September 30, 2025

Broken Desires >

"Ba’zan taqdir o‘ynagan eng shafqatsiz hazil – eng yaqin rishtalarni eng og‘ir sevgi bilan aralashtirishdir."

I-Bo'lim: I-qism

Nomi aytilishi bilan, hammani o'yga soladigan. Haybati va qudradi esa har qanday odamni jumbushga keltirib yuboradigan, butun boshli Respublikaga buyrug'i o'tadigan Jeonlarning kompaniuasi "Temir Atirgul" Holdings.

27 qavatli ko'rkam bu binoning ichida nimalar yashirin elanligini hech kim bilmaydi,
Eshik yoniga qora BMW rusumidagi mashina kelib to'xtadi, bu uzoq kutilgan uchrashuv bo'lganligi sabab ichkaridan bir nechta yosh qizlar yugurib chiqdi,

-yosh xo'jayin...
-yosh xo'jayin ruxsatingiz bilan kostyumingizni olsam.
-janob, kelganingizni oyingizga xabar beraylikmi?...

Shu kabi ta'qiblardan charchagan Jungkook tezda 1qavatning keng zaliga kirib, lift qidira boshladi,

AUTHOR/POV
•Jeon Jungkook 23 yosh, "Temir Atirgul" holdings vorisi, Prezident Jeon xonimning yakka o'g'li. Hozirda ommadan, onasidan yashirib qora dori olib sotadi va odamlarni qo'rqitib, foizi bilan pul undiradi. Asosiy Hobbiysi Qizlar bilan kayf safo qilib yurish. Tasodifiy aloqaga - beetibor. Sevgan qizi yo'q lekin onasi u uchun eng ideal qiz va ayol.

20-qavatga betoqatlarcha chiqib olgan Jungkook oyisining eshigini sekin taqillatdi,
Eshikni qiya ochib, -prezident xonim mumkinmi?- dedi jilmaygancha. Kuni bilan ish stolidan turmay ishlagan Jeon xonim Jungkookni kelganini ko'rib yengil tortdi.

-seni ko'radigan kun ham bor ekanku! Mundoq "motherim" charchadi butun boshli Jeonlar imperiyasiga boshchilik qilish bir oziga qiyinlik qilmayaptimikin denaysanmi?- deb chaqib oldi, o'g'lini bag'riga bosar ekan.

-mana keldimda motherim- u oyisining yanog'idan o'pib qo'ydi va o'zini prezident kursisiga tashladi. Jeon Yosu Stol ustiga o'tirib o'g'lini zimdan kuzatdi.

-bugun boshqachasan?

Jungkook ko'zini ,qisib Yosuning ko'zlariga qaradi - o'zingiz nima deb o'ylaysiz?

AUTHOR/POV
Jeon Yosu 31 yosh. "Temir Atirgul" korparatsiyasi va Janubiy Koreadagi Jeonlar imperiasining hukmdori. O'g'li Jungkook bilan orasidagi farq atigi 8yosh. (Bu haqda keyingi qismlarda bilib olasiz) Hozirda "Temir Atirgul" holdings katta katta kimoshdi savdolarida yirik yirik yerlarni sotib olib, uylar qurish va ayollar kosmetikasi bilan shug'ullanadi. Bundan tashqari yana mayda-mayda sohalar bo'yicha ham ishlaydi jumladan:• oziq-ovqat -har bir koreys sevib tanavvul qiladigan <<SiSee>> Kimchilari Jeonlarga tegishli.• dori va farmasevtika-asosan bu sohaga Jungkook qaraydi. Boshqa dorilar bilan Qora dorilarni ham chet eldan eksport qilib, Korea hududiga olib kiradi.• ta'lim sohasi.Yosu xonimga qarashli <<White Lotus>> Universtiteti va o'sha universtitet qoshidagi akademiyada o'qish har bir koreys o'smiri uchun orzu. Bundan tashqari bir nechta xususiy maktablari ham bor. Koreaning katta lavozimdagi odamlari bolalarini Jeonlarning maktabiga beradi.