotgan Yosu - 23 ga kirding bugun. Demak yana bir yoshni qarshi olibsan. Seni qachon uylantiray ayt! - dedi. Uning gapini eshitib qo'lidagi suvini tushirib yuvpborgan Jungkook e'tiroz bildirdi - oyi!? Men hali yoshman, 10 gulimdan bittasiyam ochilishga ulgurmasdan menga xotin topmoqchimisiz? Nima shunda siz 33yoshingizda buvi bo'lasizmi? - dedi kulib. Yosu indamasdan miyig'ida kulib qo'ya qoldi.
-o'rta dahadagi mehmonxonamga boramiz - dedi Jungkook. Yosu manzilni o'sha yoqqa burdi.
Mehmonxonaning xaqiqiy egasi Jeon xonimni ko'rib hamma ta'zim qildi. Jungkookning sirli oshiqlari- mehmonxonaning yosh ishchilari esa Jeon xonimni oldin ko'rmaganligi uchun yana aloqa uchun kimnidir olib keldi deb o'ylab yomon qarab qolaverdi. Jungkook assisantning oldiga kelib,
-303- bo'shmi? -deb so'radi. Bosh menejer Hyeri Pak esa jilmaygancha -Jungkook uni ertalab hech kimni kirgazmanglar -deganingiz uchun hech kimni kirgazmadik- dedi. Jungkook suyunib, cho'ntagidan 3santimertlik paketcha uzatdi. Atrofga qarab, - men tayinlagan kamerachilar haliyam ishlayaptimi deb so'radi. Hyerining ikki ko'zi Jungkookning qo'lidagi paketchada -albatta. Jungkook endi yashirmay paketni unga uzatdi. Yosu ikkisi 303- xona Jungkookning eng sevimli VIP xonasiga kelishdi.
Eshik yoniga yetganida Jungkook cho'ntagidan qirmizi tasma olib chiqdida -oyi ruxsatingiz bilan deb qo'lidagini ko'rsatdi. Yosu jilmaygancha rozi bo'ldi. Jungkook lentani avaylab uning ko'ziga boyladi. Eshikni ochib , uning yelkasidan tutib ikkisi qadamma qadam ichkariga kirdi. Yosu ko'zidagini yechib atrofga qaradi. Juda iliq manzara. Stol usti ovqatlar bilan bezalgan. Televizorda esa to'xtatib qo'yilgan videofilm. Unda 15yoshli Yosu kamerani o'ziga to'g'irlayapti. Jungkook qo'li bilan stol ustini kuzatib - tadaa, menga 7yil oldin, shirin qilib teokkbeokki tayyorlashni o'rgatgan edingiz. O'z qo'llarim bilan tug'ilgan kunimiz uchun stol bezadim -dedi. Bularning hammasi u uchunligini, hammasini u uchun o'g'li tayyorlagsnini ko'rib Yosuning ko'zlariga ypsh keldi. U yugurib o'zini Jungkookning yelkasiga tashladi, hayotda undan boshqa hech kimi yo'qligini u esa oyisiga juda etibprli va mehribonligini o'yladi. Jungkookning qulog'iga
-kechir bolam, meni -tabriklayman deyishdan boshqa hech nima qo'limdan kelmadi, nima sovg'a olishni bilmadim. Pul beray desam, o'zingning puling bor. Mashina sovg'a qilay desam mashinang eng so'nggi rusumdagisi- dedi. Jungkook oyisinig kichkinagina tanasini bag'riga olib
-oyijon o'zingiz men uchun haqiqiy sovg'asiz- dedi. Keyin engashib - xohlasangiz meni xursand qiladigan darajada sovg'a bera olasiz- dedi....
Umuman olganda tug'ilgan kun ko'ngildagidek o'tmoqda. Jungkook bilan Yosu divanda o'tirib televizordagi videoni tomosha qilishyapti. Ekranda 15 yoshli yosh Yosu videokamerani o'ziga to'g'irlab atrofni kuzatayapti. Yosu, kamerani ko'tarib burchakka tiqilib olib xo'mrayib o'tirgan kichkina Jungkookning yuziga yaqinlashtirdi.
-Mana, kichkintoyim maktabga bormayman deb janjal qilayapti, uni dastidan men ham maktabga kech qolayapman.
Jungkook esa yuzini devorga burib baqirdi
-ajab bo'lsin maktabga bormayman baribir!
2-videoga o'tildiBitiruv oqshomiga tashrif buyurganlar orasida yosh Jungkook ham bor edi, u qo'lidagi kamerani sinfdoshlari qatorida turgan Yosuga qaratdi. Quvonchi ichiga sig'may turgan Oyisi uzoqdan o'g'liga qo'l silkidi.
3-videoga o'tildi
Videokamerani stolga mahkamlayotgan Yosu kameraga qarab qo'l silkidi,
-bugun biz o'zimiz uchun yangi uy sotib oldik, men bu darajaga yetib kelgunimcha yillar tirishdim. Yo'limdan chiqqan to'siqlarni sog'lom odam tassavuram qila olmaydi. Bu yo'lda men bir o'zim emas edim, menda u bor edi- o'g'lim Jungkook. Men hech qachon o'zim uchun 11soat kunduzi 5soat kechasi dam olmasdan ishlamas edim. Bu yo'lda yolg'iz bo'lganimda allaqachon qiyinchiliklarga yengilib yo'q bo'lib ketgan bo'lar edim.
Barchasini Jungkookim uchun qildim, o'g'lim uchun kechalari shirin uyqumdan kechdim. Jonimdan to'ygan paytlarim, o'zimni o'ldirishni istagan paytlarim u men uchun tasalli bo'ldi. Ko'chalarda uysiz-ovqatsiz yurgan vaqtimiz men taqdirimizga tan berib taslim bo'lishim kerak edi, lekin men u uchun harakat qildim. Har bir ona o'z o'g'lini boshqa bolalar qatori qilishga majbur, shu qatori men ham harakatdanaman-deb qollari bilan yuzini tosib oldi
Bu videoni ko'rayotgan Jungkook yonidagi mittigina onasini quchog'iga oldi,
Videoda-
Orqa fonda Jungkook paydo bo'ldi, oyisini tushkin ahvolini ko'rib, biroz kayfiyati tushdi, qo'li bilan kameraga teginib uni o'chirib qo'ydi.
Divanda o'tirgan Jungkook quchog'idagi ayolning yig'layotganiga etibor berdi.
-oyi?!..
-....
-oyijon!!.
Yosu Jungkookning ko'zlariga qaradi
-nima!
Jungkook uning ko'z yoshini artib- sizga rahmat aytmoqchiman barchasi uchun-dedi. Yosu jilmayib-mittivoyim uzimni dedi.
Jungkook o'rnidan turib, sokin musiqa yoqdi. Qo'lini Yosuga uzatib
-raqsga tushaylik dedi.
Yosu boshi bilan inkor qildi. Ammo Jungkookga hech nima ta'sir qilmadi. U oyisnining bilagidan bir tortishda o'zining quchog'iga olib kirib qo'ydi. Jungkookning muzdek barmoqlari Yosuning belida. Yosuning mitti kaftchalari esa o'g'lining ikki yelkasida. Ular -vals tushishar edi.
Yosuga noqulay bo'lsa ham Jungkook uchun indamadi, chunki uning og'zidan biroz alkogol hidi kelar edi. Ammo bu Yosu uchun tarixga muhrlagudek lahzalar edi.
Musiqa tugaganidan keyin Jungkook yana bir musiqa qo'ymoqchi edi ammo Yosu bunga qattiq qarshilik qildi.
Ikklasi o'tirdi. Jungkook vino olib keldi- ichamiz!
Ikkalasi bir qadahdan olishdi. Yosu hech o'ylab o'tirmay qadahni bir ko'tarishda tugatdi. Tomog'idan o'tayotgan achchiq suyuqlik butun tanasiga tarqalib yoqimli huzur baxsh eta boshladi.
Sarxush bo'lib qolgan Jungkook stol ustiga tashlab qoyilgan Yosuning qo'llarini mahkam changalladi. Hali kayfi o'zida bo'lgan Yosu qo'rqib ketdi.
-meni 23 yildan beri qiynab kelayotgan savolga javob berarsiz?
Dovdiragancha Yosu o'g'lini ko'zlariga qaradi.
-taqdir bizni qanday birlashtirgan?
Yosu oddiygina savoldan boshini qiyshaytirib jilmaydi
-buni tarixi uzun?!
Jungkook uning kaftini mahkamroq siqimladi
-eshitaman menga uzun tarixli hikoyalar yoqadi.
Yosu ozgina o'ylanib turdida past ovoz bilan hikoyasini boshladi.
-Tahminan 9yosh edim. Yo'q aniq 9yosh edim oyim o'lib qoldi. Men uchun haqiqiy sinovlar boshlandi. Hali og'zidan ona suti ketmagan qizchani o'gay onasi ko'chaga quvadi. 1kun och nahor yupin holatda yurdim. Kech kuz edi. Yupqa kiyimim bilan ko'chaga chiqqanman. U paytlar Ulsan ancha xavfli shahar edi. Qosh qorayganda bir odam meni ortimdan taqib qilayotganini sezdim. Qochib ikki binoning o'rtasiga chiqindilar turadigan joyga kirib olganman. O'sha joyda yopiq joy bor edi. Karton qog'ozlar eski tuski kiyimlaru matolar qalashib yotar edi. Shu payt oraliqqa Yuzi to'silgan bir ayol kelib quchog'idan matoga o'ralgan kichkinagina chaqaloq chiqardi, men esa panaga berkinib olib zimdan kuzatar edim- deyapti. Jungkook esa uni zimdan eshitayapti.
-9yosh bo'lganim bilan oq-qorani farqiga boraridan darajada aqlli edim. Yugurib uni yoniga chiqdim haligi ayol qo'rqib ketdi.
-nega unaqa qilayapsiz? Odamlar bolaga zorku-dedim. U ayol bo'lsa yonimga kelib, muzdek kaftchamni siqdi keyin bo'lsa kir yuzimdan o'pdi
-bolamni senga, seni yaratganga topshirdim- deb katta ko'chadan yugurib ketdi. Ortidan ming harakat qilsam ham yeta olmaganman dedi
Keyin yangi uyimda yangi hamsoyam bilan yashay boshladim dedi uning gapi hikoyasi jadallashib ketgani sari qayg'uli tus olar edi.
Odamlarga yalinib yolvorib seni pesh qilib, 20,30 won ishlab topar edim kuni bilan. Sen chaqaloqsan. Menga o'g'irlik qilsang ham mato bilan o'zimga mahkamlab olib yuraverardim-deyapti. Uning gaplaridan esa Jungkookning ko'z oldida o'sha manzaralar namoyon bo'lar edi. Keyin sen ulg'aya boshlading. O'zimcha senga opa bo'lmoqchi edim. Taqdirni qaraki bizni eng yaqin rishta bilan bog'ladi, ona va bola. Sen meni oyi deb chaqira boshlading men 11 yoshimda haqiqiy 2yoshli bolaning onasi bo'ldim-dedi. Yosu jilmayib turibdi lekin ko'zidan durga o'xshab tomchilar tap-tap tomayapti.
Jungkook turib Yosuni mahkam quchoqladi, juda ham qattiq quchoqlayaptiki Yosu bug'ilib qolay deyapti.
-jungkook....
-jim men ayta olmagan tashakkurimni shu orqali ifodalamoqchiman.