Axborot Texnologiyalari va menejment universitetida birinchi kurs talabalari uchun "Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!"; shiori ostida; "Leader Month" loyihasi doirasida o'ziga xos va mazmunli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan "Tanishtiruv haftaligi", "Yangi kurslar haftaligi", "Oliy ta'limga xush kelibsiz" hamda "Yetakchi haftaligi" kabi qator samarali va qiziqarli loyihalar muntazam o'tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar nafaqat talabalarning universitet hayotiga moslashishiga ko'mak beradi, balki ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ham katta hissa qo'shadi. Yoshlar yangi bilim va ko'nikmalarni egallab, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoaviy ishlash va muammolarni hal qilish kabi ko'nikmalarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu jarayon ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli karyeralari uchun muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Tadbirlar davomida talabalar bir-birlari bilan yaqin tanishib, jamoa ruhini kuchaytirishadi va universitet hayotining ajralmas qismiga aylanadilar. Oliy ta'limning ilk qadamlari sifatida ushbu haftaliklar yoshlar uchun haqiqiy ilhom manbai bo'lmoqda.
🟢 Ijtimoiy sahifalarimiz: Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | You tube