May 12, 2025

Punishment season 2

Punishment season 2 — Arranged marriage. Chapter —2

••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••••

Telefonimni qoʻlimga olarkanman birdan koʻzim anavi yigitning shimiga qistirilgam toʻpponchaga tushdi... Qotib qoldim... Endi tushundim nega tez yordamni istamaganini u... Jinoyatchimi ?! Endi nima qilaman ?!

Ha hayolimga Ashleydan boshqasi kelmadi. Unga xabar yozdim ...

*Xabarda*:

— Ashley menda muammo bor, bir amallab yotoqxona tashqarisiga chiq iltimos.

— Tinchlikmi Sofii ?! Men 5 daqiqada eplab tashqariga chiqaman.

Bugun yotoqxonada birinchi kunim edi ammo qoidalarni bilardim, soat kechki 21 dan soʻng yotoqxonaga kirib chiqish taqiqlangan .... Va hozir soat 21:15 edi... Mashina yotoqxona binosidan sal nariroqda toʻxtadi. Ashleyga yana xabar yozdim, u ham bir amallab tashqariga chiqdi... Mashina yoniga yetib kelgach men tez mashinadan tushdim.

— Ashley... Qara mana bu odamni nima qilay endi ?

Men unga boʻlgan voqealarni aytib mashinadagi hushsiz yigitni koʻrsatdim... Bizda koʻp vaqt yoʻq edi...

— B-bu odam ?! Sen kimni olib kelganingni bilasanmi ?! BU TOMAS VOLKOV! Bu yigitning ikkinchi ismi gʻurbat desak ham boʻladi, muammodan boshqa hech narsa emas. Unga yaqinlashdingmi tamom... Hayoting jahannamga aylanib ketadi... Sophia...

U menga havotir bilan ikki yelkamdan ushlagancha gapirarkan men bu odam qanchalik havfli boʻlishi mumkinligi haqida oʻylardim...

— Uni nima boʻlsa ham kasalxonaga olib borish kerak... Keyingi muammolarni oʻzi hal qiladi.

Ashley taxis amaki bilan gaplashib uni kasalxonaga olib borishini va yoʻlidan hushsiz holatda chiqib qolganini aytishni soʻrab unga pul berdi... Men tez mashina ichidan sumkamni va undagi toʻpponchani olib sumkamga yashirdim... Ammo nega bunday qildim bilmayman...


Yotoqxona tomon ketarkanmiz Ashley negadir oʻychan edi... U hech narsa demasdi, meni hayollarim esa sumkamdagi toʻpponchada...

— Ashley sen oʻsha Tomasni yaxshi taniysanmi ?

Men ehtiyotkorlik bilan soʻrarkanman Ashley menga biroz asabiy yuz ifodasi bilan qaradi...

— U haqida keyinroq gaplashamiz maylimi? Hozir ichkariga kirishni oʻylab olaylik.

Men bosh irgʻab qoʻydim... Chunki Ashleyni ortiqcha squvga olish toʻgʻri emas menimcha... Sumkamdan telefonimni chiqardim...

*Xabarda*

— Salom sevgilim Amerikaga yaxshi yetib oldingmi ?

Men Amerikaga kelishimdan bir necha kun oldin ancha yillardan beri yuragimni oʻziniki qilgan inson bilan uchrasha boshlagandim... U otamni yoniga koʻp kelardi... Uni sevib qolgandim... Hatto oddiy bir "sevgilim" degan soʻzini oʻzi meni oʻzgacha hayajonga solardi...

Flashback

Otam oʻz ishi, biznesi haqida koʻp gapirmasdi. Onam va meni oʻz shaxsiy chegarasidan ancha uzoqda tutardi... Uyimizda qoʻriqchilar juda koʻp men doim buni otam katta biznesmen boʻlgani uchun deb oʻylab kelganman... Erta tongda bogʻga chiqib gullarni tomosha qilarkanman bir odam sharpasi koʻzimga koʻrindi... Oʻsha tarafga bordim... Bir yosh yigit orqa hovlida yolgʻiz mashq qilardi, hali quyosh chiqib ulgurmagandi... Men oʻsha payt 12 yoshda edim... Oʻsha yigit meni sezgan boʻlsada ahamiyat bermay ishida davom etdi, men ortga qaytdim... Uni koʻp koʻradigan boʻldim... Otam bilan yurar, uyimizga koʻp kelardi... Uni zimdan sevib qolgandim... Ammo buni sir tutdim. Chunki yoshligimda onam bir gap aytgandilar...

— Sevib qolish juda qoʻrqinchli narsa... Bu sen bilan sodir boʻlmasligiga ishonch hosil qil qizalogʻim... Kun kelib taqdiringga allaqachon yozilgan kimsa seni bu uydan olib ketadi...

Bu gaplarni eslab hislarimni yuragimga tambaladim.... Ammo 15 ga toʻlgan kunim, tugʻilgan kunimda oʻsha yigit "Sebastian" derazamni taqillatdi... Yarim tun edi...

— Uygʻotib yubordimmi...?

Uni yoʻgʻon ovozi quloqlarimga yoqimli musiqadek eshitildi...

— Tinchlikmi... Bu yerda nima ishingiz bor.?

Past ovozda soʻradim.

— Sizga buni berish uchun kelgandim...

U menga kichik duxoba qutichani uzatdi... U ochishimga ishora qildi, qutini ocharkanman ichida taqinchoqni koʻrdim... Yuragim koʻkrak qafasimni teshib chiqib ketadigandek zarb bilan urardi... Qimmatbaho va bejirim bilak uzukda ikkita "S" harfi yonma yon oʻyib yozilgandi... Qayta derazaga qararkanman u allaqachon u yerda emasdi... Qutidagi bir parcha qogʻozni oldim...

Xatda:

— Azizam Sophia... Bilaman meni yaxshi tanimaysan... Ammo men seni bilaman, eng avvalo tugʻilgan kuning bilan tabriklayman, kichik sovgʻam senga yoqdi degan umiddaman, bu meni senga boʻlgan hislarimdan bir nishona deb bil... Agar senga boʻlgan hislarimni qabul qila olsang iltimos buni doim taqib yur...

Sebastian


Men judayam baxtiyor edim... U haqida biladigan yagona narsam uni ismi va menga boʻlgan chin hislari edi, oʻsha tundan bir necha kun oʻtib otam birdan meni Amerikaga joʻnatib yubordilar, biz u bilan faqat raqam almasha oldik holos... Shunda ham koʻp gaplasha olmasdik...

Comeback

Xabar

— Salom Sebastian... Men yaxshiman. Oʻzingizni ahvolingiz yaxshimi ?

U mendan katta boʻlgani uchunmi u bilan qanday gaplashishni bilmasdim...

— Men yaxshiman... Seni sogʻindim... Aytgancha senga bir gap aytmoqchi edim...

Uni xabarini oʻqib ikki yanog'im qizararkan buyoqda Ashley kirish uchun yoʻl qidirardi... Va birdan qorovul chiroq yoqqancha biz tomon keldi ...

— Xonimlar! Tez mudir xonasiga ! Telefonlaringizni topshiring!

U qoʻlimdan telefonimni olib qoʻyarkan Sebastiandan xabar kelgandi ammo men uni oʻqishga ulgurmadim...!

P.s Xabarda

— Akademiyada meni akam oʻqiydi... Unga sen haqingda aytaman, senga begona yurtda yordam berib turadi har holda... Uni ismi Tomas Volkov

Balki oʻsha xabarni oʻqishga ulgurganimdami hayotim bu qadar rasvo boʻlib ketmasdi...!
****
Yotoqxona mudirasi bizni jazoladi... Jazo sifatida endi hatto yotoqxonada telefondan foydalanish taqiqlanarkan... Shundoq ham Akademiyaga telefon olib kirish taqiqlangandi...

Time skip tong

— Sophia uygʻon...!

Ashley dugonasini turtgancha uygʻotardi...

— Formangni olib kelishdi tezroq kiyin kechki qolamiz...

Ha... Akademiya xususiy boʻlsa ham oʻquvchilar uchun muayyan qatʼiy forma joriy qilingan boʻlib bir nechta qoidalar ham mavjud edi... Har bir buzilgan qoida sizni akademiyadan haydalishga yetaklar va agar haydalgan taqdiringizda boshqa nufuzli akademiyalarga qabul qilinish imkoningiz ham olib qoʻyilardi...


Darslar bir maromida oʻtib borarkan Ashleyni hecham kayfiyati koʻtarilmasdi...

Tushlik vaqti

Biz Cafeteriada yana tushlik qilgancha oʻtirardik... Men gap boshladim:

— meni oy yuzli dugonam nega bunchalik homush ?

Oʻynoqi ovozda dedim uni kayfiyatini koʻtarishga urinib...

— Hoy~

U ohangimga kulib qoʻydi...

Biz biroz suhbatlashishni boshlarkanmiz Kechagi ikki olifta bizning stolimizga kelib oʻtirdi...

— Bugun oilaviy tushlik bor eshitgandirsan ? Kechgi 20 da seni yotoqxonadan olib ketaman.

Oʻsha yigitlardan biri Ashleyga birdan sovuq ohangda gapirdi... Ashleyni javobini kutmay turib ketarkan Ashley lablarini qattiq tishlagancha jim qoldi...

— Yaxshiroq nimadir kiy va agar kerak boʻlsa darsdan keyin doʻkon aylan.

Ikkinchi yigit ham Ashleyga gapirgach menga biroz tikilib turdida turib ketdi...

— Ashley ular...

Gapimni tugatmasimdan Ashley javob berdi.

— Birinchisi Derrick Henry... U bilan meni bolaligimizda unashtirishgan... Ikkinchisi esa meni oʻgay akam... David Carter.

Men judayam hayron boʻlib qolgandim... Ashley unashtirilgan oʻsha yigit judayam sovuq edi ... Unda Ashleyga nisbatan umuman iliq hislar yoʻqligi aniq... Men beixtiyor dugonamga achindim... Hatto akasi unga yaxshi muomalada boʻlmagandi...

— Tomas haqida soʻraganding...

Ashley koʻzini kosadan uzmay gap boshladi...

— u 18 yosh, huddi akam va Derrick kabi... Har oy maktabdan tashqarida moto oʻtkazildi... Tomas va Derrick ashaddiy raqiblar edilar...

Flashback

— Bu yerga kelma degandim Ashley!

Derrick asabiy mashinada kutish oʻrniga ortidan kelgan Ashleyga gapirardi ...

— Haydovchi qayergadir ketdi yolgʻiz mashinada qoʻrqdim...

Ashley asta tushuntirarkan bu shovqinli va qorongʻi joy u uchun rostan ham qoʻrqinchli edi ...

— Ugh ! Seni uyinga olib borib qoʻyish ahmoqona ish edi oʻzi..!

Otasining qistovi bilan Ashleyni akademiyadan uyga majburan kuzatib qoʻyayotgan yigitni birdan doʻstlari poygaga chaqirib qolishgandi...

— Yaxshi... Ammo yonimdan uzoqlasha koʻrma!

Biroz kaltaroq boʻlgan yubkaga koʻzi tushgan yigit birdan jacketini yechib qizni beliga oʻradi...

Time skip

Poyga qizgʻin oʻtgan holda bir inson uchun gʻalaba bilan tugadi... Tomas Volkov gʻalaba qozondi...!

— Hoʻsh Derrick... Endi istagan narsamni berishga majbursan shundaymi ?

Lab chetida kulgancha Derrickga yuzlangan Tomas uni gʻazabdan qizargan yuzini koʻrib yanada gʻolibona tabassum qildi... Bu unutilmas onlarni yanada adrenalin bilan boyitishni istagan Tomasni koʻzi Derrickni ortida turgan kichik jussaga tushdi ...

— Menimcha nima soʻrashimni topdim...

Uzun va baquvvat qoʻllar Ashleyni oʻziga tortarkan soniyalar oʻtmasdan Tomasning lablari Ashleyniki bilan birlashdi ...

Derrick gʻazabdan qutirarkan Tomasni Ashleydan uzoqlashtirib ulgurmay unga musht tushirdi....

Comeback

— Hullas oʻsha tundan soʻng men Tomas Volkov degan kimsani tanidim... Derrick va Tomas haqiqiy dushmanga aylanishdi... Oʻsha tunda ularni arang ajratib olishdi...

Men Ashleyni tinglarkanman uni koʻzlaridan marjon koʻzyoshlari oqardi... Tomas ismli bu yigit shunchalik yuzsiz kimsa ekanini bilib oʻsha kuni uni qutqarganim uchun oʻzimga lanat aytdim....

Ashleyni qucharkanman koʻzim bizni kuzatib turgan baland boʻyli yigitga tushdi...

— Yoqimli onlarni buzganim uchun uzur~

U soxta aybdorlik yuzi bilan biz tomon keldi...

— Senda meni judayam muhim bir narsam bor qizaloq uni qaytarib olmoqchiman ...

Men bu ovozni tanigandim... Ashley ham albatta uni koʻzlari katta katta ochilgancha unga qarardi...

Tomas Volkov... Akademiya formasida huddi kecha jarohatlanmagandek qarshimda soppa sogʻ turardi... Va men allaqachon u soʻrayotgan narsani hojatxonaga tashlab yuborgandim...!

— Hoʻsh uni qachon qaytarmoqchisan?

Yuzini men tomonga yaqin olib kelgancha yana savol berarkan aqlim ishdan toʻxtadi ... Unga allaqachon quvurlardan joy olgan narsani qanday qaytaraman?!

**

2 - qism tamom~

Sizdan #novel haqida uzunn fikrlar va koppala reaksiyala kutib qolaman ~