July 20, 2025

𝐐𝐨𝐧𝐥𝐢 𝐞𝐡𝐭𝐢𝐫𝐨𝐬

• P.s/ Novel/Fanfic #Adult hamda fantastic janrda ~

Muallif: Jein

`
Kuz... Odatda bu faslda atrof daraxtining sariq barglari bilan qoplangan hamma yoq tilla rang bilan burkangan boʻladi toʻgʻrimi? — Ammo ayni damda qirmizi rang bilan burkangan oʻlkalar ham yoʻq emasdi... Va ushbu hikoya urushning avj pallasida roʻy bergan voqealar haqida...~

— General biz janob Zaverining yashiringan joyini topdik.

Shoshgancha xabarni yetkazgan askar darhol vaziyatni batafsil tushuntira boshladi...

— Yaxshi. Hoziroq oʻsha joyga boramiz.

General — Dylan Ethan. 34 yosh. Unashtirilgan.

~~~

— Liz quloq sol qizalogʻim... Bir kun agar yolgʻiz qolsang hech qachon hech kimga qaram boʻlma... Sen Zaveri Zaynning yakkayu yagona qizisan tushunarlimi ?

Ota qizalogʻiga ichidagi soʻzlarini aytarkan birdan kichik kulba eshiklari zarb bilan ochilib ichkariga bir gala qurollangan harbiylar kirib keldi...

— Senator Zaveri Zayn siz davlat xoini deb topilib oʻlim jazosiga hukm qilingansiz. Va ayni damda hukmni ado qilish uchun keldik.

Askarlar erkak va qizaloqni qurshab olarkan Zaveri kamzuli choʻntagidan tutunli bombani oldi... Qizini bor kuchi bilan yoniga tortgan erkak tutun hamma joyga tarqab askarlar chalgʻiganidan foydalanib orqa eshikdan tashqariga qocha boshladi...

— D-dada... Endi nima qilamiz? Ular kim edi?

Zaveri ayni damda javob berishga na fursat va na bir soʻz topa olardi...

Axiyri jarlik yoqasida toʻxtashgach Zaveri qizini oʻziga qaratdi... Ularni ortidan esa askarlar va General yetib olay deb qolgandi...

— Eshit qizim... Vaqtimiz yoʻq... Menga hiyonat qilishdi... Boʻynimga ogʻir aybni ilishdi... Oʻzimni oqlashga esa menda dalil yoʻq... Ular meni oʻldirish uchun kelishgan shunda urush tugaydi... Qizim... Koʻzimning nuri... Seni yolgʻiz tashlab ketsam ular seni ham sogʻ qoʻyishmaydi... M-meni... Meni kechir... Iltimos hoʻpmi?

Zaveri koʻzida yosh bilan qizini qattiq bagʻriga bosarkan jarlikka yuzlangancha turardi...

— D-dada... Nimalar deyapsiz ? Siz oʻlmaysiz dada... Iltimos...

Liz yigʻlagancha otasini quchib vaziyatni yaxshi tushunishga urinarkan askarlar ulardan bir necha metr nariga yetib kelishdi...

Dylan.pov)

Zaveri aybdormi yoʻqmi aniq bilmasdim... U adolatli amaldorlardan edi... Ammo nima boʻlgan taqdirda ham uning oʻlimi urushga barham beradigan yagona chora edi... Yetib kelishimiz bilan Zaveri qizini quchgancha joniga qasd qilmoqchi boʻlib turganini koʻrdim... Ammo aqlimni shoshirib qoʻygan narsa uni qizi edi...

— Elizabet ?...

Lablarimdan shivirlagancha mana shu soʻz chiqarkan Zaveri qizi va oʻzini jarlikdan tashladi...

— Kechir qizim... Seni himoya qila olmadim...

— Zaveri toʻxta!

Jarlik tomon yugurarkanman soniyalarga kech qolgandim... Ikki jussa jarlikdan pastga yiqilgandi... Miyyamda esa oʻsha men bir necha soniyalar oldin koʻrgan siymo gavdalanardi... Zaverining qizi huddi Elizabetga oʻxshash edi...

— Janob? Jasadni topishimiz kerakmi ?

— Ha... Dalil sifatida jasadni koʻrsatishimiz kerak...

Time skip 20 daqiqadan soʻng...

— Janob ! Janob ! Jasadlarni topdik Zaverini joni uzilgan ammo...

Askar gapida toʻxtab qoldi...

— Davom et !

Negadir yuragim tez ura boshladi... Askarning boʻlinib qolgan gapi men uchun juda muhimdek goʻyo...

— Qizda hayot belgilari bor. Menimcha u hali o'lmabdi...

— Uni meni uyimga olib boring tez yordam koʻrsatishsin va qaydlarda Zaveri hukm bajarilish vaqtida oʻz joniga qasd qilgani va u "Yolgʻiz" boʻlgani yozilsin agar boshqa biror bir ortiqcha soʻz aytilsa barchangizni tanangiz nimta nimta qilinib itlarimga yem qilinadi yigitlar !

Dylan shunchalik tez qaror qabil qilgandiki bu unda birinchi marta edi... Oʻsha qiz Elizabetga oʻxshash boʻlishi unda allaqachon soʻnib qolgan olovni uchqunlantirgandi ...

Flashback 7 yil oldin...

— Dylan... Qaytganingda menga uylanasanmi ?~

Ikki yanogi nim pushti tusga kirgan qizaloq yigitga dedi...

— Elizabet... Axir endigina 15 yoshsanku... Biz hali turmush qura olmaymiz kichkintoy~

Qizni burnidan chimchilagan Dylan uni asta bagʻriga bosdi...

— Imkon qadar tez qaytishga vaʼda beraman... Va qaytganimda hech boʻlmasa unashtirilishimizni taʼminlayman hoʻpmi?

Koʻzlari mayus tortgan qizaloq birdan porlab ketdi... Ha... Dylan Elizabetdan ancha katta edi ammo ularning sevgisi sof va havasga arzigulik sevgi edi... Dylan oʻsha kuni harbiy safarga ketdi... Elizabet sabrsizlik bilan uni qaytishini kutar... Kunlar ketidan kunlar oʻtib borardi...

Dylan ketganiga 2 oy boʻldi... Yarim kechasi hamon ishlarga koʻmilgancha ish stolidan turmagan yigitga shoshilinch xabar keldi...

Maktubda

Azizim Dylan...

Iltimos oʻzingni qoʻlga ol... Kecha tunda Elizabet oʻgʻirlandi... Uni qidirib topdik... Ammo topganimizda kech boʻlgandi... Uni allaqachon oʻldirishibdi... Bu nohush xabarni shu tarzda senga yetkazganimdan afsusdaman... Taziyamni qabul qil oʻglim... Batafsil kelganingda tushuntirish beraman... Ayni damda surishtiruv va tergov ishlari bilan bandman...

Otang....

Oʻsha onda men uchun hayot tugadi... Hayotimning yagona chirogʻi... Koʻnglimning gavhari boʻlgan farishtam Elizabetdan ayrilishdek ogʻir musibat meni butunlay karaxt qilib qoʻygandi...

Oʻsha zahotiyoq barcha ishlarini tashlagan Dylan ona yurtiga qaytish uchun shoshdi... Elizabetning oʻgʻirlanishi va oʻlimi... Bu juda sirli va mudhish voqea edi...

Elizabet vaxshiylarcha oʻldirilgan edi...

(Voqeani asar davomida ochiqlaymiz)

Comeback

Dylan Ethan uyi

— Janob xonim hushiga keldilar...

Liz bir hafta deganda arang hushiga kelgandi...

— Vanihoyat...

Xona tomon shoshgan Dylan ayni damda ich etini yemirayotgan savollarga javob olish uchun shoshardi...

Xonaga kirib kelgach deraza tomon oʻgirilib atrofga termulib yotgan qizni koʻrdi...

— Vanihoyat hushingga kelding...

Yotoqqa yaqinlashib borarkan yuragi koʻksidan otilib chiqay deb urardi...

— Siz kimsiz janob ?

Joyida toʻxtab qolgan Dylan biroz nafas rostladi...

— Meni tanimading toʻgʻrimi? Men Dylanman... Dylan Ethan...

— Kechirasiz ammo...

Qiz gapini tugatmasidan shifokor Dylanni tashqariga chaqirdi...

— Mazur tuting janob... Ammo bir narsani aytishim kerak... Xonimni boshi qattiq lat yegan bunday hollarda bemor xotiralarini yoʻqotishi mumkin... Va xonimda ham mana shu holat kuzatilyapti... U hatto oʻz ismini ham eslay olmaydi...

— Eslay olmaydi...?

Dylan xonada atrofga tushunmaysirab qarab yotgan qizga bir nazar tashladi...

— Ha... Va xonimning kamzuli choʻntagidan mana bu hujjatlarni topdik... Unda barcha maʼlumotlar bor menimcha...

Hujjatlarni koʻzdan kechirgan Dylan Vanihoyat shubha va savollariga javob topdi...

~

— Janob Ethan qalligʻingiz Beatrice xonim tashrif buyurdilar....

``

Sweetness yangi novel haqida fikringizni kutib qolaman...
Iltimos noveldan nima his qilganingiz va sizda uygʻongan savollar haqida batafsil izoh qoldiring 🙂‍↕️

Liz (tasavvur uchun)

Hamda...

Beatrice ( tasavvur uchun)

•••