May 8, 2025

Punishment season 2

Arranged marriage

Episode — 1

Genre: Enemies to lovers, Adult, Mafia, school life.

(Hullas janr kasha :))

~

— Inés Sevgilim boʻyin boʻgʻimni boylashga yordam berib yubor...

Alex ayolini chaqirarkan Inés tez yotoqxonaga kirdi.

— Albatta mana hozirda ~

Mayin tabassum bilan oyoq uchida turgancha Alexga yordamlasharkan butun diqqatini boʻyi bogʻni nuqsonsiz boylashga qaratgandi.

— Meni xotinimdan koʻra goʻzalroq ayol bormi bu dunyoda a ?~

Ayolini beliga qoʻllarini oʻragan Alexander qizni erkalay boshladi.

— Hoy suyulmasangizchi boʻlmasa kechki qolamiz.

Ishini tugatgach erkakdan uzoqlashgan Inés oynada soʻngi bor sochlarini toʻgʻrilab xonani tark etdi.

— Agar toʻy Marisniki boʻlmasa edi... — Inés ketgan yoʻlga qaragancha — Seni hozirni oʻzida bazmga olib borishni oʻrniga butun kun yotoqda olib qolardim котёнок ~

Oʻziga oʻzi shivirlagan Alex lab chetida kulgancha kostyumini toʻgʻirlagach u ham xonani tark etdi.

*

— Ota siz huddi kuyovdek koʻrinyapsiz ~

Inésni bagʻridagi 3 yoshli Eliza otasiga shiringina hushomat qildi.

Qizini yanoqlaridan chimchilagan Alex faxr bilan tabassum qilgancha qizini bagʻriga oldi.

— Agar yana qaytadan uylanmoqchi boʻlsam ham kelin yana onang boʻlishi aniq kichkina malikam.

Eliza qiqirlab kulgancha Inésga koʻz qisdi.

— Onam kelinlarining eng goʻzali boʻlishi aniq ~

Tomas va Sebastian zinalardan tushib kelisharkan Tomas dedi.

— Hoy yetarli hushomatgoylikni qoʻying marosim bizni kutib turmaydi.

Inés yanoqlari nim qizargan holda dedida eshik tomon ketdi.

Butun oila bir boʻlib toʻy marosimi tomon yoʻl olishdi.

Toʻy marosimi

— Janob Volkov sizni koʻrganimdan xursandman ~ oilangiz bilan tashrif buyurib bizni xursand qildingiz...

Maris yanada koʻrkamroq koʻrinar, kostyum shimi oʻziga judayam yarashgan edi, ajoyib, hushbichim kuyov.

Inés kelin bilan salomlashib, uni Eliza bilan tabriklarkan Alex ular tomonga bir qarab qoʻyib Marisga shivirladi.

— Hoy yaramas bu nima ahvol ? Toʻydan oldin ishni pishitibsanku.

Maris maʼnoli tabassum qildi.

— Shunday boʻlib qoldi ~ boʻlmasa sizga tegmayman deb turib olgandi u.

Qorni kelin koʻylak ostidan ham birozgina bilinib qolgan qizga qarab dedi.

— Melisa judayam goʻzal kelin boʻlibsan...

P.s) Melisa hamshira boʻlib ishlardi, Maris Inésni tolgoq tutganda kasalxonaga olib borgan vaqti Melisani bir koʻrishdayoq sevib qolgan ammo Melisa mafialarni yoqtirmagani uchun va bir necha sabablarga koʻra Marisni rad etadi. Taslim boʻlmagan Maris esa baribir istaganiga erishdi ...

Time skip

— Tabriklayman Melisa... Janob Maris

Inés yangi tugʻilgan shiringina qizaloqni qoʻliga olgancha baxtiyor yosh juftlikni tabrikladi.

— Katta raxmat Inés...

Melisa mayin tabassum bilan javob qaytardi.

— Jajji malikamni ismini Sophia qoʻyamiz.

Maris dedi.

Eshikdan kirib kelgan Alex oʻynoqi tabassum bilan Marisga dedi:

— Bir kuni doʻstligimizni qarindoshlik bilan mustahkamlaymiz Maris nima deysan?

Ayollar bir biriga qarab kularkan Maris ayyorona tabassum bilan Alexga dedi:

— Janob Volkov qizimni qalin puli katta boʻladi aytib qoʻyay ~

Hamma bir varakayiga kulib yuborarkan onasini qoʻlidagi jajji chaqaloqqa burushgan yuzi bilan qarab turgan Tomas oʻzicha oʻyladi:

— Hecham yoqimtoy emasku...

Yosh bolalarcha bu fikr Tomasni yoshiga hos edi...

Time skip, 15 yildan soʻng

AQSh, — New - Gempshir shtati, Phillips Exeter Academy

Sophia.pov)

Chuqur nafas ol tinchlan Sofii... Bu shunchaki eng nufuzli olifta boyvachchalarga toʻla akademiya holos....

Ha ! Dadam meni mana shu turqi sovuqlar orasida oʻqishga majburlaydi... Ughh uyimdan uzoqda 15 yoshimda bir toʻda maqtanchoqlar bilan oʻqishga majburman endi...

Maktabga kirib borarkanman hali dars boshlanmagan edi... Maktab kirish joyida hujjatlarimni koʻrsatdim, har holda AQSH ning eng nufuzli xususiy akademiyasi karvon saroy emaski meni shunday kiritishsa...otam allaqachon akademiya maʼmuriyati bilan hammasini hal qilgan ekan...

Maktab hovlisini oʻziyoq juda katta, ikki tarafda sport stadionlari, bogʻ, va qoʻshimcha binolar bor edi...


Asosiy binoga kirib borarkanman bir gala tannoz qizlar yonimdan oʻtib ketishdi... Ha bu akademiyada oʻqish hammagayam nasib qilavermasdi, bu yerda oʻqish uchun yo judayam boy, yo judayam aqlli boʻlishing kerak edi... Maris Bennet yani otam boy inson edi... Hatto judayam boy ammo bizning nasl nasabimiz asl zodalardan emas... Va bu meni qisman ushbu tannoz qizlarning orasida boʻla olmasligimni anglatardi...


Mudira meni sinfimga olib kirarkan hayajonlana boshladim...

— Bolalar tanishing yangi sinfdoshingiz Sophia Bennett.

Ustoz meni hushmiomalik bilan tanishtirarkan butun sinfni koʻzi menda edi...

— hammaga salom, tanishganimdan xursandman.

Dedim bosiqlik bilan...


Soʻngi partalardan biriga oʻtirarkanman yonimdagi qiz menga tabassum qildi. Har holda kimdir sovuq iceberg emas ekan...

Tushlik vaqti

— Sophia ~ sen judayam aʼlochi ekansan...

Tanishganimizga endigina bir necha soat boʻlgan boʻlsa ham Ashley Carter allaqachon bir necha yillik dugonamdek gapira boshlagandi, u samimiy yaxshi qizga oʻxshaydi, u bilan kelishib ketdik...

— Unchalik emas ...

Cafeteria

Ashley bilan obdon tanishgancha ovqatlanib oʻtirarkanmiz birdan butun cafeteria boʻylab qizlarni qiy chuv qilishi eʼtiborimni tortdi, Ashley esa shunchaki ensa qotirdi demak bu yangilik emas...

Cafeteriaga 2 ta kelishgan yigitlar kirib kelarkan qizlar ularni yoʻlida huddi suvdek oqib erishardi... Ammo bu ikki olifta hech kimga ahamiyat bermaydiyov...

— Ular yuqori sinf oʻquvchilari... Devis, Frederik... Ularning oilalari ushbu akademiyaning bosh taʼminotchilar, mashhur boʻlajak milliarder CEO lar ular....

Ashley menga ularni tanishtirarkan nega bu ikki oliftaga qizlar suyilishini biroz anglagandek boʻldim... Menga bunday kimsalar yoqmasdi ... Ularni huddi kibr oʻrab olgandek koʻrinardi...

Buyuk Britaniya.

— Tomas bilan gaplashdingmi ?

Alex Inésga savol berarkan Inés havotir bilan javob qaytardi.

— Yoʻq unga bogʻlana olmadim... Oʻgʻlimni bekor Amerikaga yuborgansiz oʻzi, oilasidan uzoqda koʻz quloq boʻladigan odamsiz qay ahvolda ekan a...

Alex yengil kulgancha Inésni quchdi.

— Oʻzimni qirolicham~... U yosh bola emas... Meni davomchim u ota onasini quchogʻida katta boʻlgan bola oʻz fikriga ega boʻlmaydi tushun... Shu sabab u oʻzi erkin hayotning past balandini koʻrib katta boʻlishi shart...

— Baribir uni naqd 9 yoshidan chet elga yuborgansiz, onaman axir bolamni sogʻindim...

— Mayli mayli... Uni bu semestr tugashi bilan uyga chaqiramiz...

AQSh

Akademiya yotoqxonasiga borishdan avval doʻkonga bordim, shokolad va olma yemasdan uxlay olmaydigan odatim bor edi...

Yotoqxonaga qaytarkanman biroz nariroqdagi tor koʻchada qorongʻulik ichida gʻalati tovushlarni eshitdim...

Kimdir ogʻriqdan ingrardi...

Eʼtibor bermay ket Sophia... Ahamiyat berma bu Shunchaki tovush dedimku ammo miyyam boshqacha soʻzlasa tanam boshqa ishni qilardi... Telefonimni chirogʻini yoqqancha tovush kelgan joyga asta yaqinlashdim...

Yerda parchalangan shisha siniqlar, qon bilan belangan dubinka... Va devorga suyangancha koʻzi yumiq holda oʻtirgan yigitni koʻrdim...

— bilaman kelishganman... Ammo hozir dastxat beradigan ahvolda emasman yosh xonim...

Oʻzi arang nafas olsa ham kesatiq ohangida gapirgan bu yigit meni qoʻrqitib yubordi...

— Y-yaxshimisiz...?

Chiroqni u tarafga tutarkanman qorin qismi qon bilan belanganini koʻrib kapalagim uchib ketdi...

— Menimcha yoʻq....

Dedi u yana xirillagan ohangda...

— H-hozir... Tez yordam chaqiraman...

Uni yoniga choʻkkalab telefonimda tez yordam raqamini terarkanman katta qoʻllar bilagimdan tutib meni toʻxtatdi...

— Kerak emas... Shunchaki menga taxi chaqirib ber... Oʻzim bir amallayman...

Nima bu odam aqldan ozganmi ? Joni shunchalik arzimasmi a ? Uni qoʻlimdan tutishi qattiqlasharkan yarasi qattiq ogʻriyotganini sezdim ammo u shunchalik ustalik bilan oʻzini turardiki huddi bu holatlar unda yangilik emasdek...

— Yaxshi... Ammo agar oʻlib qolsangiz mendan oʻplamang !

Taxi chaqirdim... Taxi keldi ammo bir savol uni oʻzi uyiga yetib bora oladimi ?!

Sophia shu yerdayam tinch yashay olmaysan a...

— Janob... Tura olasizmi ?

Uni qoʻlini yelkamdan oʻtkazib turishiga qaralasharkanman mendan bir necha barobar katta bu inson qanday shu jussasi bilan yaralanib oʻtiribdi deb oʻylab qoldim... Birdan u butun ogʻirligini tashladi...

— Hoy... Bu nima qilga—

U hushini yoʻqotgandi...

Taxis amaki uni mashinaga joylashga qarashdi... Karaxt ahvolda hatto hozir qayerga borishni ham bilmay turarkanman, Ashleydan kelgan xabar sabab fikrim boʻlindi....

Telefonimni qoʻlimga olarkanman birdan koʻzim anavi yigitning shimiga qistirilgam toʻpponchaga tushdi... Qotib qoldim... Endi tushundim nega tez yordamni istamaganini u... Jinoyatchimi ?! Endi nima qilaman ?!

*

keyingi qismda :

— Sen kimni olib kelganingni anglayapsanmi Sophia! Bu odamdan uzoq yurishing kerak ! Unga yaqinlashsang tamom hayotingni jahannamga aylantiradi!


*Sms* Sevgilim Amerikada qiynalmayapsanmi ? Seni juda sogindim ~

Ha meni sevganim bor edi... Uni xabarini oʻqishni oʻzi meni oʻzgacha hayajonga solardi... Sebastian meni sevgilim... Undan uzoqda ekanim meni ezib borardi...


Tomas Volkov bir qizni sevib qolibdi deb eshitdim~ Oʻrta bosqichdagi yangi oʻquvchi... Ismi Sophia edi adashmasam... Menimcha keyingi oʻlja aynan oʻsha bechora~

*

Qizla sizlarni fikrlaringizga qarab asar davom etadi...

Ushbu 2 fasl birinchi fasl bilan unchalik ham bogʻliq va oʻxshash emas bilaman ... Ammo vada bera olamanki nasib qilsa bu haqiqiy novel boʻladi, shu sabab bir boshidan boshladim... Fikrlaringiz men uchun muhim ❤️