March 9

TA'QIQLANGAN SEVGI ❌️

#Aurora 4-qism: O‘chmas Izlar 🌊

Shi Ahning nafaslari hanuz notekis edi. U o‘zini tinchlantirishga harakat qilardi, ammo yuragi xuddi qafasga qamalgan qushdek urayotganini his qildi. Min Gukning lablari, qo‘llari… hali ham tanasida iz qoldirgandek edi.

"Bu noto‘g‘ri… Bu bo‘lishi mumkin emas!" dedi qiz.

Ammo negadir u bu hissiyotlardan qutulishni xohlamasdi.
O‘zining xonasida u kechagi voqeani o‘ylab yana titrab ketdi. O‘z talabasi unga shunday munosabatda bo‘ldi, va u… unga javob qaytardi. Buni qanday tushunish kerak? Nima sababdan u Min Guk oldida o‘zini ojiz his qilmoqda?

* Keyingi kun *

Shi Ah ertalab darsga shoshildi. Universitetga kiraverishda yuragi yana tez ura boshladi. Uni kutayotgan muammo borligini ich-ichidan his qilardi.

Dars boshlanishiga oz qolganda Min Guk auditoriyaga kirdi. Ko‘zlari xuddi kechagidek jiddiy va yaltirab turardi. Uni ko‘rib, Shi A nafasi ichiga tiqildi.

Min Guk to‘g‘ri uning yonidan o‘tdi, ammo hech nima demadi. Lekin o‘tib ketarkan, u qo‘li bilan ataylab Shi Aning bilagiga tegdi.

Uning iliq qo‘li… mmm ataylab qilinayotgan bu beozor teginish Shi Ani yana titratdi.

U shoshilinch ravishda auditoriyaning old tomoniga o‘tdi va darsni boshladi. Lekin uning ovozida noaniqlik bor edi. Hali ham Min Gukning teginishini his qilayotgandi.

Dars paytida Min Guk unga tik boqardi. Juda tik. Shu qadar chuqur, shu qadar ishonch bilan, go‘yo uning fikrlarini o‘qiyotgandek.

"Professor, siz nimagadir chalg‘iyapsizmi?"

Min Guk birdaniga savol berdi. Uning ovozida mayin kinoya bor edi.
Shi A tutilib qoldi. Min Guk buni ataylab qilayotganini sezardi.

"Yo‘q… davom etamiz."

U bir amallab darsni tugatdi. Talabalar asta-sekin auditoriyadan chiqib ketishdi. Lekin Min Guk ketmadi.

Shi A uni sezmaslikka harakat qildi, lekin uning borligi atmasferani og‘irlashtirib yuborgandi. Nihoyat, u oxirgi qadamni Min Guk tashlashi mumkinligini tushundi.

"Senga qanday yordam bera olaman?" — dedi u ovozini iloji boricha odatiy saqlashga harakat qilib.

Min Guk o‘ziga xos kulimsirab unga yaqinroq keldi. U hozir hamma chiqib ketganini bilardi.

"Menga yordam berishni xohlaysizmi, professor?"

Uning ovozi past, pastadir… lekin ta’sirli edi. Shi A yutindi.

"Bu… bunday hazillashma, Min Guk."

Min Guk shunchaki jilmaydi. U yanada yaqin keldi. Endi ularning orasida faqat bir qadam masofa bor edi.

"Men hazillashmayapman, Lim Shi A."

U to‘satdan qo‘lini ko‘tarib, Shi Aning yuziga ohista tegdi.
Shi Aning nafasi yana ichiga tiqildi. Min Gukning barmoqlari nihoyatda nozik va ishonch bilan harakat qilardi.

"Ko‘zlaringiz menga haqiqatni aytmoqda…" — dedi Min Guk pichirlab.

Shi A hech nima deya olmadi. Uning tanasi yana xuddi kechagidek o‘ziga bo‘ysunmay qoldi.
Min Guk o‘zining bosh barmog‘ini Shi Aning lablariga ohista surtdi.
Shi Aning yuragi shu lahzada to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
Min Guk esa kulimsiradi va sekin pichirladi:

"Siz ham meni xohlaysiz."

DAVOMI BOR…❤️

Hot Fanficlar kanalining obunachilari. Manda ajoyib taklif bor. Sizlarni obunachilar deb chaqirish juda oddiy tuyulmoqda. Kelinglar bizni fan bazaga nom oʻylab topamiz. Xuddi Army va Blinklar kabi.😍
Kimda qanday taklif bor?
#aurora