January 26

DIQQAT IMTIHON...!!!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini navbatdagi sertifikatlash imtihoni 2026-yil 31-yanvar kuni Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49 manzilda joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hududidagi “4”- bino 1-qavatda joylashgan axborot resurs markazi xonalarida, soat 14:30 dan 17:30 gacha bo‘lib o‘tishini maʼlum qilamiz. Talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish soat 14:00 da boshlanadi. O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta) olib kelishingiz so‘raladi.