You're mine 🔞 ( the second wife)
Jungkook kompaniyaga kelganidan beri oʻz ishlari bilan band boʻldi, orada Mirani eslamadi demaysiz albatta esladi, ammo uni shu qaysarligi bor ediki qilaman deganini albatta qilardi, va hozir Mirani boʻysundirishni istadi demak bu ham boʻladi. Jungkook ishlaridan charchab, qilt etgan tovushni suymay turganda telefonini qayta qayta jiringlashi asab tolalarini birma bir chetdi. Oxiri asabiy telefonga javob bergan erkakni qoshlari chimirildi.
Hizmatchi: Janob Jeon....haligi .. — hizmatkor gapida chaynalib, ovozi titrarkan... Jungkook qattiq ovozda baqirdi.
Chaynalma ! Yoki tilingdan seni ozod qilamiz Vera ! — Jungkook asabiy, tahdidiy ohangda gapirdi, bundan battar rangi oʻchgan hizmatchi, gaplarida davom etdi.
Kichik janob Jeonsan... Istimalab qoldilar janob... Xonalarini eshigini ochmay qamalib oldilar. — Hizmatchi ayol bir nafasda hamma gapini aytdida chuqur nafas olgancha, Jungkookni javobini kutdi ammo oʻrniga butun xona bu toʻldirgan soʻkinish ovozlarini eshitdi.
Laʼnatilar ! Bitta bolaga eplab qaray olmadinglarmi ?! — Jungkook baqira baqira telefonni oʻchirdi. Tezlikda ish stolidan turgan erkak, katta katta qadamlar bilan chiqish tomon shoshdi... — Jk.pov) Boss endi sen bunday qilma... Bunday qilma iltimos! Hech boʻlmasa sen meni tushun. — Jungkook ham asabiy ham havotirli qadamlar bilan mashinaga yetib kelgach, tezlikda mashinani oʻt oldirib uyi tomon shoshib ketdi.
Bu vaqtda Jeonsanni xonasi atrofida girdi kapalak boʻlib har qanday gap bilan Jeonsanni avrashga urinishar, ammo Jeonsan g'ing degan tovush chiqarmasdi... Jimjitlik...
20 daqiqada uyga yetib kelgan Jungkook toʻgʻri 2- qavatga Jeonsanni xonasiga yoʻl oldi. Xonaga yetib kelgach :
Hammang tez yoʻqol! Shifokorni chaqir, enagani koʻzimdan yoʻqotlaring ! — Shivir bilan vishillagan erkak, oʻzini qahrga toʻlgan nigohi bilan hammani zir titratdi, xona atrofidan tarqalib oʻz ishlariga qaytgan hizmatchilar, boshlariga nelar tushishi mumkinligini oʻylashardi holos...
Boss... Shu yerdamisan ? — Eshikni muloyimlik bilan taqillatgan Jungkook iloji boricha bosiq soʻzlashga urinardi... — Bunday qilma endi nima boʻldi a ? — eshik tutqichini burgana erkak hamon eshik qulfligidan jahli chiqqan boʻlsada buni sezrirmay gapida davom etdi. — Boss bunaqa qulflanib olish ayollarga hos.... Sen erkaksanku oʻgʻlim...
Oʻgʻlini avrashga uringan erkak, axiyri eshik ortidan javob oldi. — Onamni sogʻindim... — yigʻi ovozida aytilgan bu gaplardan soʻng Jungkookni koʻksiga nimadir sanchilgandek boʻldi... — Faqat shumi ? — tomoq qirib gapirdi Jungkook... — eshikni och va erkakchasiga nima istashingni ayt boss... — Jungkookni bu gaplaridan soʻng eshik asta ochildi...
Ota onamga baqirdingizmi ?... Onajonim yana ketib qoldilarmi ? Meni yana yomon bola deb oʻylayaptilarmi ? Otajon iltimos... Iltimos onamni koʻrishga olib boring... — Eshikni qiya ochgan bolajon koʻzlaridagi yoshlarini artgani sayin koʻzlariga yoshlar quyilib kelarkan, piqqilab shu gaplarni otasiga aytdi.
Jungkook oʻgʻlini yigʻlashinu eshitib ezildi.... Hayotidagi yagona aziz insoni deb sanaydigani faqatgina Jeonsan... Uni vorisi, jonidan bir parchasi, bolajoni... Uni hafa qilganni dunyosiga o't qo'yishga tayyor boʻlgan Jungkook hozir farzandini bu holatda koʻrib oʻzini zaifdek his qildi, oʻgʻlini qattiq bagʻriga bosib quchib uni ovuta boshladi — Meni polvon oʻgʻlim onasini sogʻindimi ? Mmm yaxshi unda onasini koʻradi faqat... — Jeonsanni koʻz yoshlarini artib gapida davom etdi — Meni oʻgʻlim bor ediku toʻgʻrimi... Koʻz yosh toʻkib oʻtirish erkakka yarashmaydi, qani oʻgʻlim endi koʻz yoshlar yoʻq toʻgʻrimi? Agar oying seni bu holda koʻrsa nima boʻladi? U hafa boʻladi toʻgʻrimi boss? — Jungkook yuzida tabassum bilan oʻglini ovutib qoʻllarida koʻtarib oldi.
Qani unda onasini yoniga boramiz... Kettikmi ? — Jungkook Jeonsanni istimasi yoʻq ekaniga ishonch hosil qilgach uni Mirani yoniga olib ketdi..
Eshikni ochgan erkak ichkariga qadam bosarkan xona negadir judayam jim jit... Goʻyo hech kimsa yoʻqdek... Ichida havotir uchqunlagan erkak qadamlarini tezlashtirib zinalardan tushdi...
Yotoq yoniga yetib kelgach... Mirani huddi jonsizdek qilt etmay yotgan tanasini koʻrib havotiri yanada kuchaydi.
Mira ! Mira ! Uygʻon! — Qizni yengil turtgan erkak, qizni uygʻota olmagach tezlikda uni qoʻl- oyoqlarini zanjirlardan boʻshatdi. Qoʻllarida qizni koʻtargancha yuqoriga shoshib chiqarkan Mirani nafas olishini tekshirishni ham unutmasdi , puls arang sezilardi holos...
Onasini yertoʻladan huddi oʻlik holda koʻtarib chiqqan Jungkookni koʻrib qolgan Jeonsan yigʻlay boshladi... — Oyi... Oyijon... Oyiii — Turgan joyiga qotib yigʻlab yuborgan bolakayga chalgʻigan Jungkook tezda oʻgʻlini yoniga qoʻlida Mirani koʻtargancha choʻkkaladi — Oʻgʻlim... Oʻgʻlim... Onang yaxshi... U shunchaki uxlayapti... Sen 1000 gacha sana , oʻyinimiz esingdami ? Sen sanab boʻlguningcha onang seni quchib oladi, qani koʻzlaringni yum — oʻgʻlini doim u bilan oʻynaydigan oʻyini bilan avragan erkak , bolakay koʻz yoshlar bilan koʻzini yumishi bilan tez yugurib mashinaga oʻtirdi... Qizni orqa oʻrindiqqa joylab, kasalxonaga eng yuqori tezlikda ketayotgan erkak havotir va gʻazabdan qizarib ketardi... Koʻz oldida Mariyni jonsiz tanasi tasviri aylanarkan, rulni qattiqroq siqar, oynadan orqa oʻrindiqdan hushsiz yotgan qizga qarab qoʻyardi...
Ketma... — boʻgʻziga nimadir tiqilib arang shu soʻzlarni ayta olgan Jungkook gazni yanada qattiqroq bosardi...
Kasalxonaga yetib kelishlari bilan Mirani yana qoʻliga koʻtarib, ichkariga shoshdi...
Jungkookni koʻrishlari bilan shifokor va hamshiralar Mirani zambilga joylab kerakli xonaga olib kirib ketishdi.
Deyarli 1 soatdan soʻng xonadan chiqib kelgan shifokorni tezda savolga koʻmgan Jungkook ichida faqat yaxshi gap eshitishni tilardi...
Janob ayolingiz uzoq vaqt davomida stress va qoʻrquvda qolgan koʻrinadi... Fobiya huruj qilgan... Bu homilaga ham jiddiy zarar yetkazgan boʻlishi mumkin ayolingizni zudlik bilan psixolog qabuliga yozdirishingiz zarur — Koʻz oynaklarini yechish barobarida bu gaplarni aytgan shifokor Soʻngi soʻzidan soʻng Jungkookka qaradi...
Hayron va shock holatda turgan Jungkook miyyasida hozir eshitganlarini tahlil eta olmay qolgandi...
N-nima qanday fobiya... Va homila ? Siz Jeon Mira haqida gapirayotganingizga ishonchingiz komilmi ? — Jungkook oʻzini tutib, bosiqlik bilan gapirishga urinmasin, asabiy qaltirayotgan qoʻllar uni sotib qoʻyardi...
Ayolingizda Klaustrofobiya va skotofobiya bor... Bilmasmidingiz ? Odatda bu fobiyaga chalingan bemorlar tor va yopiq joylar, kuchli stessga chidamsiz boʻlishadi... Va ayolingiz 3 haftalik homilador kuchli toliqish va stress hamda fobiya huruji unga ogʻirlik qilgan... Agar ozgina kech qolsangiz bolangizdan ham ayolingizdam ham ajralib qolar edingiz janob Jeon... — Gaplarini tamomlagan shifokorga "ketaver" ishorasini qilgan Jungkook, oʻsha yaqin atrofdagi oʻrindiqlardan biriga joylashdi... Boshini ikki qoʻli bilan changallagan erkak hozir nimalarnidir oʻylar... Past ovozda soʻkinish ovozi yaqqol eshitilardi....
1978... — mindan oshib ikki mingga yaqin sanoq sanagan bolakay koʻzidagi marjon marjon yoshlari bilan yerga yiqildi....
Bu qism ham oʻz nihoyasiga yetdi asallarim💋❤️ fikrlar va reaksiyalar kutaman🙂↕️❤️