May 30, 2025

Therapy

Therapy. Episode 1.

Tong otmoqda. Shahar asta uyg‘onmoqda. Tong quyoshi ko‘chalarni tilla tusga bo‘yardi, harakatlar asta sekinlik bilan kopaydi. Hammaning qo‘lida qahva, quloqlarda musiqa, yuzlarda esa — shoshilinch tabassumlar. Ilk shabada orqali bahorning nafasi seziladi — hali shamolda sovuqlik bor, ammo unda yashirin iliqlik ham bor.

Jane o‘zining sevimli sport mashinasini yoqqancha universitet tomon yo‘l olar edi. Sarg‘ish sochlari shabada bilan o‘ynar, mashinasining orqa o‘rindig‘ida esa uning yillik kurs ishi — mukammal psixologik tahlil — sumkasida kutardi.

Jane

Universitet hovlisiga kiraverishda Jane chuqur nafas oldi. Bu binoga har kirganida yuragi bir xil urar edi — hayajon bilan. Uning qadami aniq, nazari sokin, ammo ichki olami — yuzlab fikrlar bilan band. U psixolog bo‘lishni tanlaganida, bu oddiy kasb emas, balki hayotining yo‘li bo‘lishini his qilgandi.

Bugun oddiy dars kuni emas, bugun qaror qabul qilinadigan kun edi. Bugun — amaliyot uchun ruxsatnoma topshiriladigan, keyin esa yo‘nalish tanlanadigan kun. Har bir talaba kutgan, lekin ko‘pchilikda xavotir uyg‘otadigan kun.

Mina yonida edi. U har doim Jane bilan yonma-yon yurar, go‘yo qalbi ham, nafasi ham birdek edi. Jane sukutni tanlasa, Mina so‘z bilan bo‘shliqni to‘ldirardi.

— Ustoz bugun rozi bo‘lsa, nihoyat klinikaga chiqamiz, — dedi Mina entikib. — Sen tayyormisan?
— Bilmadim... Balki ha, lekin bilasanmi, bu juda katta mas’uliyat, — dedi Jane ohangdor tovushda.
— Sen bu joyga hammadan ko‘ra ko‘proq loyiqsan. Yillar davomida o‘zingni qanchalik sinab ko‘rding — esingdami, o‘sha birinchi kursdagi esse? “Inson ichki og‘rig‘ini so‘z bilan tuzatish mumkin.” Hali ham o‘qiyman uni.

Dekanat eshigiga kelishdi. Ichkaridan professor Kimning ovozi eshitilib turardi — qattiq, qat’iy, ammo adolatli. U ruhshunoslik fakultetining asosiy ustunlaridan biri edi. Uning ruhsatisiz amaliyotga chiqish mumkin emasdi.

Eshik ochildi. Navbat Jane va Minaga keldi.

Ichkariga kirishdi. Janob Kim stolda o‘tirardi, ko‘zoynagini olib, daftarlar orasida nimadurni izlayotgandi. Ular salom berishdi. Janob Kimning boshi bilan javob qaytardi, lekin ko‘zlari yana hujjatlarda.

— Demak, sizlar ikki kishi amaliyotga chiqmoqchisizlar, — dedi u oxiri ko‘zoynagini taqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularga qarab.
— Ha, professor, biz tayyormiz, — dedi Jane ehtiyotkorlik bilan.
— Siz tayyorsiz? Yo‘q, tayyor emassiz. Sizlar hali nazariyani to‘liq o‘rganib tugatmadinglar. Amaliyot bu shunchaki daftar to‘ldirish emas. Bu — inson qalbi bilan ishlash. Bu — katta mas’uliyat, har bir xatoning bahosi juda og‘ir bo‘ladigan maydon.

Mina tilini tishlab turardi. Jane esa ichkarida nimadir silkinayotganini his qildi. Yuragi o‘zini aybdordek his qilgandek bo‘ldi, lekin... bu uning orzusi edi. U o‘zini bu joyda ko‘rardi.

— Kechirasiz, ustoz, lekin men tayyorman. Yillar davomida faqat o‘qidim. Inson ruhining eng nozik joylarini tushunishga harakat qildim. Bu menga sinov bo‘lishi mumkin, lekin bu imkoniyatni olmasam, hech qachon o‘rganolmayman.

Mina ham yelkasi bilan unga tayanib turardi.
— Biz nazariya o‘rganishdan charchadik. Endi amalda ham yurakni eshitishni o‘rganmoqchimiz, — dedi u qat’iyat bilan.

Janob Kim indamadi. Yuzida qattiq ifoda bor edi, lekin nigohida... qiziqish.
U ro‘yxatga qaradi, nimadir belgiladi. So‘ng og‘ir jimlikdan keyin:
— Yaxshi, sizlarga amaliyot uchun joy topildi.
— Rahmat! Qaysi klinika? — degan Mina entikib.
— “Solace” xususiy ruhiy klinikasi. Shahar chekkasida. Ko‘pchilik undan cho‘chiydi. U yerga faqat eng murakkab holatlar yuboriladi. Men sizlarning ishingizga befarq bolmadim. Shunday bo‘lishini istagansizlar, mana — qiyin yo‘l, tayyor bo‘linglar.

Jane jim boldi. Ichida nimadir silkinib o‘tdi. Shu damda u o‘z hayoti uchun ortga qaytmasligini his qildi. U bu yo‘lni tanlagan edi. Va bu yo‘l uni, ehtimol, hech narsa ozgarmaydi. Yoki hayotini tubdan ozgartirardi.

U tashqariga qaradi. Havo iliqlashgan, daraxtlar kurtak yozgan edi. Ammo yuragida yana o‘sha sovuq shamol esayotgan edi. Chunki “Solace” — bu shunchaki klinika emas edi. Bu uning ilk sinov. Va bu sinovni ular hali boshlamadilar ham.

Mina

Next Day. Solacedagi birinchi kun

Ertalabning sovuq shamoli deraza ortidan silliqgina esib o‘tdi. Jane mashina oynasidan tashqarini qarab turardi — shahar bosqichma-bosqich uyg‘onayotgan edi, ammo uning qalbida noaniq g‘alati bir og‘riq bor edi.

Yonidagi Mina esa jim edi. Oddiy holatlarda ham so‘zlari bilan quvontiruvchi, kuldiruvchi do‘sti bugun tinch, o‘zicha bir tortinchoq ko‘rinardi. Jane unga tikilib qaradi, Mina esa jilmayib qo‘ydi — “Men yoningdaman” degandek.

Mashina shahar chekkasiga burilgach, atrof o‘zgarib ketdi: baland binolar yo‘qoldi, ko‘p daraxtlar, xiralashgan ko‘chalar — va nihoyat, “Solace” klinikasi ko‘zga tashlandi.

Bino oddiy, biroq toza va tartibli edi. Derazalari keng, ularning orqasida nimadir sirli, bilib bo‘lmas bir olam yashirar edi. Jane yuragida qandaydir g‘alati his paydo bo‘ldi — bu qo‘rquvmi, yoki kutilmagan shoshqoloqlik?

Ular eshikdan ichkariga qadam qo‘ydi. Harakatlari o‘ziga xos, tinchlik va og‘irlik bilan qoplangan edi, har bir tovush atrofga shovqin solardi. Klinikada ishchilar tinch, ammo ko‘zlari e’tiborsiz edi.

Jane bosh vrachning honasiga bordi. U yerda bosh vrach kutayotgan edi — erkak, qariroq, ko‘zoynagi ostidan tinch nazar solardi. Uning ovozi ohista, ammo og‘irlik bilan to‘lgan edi:

— Siz “Solace”ga kelganlar orasida o‘zingizni ko‘proq sinab korishga qaror qilibsiz. Bu yerda faqat murakkab holatlarda boladi. Har bir bemorni alohida tarixi bor, alohida dunyosi. Siz tayyormisiz?

Jane boshi bilan tasdiqladi, ammo ichida to‘plangan minglab savollarga bor edi.

— Mana — bu bir bemorning holati. U 23 yoshda, ko‘p yillik ruhiy urushdan keyin klinikamizga kelgan. Siz bilan ishlash imkoniyati berildi. — bosh vrach faylni Jane qo‘liga uzatdi. — Bu ish oson emas. Uni yaxshiroq tushunishga harakat qiling.

Jane faylni ushladi. “Jungkook.” So‘z uning ongida ming marta takrorlandi. U hali bu ismning qanday kuchga ega ekanini bilmasdi.

Jane chuqur nafas oldi. Bu yerda u faqat psixolog emas, inson qalbining sirlarini ochuvchi bo‘lishini anglar edi.

Shu damda u o‘zining yangi hayotining boshlanishini his qildi.