DIQQAT E'LON...!!!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 209-son qarorning 1-ilovasida “Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizomning 3-bob 15-band 4-xatboshida “kamida 20 tadan namunaviy test topshiriqlarini (javob variantlari bilan) imtihon boshlanishidan kamida bir oy oldin o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi” deb belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 209-son qarorining kuchga kirish sanasi 01.07.2026-yil qilib belgilangan. Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytiga (https://uzbmb.uz/upload/file/pdf/ichki%20audit2026.pdf) test topshiriqlaridan namuna joylashtirilganligi ma’lum qilinadi.