November 4
DIQQAT E'LON...!
O‘zbekiston auditorlar palatasining 2026-yil 4-noyabrdagi qaroriga muvofiq, Ichki audit milliy malaka sertifikati egalari tomonidan belgilangan muddatda malaka oshirish kurslarini o‘tamaganligi sababli, ularning sertifikatlari amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
- 2024-yil oktyabr oyidan 2026-yil noyabr oyiga qadar bo‘lgan davrda belgilangan tartibda malaka oshirish kursini o‘tamagan ichki audit milliy malaka sertifikati egalari sertifikatlari bekor qilindi;
- Ushbu ro‘yxatdagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga taqdim etiladi;
- Sertifikati bekor qilingan shaxslar qayta malaka imtihonini topshirish orqali yangi sertifikat olish huquqiga ega.
Eslatma: Malaka oshirish kursini o‘z vaqtida o‘tish ichki auditorlarning kasbiy malakasini saqlab turish va ichki audit tizimida sifat nazoratini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.