TA'QIQLANGAN SEVGI ❌
Universitet koridorlari jimjit edi. Darslar tugagan, talabalar allaqachon ketishgan. Faqatgina Cho Min Guk hali ham auditoriyadan chiqmasdan, daftarini varaqlab o‘tirardi. Nigohi eshik tomon intildi — hech kim yo‘q.
"U hali shu yerda bo‘lishi kerak..." — deb o‘yladi u.
Uning yangi koreys tili o‘qituvchisi, Lim Shi A haqida o‘ylagan sari yuragi tez urardi. 29 yosh, sovuqqina nigohlar, qat’iyat va joziba…
U talabalar orasida talabchanligi bilan tanilgan edi. Hech kim unga ortiqcha gapira olmasdi. Ammo Min Guk uchun u boshqacha edi.
Dars davomida ularning ko‘zlari bir necha bor to‘qnash kelgan edi. Shi Aning nigohlari sovuqqina ko‘rinsa-da, ichida yashiringan nimanidir sezish mumkin edi.
Min Guk chuqur nafas oldi va auditoriyadan chiqdi. Lim Shi Aning kabineti pastdagi qavatda joylashgan edi. U eshik oldida bir necha soniya ikkilanib turdi va ohista taqillatdi.
Ichkaridan "Kiring" degan jarangdor, jiddiy ovoz eshitildi.
U eshikni ochib, ichkariga qadam qo‘ydi. Shi Ah stol ortida o‘tirar, ko‘zoynagini engashtirib unga qaradi.
— "Cho Min Guk? Yana nimadir tushunarsiz bo‘ldimi?" — uning ovozi odatdagidek qat’iy eshitildi.
— "Yo‘q, dars emas. Gaplashish uchun keldim." dedi yigit.
O‘qituvchi unga qarab, lablarini biroz tishlab oldi. Xonada faqat ikkovi bor edi. Bu har doim ham xavfsiz emasdi.
— "Balki, ertaga gaplasharmiz?" — dedi Shi Ah, lekin Min Guk uning ovozida qat’iylik yetishmayotganini sezdi.
— "Siz doim shunday qilasiz, professor. Mendan qochasiz."
Xonada sukunat cho‘kdi. Shi Ah yutinib, unga tikildi. Yuragi tez urayotganini his qildi.
— "Men… Meni noto‘g‘ri tushunding."
Min Guk esa asta oldinga intildi. O‘qituvchi ortga tislanmadi. Uning yuragida taqiqlangan tuyg‘ular yonayotganini inkor qilish befoyda edi.
— "Men hammasini tushunayapman, professor… Faqat siz haqiqatni tan olishni xohlamayapsiz..."
Shi Ah lablarini qattiq qisdi, lekin ichida allaqachon yutqazganini bilar edi…......❤️
Hammaga salom. Sizlar bilan yangi adminka #Aurora va uning sizlarga taqdim etgan ilk fanfici. Yoqdi deb umid qilaman. Yoqimli mutolaa tilayman.❤️