𝐐𝐨𝐧𝐥𝐢 𝐞𝐡𝐭𝐢𝐫𝐨𝐬
Hujjatlarni koʻzdan kechirgan Dylan Vanihoyat shubha va savollariga javob topdi...
Demak Zaveri qizini hatto familiyasiga olmagan... U uni qattiq himoya qilgani koʻrinib turibdi, va shubhalarimga olgan javobim shu boʻldiki u Elizabet emas... Chunki ularning yoshi va tashqi koʻrinishida bir necha farqlar buni aytib turibdi... Liz endigina 17 yosh... Elizabet hozir tirik boʻlganida 22 yosh boʻlardi...
Charchoqdan pastki qovoqlari shishib qolgan Dylan bir qoʻli va sochlarini ortga olarkan Liz Elizabet emasligini u ancha yillar oldin oʻlgan sevgilisini eslatganini oʻylab oʻtmishdagi ogʻriqlarni esga oldi...
— Janob? — Oʻyga choʻmgan Yigitni doktorning chaqiruvi chalgʻitdi... — Janob xonimning tanasida bir nechta yaralar bor ularni tozalab tursak bas unchalik qoʻrqinchli emas... Davolashni davom etaylikmi ?
Dylan shifokorni tinglarkan nigohi yana xona ichidagi qizga qaratildi... Liz yotoq chetida oʻtirgancha nimalarnidir eslashga urinarkan xotirasi huddi quyuq tuman kabi xiralashar hech narsani eslay olmasdi... Liz ham eshik tomonga qararkan unga termulib turgan Dylanni koʻrdi...
Yanoqlari nim pushti rangga kirgan Liz tezgina nigohini boshqa tomonga qaratdi...
Flashback
— Hoy nigohlaringni mendan olib qochmasliging kerak Elizabet ~ — Dylan ikki qoʻli bilan qafasga olgan qizaloqqa irjaygancha gapirarkan Elizabet unga tik boqa olmasdi...
— Q-qilolmayman ! Ketishim kerak ! — Dylanga bir soniya qarashni oʻzi bilan yanoqlari olovdek yongan Elizabet duduqlangancha Dylandan qochishga kirishdi...
Comeback
— Uni davolashni davom eting u shu yerda yashab qolishi mumkin... Ishchi sifatida.
Dylan endi xona ichiga kiray deganda hizmatchi uni toʻxtatdi...
— Janob Ethan qalligʻingiz Beatrice xonim tashrif buyurdilar.
Yuzi yanada jiddiy tortgan Dylan biroz bezovta koʻrinardi...
— Sizni... Xonangizda janob...
Hizmatchi Dylanni yaxshi bilgan xolda bu gaplarni biroz havfsirab dedi... Dylan xonasiga begonalar kirishini yoqtirmasdi shu jumladan Beatriceni ham...
Yuzi gʻazabdan qizara boshlagan Dylan xonasi tomon yoʻl oldi...
— Sevgilim~ — Eshikdan kirib kelishi bilan Dylanga yopishdi Beatrice...
Dylan tezlik bilan Qizni oʻzidan uzoqlashtirarkan dedi.
— bilib qoʻy bu soʻngi ogohlantirishim boʻladi. Hech qachon meni xonamga ruxsatimsiz kira koʻrma Beatrice!
Dylan qizni eshitib oʻtirmay xonadan olib chiqdi...
Qornini silagancha jilmayish bilan gapirarkan bu holat Dylanni battar asabiylashtirdi...
— Otam toʻyni keyingi haftaga moʻljallayaptilar xabaring bormi? Yana...—
— Beatrice! Urush endigina tugadi yana qanaqa toʻy a ? Aqlingni sal boʻlsayam ishlat ! Otang bilan bir boʻlib kallangizga kelganini qilaverasizmi ?
Dylan gʻazabdan qutirarkan qarshisidagi bosh senator hamda prezidentlikka nomzod boʻlib turgan Janob Jony Holmsning kenja qizi Beatrice bezraygancha turardi...
— Tezroq harakat qilmasak qornim chiqib hammaga homiladorligim oshkor boʻladi... Kimsan General Dylan Ethan qanchalik shoʻx erkak ekanini hamma bilib olsa obroʻyingga nima boʻladi axir...?
Beatrice Dylanni yoshligidan sevardi... Hamda u Elizabetning amakivachchasi edi. Oqshomlarning birida Dylanni mastligidan foydalanib qolgan qiz u bilan tunni oʻtkazadi... Natija esa — homila...
Time skip
— Xonim, janob Dylanni aytishi boʻyicha sizni urush maydonidan hushsiz holda topishgan... Oilangiz va boshqa maʼlumotlar yoʻq... Janob bu yerda hizmatchi sifatida qolishingizga ruxsat berdilar... Shunday ekan sizni toʻliq davolashga vada beraman...
Shifokorni tinglarkanman koʻzlarimga yosh oʻz oʻzidan quyilib kelardi... Oilam... Ular oʻlganmi? Dylan Ethan... Unga raxmat aytishim lozim u hayotimni qutqarib qolgan inson... Ammo negadir koʻnglim judayam gʻash...
— Xonim keling sizga orqa hovlini koʻrsataman u yerda turli daraxtlar gullar va katta koʻl bor... Balki bu tinchlanishingizga yordam berar...
Orqa hovliga oʻtarkanmiz shifokor menga hizmatchini hamroh qilib berdi...
— Xonim men sizga issiq qahva olib kelaman siz koʻlni tomosha qilib turing maylimi?
Hizmatchi ketgandan soʻng koʻlni tomosha qilib turarkanman sohildan bir necha metr narida suv oʻzgacha jilgʻalanganini koʻrdim... Yaxshiroq qaralsa bu odam edi... U cho'kyaptimi ?!
Oʻylab oʻtirmay suvga sakradim... Suzishni bilamanmi yoʻqmi xabarim yoʻq... Ammo kimnidir qutqarib qolsam boshqa narsa ahamiyatsiz...
Kuz... Havo ancha salqin boʻlib qolgan bu paytda hech qaysi inson koʻlda choʻmilishi mumkin emasdi... Albatta u aqldan ozmagan boʻlsa... Va men qutqarish uchun shoshgan inson esa aqldan ozgan inson Dylan Ethan edi...
Dylan qaddini suvdan koʻtararkan suv tomchilari uni mushakdor koʻksidan dumalab koʻlga tushardi...
Keyingi qismda hotie potie yozgim bor. Oʻlay agar shu joyiga keb qoldi hoz oyijonim chaqirib qoldi shunga koʻp yozolmadim my angelsss