TA'QIQLANGAN SEVGI ❤️
#Aurora | 7-qism: Xato yoki Muhabbat? ❤️
Tong ilk nurlarini ko‘rsatmoqda edi.
Shi A ohista ko‘zlarini ochdi. U nimadir iliqlikni his qildi...
Uning atrofini Min Gukning quchoqlari o‘rab olgan edi.
Yigitning yurak urishi tinch va barqaror eshitilardi. U xotirjam uxlab yotardi.
Ammo Shi A... uni bosayotgan his-tuyg‘ular ichida nafas ololmay qolgandek edi.
Bu to‘g‘ri ish emas edi.
Bu juda katta xato edi.
Uning shogirdi...
Yosh bola emas, balki haqiqiy erkak sifatida unga ta’sir qildi.
Uning kuchli qo‘llari, iliq bo‘salari, ehtirosga to‘la teginishlari...
U bilan oʻtkazgan oʻsha jinsiy aloqa...
Hammasi orzu kabi tuyuldi....
Lekin orzular ertalabdan o‘zgaga aylanadi...
Va bu alanga ularni kuydirib yuborishi mumkindek edi.
Shi A chuqur nafas oldi va o‘zini Min Gukning quchog‘idan asta chiqarishga harakat qildi.
Ammo shu payt yigit yanada qattiqroq quchoqladi.
— “Bir daqiqa... shunchaki bitta daqiqa shunday qolaylik...” — deya pichirladi Min Guk.
Shi A esa ko‘zlarini yumdi. Bu daqiqa umrbod davom etishini xohlamoqchi edi...
Lekin... bunday bo‘lishi mumkin emasdi.
U yigitning bag‘ridan qutulib chiqdi va tezda kiyimlarini kiyib, turib oldi.
Min Guk uning sovuq nigohlarini ko‘rib, birdan hushyor tortdi.
Min Guk ko‘zlarini katta katta ochdi. Ishonmadi.
— "Aytdim-ku, ket dedim! Bunday bo‘lmasligi kerak edi! Bu xato edi!"
Min Guk o‘rnidan turdi. Ko‘zlari qizg‘in, lekin tushkun edi.
— "Xato? Men esa... buni taqiqlangan bo‘lsa ham, go‘zal sevgimiz boshlanishi deb o‘ylagandim..."
— "Bu kabi go‘zal narsalar oxir-oqibat yo‘q bo‘lishini bilasan-ku."
Min Guk bir lahza jim qoldi. Keyin jilmayib qo‘ydi, g‘amgin jilmayish bilan.
— "Men baribir sendan voz kechmayman."
Va shunday deb, xonadan chiqib ketdi....
.....
Oradan kunlar o‘tdi.
......
Universitetga qaytganlarida, Shi A Min Gukdan uzoqlashishga harakat qildi.
U o‘ziga aytardi: “Bu unutilishi kerak. Hammasi orqada qolishi kerak.”
Ammo... Min Guk boshqa fikrda edi.
U hamma joyda unga ergashardi.
Darslarda, tanaffus paytida, kutubxonada, hatto yo‘laklarda ham.
— "Ket! Bizni oramizda hech narsa yo‘q!"
Min Guk jilmayar, lekin ko‘zlarida cheksiz chidam va sabr-matonat aks etardi...
— "Siz bunchalar qochishga harakat qilishingizni ko‘rib, bu xato bo‘lmaganini yana ham ishonch bilan aytishim mumkin."
Shi Aning sabri tugadi. U asta yurib kelib, Min Gukning ko‘zlariga tikildi.
— "Men sendan kattaman! Nega bunday qilyapsan?! Jonimga tegib ketdi seni taqiblaring!!!!"
Min Guk bir soniya jim turdi. Keyin esa sekin gapira boshladi.
— "Chunki men sizni sevib qoldim. Ha bu be'manilik. Ammo men sizni juda qattiq sevib qoldim. Ustozimdan sevgan qizimga aylanib bo'ldingiz oʻsha kechada. Siz bilan fizik jixatdan yaqinlashdik, ammo oʻsha kechani oʻzidayoq aslo uzulmaydigan darajada mahkam arqon bilan bog'lanib qolganimni xis etdim sizga nisbatan. Birinchi ko‘rishganimdayoq. Sizni his qildim. Bir umr meniki boʻlshingizni istagan edim."
Shi A orqaga chekinmoqchi bo‘ldi.
Ammo Min Guk unga bir qadam yaqinlashdi. Keyin yana bir qadam.
Va keyingi lahzada...
Uni belidan mahkam tortib oldi.
Shi A o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Bu harakat, bu yaqinlik uni yana sarosimaga soldi.
— "Shu uchun ham hech qachon to‘xtamayman."
Shu payt Min Guk yuzini egdi. Lablarini Shi Aning lablariga ohista bosdi.
Bu safargi bo‘sa jasur, ishonchli va kuchli edi.
Shi Aning ko‘zlari katta ochildi. Biroq...
U bunga qarshilik qilolmadi.
Ko‘zlarini yumdi... va Min Gukning bo‘sasiga javob qaytardi....❤️
Karidorda o‘pishayotgan paytda, Shiah yuragi qattiq urayotganini his qildi. Bu xatti-harakatlari unga to‘g‘ri ekanligi yoqardi, ammo ich-ichidan bir narsa to‘xtatishga undayotgandi. Ko‘zlarini yumgancha, asta Mingukni o‘zidan itarib:
— O‘qituvchilar xonasiga kiraylik… bu yerda odamlar ko‘rib qolishi mumkin, — dedi qiz shoshilib.
Minguk uning qo‘lidan ushlagancha, ichkariga kirdi. Hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilib, eshikni qulfladi. Shiah esa asta-sekin borib derazalarning pardalarini tushirdi. Yuragi hali ham tinchgina urayotgan bo‘lsa-da, vujudida qandaydir tushunarsiz hayajon to‘lqini g‘alayon qilardi.
U orqasiga o‘girilib, Mingukka tikildi. O‘quvchisi uni shunday nigoh bilan kuzatayotgandi-ki, qiz ko‘zlarini olib qochishga majbur bo‘ldi....
— Men… bilmadim, bunday qilish to‘g‘ri emas shekilli… — deb Shiah qandaydir bahona topishga urindi.
Ammo Minguk bir qadam oldinga tashlab, uni devorga yaqinlashtirdi. U yengil iljaygancha, past ovozda gapirdi:
— Agar to‘g‘ri emas deb o‘ylaganingda, meni bu yerga chaqirmagan bo‘lar eding, ustoz…
Shiah nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo Mingukning iliq barmoqlari asta yuziga tegdi. U beixtiyor ko‘zlarini yumdi. Ularning yurak urishi bitta ritmga moslashib borayotgandi…
21 yoshli yigit va 29 yoshdagi oʻqituvchi... no odatiy juftlik bo'lishlari mumkun, ammo hozirgi zamon talablariga mos ravishda yosh emas, goʻzallik hammasini hal qilmoqda edi.
Minguk fursatdan foydalanib, unga bo'lgan cheksiz xohishlarini yashirishni istamasdi. Uning qo'llari Shiahning ostiga qarab pastlab borardi. Minguk oʻz imzolarini Shiahning boʻyniga joylardi. U shunday oʻpardi-ki Shiah extiroslanib ketardi...
Mingukning qoʻli esa juda tez harakatlanardi....❤️