VENGEFUL FLOWER
-Ezib yakson qilingan gulning ildizlari qasos uchun unib chiqadi!
1- BO'LIM | qayerdan kelgani no'malum taqdir!
Seulning qorong'u ko'chalarida sharros yomg'ir yog'ar, jonini qadrlagan hech kim bunday ob havoda tashqariga chiqmas edi. O'rta dahaning tor ko'chalaridan biriga kattagina yuk mashinasi kelib to'xtadi. Chekadan nazar tashlagan odam bu yuk mashinasini qandaydir yuk olib kelgan deb o'ylaydi, yuk mashinasi ichkarisida Yaponiyadan o'g'irlab kelingan qizlar borligini bilishmas edi. Yomg'ir tomchilari bu qora yuk mashinasi farasida titrardi. Haydovchi yonida o'tirgan yuzi qorong'ulikdan ko'rinmayotgan bir uzun bo'yli qora plash kiygan yigit tushdi. Bu- Daniel. Seulda dong'i ketgan xavfli mafia boshlig'ining eng ishongan odami. Unig ko'zlari sovuq va nigohi har doim sezgir edi. Yillar hisobi uni bunchalik sergak qilib qo'ygan edi hamma uni o'sha xavfli Mafianing "soyasi" sifatida ko'radi. Daniel yomg'ir ostida sekinlik bilan yukxonaning eshigi yoniga bordi. Sharros yomg'ir ovozidan qadam tovushi bosilib ketgan bo'lsa ham unig ehtiyotkorligi sezilib turar edi. U ko'chani sinchklab kuzatdi. Barcha pardalar tutilgan. Ko'chada hech zog' yo'q hattoki it-mushuklar ham o'zini panaga olgan edi. U qora qo'lqoplari bioan yukxona qulfi ustida biroz ushlanib, ko'zini bir zum tindirib oldida atrofda hech kim yo'qligiga yana bir bor ishonch hosil qilib, bu og'ir eshikni bir torishda ochdi.
Orqa eshik ochilganidan so'ng yomg'ir tomchilari ichkariga ham kira boshladi. Atrof zulmat kabi bo'lsa ham ichkaridan chiqsyotgan iliq nafas oqimi va tovushlari barchasini sotib qo'yar edi.
Qizlarning yig'i tovushlari- Daniel qo'lidagi chiroqni ichkariga tutdi. Ichkaridagi qizlar- qo'llari bog'langan ko'zlariga matoli tasma tutilgan. Kiyimlari namlangan holda o'tirar edi. Ularning ba'zilari yig'idan charchab uxlab qolgan, ba'zilari esa yig'idan jim bo'lib taqdiriga tan berib o'tirar edi. 8tacha qiz ammo bu yo'l ular uchun ixtiyoriy tanlov emas edi. Bu qizlarning orasida bittasi boshqacha edi. U qorongu bo'lsa ham yuzidagi nuri so'nmagan, qop-qora sochi yomg'ir taftini o'ziga singdirib olib yanoqlariga yopishib qolgan edi. U boshqa qizlarga nisbatan ancha sokin va jim edi.
Nahi- Yaponiyadagi oddiy Matsumoto shaharchasida yashovchi novvoyning qizi.
Daniel har bir qizning yuziga fonarini tutib chiqdi. Navbat Nahiga kelganida to'xtab qoldi. Uning yuzida qanaqadir tanishlik bor edi . Bu nigoh bu yuz... huddi shahar hokimining (nomiga hokim aslida Koreadagi eng katta narkodiller. Park Janhoo) ning yakka qizi "merosxo'ri" Yudaniki edi...
Daniel buni sezib pastki labini tishladi. Ammo o'sha DONning aytgani aytgan edi.
-Hamma joy toza!- dedi u yonidagi qoriqchilariga imo qilib, -qizlarni olib kiring!-dedi. Danielniki kabi qora plash kiygan bir nechta kishi darhol ishga kirishdi.
Qo'riqchilar qo'pollik bilan qizlarni birinma ketin mashinadan sudrab tushishardi. Bir qiz astoydil qarshilik qilishga urindi
-qo'yib yuboring!- u ko'zidagi bog'ichini yechishga urindi ammo yonidagi odam chaqqonlik qilib uni qo'lini qayirdi. U qizning ayanchli ovozini eshitib boshqa qizlar jim bo'lishdi. Qizlarning kiyimlari allaqachon ho'l bo'lib tanalariga jiqqa yopishgan edi. Ayrimlari qo'pollikdan holdan toyib oyoqlari o'ziga bo'ysun,ayotgan edi. Ammo soqchilar ularni yengil yuk kabi ichlariga uloqtirishar edi. Ichkariga sudrab kirilgan qizlarni boshqacha manzara kutib turar edi. Alvon gilamlar qorong'u yo'lak. Oltin rangdagi devoriy naqshlar. Havoda yengil atir va tamakining qorishmasi. Gilamga uloqtirilgan qizlarning aksari bir birining pinjiga kirib olishdi. Bitta qiz qornini changallab boshqasi esa burchakda boshini changallab dodlashar edi.
Nahining nafasi qisilayotgan bo'lsa ham o'zini tik tutishga harakat qildi. Unig nigohi Danielniki bilan to'qnash keldi. Nahi uchun mutlaqo yot bu nigohlar unga allaqachon taqdirini yozib qoygan singari boqar edi
Daniel asablarini joyiga qoyib chuqur nafas oldida yon cho'ntagidan telefonini oldi. Ho'l barmoqlari bilan raqam terdi.
Go'shakning narigi tomonida avval jimjitlik keyin esa past va keskin buyruq ohangida ovoz eshitildi:
-GAPIR!
Daniel iloji boricha qo'rquvini yashirib gapirishga harakat qildi, negaki uning xo'jayini men bilan gaplashayotganingda titrayotganigni sezib qolsam, peshonagdan daricha ochaman boshqa titrolmay qolasan degan,
-DON qizlar shu yerda, endi nima qilaylik?!
Go'shakning narigi tomonida har qanday odamning etini junjiktirib yuboradigan darajada muzday va baland qahqaha eshitildi.
-Danieel, ah Danieel bilar edim bu ishni uddalashingni! Lily bilan Ryunaga qizlarni topshirib yonimga kel!- dedi va qizilni bosib qo'ydi. Tugallangan qo'ngiroqga qarab,
-janob bilmaysizda rafiqangizni qiyofadoshini topib olganimni. Yaqin o'rtada nimalar bo'lishini hech kim bilmaydi...-deb yo'lakning boshida kelayotgan uzun bo'yli ochiq sochiq kiyigan ikki qizni kutib olish uchun 2.3qadam tashladi...
Qarshisidagi qizlarga iltifot ko'rsatishni boshladi, qo'lini uzatgan Lilyni qo'lini siqish o'rniga o'pib qo'ydi. Ryuna bilan esa odatdagidek betigan o'pib ko'rishdi.
-Qizlar ish bor dedi, Daniel olib kelingan qizlardan ko'zini uzmay. Gap nimada ekanligini tushinib, Ryuna,
-buyog'ini bizga qo'yib beravering Daniel o'zimiz eplaymiz, DON qachon keladi? - deb so'radi.
Daniel ochig'ini bilmagani uchun rostini aytaqoldi.
Lily Ryunaga xavotirli qarab qo'ydi. Labini tishlagancha Ryuna ham o'ylanib qoldi. So'ng sekin
-Iloji boricha bularni 3kunda odam qilishga harakat qilamiz dedi
Daniel uyni tark etdi. Lily ichkari xonadan bitta remen bilan 3bog arqon olib chiqdi.
Ryuna qizlarni yoniga borib, yaponchada
-Sizni bu yerga o'g'irlab olib kelishdi. Endi bu yerdagi har bir qiz xo'jayinimz DON ga tegishli- dedi... qarshilar bormi?
Kopchilik qarshilik qila boshladi, Ryuna Lilyga bosh irgagan edi, u qolidagi remeni bilan qizlarga yaqinlasha boshladi